ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 091 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 488,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 371

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 091 名订阅者。

根据 26 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 768,过去 24 小时变化为 -288,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.67% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 325 次浏览,首日通常累积 9 958 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 125

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 27 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 091
订阅者
-28824 小时
-3 2697
+76830
帖子存档
⚡️Xakerlar allaqachon RTX 6090 va iPhone 20 qanday ko‘rinishda bo’lishini bilishadi — NVIDIA va Apple'ning asosiy hamkori tiz
⚡️Xakerlar allaqachon RTX 6090 va iPhone 20 qanday ko‘rinishda bo’lishini bilishadi — NVIDIA va Apple'ning asosiy hamkori tizimini buzib kirishdi. Xitoyning Luxshare zavodi RansomHub guruhi hujumiga uchradi — jami 1 TB dan ortiq maxfiy ma’lumotlar o‘g‘irlandi. Bular orasida gadjetlarning 3D modellari va chizmalari, qismlar haqidagi ma’lumotlar, hatto muhandislarning shaxsiy hujjatlari ham bor.
Xakerlar dalil sifatida fayllarning bir qismini tarmoqqa chiqarishdi: ularning dastlabki tahlili bo’yicha, bu haqiqatan ham hali chiqmagan qurilmalarning muhandislik chizmalari bo‘lishi mumkin.
Kompaniyaning o‘zi buzib kirilgani faktini rasman tasdiqlamadi, ammo xakerlar to‘lov talab qilishmoqda, aks holda barcha ma’lumotlarni internetga tarqatib yuborish bilan tahdid qilishyapti. 📟 DigiTech

⚡️Kioxia kompaniyasi arzon SSD'lar endi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi. Yirik xotira ishlab chiqaruvchilardan biri sun’iy in
⚡️Kioxia kompaniyasi arzon SSD'lar endi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi. Yirik xotira ishlab chiqaruvchilardan biri sun’iy intellekt kompaniyalarining talabi tufayli 2027-yilgacha barcha mahsulotlarini sotib bo‘ldi. Xotira narxi allaqachon o‘rtacha 50 foizga oshgan. Bu yil narxlar yana ko‘tarilishda davom etadi. Vaziyatni tushunish uchun: yaqinda Reddit foydalanuvchisi 125 dollarga SSD buyurtma qildi. Uning buyurtmasi hech qanday tushuntirishsiz darhol bekor qilindi. Keyin xuddi shu xotira plastinkalari 400 dollarga qayta sotuvga qo‘yildi. 📟 DigiTech

🧊 Antarktidada jahon muz ombori ochildi — unda sayyoraning turli burchaklaridan olingan muz namunalari to‘planadi. Qor bunkeri Konkordiya ilmiy stansiyasidagi g‘orda joylashgan bo‘lib, u kelajak avlodlar va tadqiqotlar uchun eriyotgan muzliklarning noyob iqlim arxivi vazifasini bajaradi. Bunker ichida yil davomida -52°C harorat saqlanib turadi, shu tufayli muzlarni muzlatgich uskunalarisiz «asrlar» mobaynida saqlash mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft sun’iy intellektlar yaqin yillarda insonlarni almashtiradigan va ular xavf solmaydigan kasblarning yangilangan ro
+2
⚡️Microsoft sun’iy intellektlar yaqin yillarda insonlarni almashtiradigan va ular xavf solmaydigan kasblarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
Xavf ostida qolganlar: - tarjimonlar - tarixchilar - operatorlar - modellar - web dasturchilar - jurnalistlar - savdo vakillari - yozuvchilar va mualliflar - va ko‘plab boshqalar, shu jumladan o‘qituvchilar ham.
Hozircha ko‘prik ta’mirlovchilari, temiryo’l quruvchilari, suv tozalash inshootlari xodimlari, quyuvchilar va boshqa ishchilar xotirjam bo‘lishlari mumkin. 📟 DigiTech

📲 Yubiley iPhone XX egiluvchan ekran va ko‘rinmas kameraga ega bo‘lishi mumkin. iPhone'ning 20 yilligi munosabati bilan Appl
📲 Yubiley iPhone XX egiluvchan ekran va ko‘rinmas kameraga ega bo‘lishi mumkin. iPhone'ning 20 yilligi munosabati bilan Apple 2027-yilda «inqilobiy» smartfonni chiqarishi mumkin. Unda ekran ostiga joylashtirilgan selfi-kamera va Face ID, yangi dizayn hamda egiluvchan displey bo‘ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Neyron tarmoqlar bo‘yicha bepul kurslar jamlangan sayt. Unda OpenAI, Microsoft va boshqa yetakchi kompaniyalarning kurs
👨‍💻 Neyron tarmoqlar bo‘yicha bepul kurslar jamlangan sayt. Unda OpenAI, Microsoft va boshqa yetakchi kompaniyalarning kurslarini topasiz. Learn AI Go Where saytida sun’iy intellekt mavzusiga oid o‘nlab tasdiqlangan kurslar, qo‘llanmalar va boshqa foydali materiallar mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📱Smartfonlar bozorida bir vaqtlar muhim bo‘lgan yana bir ishtirokchi o‘tmishga aylanmoqda: ASUS mobil qurilmalarni ishlab ch
📱Smartfonlar bozorida bir vaqtlar muhim bo‘lgan yana bir ishtirokchi o‘tmishga aylanmoqda: ASUS mobil qurilmalarni ishlab chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi. Shu yildan boshlab Tayvanlik ishlab chiqaruvchi bozorni «muddatsiz kuzatish»ga o‘tadi, mavjud modellarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Barcha moliyaviy hamda muhandislik resurslarini esa shaxsiy kompyuterlar, sun’iy intellekt qurilmalari va robotlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi.
ASUS 2014-yildan boshlab Android smartfonlarni ishlab chiqarib kelgan edi: dastlab klassik (qiziqarli xususiyatlarga ega) ZenFone'lar, keyinchalik esa o‘yin uchun mo‘ljallangan ROG Phone'lar. Tahlilchilarning baholashicha, 2020-yildayoq ASUS'ning jahon bozoridagi ulushi 2 foizdan pastga tushib ketgan, 2025-yil oxiriga kelib esa taxminan 0,25 foizgacha qisqargan.
📟 DigiTech

⚡️Noto‘g‘ri uyqu rejimi yurak xuruji xavfini ikki baravarga oshirib, demensiya va depressiyaga olib keladi — NYT tadqiqoti uy
⚡️Noto‘g‘ri uyqu rejimi yurak xuruji xavfini ikki baravarga oshirib, demensiya va depressiyaga olib keladi — NYT tadqiqoti uyqu rejimi sog‘liqqa qanday ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Olimlar 88 ming kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi: turli vaqtlarda yotib-turadigan odamlar miyadan tortib yurakkacha bo‘lgan barcha sohalarda aziyat chekishadi. Tartibsiz uyqu sirkad ritmlarni izdan chiqaradi: tana kortizol va melatoninni qachon ajratishni bilmay qoladi. Moddalar almashinuvi buziladi, immunitet pasayadi va yallig‘lanish jarayonlari kuchayib ketadi. Ammo buni quyidagicha tuzatish mumkin:
- Har kuni ertalab bir xil vaqtda tashqariga chiqing: havo bulut bo‘lsa ham, 20-30 daqiqa ko‘chada yuring. - Agar tashqariga chiqolmasangiz, ertalab yorug‘ chiroqdan foydalaning: u qisman quyosh vazifasini bajaradi. - Uyqudan bir soat oldin «budilnik»ga qo‘ying va uyquga tayyorlaning: kitob o‘qing, meditatsiya qiling, telefonni qo‘lga olmang. - Dam olish kunlarida ham jadvalga amal qiling: 30 daqiqadan ortiq farq ham zararli hisoblanadi.
📟 DigiTech

🌆 Mercedes Dubayda 13 000 xonadonga mo‘ljallangan ulkan turar-joy majmuasini qurmoqda. Aytishlaricha, bu 8,2 milliard dollar
+3
🌆 Mercedes Dubayda 13 000 xonadonga mo‘ljallangan ulkan turar-joy majmuasini qurmoqda. Aytishlaricha, bu 8,2 milliard dollarlik butun boshli mini-shahar bo‘ladi. Kompaniyaning turar-joy majmuasi 930 000 kvadrat metr maydonni egallaydi va eng baland minorasi 341 metr bo‘lgan 12 ta osmono‘par binoni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, majmuada xususiy savdo markazlari, restoranlar, suzish havzalari va katta bog‘ bo‘lishi va’da qilinmoqda. Binolar esa avtomobil modellari sharafiga — Vision Iconic, Maybach kabi nomlar bilan ataladi. Majmuani 2028-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. U yerdagi bir xonali xonadonlar narxi 2,6 million dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🛜 Eron aksariyat fuqarolari uchun internetni butunlay o‘chirib qo‘yishga tayyorlanmoqda. Filterwatch ma’lumotlariga ko‘ra, g
🛜 Eron aksariyat fuqarolari uchun internetni butunlay o‘chirib qo‘yishga tayyorlanmoqda. Filterwatch ma’lumotlariga ko‘ra, global internetga kirish faqat amaldorlar va maxsus tekshiruvdan o‘tgan fuqarolar uchun mumkin bo’ladi. Qolgan barcha aholiga esa faqat davlat tomonidan to‘liq nazorat qilinadigan milliy tarmoqdan foydalanish imkoniyati qoldiriladi. Shu sabab Eronda 10 kundan ortiq vaqtdan beri tarixdagi eng yirik aloqa uzilishi davom etmoqda. 📟 DigiTech

Milliy AI Hackathon'da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulguring 20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raq
Milliy AI Hackathon'da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulguring 20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri — Milliy AI Hackathon'ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi. Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari mutaxassislaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun IT sohasidagi mutaxassislar bilan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘oliblarni nafaqat qimmatbaho sovg‘alar, balki loyihalarni to‘liq ishga tushirish uchun mablag‘ olish imkoniyati ham kutmoqda. Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin. 👉 Batafsil

⚡️Rockstar terminal bosqichdagi saraton tashxisi qo‘yilgan muxlisga GTA VI o‘yinini chiqarilishidan oldin o‘ynashga ruxsat be
⚡️Rockstar terminal bosqichdagi saraton tashxisi qo‘yilgan muxlisga GTA VI o‘yinini chiqarilishidan oldin o‘ynashga ruxsat berdi. Ubisoft xodimi LinkedIn'da o‘zining kasal qarindoshi haqida yozdi. Shundan so‘ng, unga Take-Two Interactive rahbari xabar yo‘llab, Rockstar jamoasi bilan bog‘ladi. Kuni kecha yigit hammasi «ajoyib yangiliklar» bilan yakunlanganini yozdi. Aftidan, boshqa tafsilotlarni oshkor qilish unga taqiqlangan. 📟 DigiTech

+2
📲 iPhone 18 Pro shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Internetda so‘nggi insaydlar asosida tayyorlangan renderlar paydo bo‘ldi. Qurilma yangi to‘q qizil, qahva rang va binafsha ranglarda chiqishi, old kamera esa chap burchakka ko‘chirilishi mumkin. Dinamik orol qoladi, ammo «peshonasidagi» kesma bo‘lmaydi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi 2018-yilgi MacBook'ni batareya almashtirish uchun rasmiy servis markaziga topshirdi — Apple esa
👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi 2018-yilgi MacBook'ni batareya almashtirish uchun rasmiy servis markaziga topshirdi — Apple esa unga yangi top MacBook Pro'ni qaytarib berdi. Xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari eski noutbukni ta'mirlash paytida tasodifan shikastlab qo‘yishdi. Yigitga uning qurilmasi «xususiyatlari jihatdan eng yaqin model»ga almashtirilishini aytishdi. Natijada u M4 Pro chipli, ekrani maxsus mat qoplamali va 1 terabayt xotirali 16 dyuymli MacBook Pro oldi. Bunday model 4300 dollar turadi, ammo redditordan bir tiyin ham olishmadi. 📟 DigiTech

+1
📲 Endi ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday inson hind bo‘lib chiqishi mumkin — foydalanuvchilar Kling Motion Control neyrotarmog‘i qanday ishlashini ko‘rsatishdi: realistik animatsiya, harakat va hatto kiyimlarning fizikasi ham juda tabiiy generatsiya qilinadi. Avatar yaratish uchun qisqa video olish, birinchi kadr asosida kerakli odam fotosuratini generatsiya qilish va uni sun’iy intellektga yuklash kifoya. 📟 DigiTech

📱Insayderlar iPhone 18 Pro va buklanadigan iPhone Fold'ning barcha texnik xususiyatlarini oshkor qilishdi. iPhone 18 Pro va
📱Insayderlar iPhone 18 Pro va buklanadigan iPhone Fold'ning barcha texnik xususiyatlarini oshkor qilishdi. iPhone 18 Pro va Pro Max ekran ostidagi Face ID, selfi-kamera uchun kichik kesma va yangilangan chipga ega bo‘ladi. iPhone Fold'da ikkita orqa kamera va yana ikkita kichik kesimli old kamera, shuningdek, yuz skaneri o‘rniga Touch ID bo‘ladi. Flagmanlar taqdimoti sentyabr oyida, iPhone 18 va iPhone 18e esa 2027-yil bahorida namoyish etilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

📲 Honor iPhone 17 Pro dizaynini ko‘chirgan smartfonida kameralardan biri soxta bo’lib chiqdi. Honor Power 2 da «tanish» to‘q
+2
📲 Honor iPhone 17 Pro dizaynini ko‘chirgan smartfonida kameralardan biri soxta bo’lib chiqdi. Honor Power 2 da «tanish» to‘q sariq korpus va bo‘rtib chiqqan kamera moduli mavjud. Hatto kameralar soni ham bir xil, ammo smartfon ichida atigi ikkita obyektiv mavjud. 📟 DigiTech

Samarqandda ikkinchi Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi 20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish s
Samarqandda ikkinchi Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi 20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri —National AI Xakatonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi. Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar. Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin. 👉 Batafsil

🧠 OpenAI rahbari Sem Altman inson miyasini sun’iy intellekt bilan birlashtirish texnologiyasini ishlab chiqmoqchi. Altman us
🧠 OpenAI rahbari Sem Altman inson miyasini sun’iy intellekt bilan birlashtirish texnologiyasini ishlab chiqmoqchi. Altman ushbu texnologiya insonlar qobiliyatlarini eng yuqori darajaga ko‘tarishga imkon berishini va’da qilmoqda. Uning yangi ochilgan Merge Labs kompaniyasi mutlaqo yangi «miya-kompyuter» interfeysini ishlab chiqmoqda. Bu interfeys Ilon Maskning Neuralink'idan farqli o‘laroq, bosh miyaga o‘rnatilmasdan ishlashi mumkin bo‘ladi. Ya'ni hech qanday jarrohliksiz. Chip neyronlar bilan molekulyar darajada bog‘lanadi va ultratovush orqali ma’lumotlarni uzatadi — aytishlaricha, ularda allaqachon bu mumkinligini isbotlovchi ishlanmalar mavjud. 📟 DigiTech

🇺🇿🇯🇵 O‘zbekistonda o‘qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ish boshlash mumkin! Japan Digital University 2026–2027 o‘quv yil
+4
🇺🇿🇯🇵 O‘zbekistonda o‘qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ish boshlash mumkin! Japan Digital University 2026–2027 o‘quv yili uchun qabulni rasman boshladi. Agar kelajagingizni Yaponiya bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, JDU — siz uchun to‘g‘ri tanlov. 🎓 Sizni kutayotgan imkoniyatlar: — O‘zbekistonda turib Yaponiya universiteti diplomini qo‘lga kiritish — O‘qish davomida Yaponiyada amaliyot o‘tash — Yapon tili va IT bilimlarini bir vaqtda o‘rganish — Universitetni bitirgach Yaponiyada ishga joylashishda ko‘mak — O‘qishni tugatmasdan turib Yaponiya IT kompaniyalaridan ish takliflari 📚 Ta’lim yo‘nalishlari: — IT menejment fakulteti — Muhandis-dasturchi — Grafik dizayn — Sun’iy intellekt — Kiberxavfsizlik 🇯🇵 JDU bitiruvchilari allaqachon Yaponiyada IT sohasida faoliyat boshlashgan.. Endi navbat sizniki! 🚀 Japan Digital University — Yaponiyaga eltuvchi ishonchli yo‘l! 👉HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site