AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 994 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 450,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 380 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 994 名订阅者。
根据 12 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 622,过去 24 小时变化为 -462,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.63% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 149 次浏览,首日通常累积 10 098 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 13 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 994
订阅者
-46224 小时
+2 8237 天
+1 62230 天
帖子存档
54 007
💻 Apple kompaniyasi Chromebook'lar bilan raqobatlasha oladigan "arzon" MacBook tayyorlamoqda
Digitimes ma’lumotlariga ko’ra, Apple hozirda ixcham, arzon Chromebook noutbuklari egallab olgan AQSh ta'lim bozorida raqobatlashish uchun MacBook Air'dan arzonroq bo’lgan noutbukni chiqarmoqchi.
Bunday modelning taqdimoti 2024-yilning ikkinchi yarmida bo’lishi mumkin.
📟 DigiTech
54 007
🤳 Sun’iy intellektlar 1,5 yil ichida 15 milliarddan ortiq tasvirni yaratdi. Fotograflarga buning uchun 150 yil kerak bo’lgan.
Misol uchun, Everypixel jamlagan statistikaga tayansak, Adobe Firefly birinchi milliard tasvirni bir oy ichida yaratgan.
Biz ham shu mavzuda katta yangilik tayyorlayapmiz, yaqinda e’lon qilamiz.
📟 DigiTech
54 007
🎥 Kreyg Meyzin “Karib dengizi qaroqchilari” filmining keyingi qismi ustida ishlamoqda
“The Last of Us” va “Chernobil” seriallari shouranneri The Los Angeles Times nashriga bergan intervyusida, franshizaning o’tgan qismlari ssenariy muallifi Ted Elliot bilan film ustida ish boshlaganini aytdi.
Disney loyihaga “yashil chiroq” berdi, buni Meyzin va Elliot dastlab kutmagan edi, lekin keyin Ssenaristlar Uyushmasi ommaviy ish tashlashga chiqishdi va loyiha ustidagi ish to’xtab qoldi. Ayni damda mualliflar ish tashlashning tugashini kutishmoqda.
Film yulduzlari Jonni Depp va Orlando Blum, “Qaroqchilar” rollariga qaytishga tayyor ekanliklarini avvalroq aytishgan edi.
📟 DigiTech
54 007
🚘 Alfa Romeo cheklangan versiyadagi 33 Stradale superkarini namoyish etdi - u xuddi shu nomdagi 60-yillardagi modelining zamonaviy versiyasidir.
Benzinli va elektr versiyasi mavjud: birinchisi 620 ot kuchiga va turbo dvigatelga ega, ikkinchisi esa 750 ot kuchiga, shuningdek 450 km quvvat zaxirasiga ega. 100 km/soatgacha, ikkala versiyasi ham 3 soniyada tezlashadi.
Hammasi bo’lib avtomobil 33 nusxada chiqarilgan va ularning barchasi allaqachon 2 million yevrodan sotilib bo’lingan.
📟 DigiTech
54 007
✋ Siz uzoq vaqtdan beri IT sohasini puxta egallashni va yaxshi mutaxassis bo'lishni orzu qilyapsizmi ❔
Unda siz uchun ajoyib taklif 📢
«Hozir o'qing, va keyinroq to'lang»
Sizda bu imkoniyat allaqachon mavjud!
IT-Bilim sizga bo’lib to’lash evaziga IT-kurslarining keng assortimentini taklif etadi! O’quv kursini tugatib, 2 oylik imtiyozli davrdan so’ng to’lashni boshlang 🕓
🚀 Bizning marketplace bilgi.uz saytiga tashrif buyuring, kurs va o'quv markazini tanlab, o'rganish va bilim olishni hoziroq boshlang! 🏹
📞 +998959501199
📞 +998993301199
📞 +998959541199
🌐 it-bilim.uz
bilgi.uz | Instagram | Facebook
Reklama
54 007
🏗️ Turar-joy binosi orqali o’tadigan metro va avtomobillar turadigan bino tomida yonilg’i quyish shaxobchasi: Xitoy atrofdagi maydondan qanday maksimal foydalanishi haqida biroz ma’lumot.
Ikkalasi ham Chongqing shahrida joylashgan. Metropolis tog’ tizmalari orasida daryolarning qo’shilishida joylashgan, shuning uchun shaharsozlik masalalariga noodatiy yondashishadi.
Umuman olganda, Chongqing dunyodagi eng katta shahar deb atashadi: maydoni 82 403 km² va aholisi 32 million kishi. Ammo bularning aksariyati qishloq hududlari bo’lgani uchun u har doim ham reytingga kiritilmaydi.
📟 DigiTech
54 007
🎵 Odamlar neyron tarmoqlarga "foydali" ko’nikmalarni o’rgatishda davom etishmoqda va tish cho’tkalari, tovuqlar va arra ovozida musiqalarni kaver qiluvchi saytni yaratishdi.
Ushbu "shedevrlar" Voicify AI xizmati orqali yaratilgan bo’lib, u asl vokallarni sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan vokallarga almashtiradi - siz hatto Betmen ovozini yoki g’ijirlagan eshik tovushlarini tanlashingiz mumkin. Lekin afsuski sayt bepul emas.
Tovuq ovozidagi musiqaga qoil qoldim lekin :)
📟 DigiTech
54 007
▪️Singapurlik olimlar ko’z yoshdan quvvatlanadigan “aqlli” linzalar uchun akkumulyator yaratishdi.
Ushbu texnologiya xavfsiz ekanligi aytilmoqda, ammo hali odamlarda sinovdan o’tkazilmagan.
Ular kelajakni ko’zlab akkumulyatorni ishlab chiqmoqdalar: bionik linzalar hali mukammallikdan ancha yiroqda, biroq odamlarga, jumladan, qisman ko’rlikka duchor bo’lganlarga yaxshi ko’rishga imkon beruvchi prototiplar allaqachon mavjud.
📟 DigiTech
54 007
🚘 Xitoyliklar o’zlarining Xpeng aeromobiliga shu qadar ishonadilarki, ular uni shunchaki havoga ko’taribgina qolmay, balki suv ustida uzoq parvozlarni ham uyushtirishmoqda.
Bugungi kunga qadar X2 modeli 4000 dan ortiq muvaffaqiyatli parvozlarni amalga oshirdi. Agar hamma narsa reja bo’yicha ketsa, ommaviy ishlab chiqarish 2025 yilda boshlanadi, narxi esa 112 000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
54 007
▪️Tunda ishlash xotira bilan muammolar xavfini 79 foizga oshiradi - tadqiqot
Tadqiqot davomida 47 811 ta odam o’rganib chiqildi va tungi smenada ishlaydiganlar kunduzgi smenada ishlaydiganlarga qaraganda kognitiv buzilish darajasi 79% ga yuqori ekanligi aniqlandi. Ya’ni tunda ishlaganlarni xotirasi ancha pasaygan.
Olimlarning fikriga ko’ra, bunday o’zgarishlarga tsirkad ritmning buzilishi - bizning biologik soatimiz aybdor. Hatto tunda vaqti-vaqti bilan ishlash ham miyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
📟 DigiTech
54 007
🔍 Olimlar bakteriyalarni yoritib ko’rsatadigan telefon linzasini ishlab chiqishdi
Swift Ray 1 linzasi smartfonga ulanadi va yaralar infektsiyalanganligini aniqlash uchun harorat sensoridan foydalanib bakteriyalarni yoritib ko’rsatadi.
"Ko’z bilan" shifokorlar yara oddiy yallig’lanish bosqichida yoki allaqachon infektsiya bilan to’lib ketganligini aniqlashlari qiyin. Qurilma esa infektsiyalangan jarohatlarning 100 foizini aniqlay oldi.
📟 DigiTech
54 007
▪️Turli sohalarda foydali bo’ladigan 160 ta neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi.
📟 DigiTech
54 007
📱 iPhone 15 seriyasining fon rasmi
Ehtimol, yangi iPhone'lar aynan shunday fon rasmlari bilan chiqariladi. Fon rasmi ranglari qurilmaning korpus ranglarini takrorlaydi. Oxirgi ikkita versiya titan ramkalar bilan chiqadi.
Fon rasmlari fayllarini izohlardan yuklab olishingiz mumkin 👇
📟 DigiTech
54 007
🖥️ Finlyandiyaning UNEVN startapi o’rnatilgan shaxsiy kompyuter va monitorga ega o’yin stolini chiqardi.
U 27 kg og’irlikdagi stolga yig’iladi, uni hatto sohilga ham olib ketishingiz mumkin. Lekin narxlari quvonarli emas. Kompyuterni yig’ish stolining o’zi 1290 yevro turadi, RTX 4070 Ti bilan tayyor yig’ilgani uchun esa ular 4049 yevro so'rashmoqda.
📟 DigiTech
54 007
🎥 Keyframes studio – bir necha soniyada videolaringizni tahrirlab beruvchi neyrotarmoq
Turli ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar yaratib, siz xohlagandek o’zgartirib beradigan kuchli sun’iy intellekt vositasi.
Kerakli kadrlarni avtomatik ravishda topadigan sehrli "generate keyframes using AI" tugmasi mavjud. Bundan tashqari, qo’shimcha musiqa va videolarni osongina qo’shishingiz mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
54 007
☂️2018-yilda bir guruh muhandislar boshingiz tepasida muallaq turadigan Dronbrella soyabonini yaratishgan
Bir zaryadda 2 soat ishlaydi. U sizni shiddatli shamol bilan yomg’irdan himoya qila olishi dargumon, kuchli shamol uni uchirib yuboradi, lekin yengil yomg’irda asqotadi. Afsuski loyiha muvaffaqiyatli bo’lmagani uchun ommaviy ishlab chiqarilmagan, lekin g’oyasiga qoil.
Siz qanday fikrdasiz?
📟 DigiTech
54 007
🚘 Rolls-Royce o’zining juda hashamatli avtomobili Amethyst Droptail rodsterini namoyish etdi
Old panelga o’rnatilgan eksklyuziv, qo’lda ishlangan Vacheron Constantin soati bo’lib, uni chiqarib, o’zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Tomi elektroxromli - bitta tugmani bosish bilan binafsha rangdan jigarranggacha o’zgaradi. Xameleon tomini yechib olish ham mumkin.
Avtomobil faqat bitta nusxada chiqarilgan va mijozga 30 million dollarga tushgan.
📟 DigiTech
54 007
🚸 Fransiyada mashinalar tezligini pasaytirish uchun chalkash belgilar chizib chiqishdi
Bu chorraha kichik Baun shahrida joylashgan va har kuni o’rtacha 2300 ta avtomobil undan o’tadi, ko’pincha 30 km/soat chegarasiga qaramay, 100 km/soat tezlikda o’tishadi.
Rasmiylar chalkash belgilarni qo’llash g’oyasini o’ylab topishdi va u ishladi - haydovchilar chiziqlarni aniqlashga harakat qilib, sekinlashishadi.
📟 DigiTech
54 007
▪️Google kutilmaganda ChatGPT-4 ga munosib raqobatchi bo’la oladigan sun’iy intellektni namoyish etdi
Kompaniyaning yangi flagman sun’iy intellekt modeli GPT-4 dan kamida 5 barobar kuchliroq bo’ladi. Gemini bir vaqtning o’zida barcha turdagi kontent bilan ishlay oladi: matn, video, audio va tasvirlar. Sun’iy intellekt o’zini xuddi odamdek tutishi uchun, uni YouTube'dagi videolar asosida o’rgatishgan.
Eng qizig’i: model dekabr oyida ommaga taqdim etiladi. Ya’ni, GPT-5 ni shu kuzda taqdim etishadi yoki OpenAI kompaniyasi Google'dan ortda qolib ketadi.
Ana endi haqiqiy kuchli sun’iy intellektlar yaratish bo’yicha poyga boshlanadi.
📟 DigiTech
54 007
📱 Oxirgi mish-mishlarga ko’ra, iPhone 15 Pro-ning idishi shunday bo’ladi
S harfiga o’xshash naqshli rasm iPhone tarixidagi eng kichik ramkalarni ajratib ko’rsatadi, ammo tasvirning o’zi boshqacha bo’lishi mumkin.
Dizaynga izohlarda baho bering.
📟 DigiTech
