ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 390 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 390 名订阅者。

根据 14 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 151,过去 24 小时变化为 -359,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.05%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.18% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 10 238 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 114

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 15 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 390
订阅者
-35924 小时
+2 3907
+1 15130
帖子存档
🖼️ Blizzard o’z xodimlari uchun tasvirlar generatsiya qiluvchi neyrotarmoqni ishlab chiqmoqda Bu haqda The New York Times xa
🖼️ Blizzard o’z xodimlari uchun tasvirlar generatsiya qiluvchi neyrotarmoqni ishlab chiqmoqda Bu haqda The New York Times xabar berdi. Blizzard Diffusion deb nomlanuvchi neyrotarmoq Blizzard o’yinlaridagi tasvirlardan foydalanib o’rgatilgan. U o’yin dizaynerlariga o’yin konseptsiyasini va teksturalarini yaratishda yordam beradi. Kompaniya shuningdek, kodlar va o’yinlardagi 3D muhitni yaratish uchun boshqa sun’iy intellekt vositalarini yaratishni ko’rib chiqmoqda. Blizzard Diffusion birinchi qaysi o’yin uchun ishlatilishi hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

+2
🖼️ Drag Your GAN neyrotarmog’ining imkoniyatlari aks ettirilgan videolar Bu neyrotarmoq chiqqanidan so’ng rasmlarni tahrirlash ancha osonlashib ketadi. 📟 DigiTech

+1
🗣️ Rasm, gif va videolardagi obyektni siz istagandek «gapirtiruvchi» neyrotarmoq Ishlatish oson, o’zingizga kerakli rasm, gif yoki videoni yuklaysiz va ovoz sozlamalarini tanlaysiz. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️Tunda katta PlayStation Showcase taqdimoti bo'lib o'tdi. Shu kuzda chiqadigan Marvel's Spider-Man 2 va yana bir nechta o'yi
▪️Tunda katta PlayStation Showcase taqdimoti bo'lib o'tdi. Shu kuzda chiqadigan Marvel's Spider-Man 2 va yana bir nechta o'yinlar ko'rsatildi. Eng qiziqarli treylerlarni to'pladik:Metal Gear Solid 3: Snake Eater – chiqish sanasi ma’lum emas • Assassin's Creed Mirage - 2023 12 oktyabr • Alan Wake 2 - 2023 17 oktyabr • Final Fantasy XVI - 2023 22 iyun • Ghostrunner II - bir yil ichida chiqadi • Marathon - chiqish sanasi ma’lum emas Havolalarni ustiga bosib treylerlarni ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

+1
🎧 Britaniyaning CurrentBody brendi tom ma’noda boshingizda soch o'stiruvchi simsiz quloqchinni chiqardi Ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, 120 ta maxsus LED lampalar soch o’sishini tezlashtiradi, to’kilishini esa sekinlashtiradi. Natijaga erishish uchun uni 16 hafta davomida, kuniga 10 daqiqadan taqib yurish kerak. Unda musiqa tinglasa ham bo’ladi, hatto tibbiy sertifikati ham bor ekan. Uning narxi - 820 dollar. 📟 DigiTech

▪️Microsoft Build 2023 konferensiyasida Windows Copilot’ni namoyish etdi Bu Bing SI asosidagi, operatsion tizimga o’rnatilgan shaxsiy yordamchidir. U sizning kompyuteringizni tom ma’noda boshqarishi, turli xil xatolarni to’g’irlashga yordam berishi va tizim boshqaruvini yanada qulayroq qilishi mumkin. Bir haftadan so’ng Windows 11 bo’lgan barcha foydalanuvchilarga beta - versiya yuboriladi. 📟 DigiTech

▪️AQSh Kongressi ChatGPT ishlab chiqaruvchisi bilan "jiddiy suhbat" o’tkazdi OpenAI rahbari Sem Altman sun’iy intellekt haqiq
▪️AQSh Kongressi ChatGPT ishlab chiqaruvchisi bilan "jiddiy suhbat" o’tkazdi OpenAI rahbari Sem Altman sun’iy intellekt haqiqatdan ham ba’zi sohalarda odamlarni almashtirishi mumkinligini tan oldi, bu esa ularni ishdan bo’shatishga olib kelishi mumkin. U SI kompaniyalarini litsenziyalash uchun agentlik yaratishni taklif qildi. Kongress esa imkoniyatni boy bermasdan vaqtida sun’iy intellektlarni tartibga solishni o’z qo’liga olmoqchi. Ular ijtimoiy tarmoqlar bilan bu imkoniyatni boy berishgandi. 📟 DigiTech

📲 Xavfli viruslar bilan zararlangan millionlab Android smartfonlar va televizorlar sotuvga chiqib ketgan Android operatsion
📲 Xavfli viruslar bilan zararlangan millionlab Android smartfonlar va televizorlar sotuvga chiqib ketgan Android operatsion tizimida ishlovchi bir necha qator smartfon va televizorlar foydalanuvchilarga yetib bormasidan oldin virus tarqatuvchi xavfli dastur bilan zararlangan. Bu haqda Ars Technica portali ikkita hisobot ma'lumotlariga asoslanib xabar berdi. Ulardan biri Trend Micro kompaniyasi tomonidan tuzildi, ularning mutaxassislari 50 xil markadagi 8,9 million dona telefonlarda «Guerilla» virusini aniqlashdi. Xavfli dastur Google Play do'konining 15 ta ilovasida bor edi. Google kompaniyasi hali bu vaziyatga rasmiy izoh bermadi. 📟 DigiTech

⚡CODEACADEMY o'zining SUN'IY INTELLEKT kursiga qabul boshladi! 📌 Biz sizga Sun'iy intellekt bo'yicha 6+ yillik tajribaga ega
CODEACADEMY o'zining SUN'IY INTELLEKT kursiga qabul boshladi! 📌 Biz sizga Sun'iy intellekt bo'yicha 6+ yillik tajribaga ega Naxalov Zarifjon kurslarini istalgan joydan turib o'rganish imkonini beramiz. Ushbu 4 oylik real proyektlarga yo'naltirilgan yangi formatdagi kursda o'zingizga qulay shaklda ONLINE yoki OFFLINE qatnashishingiz mumkin. 👉 Kirish darsi BEPUL, qatnashish uchun @codeacademy_admin ga murojaat qiling. 💰 Narxi: Oyiga 900 000 so'm (Kirish darsigacha to'lov qilganlarga 700 000 so'm) Murojaat uchun: 💬Telegram: @codeacademy_admin 📞 Tel: +998950127733 📍Offline uchun Manzil: Samarqand shahar Mironshox Mirzo ko'chasi 31-uy. Mo'ljal: Makon mall(Gum) 🚀@codeacademyai

🔍 Lean Domain Search - bir necha soniya ichida sizga kerakli domenni topishga yordam beruvchi sayt Ushbu sayt yordamida sizga kerakli domen nomining bor yoki yo'qligini bepul tekshirishingiz va nomingiz bilan qanday domen variantlari mavjudligini bilishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️Twitter foydalanuvchisida AR (to’ldirilgan reallik) da portallar yaratish g’oyasi kelibdi va u bu g’oyani muvaffaqiyatli reallashtiribdi. Qoil, zo’r chiqibdi. 📟 DigiTech

+2
🛴 Kickstarter platformasida yo’l tanlamas Immotion RS elektrosamokatini ishlab chiqarish uchun mablag’ to’plashdi, u katta quvvatga ega va yo’l tanlamaydi Samokatda ikkita elektromotor mavjud, maksimal tezlik 110 km/soat (albatta ideal sharoitda). Bir zaryadda 160 km masofani bosib o’tadi, batareya 0% dan 100% gacha ikki soat ichida to’ladi. Immotion RS narxi 3500 dollar. 📟 DigiTech

🖼️ Drag Your GAN neyron tarmog’i bir necha marta bosish orqali obyektlarning holatini, ularning o’lchamlarini va fotosuratlardagi yuz ifodalarini o’zgartirishga imkon beradi. Shu bilan birga rasm sifati o’zgarmaydi, ya’ni neyrotarmoq rasmni huddi o’sha sifatda qayta generatsiya qiladi. Loyiha hozirda ishlab chiqilmoqda va yaqin oylarda ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

▪️Huawei kompaniyasi MatePad Air planshetini taqdim etdi • Displey: 11,5 dyuym 2800x1840 IPS, 144Hz • Chipset: Snapdragon 888
+3
▪️Huawei kompaniyasi MatePad Air planshetini taqdim etdiDispley: 11,5 dyuym 2800x1840 IPS, 144Hz • Chipset: Snapdragon 888 • Kameralar: 13 MP + 8 MP selfi • Xotira: 8/128, 8/256, 12/256, 12/512 GB • Tarmoq: 4G, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2 BLE • OT: HarmonyOS 3.1 • Batareya va zaryadlash: 8300 mA/soat, 40 Vt Shuningdek stilus va klaviatura ulash mumkin, narxi esa 413 dollardan boshlanadi. Nima deb o’ylaysiz, ushbu devays Apple iPad Air bilan raqobatlasha oladimi? 📟 DigiTech

🌆 Tadqiqot: Nyu-York osmono'par binolar og'irligi ostida cho'kmoqda Olimlar hisobi bo’yicha: shahardagi barcha binolarning o
🌆 Tadqiqot: Nyu-York osmono'par binolar og'irligi ostida cho'kmoqda Olimlar hisobi bo’yicha: shahardagi barcha binolarning og'irligi 764 million tonnani tashkil etadi, ular yumshoq tuproqqa bosim o'tkazadi, shu sabab shahar yiliga 1-2 mm ga cho'kmoqda. Qurilishlarning ko’payishi vaziyatni yanada og’irlashtiradi. Geolog Tom Parsons har bir yangi bino kelajakda suv toshqini xavfini oshirishi haqida ogohlantirdi. Hozir Nyu-York suv toshqini xavfi bo'yicha 3-o'rinda turibdi, Jakarta yiliga 11 sm ga cho’kib boruvchi 1-o’rinda. 📟 DigiTech

▪️Apple o’z xodimlariga ish vaqtida ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqladi Apple xodimlarid
▪️Apple o’z xodimlariga ish vaqtida ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqladi Apple xodimlaridan maxfiy ma'lumotlarni to'playdigan sun'iy intellekt platformalaridan xavotirda. ChatGPT'dan tashqari, Apple o‘z xodimlariga Microsoft'ga tegishli bo‘lgan GitHub Copilot’dan foydalanishni ham taqiqladi. Copilot yordamida dasturchilar kodlashni avtomatlashtirishlari mumkin. 📟 DigiTech

Augmented Reality bo'yicha bepul seminar Zamonaviy texnologiyalarni amalda qo'llab mobil dasturlar tuzishga qiziquvchilar uchun xushxabar. GITA dasturchilar akademiyasida Amerika va Koreya kompaniyalarida tajriba oshirgan malakali dasturchi Sherzodbek Muhammadiyev, AR texnologiyasini mobil dasturlashda qo'llash mavzusida seminar o’tkazib beradilar. Seminarda qatnashish mutlaqo bepul. 📆 Sana: 21-may, soat 16:00 da 👉 Ro'yxatdan o'tish 👩‍💻 Biz bilan bog'lanish; 📞 90-808-37-38 📍Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Amir Temur 129b, Anor Plaza 4-qavat. • Mo'ljal: Shaxriston metrosi P.S: Zamondan orqada qolmaslik uchun doimiy izlanishda bo'ling. Telegram

🌎 Blockade Labs neyrotarmog’i yangilandi, endi u hatto eskizlarni 3D muhitga aylantirib beroladi Ishlatish oson, eskiz chizasiz, kerakli sozlamalarni va matnli tavsifni kiritasiz, bir necha daqiqada 3D muhit tayyor! Ro’yxatdan o’tmasdan turib brauzerni o’zida bepul sinab ko’rishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎁 Uzum Marketda 22-maygacha 70% gacha chegirmalarga ulgurib qoling! 22-maygacha deyarli barcha tovarlarga 70% gacha chegirma
🎁 Uzum Marketda 22-maygacha 70% gacha chegirmalarga ulgurib qoling! 22-maygacha deyarli barcha tovarlarga 70% gacha chegirmalar ketmoqda, YR8PUK78 promokodini ishlatib siz yana 35 000 so'mlik qo'shimcha chegirmani qo'lga kiritasiz. Promokoddan foydalanish uchun xaridingiz umumiy summasi 150 000 so'mdan oshsa bo'ldi, ya'ni 1 dona tovar 150 000 so'mdan qimmat bo'lishi shart emas. Promokod faqat birinchi xaridingiz uchun amal qiladi. 🚛 Buyurtmangiz atigi 1 kun ichida yetkazib beriladi. ➡️ Promokod: YR8PUK78 👉 Havola orqali o'tib ilovani yuklab oling va chegirmalarga ega bo'ling!

🧑‍💻 Sightful kompaniyasi yangi Spacetop noutbuki uchun displey tanlashda antiqa yondashdi. Unda umuman displey yo’q: uni o’
+3
🧑‍💻 Sightful kompaniyasi yangi Spacetop noutbuki uchun displey tanlashda antiqa yondashdi. Unda umuman displey yo’q: uni o’rniga 100 dyuymli ish stolini ko’rsatuvchi VR ko’zoynaklar bilan birga keladi. Garnitura har bir ko’z uchun Full HD tasvirni ko’rsatadi va dinamiklar bilan jihozlangan, noutbuk esa Snapdragon 865 da ishlaydi. Windows o’rniga Spacetop OS ishlatiladi. Shuningdek Wi-Fi 6, 5G modul, SIM uchun slot va ikkita USB-C 3.2 mavjud. Narxi esa 2000 dollar. 📟 DigiTech