AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 588 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 568,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 438 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 588 名订阅者。
根据 04 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 687,过去 24 小时变化为 -198,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.98%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.54% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 886 次浏览,首日通常累积 9 562 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 05 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 588
订阅者
-19824 小时
-1 4717 天
-2 68730 天
帖子存档
51 667
📲 iPhone'larda yangi SparkCat virusi fotosuratlardagi ma’lumotlarni o’g’irlamoqda.
U orqali pasport va bank kartalari ma’lumotlari o’g’irlanyapti. Virus AppStore'dagi soxta ilovalarga o’rnatilgan. Ular messenjerlar, SI chatbotlar va kripto birjalari ilovalari ko’rinishida yashiringan. Dastur fotosuratlarni ko’rish huquqini so’raydi va shu orqali shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlaydi.
Yuklab olish va sharhlar soni haqiqiylik ko’rsatkichi emas — ilovalardan birida allaqachon 242 mingdan ortiq o’rnatish mavjud. Galereyani tozalab chiqishni va yangi ilovalarni vaqtincha yuklamay turishni maslahat beramiz, bu iOS tizimida bunday turdagi virus tarqalishining birinchi holati.
📟 DigiTech
51 667
🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi kelajakdagi kiberpank o’yinlari uchun robot-futbolchini ko’rsatdi.
Bu to’pni kuzatish uchun takomillashtirilgan dasturiy ta’minot va harakatlarning aniqligi uchun datchiklarga ega G1 modelidir. Kompaniya 2050 yilga borib jahon chempionatida odamlarni mag’lub eta oladigan gumanoidlar jamoasini tuzmoqchi.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Iordaniyadagi Midbar kompaniyasi har qanday joyga, shu jumladan, cho’llarga ham tez joylashtirilishi mumkin bo’lgan shishiriladigan fermalarni ishlab chiqarmoqda.
Kapsulani ishlatishga tayyorlash uchun bor-yo’g’i yarim kun kerak bo’ladi, u mikro-tumanli aeroponikaga asoslangan bo’lib, ozuqaviy moddalarni to’g’ridan-to’g’ri o’simliklarning ildizlariga yetkazib beradi va suv sarfini ~ 90% ga kamaytiradi.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Film va videolarni real vaqtda tarjima qiladigan neyrotarmoq chiqdi — uning yordamida kontentlarni deyarli barcha tillarda ko’rish mumkin:
• U YouTube, yuklab olingan fayllar, filmlar, audiokitoblar va MP3 bilan ishlaydi.
• 100 dan ortiq tilni qo’llab-quvvatlaydi.
• Tayyor subtitrlarni ham 34 tilga tarjima qiladi.
• Agar siz lug’atni o’rganayotgan bo’lsangiz, Word Search'dan foydalanishingiz mumkin.
• Neyrotarmoq bir vaqtning o’zida asl nutq va tarjima subtitrlarini ko’rsatadi. Asosiysi undan foydalanish bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Tadqiqot: Kunduzgi uyqu miyani faollashtirib, murakkab muammolarni hal qilishga yordam beradi — hatto 13 daqiqa uyqu ham ta’sir ko’rsatadi.
Tadqiqotda kunduzi uxlagan ishtirokchilar ishdan shunchaki tanaffus olgan ishtirokchilarga qaraganda muammolarni tezroq va yaxshiroq hal qilishdi. Bu miyaning uyqu paytida ulanishlarni qayta tashkil etishi va yashirin yechimlarni topishi bilan bog’liq.
📟 DigiTech
51 667
🎙️ NVIDIA Broadcast ilovasiga eng arzon mikrofonda ham yozilgan ovozni studiya darajasida tiniqlashtirib beradigan Studio Voice funksiyasini qo’shdi.
Endi qimmatbaho mikrofonlarni sotib olish shart emas, ushbu funksiya yordamida hatto eng arzon mikrofonda ham sifatli podkastlar yozish mumkin. Kontent yaratuvchilar uchun juda kerakli ilova.
👉 Ilovani yuklab olish uchun havola.
📟 DigiTech
51 667
🥽 Samsung kompaniyasi Apple Vision Pro dizaynini deyarli to’liq takrorlaydigan AR (to’ldirilgan reallik) garniturasini chiqaradi.
Tashqi ko’rinishi deyarli farq qilmaydi, hatto tashqi batareya ham xuddi Apple'nikidek. Garnitura Android'ning maxsus versiyasida ishlaydi va imo-ishoralar orqali boshqariladi, Google Gemini neyron tarmog’i esa eksklyuziv funksiyalardan biri bo’ladi.
Narxi haqida hozircha ma’lumot yo’q, solishtirish uchun: Vision Pro 3500 dollar turadi.
📟 DigiTech
51 667
🤖Tesla haydovchisiz taksilarini tozalaydigan robotni namoyish etdi.
Unga o’rnatilgan changyutgich shunchalik kuchliki, u yo‘lovchilar unutib qo’ygan suv idishlarini va hatto ryukzakni ham ko’tara oladi, shuningdek, almashtiriladigan qismlari tufayli displeyni ham artadi.
Bunday haydovchisiz taksilar AQSh'da 2026-yildan ishlashni boshlaydi.
📟 DigiTech
51 667
✨ Kun videosi: Alyaskada yashovchi fotograf uyining tepasida qanday ajoyib shimoliy yog’dular paydo bo’lishini ko’rsatdi.
U yerda qish oylarida shimoliy yog’dular haftasiga bir necha marta paydo bo’lib, tunni yashil rangga burkaydi.
Naqadar go’zal manzara.
📟 DigiTech
51 667
🎵 Suno raqobatchisi chiqdi — Riffusion neyrotarmog’ida musiqalarni bepul va limitlarsiz generatsiya qilish mumkin.
U juda oddiy ishlaydi: matn va janrni kiritish kifoya, agar matn bo’lmasa, SI uni o’zi yozadi. Istalgan tovushni qo’shiqqa aylantirishingiz mumkin. Eng muhimi bepul va limitlarsiz.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 667
+3
🚘 Chevrolet yana Spark'ni ishlab chiqarishni boshlaydi, ammo endi u logotipi almashtirilgan Xitoyning Baojun Yep Plus avtomobilidir.
Mashina dastlab Braziliyada sotuvga chiqadi. Ehtimol, Xitoy versiyasi kabi 102 ot kuchiga ega dvigatel va bir zaryad 401 km'ga yetadigan batareya bo’ladi.
Hozircha narxi bo’yicha ma’lumot yo’q, lekin Baojun Yep Plus'ning Xitoyda narxi 13 800 dollar turadi.
📟 DigiTech
51 667
🛩️ Boom Supersonic XB-1 xususiy samolyot prototipi birinchi marta tovush tezligini buzib o’tib, 1.1 Mah (1350 km/soatdan tezroq) tezlikka erishdi.
Samolyot AQSh'da 2014-yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda, uning asosida tarixda uchinchi bo’ladigan tovushdan tez uchadigan yo’lovchi samolyotni ishlab chiqishmoqchi.
Reja bo’yicha, u 1,7 Mah (2080 km/soat) gacha tezlasha oladi va Londondan Nyu-Yorkka ~3,5 soatda yetib boradi. Oddiy samolyotlarda parvoz 7-8 soat davom etadi.
📟 DigiTech
51 667
⚡️DeepSeek xakerlar hujumiga uchradi — chatbot bilan barcha yozishmalaringiz, maxfiy kalitlar va boshqa ichki ma’lumotlar tarmoqqa sizib chiqdi.
Wiz Research tadqiqotchilari ma’lumotlar bazasini tarmoqda topishdi, u hech qanday parol bilan himoyalanmagan.
Chatbot bir necha kundan beri xakerlar hujumiga uchrab kelmoqda, ehtimol ma’lumotlar bazasi tarmoqqa shu tarzda tarqalgan. DeepSeek jamoasi muammodan xabardor, lekin vaziyatga hechqanday izoh berishmadi.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Nvidia bepul yangi kurslarni chiqardi.
— Chatbotlarni ishlab chiqish;
— LLM ilovalarni yaratish;
— Ma’lumotlarni tahlil qilish;
— Pixar'ning maxsus dasturi yordamida 3D grafikalar bilan ishlash.
Kurslar 1,5 dan 8 soatgacha vaqtni oladi, o’rganish uchun ozgina Python'ni bilish va neyrotarmoqlar qanday ishlashini tushunish kifoya.
👉 Kurslarga havola.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Alibaba yangi juda kuchli bepul sun’iy intellektni chiqardi — Qwen2.5-Max DeepSeek'dan ham yaxshiroq.
Xitoyliklar o’zlarining Yangi yiliga bomba neyrotarmoqni chiqarishdi, u deyarli hamma narsani qila oladi:
• Matnli so’rovlarga javob beradi;
• Fotorealistik suratlarni yarata oladi;
• Yuqori sifatli videolarni generatsiya qiladi;
• Senior dasturchi kabi kod yozadi;
• Internetdan kerakli ma’lumotni qidira oladi.
Eng asosiysi — undan foydalanish BEPUL va birnechta kerakli funksiyalar bir joyga jamlangan!
Undan foydalanish uchun havoladan kirib ro’yxatdan Qwen2.5-Max'ni tanlaysiz.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 667
💴 Mana buni korporativ desa bo’ladi: Xitoyda kranlar ishlab chiqaruvchi kompaniya tanlov o’tkazib, unda qatnashgan xodimlariga 8.4 mln dollar tarqatdi.
Ishchilar 30 kishidan iborat jamoalarga bo’linishdi, so’ng naqd pullar uzun stol bo’ylab sochildi. Xodimlar 15 daqiqada qancha ko’p naqd pulni to’g’ri sanay olsalar shunchani o’zlari bilan olib ketishlari mumkin edi.
Eng omadli xodim 15 daqiqada ¥100 000 bonusni qo’lga kiritdi — bu 13 800 dollar!
📟 DigiTech
51 667
51 667
🏍️ Muhandis har tomonga harakatlana oladigan sharsimon g’ildirakli mopedni yig’di.
Uning aksariyat qismlari 3D printerda bosib chiqarilgan va beshta motorchalar yordamida yuradi. Agar shunday moped yasashga qiziqsangiz, muallif barcha qo’llanmalarni Githubga joylagan.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Nvidia aksiyalari bir kunda deyarli 17% ga pasaydi. Kompaniya 500 milliard dollar yo’qotdi, bu Wall Street tarixidagi eng katta qulashdir.
Bunga sabab DeepSeek-R1 modeli mashhurligining keskin o’sishidir, kuni kecha chiqqan ochiq kodli sun’iy intellekt ilovasi App Store'da yuklanishlar soni bo’yicha ChatGPT'dan ham o’tib ketdi.
Uni ishlab chiqishga atigi 6 mln dollar sarflangan. Ma’lumot uchun: AQSh'da bunday modelni ishlab chiqish 100 milliondan milliard dollargacha turadi. Buni ko’rgan investorlar SI'ga milliardlab sarmoya kiritish shart emasligini tushunishdi.
Amerikaning barcha yirik texnologik kompaniyalarining yo’qotishlari allaqachon 1 trillion dollardan oshib ketdi.
📟 DigiTech
51 667
⚡️Xitoyning Trampga javobi — Bank of China sun’iy intellektlarni rivojlantirishga 1 trln yuan (137 mlrd dollar) sarmoya kiritdi.
Ushbu mablag’ innovatsion sun’iy intellektni ishlab chiqishga sarflanadi, ular ushbu investitsiyaga kommunistik ideologiya ruhida baland nom berishdi — «Harakatlar rejasi».
Bu Trampning yaqindagi sun’iy intellektlarni rivojlantirish uchun 500 mlrd dollar ajratilishi haqidagi qaroriga to’g’ridan-to’g’ri javobdir.
Haqiqiy raqobat endi boshlandi, popkornlarni tayyorlang, buyog’i qiziq bo’ladi.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
