uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 53 994 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 450-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 380-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 53 994 obunachiga ega bo‘ldi.

12 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 1 622 ga, so‘nggi 24 soatda esa -462 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 24.26% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.63% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 149 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 10 098 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 112 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 13 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

53 994
Obunachilar
-46224 soatlar
+2 8237 kunlar
+1 62230 kunlar
Postlar arxiv
💻 Apple kompaniyasi Chromebook'lar bilan raqobatlasha oladigan "arzon" MacBook tayyorlamoqda Digitimes ma’lumotlariga ko’ra,
💻 Apple kompaniyasi Chromebook'lar bilan raqobatlasha oladigan "arzon" MacBook tayyorlamoqda Digitimes ma’lumotlariga ko’ra, Apple hozirda ixcham, arzon Chromebook noutbuklari egallab olgan AQSh ta'lim bozorida raqobatlashish uchun MacBook Air'dan arzonroq bo’lgan noutbukni chiqarmoqchi. Bunday modelning taqdimoti 2024-yilning ikkinchi yarmida bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

🤳 Sun’iy intellektlar 1,5 yil ichida 15 milliarddan ortiq tasvirni yaratdi. Fotograflarga buning uchun 150 yil kerak bo’lgan
+1
🤳 Sun’iy intellektlar 1,5 yil ichida 15 milliarddan ortiq tasvirni yaratdi. Fotograflarga buning uchun 150 yil kerak bo’lgan. Misol uchun, Everypixel jamlagan statistikaga tayansak, Adobe Firefly birinchi milliard tasvirni bir oy ichida yaratgan. Biz ham shu mavzuda katta yangilik tayyorlayapmiz, yaqinda e’lon qilamiz. 📟 DigiTech

🎥 Kreyg Meyzin “Karib dengizi qaroqchilari” filmining keyingi qismi ustida ishlamoqda “The Last of Us” va “Chernobil” serial
🎥 Kreyg Meyzin “Karib dengizi qaroqchilari” filmining keyingi qismi ustida ishlamoqda “The Last of Us” va “Chernobil” seriallari shouranneri The Los Angeles Times nashriga bergan intervyusida, franshizaning o’tgan qismlari ssenariy muallifi Ted Elliot bilan film ustida ish boshlaganini aytdi. Disney loyihaga “yashil chiroq” berdi, buni Meyzin va Elliot dastlab kutmagan edi, lekin keyin Ssenaristlar Uyushmasi ommaviy ish tashlashga chiqishdi va loyiha ustidagi ish to’xtab qoldi. Ayni damda mualliflar ish tashlashning tugashini kutishmoqda. Film yulduzlari Jonni Depp va Orlando Blum, “Qaroqchilar” rollariga qaytishga tayyor ekanliklarini avvalroq aytishgan edi. 📟 DigiTech

🚘 Alfa Romeo cheklangan versiyadagi 33 Stradale superkarini namoyish etdi - u xuddi shu nomdagi 60-yillardagi modelining zam
+4
🚘 Alfa Romeo cheklangan versiyadagi 33 Stradale superkarini namoyish etdi - u xuddi shu nomdagi 60-yillardagi modelining zamonaviy versiyasidir. Benzinli va elektr versiyasi mavjud: birinchisi 620 ot kuchiga va turbo dvigatelga ega, ikkinchisi esa 750 ot kuchiga, shuningdek 450 km quvvat zaxirasiga ega. 100 km/soatgacha, ikkala versiyasi ham 3 soniyada tezlashadi. Hammasi bo’lib avtomobil 33 nusxada chiqarilgan va ularning barchasi allaqachon 2 million yevrodan sotilib bo’lingan. 📟 DigiTech

✋ Siz uzoq vaqtdan beri IT sohasini puxta egallashni va yaxshi mutaxassis bo'lishni orzu qilyapsizmi ❔ Unda siz uchun ajoyib
Siz uzoq vaqtdan beri IT sohasini puxta egallashni va yaxshi mutaxassis bo'lishni orzu qilyapsizmiUnda siz uchun ajoyib taklif 📢 «Hozir o'qing, va keyinroq to'lang» Sizda bu imkoniyat allaqachon mavjud! IT-Bilim sizga bo’lib to’lash evaziga IT-kurslarining keng assortimentini taklif etadi! O’quv kursini tugatib, 2 oylik imtiyozli davrdan so’ng to’lashni boshlang 🕓 🚀 Bizning marketplace bilgi.uz saytiga tashrif buyuring, kurs va o'quv markazini tanlab, o'rganish va bilim olishni hoziroq boshlang! 🏹 📞 +998959501199 📞 +998993301199 📞 +998959541199 🌐 it-bilim.uz bilgi.uz | Instagram | Facebook Reklama

+2
🏗️ Turar-joy binosi orqali o’tadigan metro va avtomobillar turadigan bino tomida yonilg’i quyish shaxobchasi: Xitoy atrofdagi maydondan qanday maksimal foydalanishi haqida biroz ma’lumot. Ikkalasi ham Chongqing shahrida joylashgan. Metropolis tog’ tizmalari orasida daryolarning qo’shilishida joylashgan, shuning uchun shaharsozlik masalalariga noodatiy yondashishadi. Umuman olganda, Chongqing dunyodagi eng katta shahar deb atashadi: maydoni 82 403 km² va aholisi 32 million kishi. Ammo bularning aksariyati qishloq hududlari bo’lgani uchun u har doim ham reytingga kiritilmaydi. 📟 DigiTech

+2
🎵 Odamlar neyron tarmoqlarga "foydali" ko’nikmalarni o’rgatishda davom etishmoqda va tish cho’tkalari, tovuqlar va arra ovozida musiqalarni kaver qiluvchi saytni yaratishdi. Ushbu "shedevrlar" Voicify AI xizmati orqali yaratilgan bo’lib, u asl vokallarni sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan vokallarga almashtiradi - siz hatto Betmen ovozini yoki g’ijirlagan eshik tovushlarini tanlashingiz mumkin. Lekin afsuski sayt bepul emas. Tovuq ovozidagi musiqaga qoil qoldim lekin :) 📟 DigiTech

▪️Singapurlik olimlar ko’z yoshdan quvvatlanadigan “aqlli” linzalar uchun akkumulyator yaratishdi. Ushbu texnologiya xavfsiz
▪️Singapurlik olimlar ko’z yoshdan quvvatlanadigan “aqlli” linzalar uchun akkumulyator yaratishdi. Ushbu texnologiya xavfsiz ekanligi aytilmoqda, ammo hali odamlarda sinovdan o’tkazilmagan. Ular kelajakni ko’zlab akkumulyatorni ishlab chiqmoqdalar: bionik linzalar hali mukammallikdan ancha yiroqda, biroq odamlarga, jumladan, qisman ko’rlikka duchor bo’lganlarga yaxshi ko’rishga imkon beruvchi prototiplar allaqachon mavjud. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklar o’zlarining Xpeng aeromobiliga shu qadar ishonadilarki, ular uni shunchaki havoga ko’taribgina qolmay, balki suv ustida uzoq parvozlarni ham uyushtirishmoqda. Bugungi kunga qadar X2 modeli 4000 dan ortiq muvaffaqiyatli parvozlarni amalga oshirdi. Agar hamma narsa reja bo’yicha ketsa, ommaviy ishlab chiqarish 2025 yilda boshlanadi, narxi esa 112 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

▪️Tunda ishlash xotira bilan muammolar xavfini 79 foizga oshiradi - tadqiqot Tadqiqot davomida 47 811 ta odam o’rganib chiqil
▪️Tunda ishlash xotira bilan muammolar xavfini 79 foizga oshiradi - tadqiqot Tadqiqot davomida 47 811 ta odam o’rganib chiqildi va tungi smenada ishlaydiganlar kunduzgi smenada ishlaydiganlarga qaraganda kognitiv buzilish darajasi 79% ga yuqori ekanligi aniqlandi. Ya’ni tunda ishlaganlarni xotirasi ancha pasaygan. Olimlarning fikriga ko’ra, bunday o’zgarishlarga tsirkad ritmning buzilishi - bizning biologik soatimiz aybdor. Hatto tunda vaqti-vaqti bilan ishlash ham miyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 📟 DigiTech

🔍 Olimlar bakteriyalarni yoritib ko’rsatadigan telefon linzasini ishlab chiqishdi Swift Ray 1 linzasi smartfonga ulanadi va
🔍 Olimlar bakteriyalarni yoritib ko’rsatadigan telefon linzasini ishlab chiqishdi Swift Ray 1 linzasi smartfonga ulanadi va yaralar infektsiyalanganligini aniqlash uchun harorat sensoridan foydalanib bakteriyalarni yoritib ko’rsatadi. "Ko’z bilan" shifokorlar yara oddiy yallig’lanish bosqichida yoki allaqachon infektsiya bilan to’lib ketganligini aniqlashlari qiyin. Qurilma esa infektsiyalangan jarohatlarning 100 foizini aniqlay oldi. 📟 DigiTech

▪️Turli sohalarda foydali bo’ladigan 160 ta neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi. 📟 DigiTech
▪️Turli sohalarda foydali bo’ladigan 160 ta neyrotarmoqlar ro’yxati, saqlab qo’ying asqotadi. 📟 DigiTech

📱 iPhone 15 seriyasining fon rasmi Ehtimol, yangi iPhone'lar aynan shunday fon rasmlari bilan chiqariladi. Fon rasmi ranglar
📱 iPhone 15 seriyasining fon rasmi Ehtimol, yangi iPhone'lar aynan shunday fon rasmlari bilan chiqariladi. Fon rasmi ranglari qurilmaning korpus ranglarini takrorlaydi. Oxirgi ikkita versiya titan ramkalar bilan chiqadi. Fon rasmlari fayllarini izohlardan yuklab olishingiz mumkin 👇 📟 DigiTech

+3
🖥️ Finlyandiyaning UNEVN startapi o’rnatilgan shaxsiy kompyuter va monitorga ega o’yin stolini chiqardi. U 27 kg og’irlikdagi stolga yig’iladi, uni hatto sohilga ham olib ketishingiz mumkin. Lekin narxlari quvonarli emas. Kompyuterni yig’ish stolining o’zi 1290 yevro turadi, RTX 4070 Ti bilan tayyor yig’ilgani uchun esa ular 4049 yevro so'rashmoqda. 📟 DigiTech

🎥 Keyframes studio – bir necha soniyada videolaringizni tahrirlab beruvchi neyrotarmoq Turli ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar yaratib, siz xohlagandek o’zgartirib beradigan kuchli sun’iy intellekt vositasi. Kerakli kadrlarni avtomatik ravishda topadigan sehrli "generate keyframes using AI" tugmasi mavjud. Bundan tashqari, qo’shimcha musiqa va videolarni osongina qo’shishingiz mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

☂️2018-yilda bir guruh muhandislar boshingiz tepasida muallaq turadigan Dronbrella soyabonini yaratishgan Bir zaryadda 2 soat ishlaydi. U sizni shiddatli shamol bilan yomg’irdan himoya qila olishi dargumon, kuchli shamol uni uchirib yuboradi, lekin yengil yomg’irda asqotadi. Afsuski loyiha muvaffaqiyatli bo’lmagani uchun ommaviy ishlab chiqarilmagan, lekin g’oyasiga qoil. Siz qanday fikrdasiz? 📟 DigiTech

🚘 Rolls-Royce o’zining juda hashamatli avtomobili Amethyst Droptail rodsterini namoyish etdi Old panelga o’rnatilgan eksklyu
+3
🚘 Rolls-Royce o’zining juda hashamatli avtomobili Amethyst Droptail rodsterini namoyish etdi Old panelga o’rnatilgan eksklyuziv, qo’lda ishlangan Vacheron Constantin soati bo’lib, uni chiqarib, o’zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Tomi elektroxromli - bitta tugmani bosish bilan binafsha rangdan jigarranggacha o’zgaradi. Xameleon tomini yechib olish ham mumkin. Avtomobil faqat bitta nusxada chiqarilgan va mijozga 30 million dollarga tushgan. 📟 DigiTech

🚸 Fransiyada mashinalar tezligini pasaytirish uchun chalkash belgilar chizib chiqishdi Bu chorraha kichik Baun shahrida joyl
🚸 Fransiyada mashinalar tezligini pasaytirish uchun chalkash belgilar chizib chiqishdi Bu chorraha kichik Baun shahrida joylashgan va har kuni o’rtacha 2300 ta avtomobil undan o’tadi, ko’pincha 30 km/soat chegarasiga qaramay, 100 km/soat tezlikda o’tishadi. Rasmiylar chalkash belgilarni qo’llash g’oyasini o’ylab topishdi va u ishladi - haydovchilar chiziqlarni aniqlashga harakat qilib, sekinlashishadi. 📟 DigiTech

▪️Google kutilmaganda ChatGPT-4 ga munosib raqobatchi bo’la oladigan sun’iy intellektni namoyish etdi Kompaniyaning yangi fla
▪️Google kutilmaganda ChatGPT-4 ga munosib raqobatchi bo’la oladigan sun’iy intellektni namoyish etdi Kompaniyaning yangi flagman sun’iy intellekt modeli GPT-4 dan kamida 5 barobar kuchliroq bo’ladi. Gemini bir vaqtning o’zida barcha turdagi kontent bilan ishlay oladi: matn, video, audio va tasvirlar. Sun’iy intellekt o’zini xuddi odamdek tutishi uchun, uni YouTube'dagi videolar asosida o’rgatishgan. Eng qizig’i: model dekabr oyida ommaga taqdim etiladi. Ya’ni, GPT-5 ni shu kuzda taqdim etishadi yoki OpenAI kompaniyasi Google'dan ortda qolib ketadi. Ana endi haqiqiy kuchli sun’iy intellektlar yaratish bo’yicha poyga boshlanadi. 📟 DigiTech

📱 Oxirgi mish-mishlarga ko’ra, iPhone 15 Pro-ning idishi shunday bo’ladi S harfiga o’xshash naqshli rasm iPhone tarixidagi e
📱 Oxirgi mish-mishlarga ko’ra, iPhone 15 Pro-ning idishi shunday bo’ladi S harfiga o’xshash naqshli rasm iPhone tarixidagi eng kichik ramkalarni ajratib ko’rsatadi, ammo tasvirning o’zi boshqacha bo’lishi mumkin. Dizaynga izohlarda baho bering. 📟 DigiTech