AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 108 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 599,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 456 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 108 名订阅者。
根据 06 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 599,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.95%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 766 次浏览,首日通常累积 9 556 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 07 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 108
订阅者
-20724 小时
-1 4957 天
-2 59930 天
帖子存档
51 083
🌟 Telegram ilovasi yangilandi.
Endi foydalanuvchilar o'zlarining sevimli kanallarini pullik reaksiyalar, ya’ni o’z balansidagi stars'larni yuborish orqali qo’llab-quvvatlashlari mumkin.
Kanal egalari stars'larni 100 foizini oladilar va ularni Toncoin'ga almashtirishlari mumkin.
Har bir stars reaksiyali postda unga eng ko’p stars yuborgan foydalanuvchilar ro’yxati ko’rinib turadi. Agar foydalanuvchi reytingda bo’lishni istamasa, reaksiya yuborishda o’z ismini yashirishi mumkin.
📟 DigiTech
51 083
🎉 Telegram 11 yoshda!
Messenjerning birinchi versiyasi 2013-yil 14-avgustda chiqqan va bir muncha vaqt faqat iPhone uchun mavjud edi.
Bugungi kunda Telegram'ga har kuni 950 milliondan ortiq odam kiradi va ilova asta-sekin super ilovaga aylandi: hamyonlar, botlar, qo’ng‘iroqlar, storieslar va boshqalar.
Telegram'ga kuniga necha marta kirasiz, izohlarda yozib qoldiring.
📟 DigiTech
51 083
+3
📲 Made By Google 2024 taqdimoti bo’lib o’tdi. Nimalar namoyish etildi:
Pixel
Birdaniga 4 ta yangi modelni namoyish etishdi: Pixel 9, 9 Pro, 9 Pro XL va 9 Pro Fold. Narxlar 800 dollardan boshlanadi.
Buds Pro
Yangi quloqchin dizayni, yaxshilangan shovqinni kamaytirish funksiyasi va batareya zaryadi uzoqroqqa yetadi. Narxi 230 dollar.
Watch 3
Displey 41 va 45 mm. Ekrani yorqinroq, zaryadi 36 soatgacha yetadi. Korpus alyuminiydan qilingan. 41 mm model — 350 dollardan, 45 mm — 400 dollardan boshlanadi.
Gemini
Neyron tarmoq Android'ga integratsiya qilindi va Google xizmatlari bilan bog’landi.
📟 DigiTech
51 083
✍️ Germaniyalik rassom Melvin Verner negativ rangda noyob rasmlar chizadi — ular faqat maxsus filtr orqali ko’rilganda rangga kiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning asarlari millionlab ko’rilmoqda va agar xohlasangiz, deyarli har birini yuz evroga sotib olish mumkin. Lekin asl nusxalarni sotmaydi, faqat printlarni sotadi.
Mana buni haqiqiy iste'dod desa bo’ladi.
📟 DigiTech
51 083
+3
⛰️ Saudiya Arabistonidagi sahro o’rtasida sun’iy ko’l va tog’-chang’i kurorti qurilmoqda.
Majmua qishda harorat noldan pastga tushadigan, qolgan vaqtlarda esa boshqa hududlarga qaraganda 10°C sovuqroq bo’ladigan Aqaba ko’rfazi qirg’og‘idan 50 km uzoqlikda qurilmoqda. Suv ombori yaqinida hashamatli uylar, mehmonxona va restoranlar quriladi, tog’larda esa chang’i yo’laklari bo’ladi.
Qurilish 2026-yilga qadar yakunlanishi kutilmoqda, 2029-yilda esa u yerda qishki Osiyo o’yinlarini o’tkazishmoqchi.
📟 DigiTech
51 083
🤖 Stenford talabalari robotga «hayotiy ko'nikmalar»ni o’rgatishmoqda.
U allaqachon oyoq kiyimni kiyishni va bog’ichlarini bog’lashni, tennis o’ynashni, idishlarni yuvishni biladi va endilikda u pianino chalishni va kompyuterda yozishni o’zlashtirmoqda.
Ushbu harakatlarni bajarishni o’rganish uchun robotga o’rtacha 35-40 marta ko’rsatish yetarli.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Har qanday vazifalar uchun eng yaxshi va mashhur neyrotarmoqlar ro’yxati.
Saqlab qo’ying, asqotadi.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Tadqiqot: Plastik idishlardan suv ichish gipertoniya va yurak xastaliklari xavfini oshiradi.
Bunga sabab qonga tushadigan mikroplastikdir — olimlar ularni aksariyat ichimliklar idishlaridan topishdi.
Tadqiqot ishtirokchilari ikki hafta davomida faqat kran suvini ichishdi, buning natijasida ularning qon bosimi va yurak xastaliklari xavfi sezilarli darajada kamaydi.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Xitoydagi avtomaktablarda instruktorlar «aqlli» mashinalarga almashtirilmoqda.
Avtomobildagi displey nima qilish kerakligini aytib turadi, kerak bo’lganda avtopilot boshqaruvni o’z qo’liga oladi.
Shunga qaramay, instruktorlardan hali butunlay voz kechishmadi. Ular bir vaqtning o’zida bir nechta o’quv mashinalarini masofadan turib kuzatib turadilar.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Videolar sifatini buzmasdan hajmini 90% gacha kichraytirib beradigan neyrotarmoq chiqdi.
Neyron tarmoqdan foydalanish mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tish ham shart emas. Sun'iy intellektning o'zi optimal kichraytirish hajmini aniqlaydi, siz esa tayyor videoni yuklab olishingiz kifoya.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 083
+2
⚡️Halo Space kompaniyasi kosmik turizm uchun havo sharini ishlab chiqmoqda. Uning yordamida Yer yuzasidan 35 km balandlikka ko’tarilish mumkin.
Sayyohlar germetik kapsulada bo’lishadi, shuning uchun hech qanday skafandrlar talab qilinmaydi. Parvoz olti soatga mo’ljallangan, shundan to’rt soati stratosferada o’tadi.
Sinov parvozi sentyabrga rejalashtirilgan, lekin hozircha odamlarsiz. Agar hammasi yaxshi o’tsa, Halo Space 2026-yilda tijorat parvozlarini boshlaydi.
Chiptaning narxi taxminan 150 000 yevro bo’ladi.
📟 DigiTech
51 083
📲 Xiaomi smartfonlarida yashirin kameralarni aniqlash funksiyasi paydo bo’ladi.
Bu funksiya notanish joylarda tez-tez to’xtab turuvchi sayohatchilar uchun yaratilgan, u atrofdagi Wi-Fi signallarini tahlil qilish orqali ishlaydi.
Detektor 2024-yilning kuzida chiqadigan HyperOS 2.0 yangilanishi bilan qo’shilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Ford yangi Bronco va Mustangni namoyish etdi — lekin bular avtomobillar emas, elektr velosipedlardir.
Ikkalasiga ham 750 Vt quvvatga ega elektromotor o’rnatilgan, maksimal tezlik 45 km/soat, bir zaryadda 96 km masofani bosib o’tish mumkin, shuningdek, rulda displey mavjud.
Bronco'ni ajratib turadigan narsa — mototsikl o’rindig’i, Mustang'ni esa klassik uslub. Narxi — 4000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
51 083
🤖 Figure kompaniyasi odamsimon robotlarning yangi avlodini namoyish etdi — endi ular yanada «odamsimon» ko’rinishga ega va ancha yaxshiroq harakat qilishadi.
Ular bilan deyarli odamlar kabi muloqot qilish mumkin bo’ladi — OpenAI bilan birgalikda maxsus sun’iy intellekt modeli yaratilgan.
Hozirgi vaqtda Figure 02 AQShdagi BMW zavodlaridan birida sinovdan o’tkazilmoqda, ular ehtiyot qismlarni tashishda yordam berishmoqda.
📟 DigiTech
51 083
🚆 Xitoyda 1000 km/soat tezlikka erisha oladigan poyezd namoyish etildi. Bu aksariyat samolyotlardan ham tezroq.
Poyezd 2 km uzunlikdagi maxsus quvurda sinovdan o’tkazildi. Hozirda sinovlar hali ham davom etmoqda va ishga tushirilish sanasi yo’q. Poyezd ishga tushirilsa, Pekindan Shanxaygacha bo’lgan yo’lni hozirgi 4 soat o’rniga 1,5 soatda bosib o’tadi.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Tadqiqot: Ertalab bir nechta «budilnik» o’rnatish yurak bilan muammolarga va depressiyaga olib keladi.
Har bir budilnik tana uchun stressdir va ba’zilar buni har kuni ertalab bir necha marta boshdan kechirishadi. Bunday uyg'onish uyqu fazasini buzadi va charchoq, kayfiyat buzilishi va xavotirga olib keladi.
Bu doimiy davom etaversa sog’liq bilan jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.
📟 DigiTech
51 083
📲 iOS 18 da yana bir ajoyib funksiya paydo bo’ladi — bir tugmani bosish orqali Safari'da veb-saytlardagi reklamalarni yoki istalgan elementni olib tashlash mumkin bo’ladi.
Kompaniyadagilarni so’zlariga ko‘ra, funksiya maqolalarni o’qiyotganda chalg’imaslik uchun mo‘ljallangan, sahifani yangilagandan so’ng reklama qaytadi.
iOS 18 hozirda beta-versiyada ishlamoqda va sentyabr oyida barcha uchun chiqariladi. iPhone XS/XR va undan yangiroq qurilmalarga yangilanish keladi.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Rasmlardan har qanday obyektni soyasi bilan birga olib tashlash endi oson — Finegrain neyron tarmog’i chiqdi.
Ishlatish juda oson: shunchaki fotosuratni yuklashingiz va o’chirmoqchi bo’lgan narsani yozishingiz kifoya.
Bundan tashqari ishlab chiquvchilar tez orada matnli tavsif bo’yicha har qanday obyekt atrofidagi fonni olib tashlaydigan vositani ham chiqarishga va’da berishdi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Ma’lum bo’lishicha, Snoop Dogg Parijdagi Olimpiadada o’tkazgan har bir kuni uchun 500 ming dollar olmoqda. Uning barcha xarajatlari ham qoplanadi.
Agar reper Olimpiada o’yinlari oxirigacha qolsa, u taxminan 8,5 million dollar ishlab oladi.
Avvalroq Olimpiada mash'alasini ham Snoop Dogg olib chiqqandi.
📟 DigiTech
51 083
⚡️Tadqiqot: Shakarning ozgina ortig’i ham biologik soatni tezlashtiradi. Ya’ni odam tezroq qariydi.
Hatto sog’lom ovqatlanib lekin iste’moldagi shakar miqdorini biroz oshirib yuborsangiz ham tez qariyverasiz.
Tanangiz deyarli 3 oyga yoshroq bo’lishi va o’zingizni yaxshi his qila boshlashingiz uchun shakarni iste’mol qilishni 10 grammga kamaytirish kifoya. Bu bir qahvaga solinadigan portsiya.
Maqolani batafsil o’qib chiqishni maslahat beraman.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
