AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 994 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 450,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 380 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 994 名订阅者。
根据 12 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 622,过去 24 小时变化为 -462,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.63% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 149 次浏览,首日通常累积 10 098 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 13 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 994
订阅者
-46224 小时
+2 8237 天
+1 62230 天
帖子存档
53 964
🌱 Yana bir AQSh'dagi startap mini uy bog’i qurilmasini namoyish etdi
Plantone 2.0 oshxona bog’ida 5 ta kichik idish mavjud. Ekish uchun oddiy tuproq va urug’lar mos keladi. Urug’larni ekish, bog’ni rozetkaga ulash va idishni oyiga bir marta suv bilan to'ldirish yetarli.
Kickstarter platformasida 99 dollarga sotib olish mumkin.
📟 DigiTech
53 964
✍️ Windows-da Paint odam o’rniga chizadi
Kuzda, Windows 11 da Paint'ga neyron tarmoq funksiyasi qo’shiladi. Endi dastur matnli tavsif va sizning eskizingizga qarab rasmlarni yaratadi.
📟 DigiTech
53 964
53 964
⛺️ Nyu-York'dagi startap har qanday ob-havoga bardosh bera oladigan chodirni yaratdi - u 12 kishini va hatto mashinani sig’dira oladi.
Magic Fort deyarli 40 m² uydir. Ichkarida ulkan asosiy maydon va to’siq bilan o’ralgan yotoqxona, shuningdek, ikkinchi qavat bor, uning tegida avtomobil uchun joy mavjud.
Bularning barchasi chiroyli tarzda sumkaga yig’iladi va mashinada ko’p joyni olmaydi. Kickstarter platformasida narxi 2499 dollar.
📟 DigiTech
53 964
🎥 Hech qiziqib ko’rganmisiz, 60 yil oldin, dronlar hali yaratilmaganda aerofotosuratlarni qanday olishgan?
Masofadan boshqarish (kabel orqali) pulti bo’lgan kamera havo shariga ulangan va havoga uchirilgan.
📟 DigiTech
53 964
📱 iPhone 15 liniyasidagi smartfonlarning barcha ranglari quyidagilar bo’lishi mumkin:
15
- Midnight/Black
- Starlight/White
- Yellow
- Blue
- Orange/Coral Pink
15 Pro
- Dark Blue
- Silver-Gray
- Space Black
- Titanium Gray
Titanium Gray rangi faqat iPhone 15 Ultra modelida bo’lishi mumkin.
Taqdimot 12-sentyabr kuni bo’lib o’tadi. 15 Plus va 15 Pro 22-sentyabr, 15 Ultra esa 29-sentyabrda sotuvga chiqarilishi kutilyapti.
📟 DigiTech
53 964
🚘 LEGO-da Technic seriyasidagi qismlardan yig’ilgan Bugatti Chiron'ning to’liq o’lchamli nusxasi borligini bilasizmi? U hatto ichida haydovchisi bilan asfaltda yura oladi.
Loyihaga millionga yaqin qismlar va o’nlab odamlarning 13 ming soatdan ortiq vaqti ketgan. Mashinaning 90 foizi LEGO qismlaridam yig’ilgan, shu jumladan dvigatel ham. Haqiqiy avtomobil qismlaridan faqat shinalar va shassi mavjud.
Albatta, bu Chiron ko’rgazma sifatida LEGO do’konlaridan biriga qo’yiladi va sotilmaydi, lekin siz kichikroq, 1:8 o’lchamdagi versiyasini sotib olishingiz mumkin. AQShda uning narxi taxminan 400 dollar.
📟 DigiTech
53 964
🧯Xitoyning Fuyan temir yo’l stantsiyasida sun’iy intellektli yong’inga qarshi tizim o’rnatildi
Sensorlar yong’inni aniqlaydi, shundan so’ng maxsus “qurol” avtomatik ravishda katta bosim bilan suv sepib olovni o’chirishni boshlaydi.
📟 DigiTech
53 964
🥽 Apple birinchi iPhone davrida Apple Vision Pro-ni ishlab chiqishni boshlagan
Kompaniya 2007 yilda qo’l harakatlari orqali boshqarish qobiliyatiga ega virtual reallik ko’zoynaklari uchun birinchi patentni ro’yxatdan o’tkazgan.
Patentda sport musobaqasini, kino yoki stadionni tomosha qilishda kinozalga taqlid qiluvchi qurilma ta’riflangan. Bu xususiyatlarning barchasi endi Apple Vision Pro-da mavjud.
Bu qurilma ham Stiv Jobs g’oyasi bo’lgan bo’lsa ajab emas.
📟 DigiTech
53 964
✍️ Neyron tarmoq fotosuratdan hikoya yozib beradi
HuggingFace platformasida qiziq neyron tarmoq paydo bo’ldi, unga tasvirni yuklash kifoya va neyron tarmoq bu haqda 30 soniyada qiziqarli hikoya yozib beradi. Ishlatish bepul, lekin hikoyalar ingliz tilida.
Juda qiziqarli hikoyalar yozadi, sinab ko’rishni maslahat beraman.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 964
💧Nemis kimyogarlari suvni yangi samarali tozalash usulini topishdi
Nemis olimlari suvni nanozang - “aqlli zang” yordamida tozalash usulini topishdi. Ushbu innovatsion material kimyoviy moddalar, plastmassa va yog’larni suvdan samarali ravishda yo’q qila oladi.
Ushbu kashfiyot suvni tozalashda inqilob qilishi va ichimlik suvining yuqori sifatini saqlab qolishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, "aqlli zang" qo’llanilishi ifloslanishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishi mumkin.
📟 DigiTech
53 964
📺 YouTube ilovasida Shazam'ga o’xshash funksiya paydo bo’ladi
Ilovaning Android uchun sinov versiyasiga qo’shiqni audio parcha bo’yicha topish funksiyasi qo’shildi, YouTube qo’shiqni tanib olishi uchun bor-yo’g’i uch soniya yetarli.
Bundan tashqari, ilova siz istagan musiqani topishi uchun qo’shiq parchasini kuylash/hushtak chalish kifoya, shundan so’ng xizmat rasmiy video (agar mavjud bo’lsa) va trek ishlatilgan boshqa videolarni topib beradi.
📟 DigiTech
53 964
📱Istanbulda o’rnatilgan Samsung kompaniyasini yangi buklamafonining reklama banneri.
Marketologlar yaxshi harakat qilishibdi.
📟 DigiTech
53 964
⚡️ "QA - sifat nazorati" mutaxassisi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat
📌 «Najot Ta'lim» markazida dastlabki «QA» kursi bitiruvchilari 100% natija bilan ish faoliyatlarini boshlashgan.
QA sohasi haqida batafsil
Sizda ham bu sohani o'z ishining mutaxassislaridan o'rganish va «QA» sohasi bilan kelajagingizni bog'lash istagi bo'lsa, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting.
👉 Ro'yxatdan o'ting
53 964
⌚️Oppo Watch 4 Pro aqlli soatlarining birinchi tizeri va renderlari.
To'liq taqdimot 29-avgust kuni bo’lib o’tadi.
📟 DigiTech
53 964
🌊 Tinch okeanining tubida muzlik davrida tug’ilgan tirik hayvon topildi
Tinch okeanining tubida, 1000 metr chuqurlikda 17 000 yoshli tirik hayvon topildi. O’rtacha umr ko’rish bo’yicha rekord egalari poriferlar, bir necha ming yil yashaydigan dengiz hayvonlaridir. Ta’riflangan organizm ham, Monorhaphis chuni, Hexactinellida sinfiga yoki "shisha po’kaklar" turiga kiradi. Hayvon allaqachon 17 000 yoshda, u oxirgi muzlik davrida tug’ilgan.
Hayvon suvdan olib chiqarildi va laboratoriyada daraxtlarning yosh halqalariga o’xshash spikulalarning ko’ndalang kesimlari tekshirildi.
📟 DigiTech
53 964
🎙️Ovozni klon qiluvchi neyrotarmoq
PlayHT neyrotarmog’i yordamida ovozni klonlash va u bilan istalgan videoga ovoz berish mumkin. Buning uchun qisqa audio yozib yuklash kifoya.
O’zbek tilida klonlash hozircha mavjud emas, lekin boshqa ko’plab tillarda ovozni klonlash mumkin. Bepul, chegaralangan versiyasi mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 964
53 964
⌚️95% bilaguzuklarda xavfli bakteriyalar mavjud
Olimlar tasodifiy ko’ngillilarning 20 ta bilaguzuklarini o’rganishdi va deyarli barcha bilaguzuklar teri bakteriyalari va 60% infektsiyani keltirib chiqaradigan ichak bakteriyalari bilan ifloslanganligini aniqlashdi.
Eng ko’p bakteriyalar matoli bilaguzuklarda, keyin plastik, kauchuk va terida. Eng kam bakteriyalar esa oltin bilaguzuklarda.
📟 DigiTech
53 964
⏰ Tenerife orolida vaqtni sekinlashtiradigan noyob anomaliya topildi
Atlantika okeanidagi Tenerife orolida hayratlanarli tabiiy hodisa - vaqtning sekinlashishiga olib keladigan gravitatsiya effekti topildi.
Bosh tadqiqotchi ushbu hodisa orol aholisiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini, buning natijasida ular uzoq umr ko’rishlarini qo’shimcha qildi. Kanar orollari ma’lumotlariga ko’ra, Tenerifeda umr ko’rish davomiyligi 15 yilga oshgan va o’sishda davom etmoqda.
Olimlarning ishonchi komilki, bu kashfiyot gravitatsion to’lqin bo’yicha keyingi tadqiqotlar uchun muhim qadam bo’ladi.
Misha okean atmen, orolga ko’chamiz :)
📟 DigiTech
