es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 51 677 suscriptores, ocupando la posición 2 565 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 430 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 51 677 suscriptores.

Según los últimos datos del 03 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2 786, y en las últimas 24 horas de -221, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.04%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 17.97% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 12 965 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 308 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 116.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 04 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

51 677
Suscriptores
-22124 horas
-1 5407 días
-2 78630 días
Archivo de publicaciones
📲 iPhone'larda yangi SparkCat virusi fotosuratlardagi ma’lumotlarni o’g’irlamoqda. U orqali pasport va bank kartalari ma’lum
📲 iPhone'larda yangi SparkCat virusi fotosuratlardagi ma’lumotlarni o’g’irlamoqda. U orqali pasport va bank kartalari ma’lumotlari o’g’irlanyapti. Virus AppStore'dagi soxta ilovalarga o’rnatilgan. Ular messenjerlar, SI chatbotlar va kripto birjalari ilovalari ko’rinishida yashiringan. Dastur fotosuratlarni ko’rish huquqini so’raydi va shu orqali shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlaydi. Yuklab olish va sharhlar soni haqiqiylik ko’rsatkichi emas — ilovalardan birida allaqachon 242 mingdan ortiq o’rnatish mavjud. Galereyani tozalab chiqishni va yangi ilovalarni vaqtincha yuklamay turishni maslahat beramiz, bu iOS tizimida bunday turdagi virus tarqalishining birinchi holati. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi kelajakdagi kiberpank o’yinlari uchun robot-futbolchini ko’rsatdi. Bu to’pni kuzatish uchun takomillashtirilgan dasturiy ta’minot va harakatlarning aniqligi uchun datchiklarga ega G1 modelidir. Kompaniya 2050 yilga borib jahon chempionatida odamlarni mag’lub eta oladigan gumanoidlar jamoasini tuzmoqchi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Iordaniyadagi Midbar kompaniyasi har qanday joyga, shu jumladan, cho’llarga ham tez joylashtirilishi mumkin bo’lgan shishiriladigan fermalarni ishlab chiqarmoqda. Kapsulani ishlatishga tayyorlash uchun bor-yo’g’i yarim kun kerak bo’ladi, u mikro-tumanli aeroponikaga asoslangan bo’lib, ozuqaviy moddalarni to’g’ridan-to’g’ri o’simliklarning ildizlariga yetkazib beradi va suv sarfini ~ 90% ga kamaytiradi. 📟 DigiTech

⚡️Film va videolarni real vaqtda tarjima qiladigan neyrotarmoq chiqdi — uning yordamida kontentlarni deyarli barcha tillarda
⚡️Film va videolarni real vaqtda tarjima qiladigan neyrotarmoq chiqdi — uning yordamida kontentlarni deyarli barcha tillarda ko’rish mumkin: • U YouTube, yuklab olingan fayllar, filmlar, audiokitoblar va MP3 bilan ishlaydi. • 100 dan ortiq tilni qo’llab-quvvatlaydi. • Tayyor subtitrlarni ham 34 tilga tarjima qiladi. • Agar siz lug’atni o’rganayotgan bo’lsangiz, Word Search'dan foydalanishingiz mumkin. • Neyrotarmoq bir vaqtning o’zida asl nutq va tarjima subtitrlarini ko’rsatadi. Asosiysi undan foydalanish bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Kunduzgi uyqu miyani faollashtirib, murakkab muammolarni hal qilishga yordam beradi — hatto 13 daqiqa uyqu ham ta
⚡️Tadqiqot: Kunduzgi uyqu miyani faollashtirib, murakkab muammolarni hal qilishga yordam beradi — hatto 13 daqiqa uyqu ham ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotda kunduzi uxlagan ishtirokchilar ishdan shunchaki tanaffus olgan ishtirokchilarga qaraganda muammolarni tezroq va yaxshiroq hal qilishdi. Bu miyaning uyqu paytida ulanishlarni qayta tashkil etishi va yashirin yechimlarni topishi bilan bog’liq. 📟 DigiTech

🎙️ NVIDIA Broadcast ilovasiga eng arzon mikrofonda ham yozilgan ovozni studiya darajasida tiniqlashtirib beradigan Studio Voice funksiyasini qo’shdi. Endi qimmatbaho mikrofonlarni sotib olish shart emas, ushbu funksiya yordamida hatto eng arzon mikrofonda ham sifatli podkastlar yozish mumkin. Kontent yaratuvchilar uchun juda kerakli ilova. 👉 Ilovani yuklab olish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
🥽 Samsung kompaniyasi Apple Vision Pro dizaynini deyarli to’liq takrorlaydigan AR (to’ldirilgan reallik) garniturasini chiqaradi. Tashqi ko’rinishi deyarli farq qilmaydi, hatto tashqi batareya ham xuddi Apple'nikidek. Garnitura Android'ning maxsus versiyasida ishlaydi va imo-ishoralar orqali boshqariladi, Google Gemini neyron tarmog’i esa eksklyuziv funksiyalardan biri bo’ladi. Narxi haqida hozircha ma’lumot yo’q, solishtirish uchun: Vision Pro 3500 dollar turadi. 📟 DigiTech

🤖Tesla haydovchisiz taksilarini tozalaydigan robotni namoyish etdi. Unga o’rnatilgan changyutgich shunchalik kuchliki, u yo‘lovchilar unutib qo’ygan suv idishlarini va hatto ryukzakni ham ko’tara oladi, shuningdek, almashtiriladigan qismlari tufayli displeyni ham artadi. Bunday haydovchisiz taksilar AQSh'da 2026-yildan ishlashni boshlaydi. 📟 DigiTech

+1
Kun videosi: Alyaskada yashovchi fotograf uyining tepasida qanday ajoyib shimoliy yog’dular paydo bo’lishini ko’rsatdi. U yerda qish oylarida shimoliy yog’dular haftasiga bir necha marta paydo bo’lib, tunni yashil rangga burkaydi. Naqadar go’zal manzara. 📟 DigiTech

🎵 Suno raqobatchisi chiqdi — Riffusion neyrotarmog’ida musiqalarni bepul va limitlarsiz generatsiya qilish mumkin. U juda od
🎵 Suno raqobatchisi chiqdi — Riffusion neyrotarmog’ida musiqalarni bepul va limitlarsiz generatsiya qilish mumkin. U juda oddiy ishlaydi: matn va janrni kiritish kifoya, agar matn bo’lmasa, SI uni o’zi yozadi. Istalgan tovushni qo’shiqqa aylantirishingiz mumkin. Eng muhimi bepul va limitlarsiz. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Chevrolet yana Spark'ni ishlab chiqarishni boshlaydi, ammo endi u logotipi almashtirilgan Xitoyning Baojun Yep Plus avtomo
+3
🚘 Chevrolet yana Spark'ni ishlab chiqarishni boshlaydi, ammo endi u logotipi almashtirilgan Xitoyning Baojun Yep Plus avtomobilidir. Mashina dastlab Braziliyada sotuvga chiqadi. Ehtimol, Xitoy versiyasi kabi 102 ot kuchiga ega dvigatel va bir zaryad 401 km'ga yetadigan batareya bo’ladi. Hozircha narxi bo’yicha ma’lumot yo’q, lekin Baojun Yep Plus'ning Xitoyda narxi 13 800 dollar turadi. 📟 DigiTech

🛩️ Boom Supersonic XB-1 xususiy samolyot prototipi birinchi marta tovush tezligini buzib o’tib, 1.1 Mah (1350 km/soatdan tezroq) tezlikka erishdi. Samolyot AQSh'da 2014-yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda, uning asosida tarixda uchinchi bo’ladigan tovushdan tez uchadigan yo’lovchi samolyotni ishlab chiqishmoqchi. Reja bo’yicha, u 1,7 Mah (2080 km/soat) gacha tezlasha oladi va Londondan Nyu-Yorkka ~3,5 soatda yetib boradi. Oddiy samolyotlarda parvoz 7-8 soat davom etadi. 📟 DigiTech

⚡️DeepSeek xakerlar hujumiga uchradi — chatbot bilan barcha yozishmalaringiz, maxfiy kalitlar va boshqa ichki ma’lumotlar tar
⚡️DeepSeek xakerlar hujumiga uchradi — chatbot bilan barcha yozishmalaringiz, maxfiy kalitlar va boshqa ichki ma’lumotlar tarmoqqa sizib chiqdi. Wiz Research tadqiqotchilari ma’lumotlar bazasini tarmoqda topishdi, u hech qanday parol bilan himoyalanmagan. Chatbot bir necha kundan beri xakerlar hujumiga uchrab kelmoqda, ehtimol ma’lumotlar bazasi tarmoqqa shu tarzda tarqalgan. DeepSeek jamoasi muammodan xabardor, lekin vaziyatga hechqanday izoh berishmadi. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia bepul yangi kurslarni chiqardi. — Chatbotlarni ishlab chiqish; — LLM ilovalarni yaratish; — Ma’lumotlarni tahlil qil
⚡️Nvidia bepul yangi kurslarni chiqardi. — Chatbotlarni ishlab chiqish; — LLM ilovalarni yaratish; — Ma’lumotlarni tahlil qilish; — Pixar'ning maxsus dasturi yordamida 3D grafikalar bilan ishlash. Kurslar 1,5 dan 8 soatgacha vaqtni oladi, o’rganish uchun ozgina Python'ni bilish va neyrotarmoqlar qanday ishlashini tushunish kifoya. 👉 Kurslarga havola. 📟 DigiTech

⚡️Alibaba yangi juda kuchli bepul sun’iy intellektni chiqardi — Qwen2.5-Max DeepSeek'dan ham yaxshiroq. Xitoyliklar o’zlarini
⚡️Alibaba yangi juda kuchli bepul sun’iy intellektni chiqardi — Qwen2.5-Max DeepSeek'dan ham yaxshiroq. Xitoyliklar o’zlarining Yangi yiliga bomba neyrotarmoqni chiqarishdi, u deyarli hamma narsani qila oladi: • Matnli so’rovlarga javob beradi; • Fotorealistik suratlarni yarata oladi; • Yuqori sifatli videolarni generatsiya qiladi; • Senior dasturchi kabi kod yozadi; • Internetdan kerakli ma’lumotni qidira oladi. Eng asosiysi — undan foydalanish BEPUL va birnechta kerakli funksiyalar bir joyga jamlangan! Undan foydalanish uchun havoladan kirib ro’yxatdan Qwen2.5-Max'ni tanlaysiz. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

💴 Mana buni korporativ desa bo’ladi: Xitoyda kranlar ishlab chiqaruvchi kompaniya tanlov o’tkazib, unda qatnashgan xodimlariga 8.4 mln dollar tarqatdi. Ishchilar 30 kishidan iborat jamoalarga bo’linishdi, so’ng naqd pullar uzun stol bo’ylab sochildi. Xodimlar 15 daqiqada qancha ko’p naqd pulni to’g’ri sanay olsalar shunchani o’zlari bilan olib ketishlari mumkin edi. Eng omadli xodim 15 daqiqada ¥100 000 bonusni qo’lga kiritdi — bu 13 800 dollar! 📟 DigiTech

🌒 Kun surati: astrofotograf Endryu Makkarti tomonidan olingan sayyoralar paradi surati. U sayyoralar va Oyning haqiqiy massh
🌒 Kun surati: astrofotograf Endryu Makkarti tomonidan olingan sayyoralar paradi surati. U sayyoralar va Oyning haqiqiy masshtabini saqlagan holda bir nechta fotosuratlarni birlashtirgan. 📟 DigiTech

🏍️ Muhandis har tomonga harakatlana oladigan sharsimon g’ildirakli mopedni yig’di. Uning aksariyat qismlari 3D printerda bosib chiqarilgan va beshta motorchalar yordamida yuradi. Agar shunday moped yasashga qiziqsangiz, muallif barcha qo’llanmalarni Githubga joylagan. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia aksiyalari bir kunda deyarli 17% ga pasaydi. Kompaniya 500 milliard dollar yo’qotdi, bu Wall Street tarixidagi eng k
⚡️Nvidia aksiyalari bir kunda deyarli 17% ga pasaydi. Kompaniya 500 milliard dollar yo’qotdi, bu Wall Street tarixidagi eng katta qulashdir. Bunga sabab DeepSeek-R1 modeli mashhurligining keskin o’sishidir, kuni kecha chiqqan ochiq kodli sun’iy intellekt ilovasi App Store'da yuklanishlar soni bo’yicha ChatGPT'dan ham o’tib ketdi. Uni ishlab chiqishga atigi 6 mln dollar sarflangan. Ma’lumot uchun: AQSh'da bunday modelni ishlab chiqish 100 milliondan milliard dollargacha turadi. Buni ko’rgan investorlar SI'ga milliardlab sarmoya kiritish shart emasligini tushunishdi. Amerikaning barcha yirik texnologik kompaniyalarining yo’qotishlari allaqachon 1 trillion dollardan oshib ketdi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyning Trampga javobi — Bank of China sun’iy intellektlarni rivojlantirishga 1 trln yuan (137 mlrd dollar) sarmoya kirit
⚡️Xitoyning Trampga javobi — Bank of China sun’iy intellektlarni rivojlantirishga 1 trln yuan (137 mlrd dollar) sarmoya kiritdi. Ushbu mablag’ innovatsion sun’iy intellektni ishlab chiqishga sarflanadi, ular ushbu investitsiyaga kommunistik ideologiya ruhida baland nom berishdi — «Harakatlar rejasi». Bu Trampning yaqindagi sun’iy intellektlarni rivojlantirish uchun 500 mlrd dollar ajratilishi haqidagi qaroriga to’g’ridan-to’g’ri javobdir. Haqiqiy raqobat endi boshlandi, popkornlarni tayyorlang, buyog’i qiziq bo’ladi. 📟 DigiTech