AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 071 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 071 名订阅者。
根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 071
订阅者
-20824 小时
-1 7197 天
-2 96130 天
帖子存档
52 007
+3
📲 Apple WWDC 2025 ko‘rgazmasida iOS 26'ni namoyish etdi. Asosiy yangiliklar:
– iOS 7 dan keyingi eng katta dizayn yangilanishi. Yangi dizayn «suyuq shisha» deb nomlanadi. Barcha Apple qurilmalari ushbu dizaynga o’tkaziladi; – Qulflangan ekranga 3D effektli suratni qo’yish mumkin bo’ladi; – Kamera ilovasi to’liq qayta ishlandi. Endi faqat ikkita rejim ko’rinadi — Foto va Video, sozlamalarni bir tugma orqali o’zgartirish mumkin; – Barcha ilovalarda qo’shiqlar, telefon qo’ng’iroqlari va xabarlarni avtomatik tarjima qilish funksiyasi qo’shiladi; – Tez-tez qo’ng’iroq qiladigan kontaktlaringiz tepada ko’rsatiladi (xuddi stories'lar kabi).Hardoimgidek iOS 26'ni ham ommaviy versiyasi kuzda chiqariladi. 📟 DigiTech
52 007
👨💻 Xitoyliklar ishsizligini oilasi va do’stlaridan yashirish uchun ommaviy ravishda ofislarda soxta ish joylarini ijaraga olishmoqda.
Kuniga 4-7$ evaziga stol, Wi-Fi, tushlik va hattoki «hamkasblar»ni ham berishadi. Agar ertalab «ishga» kech qolsangiz, jarimaga tortishadi. Qo’shimcha haq evaziga esa siz xo’jayin bo’ladigan yig’ilishni tashkil etish mumkin.
Aytishlaricha, bu bekorchilikdan aqldan ozmaslikka yordam beradi va tanishlar «biznes bilan shug'ullanyapti» deb o’ylashadi.
📟 DigiTech
52 007
⚡️Astronomlar koinotdagi Katta portlashdan keyingi eng kuchli chaqnashlarni qayd etishdi — ulardan chiqqan energiya yuzta Quyosh 10 milliard yilda chiqaradigan energiya bilan tengdir.
Ushbu hodisalarni «ekstremal yadroviy tranziyentlar» deb atashdi. Ularni 2016, 2018 va 2020-yillarda «Gaya» kosmik teleskopidan olingan ma’lumotlarda topishdi, ular ulkan yulduzlar o’ta massiv qora tuynuklar tomonidan parchalanib, koinotga katta miqdorda energiya chiqarilishi natijasi bo’lishi mumkin.
📟 DigiTech
52 007
🕹️ Microsoft «portativ Xbox»ni namoyish etdi — u ASUS bilan hamkorlikda yaratilgan.
Standart ROG Xbox Ally'da AMD Ryzen Z2A chipi va 16 + 512 GB xotira, top versiyasi Ally X'da esa Ryzen AI Z2 Extreme va 24 GB + 1 TB xotira mavjud. Ularning aytishlaricha, qurilma SteamDeck'dan kuchliroq bo’ladi.
Konsol Windows'ning o’yinlar uchun mo’ljallangan maxsus versiyasida ishlaydi. Narxini hozircha aytishmadi, sotuvlar 2025-yilning oxirida boshlanadi.
📟 DigiTech
52 007
🌒 «Oyda trillionlab dollarlar kutmoqda»: Britaniyalik olimlar Oyda 30 000 tonnadan ortiq qimmatbaho metallar bo’lishi mumkin bo’lgan 6500 ta kraterni topishdi.
Ular orasida platina, palladiy, rodiy va boshqa qimmatbaho metallarning yuqori konsentratsiyasi mavjud, ular Oyga milliardlab yillar davomida sirtni «bombardimon» qilgan asteroidlar tomonidan olib kelingan.
Oyda atmosfera yoki tektonik plitalar yo’qligi sababli, metallarni shamol olib ketmaydi, yomg’ir bilan yuvilmaydi, shu sabab kraterlarda qoladi.
📟 DigiTech
52 007
🌎 Virtual sayohatlar ishqibozlari uchun maxsus saytni topdik. Citywalki bilan dunyodagi eng yirik shaharlar bo’ylab virtual sayr qilishingiz mumkin — ro’yxatdan o’zingizga kerakli shaharni tanlash kifoya.
Piyoda, avtomobil va hatto samolyotdan olingan videolar mavjud. Atmosferaga shong’ish uchun har bir joyni mahalliy radiosi ham qo’shilgan.
👉 Virtual sayohatga chiqish uchun havola.
📟 DigiTech
52 007
⌚️Apple Watch yoqilgan kaloriyalarni xato hisoblaydi. Kaloriyalarni hisoblashda xatolik darajasi o’rtacha 28% ga, ba’zan esa 80% ga yetadi.
Shuningdek, qurilma uyquni, ayniqsa uxlash va uyg’onishni xato kuzatib boradi — trekerlar miya faoliyatiga emas, balki yurak urish tezligi va tana harakatiga tayanadi. Ya’ni shunchaki kitob o’qiyotgan bo’lsangiz ham soat sizni uxlayapti deb hisoblaydi.
📟 DigiTech
52 007
+3
🚘 Huawei kelajak avtomobilini tayyorlamoqda — unda old oyna o’rniga ulkan aqlli displey bo’ladi.
Haydovchi ko’zi yonidagi oynada xuddi o’yinlardagi kabi tezlikni, navigatsiyani, yo’l sharoitini va avtopilot tizimining ishlashini ko’rib turadi.
Bunday displeyga ega birinchi avtomobil Xpeng G7 bo’ladi, u 11-iyunda namoyish etilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
52 007
🎥 Tom Kruz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmining so’nggi qismini suratga olish jarayonida yonayotgan parashyut bilan ketma-ket 16 marta sakradi — bu 62 yoshli aktyorning faoliyatidagi eng qiyin va xavfli tryuklaridan biri bo’ldi.
Parvoz paytida mato butunlay yonib ketdi va oxirida Tom Kruz zahiradagi parashyutni ochdi. Ideal kadrni suratga olish uchun u ketma-ket 16 marta sakradi, buning uchun uni hatto Ginnessning rekordlar kitobiga kiritishdi.
Aytgancha, kim filmni ko’rishga ulgurdi, fikringiz qanday?
📟 DigiTech
52 007
⚡️ElevenLabs nutqni generatsiya qiluvchi o’zining eng kuchli modeli — Eleven V3 ni chiqardi. Unda yaratilgan ovozlar xuddi haqiqiy kabi eshitiladi, shuningdek, dialog funksiyasi paydo bo’ldi.
Endi matnli so’rovga qichqiriq, yo’talga o’tishni qo’shishingiz yoki suhbatning ohangini belgilashingiz mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
52 007
🎥 Los-Anjelesda «Matritsa» filmining maxsus qayta namoyishi bo’lib o’tmoqda.
Namoyish Las-Vegasdagi Sphere'ga o’xshash immersiv Cosm xonasida bo’lmoqda. Ushbu xonaning asosiy xususiyati immersiv effektni yaratuvchi ulkan yuqori sifatdagi LED displeydir.
📟 DigiTech
52 007
Можно ли оцифровать вкус? В Bellissimo Pizza - уже да!
«Bellissimo Pizza — это не просто рестораны. Это технологичная экосистема в сфере QSR.», - заявил IT-директор Bellissimo Pizza Рухшод Абдуллаев на Digital Uzbekistan 2025.В 2018 году компания только начала доставлять пиццу, и путь к совершенству был непрост. Сегодня среднее время доставки - всего 27 минут по всей сети, а в некоторых филиалах - даже быстрее. Всё это благодаря собственному курьерскому приложению, цифровой диспетчерской системе и постоянной работе над алгоритмами маршрутизации. Но самое запоминающееся - это подход к продукту. Рухшод Абдуллаев рассказал, как при запуске новой пиццы «Чеддар Донар» команда внимательно отслеживала фидбэк: от оценок в опросах, до частоты повторных заказов. Рецепт был доработан, и пицца заняла место в списке топовых продаж.
«Если можно оцифровать - значит, можно улучшить», - подчеркнул спикер.Сегодня в Bellissimo Pizza тестируется AI, который проверяет не только внешний вид пиццы, но и атмосферу в зале. Камеры фиксируют чистоту, настроение персонала, движение гостей - чтобы каждый получил одинаково качественный опыт. Bellissimo Pizza доказывает: цифровизация - это не просто тренд, а путь к тому, чтобы вкус, сервис и доверие были стабильными и предсказуемыми. Reklama
52 007
🧱 Nvidia g’isht sotishni boshladi (deyarli)
Turli sotuvchilardan takliflar to’plangan Nvidia Marketplace platformasida antiqa lot paydo bo’ldi: 0$ ga GeForce RTX 4040 BRICK Edition.
Yangi mahsulot 8 GB videoxotira bilan jihozlangan, lekin u qayerga o’rnatilgani noma'lum — bu nom ostida video karta emas, oddiy g'isht taklif etilmoqda. Barcha g’ishtlar allaqachon sotilib ketgan.
📟 DigiTech
52 007
🚘 Volvo tana shakli va avariyalarga moslashuvchi «yangi avlod xavfsizlik kamari»ni yaratdi.
Texnologiya balandlik, og’irlik va o’rindiq holatini hisobga oladigan ko’plab datchiklar asosida ishlaydi, to’qnashuv sodir bo’lganda esa jarohatlar xavfini minimallashtirish uchun tanani ushlab turishga qancha kuch sarflanishi kerakligini bir zumda hisoblab chiqadi. Bunday kamarlar Volvo avtomobillarida 2026-yildan boshlab paydo bo’ladi.
Aytgancha, avtomobillardagi hozirgi kamarlarni ham Volvo muhandislari ixtiro qilishgan.
📟 DigiTech
52 007
⚡️Startap uchun cheksiz g’oyalar: tadbirkor Greg Ayzenberg har kuni yangi biznes g’oyalarni generatsiya qiladigan Ideabrowser saytini ishga tushirdi.
Platforma talab, ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar va foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Biznes-reja raqobatni, xavflarni va loyihaning umumiy murakkabligini hisobga olib tuziladi.
👉 Sayt havolasi.
📟 DigiTech
52 007
🧠 Olimlarning aniqlashlaricha, yarim tunda yoki kechroq uxlash odati kognitiv qobiliyatlarni pasayishiga olib keladi.
10 yillik tadqiqot davomida 23 800 ga yaqin ishtirokchi kognitiv testlardan o’tishdi. Tahlillarga ko’ra, yarim tundan keyin uxlashga yotadigan odamlarning miyasi o’z vaqtida uxlaydiganlarga qaraganda tezroq qariydi.
Bunga sabab, kechki payt tez-tez zararli mahsulotlarni iste'mol qilish va umuman kamroq harakatlanishdir. Kognitiv qobiliyatlarning pasayishiga yo’l qo’ymaslik uchun mutaxassislar to’g’ri kun tartibini o’rnatishni maslahat berishadi.
📟 DigiTech
52 007
📚 Anthropic sun’iy intellekt bilan ishlash bo’yicha bepul kursni chiqardi — «AI Fluency» neyron tarmoqlardan foydalanish ko’nikmalaringizni maksimal darajada oshirishga yordam beradi.
Kurs tuzilishi:
• Promptlarni to’g’ri tuzish, yechimlarni qidirish va neyrotarmoqdan maksimal yaxshi natijani olish; • Neyron tarmoqlarni o’z ishingizga integratsiya qilish; • Kurs yakunida neyrotarmoqlardan maksimal unumli foydalanish uchun o’z «SI strategiyangizni» tuzishni o’rganasiz.👉 Kurs ingliz tilida, o’rganish uchun havola. 📟 DigiTech
52 007
⚡️Telegram katta yangilanishni chiqardi. Nimalar o’zgardi:
— ovozli xabarlarni kesish qo’shildi: buning uchun pauzaga qo’yib, kerakli joyini belgilash kifoya;
— suratlarni yuqori sifatda jo’natish: galereyadan rasmni tanlab, pastki qismida HD'ni belgilang;
— kanallar adminiga takliflarni yozish: administratorlar uning bepul yoki pullikligini belgilashi mumkin (har bir xabar uchun 10 000 stars'gacha);
— shuningdek, so’rovnomalardagi tanlov variantlari soni 10 dan 12 tagacha oshirildi.
📟 DigiTech
52 007
⚡️Yaponlar barcha uchun mos keladigan sun’iy qonni yaratishdi — uni bemorning qon guruhidan qat’iy nazar quyish mumkin.
Sun’iy qon donorning muddati o’tgan qonidan gemoglobinni olish orqali ishlab chiqariladi. Gemoglobin himoya qobig’iga joylashtiriladi va unda antigenlari bo’lmagani sabab qon guruhi ham bo’lmagan barqaror va xavfsiz eritrotsitlar hosil qiladi.
Bunday qonni uy haroratida 2 yil saqlash mumkin, bu favqulodda inson hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
📟 DigiTech
52 007
+3
O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi
Technovation Girls — O‘zbekistondagi eng yirik qizlar uchun mo‘ljallangan STEM dasturidir. Tanlovning final bosqichida 88 ta IT-loyiha taqdim etildi. Jamiyat uchun muhim ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan loyihalar mukofotlandi. Tanlovning texnologik hamkori — Yandex Uzbekistan.
✅ Ko‘plab loyihalar sun’iy intellekt asosida yaratilgan
✅ Dastur 12 hafta davom etdi va u dasturlash, UX-dizayn va biznes modellar bo‘yicha ta’limni qamrab oldi
✅ Eng yaxshi jamoalar O‘zbekiston nomidan tanlovning xalqaro bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Bunday tashabbuslar qizlar o‘rtasida STEM qobiliyatlarini rivojlantirish va raqamli madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
