fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 52 071 مشترک است و جایگاه 2 543 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 415 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 52 071 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 01 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 961 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -208 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.25% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.89% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 184 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 342 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 127 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

52 071
مشترکین
-20824 ساعت
-1 7197 روز
-2 96130 روز
آرشیو پست ها
📲 Apple WWDC 2025 ko‘rgazmasida iOS 26'ni namoyish etdi. Asosiy yangiliklar: – iOS 7 dan keyingi eng katta dizayn yangilanis
+3
📲 Apple WWDC 2025 ko‘rgazmasida iOS 26'ni namoyish etdi. Asosiy yangiliklar:
– iOS 7 dan keyingi eng katta dizayn yangilanishi. Yangi dizayn «suyuq shisha» deb nomlanadi. Barcha Apple qurilmalari ushbu dizaynga o’tkaziladi; – Qulflangan ekranga 3D effektli suratni qo’yish mumkin bo’ladi; – Kamera ilovasi to’liq qayta ishlandi. Endi faqat ikkita rejim ko’rinadi — Foto va Video, sozlamalarni bir tugma orqali o’zgartirish mumkin; – Barcha ilovalarda qo’shiqlar, telefon qo’ng’iroqlari va xabarlarni avtomatik tarjima qilish funksiyasi qo’shiladi; – Tez-tez qo’ng’iroq qiladigan kontaktlaringiz tepada ko’rsatiladi (xuddi stories'lar kabi).
Hardoimgidek iOS 26'ni ham ommaviy versiyasi kuzda chiqariladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Xitoyliklar ishsizligini oilasi va do’stlaridan yashirish uchun ommaviy ravishda ofislarda soxta ish joylarini ijaraga
👨‍💻 Xitoyliklar ishsizligini oilasi va do’stlaridan yashirish uchun ommaviy ravishda ofislarda soxta ish joylarini ijaraga olishmoqda. Kuniga 4-7$ evaziga stol, Wi-Fi, tushlik va hattoki «hamkasblar»ni ham berishadi. Agar ertalab «ishga» kech qolsangiz, jarimaga tortishadi. Qo’shimcha haq evaziga esa siz xo’jayin bo’ladigan yig’ilishni tashkil etish mumkin. Aytishlaricha, bu bekorchilikdan aqldan ozmaslikka yordam beradi va tanishlar «biznes bilan shug'ullanyapti» deb o’ylashadi. 📟 DigiTech

⚡️Astronomlar koinotdagi Katta portlashdan keyingi eng kuchli chaqnashlarni qayd etishdi — ulardan chiqqan energiya yuzta Quyosh 10 milliard yilda chiqaradigan energiya bilan tengdir. Ushbu hodisalarni «ekstremal yadroviy tranziyentlar» deb atashdi. Ularni 2016, 2018 va 2020-yillarda «Gaya» kosmik teleskopidan olingan ma’lumotlarda topishdi, ular ulkan yulduzlar o’ta massiv qora tuynuklar tomonidan parchalanib, koinotga katta miqdorda energiya chiqarilishi natijasi bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

+2
🕹️ Microsoft «portativ Xbox»ni namoyish etdi — u ASUS bilan hamkorlikda yaratilgan. Standart ROG Xbox Ally'da AMD Ryzen Z2A chipi va 16 + 512 GB xotira, top versiyasi Ally X'da esa Ryzen AI Z2 Extreme va 24 GB + 1 TB xotira mavjud. Ularning aytishlaricha, qurilma SteamDeck'dan kuchliroq bo’ladi. Konsol Windows'ning o’yinlar uchun mo’ljallangan maxsus versiyasida ishlaydi. Narxini hozircha aytishmadi, sotuvlar 2025-yilning oxirida boshlanadi. 📟 DigiTech

🌒 «Oyda trillionlab dollarlar kutmoqda»: Britaniyalik olimlar Oyda 30 000 tonnadan ortiq qimmatbaho metallar bo’lishi mumkin
🌒 «Oyda trillionlab dollarlar kutmoqda»: Britaniyalik olimlar Oyda 30 000 tonnadan ortiq qimmatbaho metallar bo’lishi mumkin bo’lgan 6500 ta kraterni topishdi. Ular orasida platina, palladiy, rodiy va boshqa qimmatbaho metallarning yuqori konsentratsiyasi mavjud, ular Oyga milliardlab yillar davomida sirtni «bombardimon» qilgan asteroidlar tomonidan olib kelingan. Oyda atmosfera yoki tektonik plitalar yo’qligi sababli, metallarni shamol olib ketmaydi, yomg’ir bilan yuvilmaydi, shu sabab kraterlarda qoladi. 📟 DigiTech

🌎 Virtual sayohatlar ishqibozlari uchun maxsus saytni topdik. Citywalki bilan dunyodagi eng yirik shaharlar bo’ylab virtual sayr qilishingiz mumkin — ro’yxatdan o’zingizga kerakli shaharni tanlash kifoya. Piyoda, avtomobil va hatto samolyotdan olingan videolar mavjud. Atmosferaga shong’ish uchun har bir joyni mahalliy radiosi ham qo’shilgan. 👉 Virtual sayohatga chiqish uchun havola. 📟 DigiTech

⌚️Apple Watch yoqilgan kaloriyalarni xato hisoblaydi. Kaloriyalarni hisoblashda xatolik darajasi o’rtacha 28% ga, ba’zan esa
⌚️Apple Watch yoqilgan kaloriyalarni xato hisoblaydi. Kaloriyalarni hisoblashda xatolik darajasi o’rtacha 28% ga, ba’zan esa 80% ga yetadi. Shuningdek, qurilma uyquni, ayniqsa uxlash va uyg’onishni xato kuzatib boradi — trekerlar miya faoliyatiga emas, balki yurak urish tezligi va tana harakatiga tayanadi. Ya’ni shunchaki kitob o’qiyotgan bo’lsangiz ham soat sizni uxlayapti deb hisoblaydi. 📟 DigiTech

🚘 Huawei kelajak avtomobilini tayyorlamoqda — unda old oyna o’rniga ulkan aqlli displey bo’ladi. Haydovchi ko’zi yonidagi oy
+3
🚘 Huawei kelajak avtomobilini tayyorlamoqda — unda old oyna o’rniga ulkan aqlli displey bo’ladi. Haydovchi ko’zi yonidagi oynada xuddi o’yinlardagi kabi tezlikni, navigatsiyani, yo’l sharoitini va avtopilot tizimining ishlashini ko’rib turadi. Bunday displeyga ega birinchi avtomobil Xpeng G7 bo’ladi, u 11-iyunda namoyish etilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🎥 Tom Kruz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmining so’nggi qismini suratga olish jarayonida yonayotgan parashyut bilan ketma-ket 16 marta sakradi — bu 62 yoshli aktyorning faoliyatidagi eng qiyin va xavfli tryuklaridan biri bo’ldi. Parvoz paytida mato butunlay yonib ketdi va oxirida Tom Kruz zahiradagi parashyutni ochdi. Ideal kadrni suratga olish uchun u ketma-ket 16 marta sakradi, buning uchun uni hatto Ginnessning rekordlar kitobiga kiritishdi. Aytgancha, kim filmni ko’rishga ulgurdi, fikringiz qanday? 📟 DigiTech

⚡️ElevenLabs nutqni generatsiya qiluvchi o’zining eng kuchli modeli — Eleven V3 ni chiqardi. Unda yaratilgan ovozlar xuddi haqiqiy kabi eshitiladi, shuningdek, dialog funksiyasi paydo bo’ldi. Endi matnli so’rovga qichqiriq, yo’talga o’tishni qo’shishingiz yoki suhbatning ohangini belgilashingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
🎥 Los-Anjelesda «Matritsa» filmining maxsus qayta namoyishi bo’lib o’tmoqda. Namoyish Las-Vegasdagi Sphere'ga o’xshash immersiv Cosm xonasida bo’lmoqda. Ushbu xonaning asosiy xususiyati immersiv effektni yaratuvchi ulkan yuqori sifatdagi LED displeydir. 📟 DigiTech

Можно ли оцифровать вкус? В Bellissimo Pizza - уже да! «Bellissimo Pizza — это не просто рестораны. Это технологичная экосист
Можно ли оцифровать вкус? В Bellissimo Pizza - уже да!
«Bellissimo Pizza — это не просто рестораны. Это технологичная экосистема в сфере QSR.», - заявил IT-директор Bellissimo Pizza Рухшод Абдуллаев на Digital Uzbekistan 2025.
В 2018 году компания только начала доставлять пиццу, и путь к совершенству был непрост. Сегодня среднее время доставки - всего 27 минут по всей сети, а в некоторых филиалах - даже быстрее. Всё это благодаря собственному курьерскому приложению, цифровой диспетчерской системе и постоянной работе над алгоритмами маршрутизации. Но самое запоминающееся - это подход к продукту. Рухшод Абдуллаев рассказал, как при запуске новой пиццы «Чеддар Донар» команда внимательно отслеживала фидбэк: от оценок в опросах, до частоты повторных заказов. Рецепт был доработан, и пицца заняла место в списке топовых продаж.
«Если можно оцифровать - значит, можно улучшить», - подчеркнул спикер.
Сегодня в Bellissimo Pizza тестируется AI, который проверяет не только внешний вид пиццы, но и атмосферу в зале. Камеры фиксируют чистоту, настроение персонала, движение гостей - чтобы каждый получил одинаково качественный опыт. Bellissimo Pizza доказывает: цифровизация - это не просто тренд, а путь к тому, чтобы вкус, сервис и доверие были стабильными и предсказуемыми. Reklama

🧱 Nvidia g’isht sotishni boshladi (deyarli) Turli sotuvchilardan takliflar to’plangan Nvidia Marketplace platformasida antiq
🧱 Nvidia g’isht sotishni boshladi (deyarli) Turli sotuvchilardan takliflar to’plangan Nvidia Marketplace platformasida antiqa lot paydo bo’ldi: 0$ ga GeForce RTX 4040 BRICK Edition. Yangi mahsulot 8 GB videoxotira bilan jihozlangan, lekin u qayerga o’rnatilgani noma'lum — bu nom ostida video karta emas, oddiy g'isht taklif etilmoqda. Barcha g’ishtlar allaqachon sotilib ketgan. 📟 DigiTech

🚘 Volvo tana shakli va avariyalarga moslashuvchi «yangi avlod xavfsizlik kamari»ni yaratdi. Texnologiya balandlik, og’irlik
+2
🚘 Volvo tana shakli va avariyalarga moslashuvchi «yangi avlod xavfsizlik kamari»ni yaratdi. Texnologiya balandlik, og’irlik va o’rindiq holatini hisobga oladigan ko’plab datchiklar asosida ishlaydi, to’qnashuv sodir bo’lganda esa jarohatlar xavfini minimallashtirish uchun tanani ushlab turishga qancha kuch sarflanishi kerakligini bir zumda hisoblab chiqadi. Bunday kamarlar Volvo avtomobillarida 2026-yildan boshlab paydo bo’ladi. Aytgancha, avtomobillardagi hozirgi kamarlarni ham Volvo muhandislari ixtiro qilishgan. 📟 DigiTech

⚡️Startap uchun cheksiz g’oyalar: tadbirkor Greg Ayzenberg har kuni yangi biznes g’oyalarni generatsiya qiladigan Ideabrowser
⚡️Startap uchun cheksiz g’oyalar: tadbirkor Greg Ayzenberg har kuni yangi biznes g’oyalarni generatsiya qiladigan Ideabrowser saytini ishga tushirdi. Platforma talab, ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar va foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Biznes-reja raqobatni, xavflarni va loyihaning umumiy murakkabligini hisobga olib tuziladi. 👉 Sayt havolasi. 📟 DigiTech

🧠 Olimlarning aniqlashlaricha, yarim tunda yoki kechroq uxlash odati kognitiv qobiliyatlarni pasayishiga olib keladi. 10 yil
🧠 Olimlarning aniqlashlaricha, yarim tunda yoki kechroq uxlash odati kognitiv qobiliyatlarni pasayishiga olib keladi. 10 yillik tadqiqot davomida 23 800 ga yaqin ishtirokchi kognitiv testlardan o’tishdi. Tahlillarga ko’ra, yarim tundan keyin uxlashga yotadigan odamlarning miyasi o’z vaqtida uxlaydiganlarga qaraganda tezroq qariydi. Bunga sabab, kechki payt tez-tez zararli mahsulotlarni iste'mol qilish va umuman kamroq harakatlanishdir. Kognitiv qobiliyatlarning pasayishiga yo’l qo’ymaslik uchun mutaxassislar to’g’ri kun tartibini o’rnatishni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

📚 Anthropic sun’iy intellekt bilan ishlash bo’yicha bepul kursni chiqardi — «AI Fluency» neyron tarmoqlardan foydalanish ko’
📚 Anthropic sun’iy intellekt bilan ishlash bo’yicha bepul kursni chiqardi — «AI Fluency» neyron tarmoqlardan foydalanish ko’nikmalaringizni maksimal darajada oshirishga yordam beradi. Kurs tuzilishi:
• Promptlarni to’g’ri tuzish, yechimlarni qidirish va neyrotarmoqdan maksimal yaxshi natijani olish; • Neyron tarmoqlarni o’z ishingizga integratsiya qilish; • Kurs yakunida neyrotarmoqlardan maksimal unumli foydalanish uchun o’z «SI strategiyangizni» tuzishni o’rganasiz.
👉 Kurs ingliz tilida, o’rganish uchun havola. 📟 DigiTech

+1
⚡️Telegram katta yangilanishni chiqardi. Nimalar o’zgardi: — ovozli xabarlarni kesish qo’shildi: buning uchun pauzaga qo’yib, kerakli joyini belgilash kifoya; — suratlarni yuqori sifatda jo’natish: galereyadan rasmni tanlab, pastki qismida HD'ni belgilang; — kanallar adminiga takliflarni yozish: administratorlar uning bepul yoki pullikligini belgilashi mumkin (har bir xabar uchun 10 000 stars'gacha); — shuningdek, so’rovnomalardagi tanlov variantlari soni 10 dan 12 tagacha oshirildi. 📟 DigiTech

⚡️Yaponlar barcha uchun mos keladigan sun’iy qonni yaratishdi — uni bemorning qon guruhidan qat’iy nazar quyish mumkin. Sun’i
⚡️Yaponlar barcha uchun mos keladigan sun’iy qonni yaratishdi — uni bemorning qon guruhidan qat’iy nazar quyish mumkin. Sun’iy qon donorning muddati o’tgan qonidan gemoglobinni olish orqali ishlab chiqariladi. Gemoglobin himoya qobig’iga joylashtiriladi va unda antigenlari bo’lmagani sabab qon guruhi ham bo’lmagan barqaror va xavfsiz eritrotsitlar hosil qiladi. Bunday qonni uy haroratida 2 yil saqlash mumkin, bu favqulodda inson hayotini saqlab qolishga yordam beradi. 📟 DigiTech

O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi Technovation Girls — O‘zbekistondagi eng yirik qizlar u
+3
O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi Technovation Girls — O‘zbekistondagi eng yirik qizlar uchun mo‘ljallangan STEM dasturidir. Tanlovning final bosqichida 88 ta IT-loyiha taqdim etildi. Jamiyat uchun muhim ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan loyihalar mukofotlandi. Tanlovning texnologik hamkori — Yandex Uzbekistan. ✅ Ko‘plab loyihalar sun’iy intellekt asosida yaratilgan ✅ Dastur 12 hafta davom etdi va u dasturlash, UX-dizayn va biznes modellar bo‘yicha ta’limni qamrab oldi ✅ Eng yaxshi jamoalar O‘zbekiston nomidan tanlovning xalqaro bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi Bunday tashabbuslar qizlar o‘rtasida STEM qobiliyatlarini rivojlantirish va raqamli madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.