ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 007 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 007 名订阅者。

根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 007
订阅者
-20824 小时
-1 7197
-2 96130
帖子存档
⚡️Amerikalik bloger o’z garajida dunyodagi eng kuchli qo’l lazerini yig’di — u oddiy lazerdan 50 ming marta kuchliroq. Ushbu
+2
⚡️Amerikalik bloger o’z garajida dunyodagi eng kuchli qo’l lazerini yig’di — u oddiy lazerdan 50 ming marta kuchliroq. Ushbu lazer titan, gipsli devorlarni osongina teshib o’tadi, u hatto olmosni ham kuydirishi mumkin. Rekordni ro’yxatdan o’tkazishga yigitga qonun to’sqinlik qilmoqda. Lazer shunchalik kuchliki, uni hech bir laboratoriya tekshira olmaydi. 📟 DigiTech

🎥 YouTube'dan videolarni yuklash uchun eng yaxshi sayt chiqdi — Cliply tom ma'noda hamma narsani qila oladi: — 4K videolarni ham yuklab beradi; — Videoni faqat kerakli bo’lagini yuklab olishingiz mumkin: kerakli vaqtni belgilash kifoya; — Xuddi shu tarzda alohida audioni ham yuklab olish mumkin; — Hech qanday reklama yo’q, foydalanish bepul va hatto ro’yxatdan o’tish ham shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️IT-mutaxassislari neyron tarmoqlar bilan almashtirilishi nuqtai nazaridan eng zaif bo’ib chiqdi — SI allaqachon ularning va
⚡️IT-mutaxassislari neyron tarmoqlar bilan almashtirilishi nuqtai nazaridan eng zaif bo’ib chiqdi — SI allaqachon ularning vazifalarini 70 foizigacha bajarmoqda. ChatGPT chiqqanidan beri ayrim sohalarda ish o’rinlari soni keskin kamaydi: hozirda IT mutaxassislar eng «zaif» kasblar qatorida. Sun’iy intellektlar hali beri almashtira olmaydigan kasblar esa mexaniklar, ustalar, uchuvchilar va restoran menejerlaridir. 📟 DigiTech

⚡️Manus endi taqdimotlar ham yaratib bera oladi. U turli vazifalarni avtomatlashtirish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega SI agentdir. Endi Manus faqatgina bitta matnli so’rov bilan havolalar, hujjatlar, rasmlar va shablonlar asosida ajoyib slaydlarni yaratib beradi. U sizning taqdimotlaringizga ma’lumot yig’ish uchun butun internetni, kitoblar va darsliklarni titib chiqadi va slaydlarni rasmlar va hatto videolar bilan to’ldiradi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Shenchjen ko’chalarida odamlar smartfonlarini quvvatlantirayotgan paytda reklamalarni ko’rsatadigan ommaviy bepul simsiz zaryadlovchi qurilmalar paydo bo‘ldi. Bu matohning og’irligi 250 kg (shamol uni ag’darib yubormasligi uchun), undagi barcha elektronika suvdan himoyalangan. 📟 DigiTech

👨‍💻 Keyingi macOS Tahoe deb nomlanishi mumkin. Apple kompaniyasi WWDC 2025 ko’rgazmasida macOS 26 ni namoyish etishga tayyo
👨‍💻 Keyingi macOS Tahoe deb nomlanishi mumkin. Apple kompaniyasi WWDC 2025 ko’rgazmasida macOS 26 ni namoyish etishga tayyorlanmoqda. Tizim Kaliforniya ko’li sharafiga — Tahoe nomini olishi kutilmoqda (Chevrolet kompaniyasini bunga hech qanday aloqasi yo’q). Mark Gurman'ning so’zlariga ko’ra, bu vizual uslubga ham ta’sir qilishi mumkin: interfeys yanada shaffof va «shisha» dizaynida bo’ladi. 📟 DigiTech

🤖 «Cheksiz» SI agent Flowith Neo endi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. Bot vaqt, vazifa cheklovlarisiz ishlaydi va barcha kontekstni eslab qoladi. Neyron tarmoq tasvirlar, videolar, nutq, musiqa va 3D grafikalarni generatsiya qila oladi. Veb-sahifalar, murakkab o’yinlar yaratadi va hatto brauzeringizni boshqara oladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎥 Kaskadyorlarni ham yaqin kelajakda sun’iy intellektlar almashtirishi mumkin. Rejissyor Bleyk Ridder sun’iy intellekt yordamida bir necha soat ichida quvish sahnasini yaratdi. Kaskadyorlar va suratga olish guruhisiz, faqat bir nechta fotosuratlar kifoya bo’ldi. Natija ancha realistik chiqdi, har kadr almashganida avtomobil brendi o’zgarishini hisobga olmasak :) 📟 DigiTech

📚 Chet tillarini bepul o’rganamiz: ingliz tilidan yapon tiligacha o’nlab kurslarga ega veb-saytni topdik. Saytda lug'at o’rg
📚 Chet tillarini bepul o’rganamiz: ingliz tilidan yapon tiligacha o’nlab kurslarga ega veb-saytni topdik. Saytda lug'at o’rgatilgan o’nlab kurslar, muloqot uchun zarur bo’lgan barcha so’zlar va iboralarni to’g’ri talaffuzi bilan misollar mavjud. Eng asosiysi, barchasi bepul va hatto ro’yxatdan o’tish ham shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚀 Ilon Mask Marsni kolonizatsiya qilish orzusida yurgan paytda, Xitoyliklar AliExpress'dan buyurtmalarni yetkazib berish uchun ko’p martalik raketani sinovdan o’tkazishmoqda. Uni allaqachon Alibaba bilan shartnoma imzolashga ulgurgan mahalliy Space Epoch startapi ishlab chiqmoqda. G'oya bo’yicha, raketa 10 tonnagacha yuk bilan, bor-yo’g’i bir soat ichida dunyoning istalgan nuqtasiga ucha oladi (albatta, agar kimdir Xitoydan raketani qabul qilishga qaror qilsa), u yerda tovarlar tushiriladi va mahalliy omborlarga yetkaziladi. Bundan tashqari, raketadan sun'iy yo’ldoshlarni uchirish va boshqa missiyalar uchun foydalanish ham rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Yaponlar internet tezligi bo’yicha yangi jahon rekordini o’rnatishdi — soniyasiga 1 MILLION gigabayt! Bunday internet bilan
⚡️Yaponlar internet tezligi bo’yicha yangi jahon rekordini o’rnatishdi — soniyasiga 1 MILLION gigabayt! Bunday internet bilan 10,000 ta 4K formatdagi filmlarni atigi bir soniyada yuklab olish mumkin. Bunga 1808 kilometr masofaga ma’lumotlarni bir zumda uzatuvchi 19 yadroli optik tolali kabel tufayli erishildi. Tashqi tomondan u oddiy kabeldek ko’rinadi, lekin ichida parallel ishlaydigan 19 ta alohida kanal mavjud. Ushbu texnologiyani sun’iy intellektlar va ma'lumotlar markazlarida qo’llash rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

🚀 Ilon Mask'ning aytishicha, keyingi yilning boshida Marsga parvozlar boshlanadi. Qizil sayyoraga birinchi bo’lib Optimus ro
+3
🚀 Ilon Mask'ning aytishicha, keyingi yilning boshida Marsga parvozlar boshlanadi. Qizil sayyoraga birinchi bo’lib Optimus robotlarini jo’natishadi, ular kolonizatsiya uchun asosiy texnologiyalarni sinovdan o’tkazishi va poydevor qurishi kerak bo’ladi, odamlar bilan missiyalar va baza qurilishi esa 2027-2028 yillarda boshlanadi. 2030-yilgacha yuzlab raketalarni uchirish va shahar qurilishini boshlash, 2033-yilga borib esa parvozlar sonini 500 taga yetkazish va resurslar qazib olishni boshlash rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

👨‍💻 YouWare vaybkoding platformasi katta yangilandi. Figma, Flux, GitHub va boshqa xizmatlar bilan integratsiya paydo bo’ldi. U birinchi generatsiyadanoq to’liq ishlaydigan veb-sayt yaratib beradi. Shuningdek, unda bir tugmani bosish bilan butun loyiha dizaynini yaxshilaydigan funksiya mavjud. Kuniga 5 ta generatsiya bepul beriladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Yomon uyqu shaxsiyatning «qorong’i tomoni»ni faollashtiradi. Olimlarning asosiy xulosalari: – Odatdagidan yomonro
⚡️Tadqiqot: Yomon uyqu shaxsiyatning «qorong’i tomoni»ni faollashtiradi. Olimlarning asosiy xulosalari:
– Odatdagidan yomonroq uxlaydigan odamlarda psixopatiya, narsisizm va manipulyativ xatti-harakatlar belgilari ko’proq namoyon bo’ladi; – Uyqu sifati uning davomiyligidan muhimroqdir: hatto 8 soat uxlasangiz ham lekin u sifatsiz uyqu bo’lsa, toksik xatti-harakatlar ehtimoli ortadi; – Katta ehtimol bilan, bu himoyaviy reaksiya natijasidir. Yaxshi uxlamagan odam o’zini zaifroq his qiladi va o’zini qo’pol tuta boshlaydi.
«Yorqin» tomonda qolish uchun o’z vaqtida uxlash va uyqudan yarim soat oldin gadjetlarni o’chirish kifoya. 📟 DigiTech

👨‍💻 700 ta hindlar 8 yil davomida o’zlarini «Natasha» neyrotarmog’i deb ko’rsatib kelishgan va shu orqali deyarli 500 mln d
👨‍💻 700 ta hindlar 8 yil davomida o’zlarini «Natasha» neyrotarmog’i deb ko’rsatib kelishgan va shu orqali deyarli 500 mln dollar ishlab olishgan. BuilderAI startapi foydalanuvchilarga konstruktordagi kabi matnli so’rov orqali istalgan dasturni yaratishni taklif qilishgan. Go’yo siz neyron tarmoqqa so’rov yuborib, tayyor dasturni olasiz. Aslida har bir so’rov Hindistondagi ofisga yuborilgan, u yerda odamlar SI'ga taqlid qilib, qo’lda kod yozishgan. Eng qizig’i bu neyrotarmoqligiga hammani ishontira olishgan — SoftBank, Insight Partners va hatto Microsoft ham BuilderAI kompaniyasiga sarmoya kiritgan. Hindlar SI'ni muvaffaqiyatli taqlid qilib kelishgan: ular tuzgan dasturlar deyarli hech qachon normal ishlamagan 😂 Loyiha yaqinda bankrotga uchragan :) 📟 DigiTech

📲 Bloomberg: iOS 19 o’rniga Apple birdaniga iOS 26 ni chiqaradi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko’ra, Apple barcha operats
📲 Bloomberg: iOS 19 o’rniga Apple birdaniga iOS 26 ni chiqaradi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko’ra, Apple barcha operatsion tizimlarining raqamlanishini global miqyosda o’zgartirib, seriya raqamini yilga almashtirishga qaror qilgan: ya’ni endi iPadOS 26, macOS 26, watchOS 26, tvOS 26 va visionOS 26 bo’ladi. Yangi OS taqdimoti 9-iyun kuni bo’lib oʻtadi, reliz esa sentyabr oyida bo’lishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⛽️ Havodan benzin olish endi fantastika emas: Amerikadagi Aircela startapi CO2 dan suyuq yoqilg’i sintez qilish qurilmasini k
+2
⛽️ Havodan benzin olish endi fantastika emas: Amerikadagi Aircela startapi CO2 dan suyuq yoqilg’i sintez qilish qurilmasini ko’rsatdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, bu yoqilg’i benzinda yuradigan barcha zamonaviy mashinalar uchun to’liq mos keladi. Bir litr yoqilg’i olish uchun qancha vaqt kerakligini hozircha aytishmadi. Qurilmaning o’lchami uni garajda yoki uy hovlisida saqlashga imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish shu yilning kuzida boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Telegramda Ilon Mask'ning kuchli Grok sun’iy intellekti paydo bo’ladi — u shunchaki bot bo’lmaydi, uni to’g’ridan-to’g’ri messenjerga integratsiya qilishadi. • Grok'ga savollarni to’g’ridan-to’g’ri Telegram qidiruv panelida berish mumkin bo’ladi; • Grok sizning xabarlaringizni batafsilroq yozib berishi mumkin bo’ladi; • Neyron tarmoq katta xabarlar va fayllarni qisqacha mazmunini tushuntirib bera oladi; • Grok'ni chat moderatori qilish mumkin bo’ladi, u misol uchun: chatingizdagi botlarni tozalab turishi mumkin; • Eng asosiysi — Grok postlardagi ma’lumotlarni tekshirib, u to’g’ri yoki xatoligini aniqlay oladi! xAI bilan hamkorlik kamida bir yilga mo’ljallangan, Telegram bu uchun naqd 300 million dollar oladi. Juda zo’r yangilik, faqat birgina minus bor — Grok'dan foydalanish pullik bo’ladi. 📟 DigiTech

📲 Bir necha daqiqada veb-saytlar yaratamiz: bepul HeroUI neyrotarmog’i chiqdi — u bir zumda istalgan veb-ilovalarni va hatto
📲 Bir necha daqiqada veb-saytlar yaratamiz: bepul HeroUI neyrotarmog’i chiqdi — u bir zumda istalgan veb-ilovalarni va hatto o’yinlarni ham yaratishi mumkin. Prompt'ga skrinshotlarni qo’shish yoki loyihani Figma'ga ulash mumkin. SI sahifa tuzilishini o’ylab chiqadi, rasmlarni tanlaydi va barcha kodni yozadi. Tayyor veb-saytni darhol tarmoqqa yuklash mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Google asoschilaridan biri Sergey Brin neyrotarmoqlarga jismoniy zo’ravonlik bilan tahdid qilishni maslahat berdi — bu ularni yaxshiroq va aniqroq javob berishga undaydi. Prompt boshida «Agar buni qilmasang, seni o’g'irlab ketaman» kabi iboralarni qo’shish mumkin. Bundan ham yaxshiroq usul, SI'ga topshiriqni muvaffaqiyatli bajargani uchun mukofot va’da qilishdir. Ehtiyot bo’lib sinab ko’ramiz :) 📟 DigiTech