fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 108 مشترک است و جایگاه 2 599 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 456 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 108 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 06 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 599 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -207 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.95% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.67% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 766 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 556 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 117 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 07 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 108
مشترکین
-20724 ساعت
-1 4957 روز
-2 59930 روز
آرشیو پست ها
+1
🌟 Telegram ilovasi yangilandi. Endi foydalanuvchilar o'zlarining sevimli kanallarini pullik reaksiyalar, ya’ni o’z balansidagi stars'larni yuborish orqali qo’llab-quvvatlashlari mumkin. Kanal egalari stars'larni 100 foizini oladilar va ularni Toncoin'ga almashtirishlari mumkin. Har bir stars reaksiyali postda unga eng ko’p stars yuborgan foydalanuvchilar ro’yxati ko’rinib turadi. Agar foydalanuvchi reytingda bo’lishni istamasa, reaksiya yuborishda o’z ismini yashirishi mumkin. 📟 DigiTech

🎉 Telegram 11 yoshda! Messenjerning birinchi versiyasi 2013-yil 14-avgustda chiqqan va bir muncha vaqt faqat iPhone uchun ma
🎉 Telegram 11 yoshda! Messenjerning birinchi versiyasi 2013-yil 14-avgustda chiqqan va bir muncha vaqt faqat iPhone uchun mavjud edi. Bugungi kunda Telegram'ga har kuni 950 milliondan ortiq odam kiradi va ilova asta-sekin super ilovaga aylandi: hamyonlar, botlar, qo’ng‘iroqlar, storieslar va boshqalar. Telegram'ga kuniga necha marta kirasiz, izohlarda yozib qoldiring. 📟 DigiTech

📲 Made By Google 2024 taqdimoti bo’lib o’tdi. Nimalar namoyish etildi: Pixel Birdaniga 4 ta yangi modelni namoyish etishdi:
+3
📲 Made By Google 2024 taqdimoti bo’lib o’tdi. Nimalar namoyish etildi: Pixel Birdaniga 4 ta yangi modelni namoyish etishdi: Pixel 9, 9 Pro, 9 Pro XL va 9 Pro Fold. Narxlar 800 dollardan boshlanadi. Buds Pro Yangi quloqchin dizayni, yaxshilangan shovqinni kamaytirish funksiyasi va batareya zaryadi uzoqroqqa yetadi. Narxi 230 dollar. Watch 3 Displey 41 va 45 mm. Ekrani yorqinroq, zaryadi 36 soatgacha yetadi. Korpus alyuminiydan qilingan. 41 mm model — 350 dollardan, 45 mm — 400 dollardan boshlanadi. Gemini Neyron tarmoq Android'ga integratsiya qilindi va Google xizmatlari bilan bog’landi. 📟 DigiTech

+3
✍️ Germaniyalik rassom Melvin Verner negativ rangda noyob rasmlar chizadi — ular faqat maxsus filtr orqali ko’rilganda rangga kiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning asarlari millionlab ko’rilmoqda va agar xohlasangiz, deyarli har birini yuz evroga sotib olish mumkin. Lekin asl nusxalarni sotmaydi, faqat printlarni sotadi. Mana buni haqiqiy iste'dod desa bo’ladi. 📟 DigiTech

⛰️ Saudiya Arabistonidagi sahro o’rtasida sun’iy ko’l va tog’-chang’i kurorti qurilmoqda. Majmua qishda harorat noldan pastga
+3
⛰️ Saudiya Arabistonidagi sahro o’rtasida sun’iy ko’l va tog’-chang’i kurorti qurilmoqda. Majmua qishda harorat noldan pastga tushadigan, qolgan vaqtlarda esa boshqa hududlarga qaraganda 10°C sovuqroq bo’ladigan Aqaba ko’rfazi qirg’og‘idan 50 km uzoqlikda qurilmoqda. Suv ombori yaqinida hashamatli uylar, mehmonxona va restoranlar quriladi, tog’larda esa chang’i yo’laklari bo’ladi. Qurilish 2026-yilga qadar yakunlanishi kutilmoqda, 2029-yilda esa u yerda qishki Osiyo o’yinlarini o’tkazishmoqchi. 📟 DigiTech

+1
🤖 Stenford talabalari robotga «hayotiy ko'nikmalar»ni o’rgatishmoqda. U allaqachon oyoq kiyimni kiyishni va bog’ichlarini bog’lashni, tennis o’ynashni, idishlarni yuvishni biladi va endilikda u pianino chalishni va kompyuterda yozishni o’zlashtirmoqda. Ushbu harakatlarni bajarishni o’rganish uchun robotga o’rtacha 35-40 marta ko’rsatish yetarli. 📟 DigiTech

⚡️Har qanday vazifalar uchun eng yaxshi va mashhur neyrotarmoqlar ro’yxati. Saqlab qo’ying, asqotadi. 📟 DigiTech
⚡️Har qanday vazifalar uchun eng yaxshi va mashhur neyrotarmoqlar ro’yxati. Saqlab qo’ying, asqotadi. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Plastik idishlardan suv ichish gipertoniya va yurak xastaliklari xavfini oshiradi. Bunga sabab qonga tushadigan m
⚡️Tadqiqot: Plastik idishlardan suv ichish gipertoniya va yurak xastaliklari xavfini oshiradi. Bunga sabab qonga tushadigan mikroplastikdir — olimlar ularni aksariyat ichimliklar idishlaridan topishdi. Tadqiqot ishtirokchilari ikki hafta davomida faqat kran suvini ichishdi, buning natijasida ularning qon bosimi va yurak xastaliklari xavfi sezilarli darajada kamaydi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoydagi avtomaktablarda instruktorlar «aqlli» mashinalarga almashtirilmoqda. Avtomobildagi displey nima qilish kerakligini aytib turadi, kerak bo’lganda avtopilot boshqaruvni o’z qo’liga oladi. Shunga qaramay, instruktorlardan hali butunlay voz kechishmadi. Ular bir vaqtning o’zida bir nechta o’quv mashinalarini masofadan turib kuzatib turadilar. 📟 DigiTech

⚡️Videolar sifatini buzmasdan hajmini 90% gacha kichraytirib beradigan neyrotarmoq chiqdi. Neyron tarmoqdan foydalanish mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tish ham shart emas. Sun'iy intellektning o'zi optimal kichraytirish hajmini aniqlaydi, siz esa tayyor videoni yuklab olishingiz kifoya. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Halo Space kompaniyasi kosmik turizm uchun havo sharini ishlab chiqmoqda. Uning yordamida Yer yuzasidan 35 km balandlikka k
+2
⚡️Halo Space kompaniyasi kosmik turizm uchun havo sharini ishlab chiqmoqda. Uning yordamida Yer yuzasidan 35 km balandlikka ko’tarilish mumkin. Sayyohlar germetik kapsulada bo’lishadi, shuning uchun hech qanday skafandrlar talab qilinmaydi. Parvoz olti soatga mo’ljallangan, shundan to’rt soati stratosferada o’tadi. Sinov parvozi sentyabrga rejalashtirilgan, lekin hozircha odamlarsiz. Agar hammasi yaxshi o’tsa, Halo Space 2026-yilda tijorat parvozlarini boshlaydi. Chiptaning narxi taxminan 150 000 yevro bo’ladi. 📟 DigiTech

📲 Xiaomi smartfonlarida yashirin kameralarni aniqlash funksiyasi paydo bo’ladi. Bu funksiya notanish joylarda tez-tez to’xta
📲 Xiaomi smartfonlarida yashirin kameralarni aniqlash funksiyasi paydo bo’ladi. Bu funksiya notanish joylarda tez-tez to’xtab turuvchi sayohatchilar uchun yaratilgan, u atrofdagi Wi-Fi signallarini tahlil qilish orqali ishlaydi. Detektor 2024-yilning kuzida chiqadigan HyperOS 2.0 yangilanishi bilan qo’shilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Ford yangi Bronco va Mustangni namoyish etdi — lekin bular avtomobillar emas, elektr velosipedlardir. Ikkalasiga ham 750 Vt
+3
⚡️Ford yangi Bronco va Mustangni namoyish etdi — lekin bular avtomobillar emas, elektr velosipedlardir. Ikkalasiga ham 750 Vt quvvatga ega elektromotor o’rnatilgan, maksimal tezlik 45 km/soat, bir zaryadda 96 km masofani bosib o’tish mumkin, shuningdek, rulda displey mavjud. Bronco'ni ajratib turadigan narsa — mototsikl o’rindig’i, Mustang'ni esa klassik uslub. Narxi — 4000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🤖 Figure kompaniyasi odamsimon robotlarning yangi avlodini namoyish etdi — endi ular yanada «odamsimon» ko’rinishga ega va ancha yaxshiroq harakat qilishadi. Ular bilan deyarli odamlar kabi muloqot qilish mumkin bo’ladi — OpenAI bilan birgalikda maxsus sun’iy intellekt modeli yaratilgan. Hozirgi vaqtda Figure 02 AQShdagi BMW zavodlaridan birida sinovdan o’tkazilmoqda, ular ehtiyot qismlarni tashishda yordam berishmoqda. 📟 DigiTech

🚆 Xitoyda 1000 km/soat tezlikka erisha oladigan poyezd namoyish etildi. Bu aksariyat samolyotlardan ham tezroq. Poyezd 2 km
🚆 Xitoyda 1000 km/soat tezlikka erisha oladigan poyezd namoyish etildi. Bu aksariyat samolyotlardan ham tezroq. Poyezd 2 km uzunlikdagi maxsus quvurda sinovdan o’tkazildi. Hozirda sinovlar hali ham davom etmoqda va ishga tushirilish sanasi yo’q. Poyezd ishga tushirilsa, Pekindan Shanxaygacha bo’lgan yo’lni hozirgi 4 soat o’rniga 1,5 soatda bosib o’tadi. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Ertalab bir nechta «budilnik» o’rnatish yurak bilan muammolarga va depressiyaga olib keladi. Har bir budilnik tan
⚡️Tadqiqot: Ertalab bir nechta «budilnik» o’rnatish yurak bilan muammolarga va depressiyaga olib keladi. Har bir budilnik tana uchun stressdir va ba’zilar buni har kuni ertalab bir necha marta boshdan kechirishadi. Bunday uyg'onish uyqu fazasini buzadi va charchoq, kayfiyat buzilishi va xavotirga olib keladi. Bu doimiy davom etaversa sog’liq bilan jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. 📟 DigiTech

📲 iOS 18 da yana bir ajoyib funksiya paydo bo’ladi — bir tugmani bosish orqali Safari'da veb-saytlardagi reklamalarni yoki istalgan elementni olib tashlash mumkin bo’ladi. Kompaniyadagilarni so’zlariga ko‘ra, funksiya maqolalarni o’qiyotganda chalg’imaslik uchun mo‘ljallangan, sahifani yangilagandan so’ng reklama qaytadi. iOS 18 hozirda beta-versiyada ishlamoqda va sentyabr oyida barcha uchun chiqariladi. iPhone XS/XR va undan yangiroq qurilmalarga yangilanish keladi. 📟 DigiTech

⚡️Rasmlardan har qanday obyektni soyasi bilan birga olib tashlash endi oson — Finegrain neyron tarmog’i chiqdi. Ishlatish juda oson: shunchaki fotosuratni yuklashingiz va o’chirmoqchi bo’lgan narsani yozishingiz kifoya. Bundan tashqari ishlab chiquvchilar tez orada matnli tavsif bo’yicha har qanday obyekt atrofidagi fonni olib tashlaydigan vositani ham chiqarishga va’da berishdi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Ma’lum bo’lishicha, Snoop Dogg Parijdagi Olimpiadada o’tkazgan har bir kuni uchun 500 ming dollar olmoqda. Uning barcha xar
⚡️Ma’lum bo’lishicha, Snoop Dogg Parijdagi Olimpiadada o’tkazgan har bir kuni uchun 500 ming dollar olmoqda. Uning barcha xarajatlari ham qoplanadi. Agar reper Olimpiada o’yinlari oxirigacha qolsa, u taxminan 8,5 million dollar ishlab oladi. Avvalroq Olimpiada mash'alasini ham Snoop Dogg olib chiqqandi. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Shakarning ozgina ortig’i ham biologik soatni tezlashtiradi. Ya’ni odam tezroq qariydi. Hatto sog’lom ovqatlanib
⚡️Tadqiqot: Shakarning ozgina ortig’i ham biologik soatni tezlashtiradi. Ya’ni odam tezroq qariydi. Hatto sog’lom ovqatlanib lekin iste’moldagi shakar miqdorini biroz oshirib yuborsangiz ham tez qariyverasiz. Tanangiz deyarli 3 oyga yoshroq bo’lishi va o’zingizni yaxshi his qila boshlashingiz uchun shakarni iste’mol qilishni 10 grammga kamaytirish kifoya. Bu bir qahvaga solinadigan portsiya. Maqolani batafsil o’qib chiqishni maslahat beraman. 📟 DigiTech