uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 52 285 підписників, посідаючи 2 629 місце в категорії Технології та додатки та 1 475 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 52 285 підписників.

За останніми даними від 09 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -2 549, а за останні 24 години на -207, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 26.22%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 18.48% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 274 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 355 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 112.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 10 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

52 285
Підписники
-20724 години
-1 3827 днів
-2 54930 день
Архів дописів
🎹 Britaniyalik musiqachi Luis Kardozo havoda pianino chaldi. U pianinoni stul bilan birga paraplanga mahkamladi, shundan so’ng do’stlari uni tepalikdan uchirib yuborishdi. 📟 DigiTech

💻 Taqdimotlar yaratib beruvchi eng yaxshi neyron tarmoqlar. Slaydlar bilan ishlashni to’liq avtomatlashtiradigan eng yaxshi saytlar ro’yxatini tuzdik. Yo’qotib qo’ymaslik uchun saqlab qo’ying: Pitch — so’rovingiz bo’yicha to’liq taqdimotlar yaratib beradi, shriftlardan tortib animatsiyalargacha sozlash mumkin. Slidesgpt — ajoyib slaydlar yaratib beruvchi dastur, matnlar ChatGPT'da generatsiya qilinadi. Magic Slides — istalgan YouTube videolari asosida 60 soniya ichida taqdimotlar yaratadi. Decktopus — rasmlar, ma’lumotlarni o’zi topadi va barchasini slaydlar shaklida to’playdi, siz faqat mavzuni kiritishingiz kifoya. Wepik — chiroyli vizualga ega va PDF shaklda yuklab olish mumkin bo’lgan taqdimotlar yaratib beradi. 📟 DigiTech

🌇 Mercedes-Benz Dubayda o’q shaklidagi hashamatli osmono’par bino quradi. 341 metr balandlikdagi minorada ochiq basseynli te
+3
🌇 Mercedes-Benz Dubayda o’q shaklidagi hashamatli osmono’par bino quradi. 341 metr balandlikdagi minorada ochiq basseynli terassalar, beshta penthaus va qiymati 10 million dollargacha bo’lgan 150 ta kvartira bo’ladi. Qurilish 2026-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati — 1 mlrd dollar. 📟 DigiTech

🚘 Yangi Geely Galaxy E8 elektromobilida ulkan ekranda o’yin o‘ynash mumkin. Unga bir vaqtning o’zida ikkita geympadni ulash yoki to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning rulidan boshqarish mumkin. Asosiysi, tirbandlikda turganda o’yin kursida emas, balki yo’lda ekanlikni unutmaslikdir. 📟 DigiTech

🛜 Wi-Fi signalini 3 kilometr masofaga uzatishga muvaffaq bo’lishdi! Hammasi HaLow 802.11ah standarti tufayli — u 900 MGts (deyarli uyali aloqa kabi) juda past chastotada ishlaydi, buning natijasida uning signali uzoq masofalarga yetib borishi mumkin va shu bilan birga to’siqlarni muammosiz chetlab o’tadi. Lekin masofa uzaygan sari internet tezligi yomonlashadi — 3 kilometrlik belgida internet tezligi atigi 1 Mbit/soniyani tashkil etdi, ammo shu ham qo’ng’iroq uchun yetarli bo’ldi. 📟 DigiTech

🚘 Politsiya uchun Lucid Air elektromobilining maxsus versiyasini ko’rsatdi — uning tomida dron va uni zaryadlash uchun qurilma bor. Bunday avtomobillar birinchi bo’lib Saudiya Arabistoniga yetkazib beriladi. Ichki qismdan politsiya xodimi kopterni ishga tushirib jinoyatchilarni yoki bedarak yo’qolgan shaxsni qidirish uchun hududni tekshirishi mumkin. Avtomobil 819 ot kuchiga ega, 3 soniyada 0-100 km/soat tezlikka erishadi, maksimal tezlik 270 km/soat va bir zaryadda 800 km masofani bosib o’tadi. AQShda ushbu versiyaning narxi 110 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+1
🥽 Apple Vision Pro: uchinchi kun. Fantastik seriallardagi hodisalar borgan sari realga aylanib bormoqda. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda 1-apreldan boshlab havoda uchuvchi aeromobil'ni sotib olish mumkin bo’ladi. Ularni o’tgan yili yo’lovchilar tashishga ruxsat olgan EHang kompaniyasi sotishni boshlaydi. Aeromobil 130 km/soat tezlikka erisha oladi va bir zaryadda 30 km masofani bosib o’tadi. Narxi — 334 000 dollar. 📟 DigiTech

🪑Avstraliyadagi dizayn studiyasi mijozlari, jihozlar ularning uyida qanday joylashishini 1x1 o’lchamda shunday ko’rishlari mumkin. 📟 DigiTech

🥽 iFixit mutaxassislari Vision Pro'ni qismlarga ajratib ko’rishdi. Ko'rib turganingizdek, garnituraning old qismi ikki qatla
+4
🥽 iFixit mutaxassislari Vision Pro'ni qismlarga ajratib ko’rishdi. Ko'rib turganingizdek, garnituraning old qismi ikki qatlamli shisha bilan himoyalangan va barcha elementlar juda mahkam o’ralgan. Lekin hech nimaga zarar yetkazmasdan qurilmani qismlarga ajratish juda qiyin. Shuning uchun buni uyda takrorlash tavsiya etilmaydi. 📟 DigiTech

🧠 Xitoyliklar yana Ilon Maskdan o’zib ketishdi: Xitoylik olimlar miya chipini allaqachon 2023-yil oktyabr oyida falaj odamga
🧠 Xitoyliklar yana Ilon Maskdan o’zib ketishdi: Xitoylik olimlar miya chipini allaqachon 2023-yil oktyabr oyida falaj odamga implantatsiya qilishgan — yaqinda esa natija bilan bo’lishishdi. Neural Electronic Opportunity yoki NEO deb nomlangan chip odamga falaj qo’llarini ishlatishga yordam berdi! Bemor endi ularni yana harakatlantirib boshqara oladi. Shu bilan birga, NEO chipi Neuralink'ga qaraganda xavfsizroq – u boshqacharoq implantatsiya qilinadi. NEO hajmi ikkita tangadek keladi. 📟 DigiTech

+3
🥽 Kelajak allaqachon shu yerda! Apple Vision Pro'ning birinchi egalari ko’chalarda paydo bo’la boshladi. Ulardan biri hatto ko’zoynak taqqan holda Tesla'ni haydagan, biroq ko’rinishicha politsiyaga bu yoqmagan. 📟 DigiTech

📱Alvido afsona: Nokia brendi ostida telefonlar endi chiqarilmaydi. Ushbu brenddan foydalangan kompaniya veb-sayti va ijtimoi
📱Alvido afsona: Nokia brendi ostida telefonlar endi chiqarilmaydi. Ushbu brenddan foydalangan kompaniya veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini HMD ga o’zgartirdi. Endi 200 dan ortiq mamlakatlarda telefonlar, planshetlar, simsiz quloqchinlar va boshqa aksessuarlar faqat HMD brendi ostida ishlab chiqariladi. Kompaniyaning Nokia brendidan foydalanish huquqi 2026-yil martida tugaydi. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoy va AQSh'dagi do’konlarda mahsulotlar uchun to’lovni hech qanday naqd pul, karta va smartfonsiz, faqatgina qo’lingiz bilan to'lashingiz mumkin. Hech qanday sehr yo’q — hisob raqami kaft izi bilan aniqlanadi va to’lov yechiladi. Shunga o’xshash qurilmalar metroda ham ishlaydi. Ehh, mana shunday texnologiyalar bizga qachon kirib kelarkin… 📟 DigiTech

🥽 Ijtimoiy tarmoqlarda Unreal Engine 5 ning VR imkoniyatlari aks etgan video mashhur bo’lib bormoqda. Agar VR o’yinlar shunday grafikada chiqishni boshlasa bu kelajakka katta qadam bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Heygen neyrotarmog’i endi turli tillarda suhbatlasha oladigan SI avatarlarni yarata oladi, shuningdek, lablar harakatini so’zlarga moslashtiradi. Shunday realistik videolarni yaratish uchun namuna sifatida atigi ikki daqiqalik videoni yuklash kifoya. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🛰️ XKSga o’xshash Starlab xususiy kosmik stansiyasini kosmosga olib chiqish uchun SpaceX kompaniyasi javobgar bo’ladi. Stans
🛰️ XKSga o’xshash Starlab xususiy kosmik stansiyasini kosmosga olib chiqish uchun SpaceX kompaniyasi javobgar bo’ladi. Stansiyaning o’zi bir nechta kompaniyalar — Voyager Space, Lockheed Martin va Airbus tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ular stansiyani 2030-yilgacha foydalanishga topshirishmoqchi, shu vaqtgacha XKS'ni qo'llab-quvvatlash muddati ham tugaydi. 📟 DigiTech

📷 Ushbu oynadagi kamerani ko’ryapsizmi? Lekin u aniq bor) ZEISS kompaniyasi shunchalik kichik kameralar yaratdiki, ularni oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Bundan tashqari, undagi komponentlarning aksariyati shaffofdir. Bu texnologiyaga ega har qanday shisha bo’lagi yashirin kameraga aylantirilishi mumkin: ular undan avtomobil oynalarida, eshiklar va displeylarda foydalanishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

+1
📄 Maktab o’qituvchilari yozma test va topshiriqlarni tekshirishda vaqtni tejash uchun maxsus ilovani ishlab chiqishdi. Endi talabalar o’z javoblarini maxsus qog’ozlarga belgilab qo’yishadi, so’ng ZipGrade ilovasi ularni bir necha soniya ichida tekshiradi. Baho ham darhol ekranda paydo bo’ladi. Bizni maktablarga ham juda kerakli ilova ekan. 📟 DigiTech

🏠 Boylar soliqdan qochishning ayyorona yo’lini o’ylab topishdi: ular hech qaysi mamlakatning soliq qonunchiligi amal qilmaydigan xalqaro suvlarda suzib yuruvchi hashamatli kapsulalar qurishmoqda. Misol uchun, Ocean Builders kompaniyasi allaqachon Karib dengizida kriptovalyutalar treyderi Chad Elvartovski tashabbusi bilan bir nechta ofis-uylarni qurgan. 📟 DigiTech