ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 019 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 599,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 456

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 019 名订阅者。

根据 06 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 599,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.95%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 766 次浏览,首日通常累积 9 556 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 117

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 07 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

51 019
订阅者
-20724 小时
-1 4957
-2 59930
帖子存档
⚡️Tadqiqot: Shakarning ozgina ortig’i ham biologik soatni tezlashtiradi. Ya’ni odam tezroq qariydi. Hatto sog’lom ovqatlanib
⚡️Tadqiqot: Shakarning ozgina ortig’i ham biologik soatni tezlashtiradi. Ya’ni odam tezroq qariydi. Hatto sog’lom ovqatlanib lekin iste’moldagi shakar miqdorini biroz oshirib yuborsangiz ham tez qariyverasiz. Tanangiz deyarli 3 oyga yoshroq bo’lishi va o’zingizni yaxshi his qila boshlashingiz uchun shakarni iste’mol qilishni 10 grammga kamaytirish kifoya. Bu bir qahvaga solinadigan portsiya. Maqolani batafsil o’qib chiqishni maslahat beraman. 📟 DigiTech

⚡️Fransiya Olimpiyada o’yinlarini o’tkazish uchun taxminan 12 milliard dollar sarflaydi, bu so’nggi 20 yildagi boshqa o’yinla
⚡️Fransiya Olimpiyada o’yinlarini o’tkazish uchun taxminan 12 milliard dollar sarflaydi, bu so’nggi 20 yildagi boshqa o’yinlar bilan solishtirganda uncha ko’p emas: – Gretsiya, 2004 yil, $11 mlrd. – Italiya, 2006 yil, $2 mlrd. – Xitoy, 2008 yil, $41 mlrd. - Kanada, 2010 yil, $9 mlrd. – Buyuk Britaniya, 2012 yil, $14 mlrd. - Rossiya, 2014 yil, $50 mlrd. – Braziliya, 2016 yil, $13 mlrd. – Janubiy Koreya, 2018 yil, $13 mlrd. – Yaponiya, 2020 yil, $16 mlrd. – Xitoy, 2022 yil, $40 mlrd. 📟 DigiTech

🛰️ NASA astronavti Metyu Dominik XKS bortidan qutb yog’dusini chiroyli taymlaps-videoga oldi. U panoramali moduldan turib suratga olgan, kadrga esa sun’iy yo’ldoshlar va hatto uchib ketayotgan meteor ham tushib qolgan. Aytgancha, quyosh faolligi so’nggi 11-yildagi eng yuqori nuqtasiga yetgani tufayli, bu yilgi qutb yog’dulari juda go’zal. 📟 DigiTech

⚡️Har qanday mavzudagi eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati — ushbu saytda turli vazifalar uchun neyrotarmoqlarning katta reyti
⚡️Har qanday mavzudagi eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati — ushbu saytda turli vazifalar uchun neyrotarmoqlarning katta reytingli ro’yxati mavjud. Har bir neyrotarmoqning qisqacha tavsifi va kuchli tomonlari yozilgan — eng yaxshi variantni tanlab foydalanish mumkin. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

Aksiyada qatnashing, mutaxassis boʻling ☀️ Mohirdevning «Chilla AI» aksiyasida 5 ta sunʻiy intellekt kursini 35% chegirma bil
Aksiyada qatnashing, mutaxassis boʻling ☀️ Mohirdevning «Chilla AI» aksiyasida 5 ta sunʻiy intellekt kursini 35% chegirma bilan bittada qoʻlga kiritishingiz mumkin.
1. Data Science va Sun’iy Intellekt – batafsil 2. Computer Vision – batafsil 3. Natural Language Processing – batafsil 4. Prompt Engineering – batafsil 5. Leonardo AI – batafsil
Kurslar orqali sun’iy intellekt sohalarini 0 dan eng chuqur bilimlarigacha jami 600 dan ortiq darsliklar bilan toʻliq oʻrganasiz. ⏳ Chegirma 6-avgustgacha amal qiladi. Boʻlib toʻlashga olsangiz ham boʻladi. Kurslarning umumiy narxi: 7 594 000 so‘m Aksiyadagi narx: 4 990 000 so‘m ✅ Sotib olish@mohirshopbot 9-12 oyga muddatli toʻlov www.asaxiy.uz Qoʻshimcha savollar uchun — @mohirdevsales_bot @mohirdev | Reklama

⚡️Endi videodan kerakli obyektni topish osonroq bo’ladi — Google Lens aqlli qidiruv tizimi Chrome brauzeriga qo’shiladi. Ishlatish uchun paneldagi Lens belgisini bosib, kerakli elementni tanlash kifoya — qidiruv natijalari o’ng tomonda chiqadi. Bundan tashqari, fotosuratlar va videolardan matnni nusxalash mumkin. Funksiya bir necha kundan keyin brauzer yangilanishi bilan qo’shiladi. 📟 DigiTech

⚡️AQShda RayV Lite nomli lazer qurilmasini ishlab chiqishdi, uning yordamida istagan odam kompyuter chiplarini buza oladi. Lo
⚡️AQShda RayV Lite nomli lazer qurilmasini ishlab chiqishdi, uning yordamida istagan odam kompyuter chiplarini buza oladi. Loyiha ochiq kodli bo’ladi, gadjetning o’zi esa 500 dollarga baholanmoqda. Zamonaviy mikrochiplardagi tranzistorlar shunchalik kichkinaki, ular yorug’likka qarshi himoyasizdir. Lazer nurlaridagi ozgina fotonlar ham kompyuterning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Hozirda bunday xakerlik uchun mo’ljallangan gadjetlar narxi 150 ming dollargacha turadi. RayV Lite ishlab chiquvchilari xakerlar jamiyatiga kirish chegarasini 300 barobarga qisqartirishdi. 📟 DigiTech

+2
🏎️ Besh yoshli xitoylik bola litsenziyalangan poygachi bo’ldi. Dilan Shao bir yarim yoshida avtomobil simulyatorlarini o’ynashni boshlagan, to’rt yoshida esa Dirt Rally'ning eng yaxshi o’yinchilari qatoriga kirgan, so’ng dadasi bilan professional haydovchilik kurslarini tugatib, haqiqiy mashinalarga o’tishdi. Dilan litsenziyaga ega eng yosh ralli haydovchisidir va hatto dadasi bilan birga poygalarda bir nechta mukofotlar olishgan. 📟 DigiTech

⚡️Windows 11 ga qotib qolgan dasturlarni «Диспетчер задач»siz sichqonchaning o’ng tugmasi bilan tezda yopish imkonini beruvch
⚡️Windows 11 ga qotib qolgan dasturlarni «Диспетчер задач»siz sichqonchaning o’ng tugmasi bilan tezda yopish imkonini beruvchi foydali funksiya qo’shildi. Buni faollashtirish uchun «Параметры» → «Система» → «Для разработчиков»ga kirib «Завершить задачу» funksiyasini yoqishingiz kerak. Shuncha yil o’tib vanihoyat bu funksiya qo’shildi. 📟 DigiTech

⚡️Omni One tizimi bilan VR o‘yinlarga to’liq shong’ing — uning yordamida bir joyda yugurishingiz va sakrashingiz mumkin. Komplekt ichida Pico 4 VR qurilmasi, yugurish yo’lakchasi va maxsus oyoq kiyim mavjud. Hozirda oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda, sentyabr oyidan esa mijozlar birinchi buyurtmalarini olishni boshlashadi. Qurilma hozircha 50 dan ortiq VR o’yinlarni qo’llab-quvvatlaydi, narxi — 2600 dollar. 📟 DigiTech

🧮 Talabalar va maktab o’quvchilari uchun juda foydali neyrotarmoq: MathGPT neyron tarmog’i har qanday matematik masalani bepul yechib beradi. Shunchaki masalani yozasiz va batafsil tushuntirilgan javobni olasiz, eng muhimi masalani rasmga olib ham yuklashingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Hatto jarrohlar ham masofaviy ishlashga o’tishmoqda: Xitoylik shifokor 5000 km masofadan turib bemorning o’pkasidagi o’simtani muvaffaqiyatli olib tashladi. Jarroh robotni Shanxaydagi ofisidan turib boshqardi, robot esa mamlakatning boshqa qismidagi Qashg'ardagi operatsiya xonasida joylashgan. Yaxshiyam ularda internet yaxshi ishlaydi :) 📟 DigiTech

+3
👖 Endi shimlarni ham zaryadlash kerak: Google'ning sobiq xodimlaridan tashkil topgan Skip startapi, ekzoskelet o’rnatilgan «dunyodagi birinchi elektr shim»ni namoyish etdi. Ular harakatni 40% ga osonlashtiradi va o’zingizni 14 kg yengilroq his qilasiz. Batareya tepalikka ko’tarilishda taxminan 3 soatga yetadi, tushayotganda esa biroz zaryadlanadi. Sotuvga keyingi yildan chiqadi, narxi — 5000 dollar. 📟 DigiTech

📱Apple'ni bundan yaxshiroq reklamasi bo’lmasa kerak: Olimpiadadagi sportchilar buklanadigan ZFlip 6 da qanday qilib selfi olishni tushuna olishmadi. Samsung kompaniyasi tanlov homiylaridan biri bo’lgani uchun ularga smartfon sovg’a qilindi. Bir daqiqa davomida medal egalari suratga tushmoqchi bo’lishdi, ammo buning uddasidan chiqa olishmadi. Ular deyarli qurilmani tashlab yuborishdi, biroq Samsungni g’azablantirmaslikka qaror qilishdi. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar insonga birinchi bor mexanik yurakni ko’chirib o‘tkazishga muvaffaq bo’lishdi — u klapanlarsiz ishlaydi va titandan
+2
⚡️Olimlar insonga birinchi bor mexanik yurakni ko’chirib o‘tkazishga muvaffaq bo’lishdi — u klapanlarsiz ishlaydi va titandan yasalgan. Titandan yasalgani uchun og’ir emas, deyarli eskirmaydi va daqiqasiga 12 litrgacha qonni o’tkazadi, shu sabab bemor hatto sport bilan ham shug’ullanishi mumkin. U bemorga to’laqonli donor yurakni kutayotganda vaqtinchalik yechim sifatida o’rnatiladi. 📟 DigiTech

⚡️Robert Dauni «Qasoskorlar» filmidagi Temir odam vafotidan keyin Marvel kino olamiga qaytadi. Endi u Doktor Dum rolini ijro etadi. Aktyor «Qasoskorlar» filmining quyidagi yangi qismlarida paydo bo’ladi: 2026-yil may oyida «Qiyomat kuni» va 2027-yil may oyida «Maxfiy urushlar» filmlarida. Ikkala filmni ham franshizaning juda ko’p qismlari ustida ishlagan aka-uka Russolar suratga olishadi. 📟 DigiTech

⚡️Neyron tarmoqqa fikrlarni o’qish va ko’rgan narsangiz tasvirini qayta tiklashni o’rgatishdi. Maymunning miyasiga chip ulash
⚡️Neyron tarmoqqa fikrlarni o’qish va ko’rgan narsangiz tasvirini qayta tiklashni o’rgatishdi. Maymunning miyasiga chip ulashdi, natijalar: 1-qator — haqiqiy tasvirlar, 2-qator — miya impulslaridan olingan rasmlar, 3-qator — neyron tarmoqning oldingi versiyasi. Ko’rib turganingizdek rivojlanish juda tez bo’lmoqda, jamoaning maqsadi ko’rish qobiliyatini tiklash uchun miya implantlarini yaratishdir. 📟 DigiTech

⚡️SearchGPT hozirda yopiq test rejimida ishlamoqda. SearchGPT-ga o’xshash boshqa sun’iy intellektga asoslangan qidiruv tizimlari allaqachon mavjud va bepul. Perplexity - bu sun’iy intellektga asoslangan qidiruv tizimi va chatbot bo’lib, u foydalanuvchi so'rovlariga batafsil javoblarni chiqarib beradi, ingliz tilida yaxshiroq ishlaydi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
🔍 OpenAI o’z qidiruv tizimini namoyish etdi — u Googlega raqobatchi bo’ladi. SearchGPT GPT-4 da ishlaydi va Googledan tubdan farq qiladi. SearchGPT'da odatiy havolalar ro’yxati bo’lmaydi. Qidiruv tizimi barcha mavjud manbalarni tekshiradi va har qanday savollarga eng yaxshi javobni rasmlar bilan chiqarib beradi. Tez orada birinchi 10 ming foydalanuvchi SearchGPT prototipidan foydalanish huquqiga ega bo’ladi, hozircha faqat kutish ro’yxatiga qo’shilish mumkin. 📟 DigiTech

☕️ Qahvani foydasi yo’q — har tongda qahva ichish kognitiv funksiyalar yomonlashishiga olib keladi, ya’ni odam ahmoqlashib bo
☕️ Qahvani foydasi yo’q — har tongda qahva ichish kognitiv funksiyalar yomonlashishiga olib keladi, ya’ni odam ahmoqlashib boradi, tadqiqot. Qahva miya sohalaridagi kulrang moddalar hajmini kamaytiradi, bu aqliy qobiliyat va hissiy funksiyalarga ta’sir qiladi. Kofeindan voz kechganlarda kulrang moddalar hajmi o’zgarishsiz qolgan va hatto ko’paygan. Misha qahva otmen, suv ichamiz :) 📟 DigiTech