AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 007 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 007 名订阅者。
根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 007
订阅者
-20824 小时
-1 7197 天
-2 96130 天
帖子存档
51 917
+4
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
Reklama
51 917
⚡️Baidu hayvon tilini inson tiliga tarjima qiluvchi dasturni ishlab chiqmoqda: kompaniya allaqachon patentni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza topshirgan.
Neyron tarmoq hayvonlarni xatti-harakat, yuz ifodalari, tana tilini analiz qiladi va bizga tushunarli so’zlarga aylantirib beradi.
Tez orada mushuklarimiz bilan suhbatlasha olamiz 😒
📟 DigiTech
51 917
+3
👟 Nike eskirgan ko’rinishdagi krossovkalarni chiqardi.
Go’ya bo’yicha, ular qanchalik uzoqroq kiyilsa, shunchalik toza bo’lib boradi: «kir» qatlam asta-sekin o’chirilib, oyoq kiyimlar oqaradi.
Ular Air Force 1 Dirty Triple White deb nomlanadi, narxi AQSh'da 130 dollar.
📟 DigiTech
51 917
⚡️Olimlar qora choy va rezavor mevalarni istemol qilish qarishni sekinlashtirishga yordam berishini va jismoniy, shuningdek, ruhiy muammolar xavfini kamaytirishini aniqlashdi.
Hamma gap flavonoidlarda — bu qora choy, rezavor mevalar, olma va apelsinlarda mavjud bo’lgan kuchli birikmalardir.
Olimlar «flavonoidlar»ning inson tanasiga ajoyib ta’sirini aniqlashdi: u yallig’lanish va stressni kamaytiradi, qon tomirlarining holatini yaxshilaydi, miya va mushaklarning sog’lig’ini ta’minlaydi. Shu sabab qarishni sekinlashtirib, hayotni uzaytiradi va jismoniy, ruhiy salomatlikni saqlaydi.
📟 DigiTech
51 917
🤖 Xitoyliklar o‘t o‘chiruvchi robo-itlarni ko’rsatishdi — ular yonayotgan binolar ichida yong’inni o‘chirib, tirik qolganlarni qidirishadi.
Ushbu model Unitree B2 modeliga asoslangan bo’lib, haddan tashqari haroratga chidamli va suv oqimi uchun moslamalar bilan jihozlangan. Hozirda robo-itlar Qingdao shahrida sinovdan o’tkazilmoqda, keyin esa ularni butun mamlakat bo’ylab o’t o’chirish bo’limlariga yetkazib berishmoqchi.
📟 DigiTech
51 917
+2
🚢 Avstraliyaning Incat kompaniyasi dunyodagi eng katta elektr kemasini suvga tushirdi — uning akkumulyatori og’irligining o’zi 250 tonnadir.
China Zorrilla paromi uzunligi 130 metr bo’lib, 2100 yo’lovchi va 225 avtomobilni tashishga qodir, u boshqa elektr kemalardan to’rt baravar kuchliroqdir.
📟 DigiTech
51 917
🍄 Qotil qo’ziqorin Yevropaning ayrim hududlarida iqlim o’zgarishi sabab tez tarqalmoqda.
Aspergillus qo’ziqorini iqlimning keskin isishi tufayli tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Uning sporalari o’pkaga ta’sir qiladi va bronxlarni to’sib qo'yadi, ya’ni odam deyarli nafas ololmay qoladi.
Bu, ayniqsa, astmasi bor va immuniteti zaif odamlar, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun juda xavflidir. Allaqachon 9 million yevropaliklar xavf ostida, biroq zararlangan hududning geografiyasi tobora kengayib bormoqda.
The Last of Us real hayotda.
📟 DigiTech
51 917
⚡️GTA VI ishlab chiqishga sarflangan mablag’, dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa'ning qurilishiga ketgan mablag’dan ham oshib ketdi.
Burj Xalifa'ni qurilishiga 6 yil vaqt va 1,5 milliard dollar sarflangan, GTA VI'ni ishlab chiqishga esa 8 yil ichida allaqachon 2 mlrd dollardan ortiq mablag’ sarflandi.
Buncha harajat o’zini oqlaydimi yo’qmi keyingi yilda bilib olamiz.
📟 DigiTech
51 917
👨💻 Bir necha soniyada veb-saytlar yaratib daromad qilamiz: Saytlar yaratib beradigan bepul YourWare neyrotarmog’ini topdik.
Saytni generatsiya jarayonini ko’rsatib turadi, dizaynni tanlab beradi va tugmalarni sozlaydi. Tayyor saytni boshqa saytlar lentasiga chiqarib, ko’rishlar sonidan daromad qilish mumkin — har 100 ta ko’rishlar soni uchun ular bir dollardan to’lashadi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 917
⚡️Olimlar eng muvaffaqiyatli odamlarning sirlarini tushunish uchun tadqiqot o’tkazishdi. Natija juda hayratlanarli bo’ldi: ularning deyarli barchasi chapaqay bo’lib chiqishdi.
Ular orasida Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg va boshqa mashhur milliarderlar bor. Olimlar 472 ga yaqin kompaniya va 1000 dan ortiq direktorlarni tahlil qilib chiqishdi — chapaqay boshqaruvchilari bo’lgan kompaniyalar muvaffaqiyatliroq bo’lib chiqdi.
📟 DigiTech
51 917
🛤️ Shveytsariyada to’g’ridan-to’g’ri relslar oralig’iga panellar o’rnatish orqali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Asosiy g’oya — allaqachon band bo’lgan hududdan unumli foydalanish, poyezdlar ostidagi cho’tkalar esa panellarni toza saqlashga yordam beradi.
100 metrli relsda sinovlar uch yil davom etadi, shundan so’ng vaziyat baholanadi va uni kengaytirish masalasi hal qilinadi.
📟 DigiTech
51 917
🛰️ Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi.
1972-yilda uchirilgan «Космос 482» kemasi Veneraga uchishi kerak edi, ammo nosozliklar tufayli u hech qachon Yer yonidagi orbitadan chiqa olmadi va endi taxminan 10-mayda Yerga qulaydi.
Olimlar u aniq qayerga qulashini bilishmaydi, lekin vahima qilishga hojat yo’q: jiddiy zarar yetkazish uchun u juda kichiklik qiladi, uning «birovning boshiga tushishi» ehtimoli esa chaqmoq urishi ehtimolidan ham kamroq.
📟 DigiTech
51 917
🗂️ Grok PDF fayllar yaratishni o’rgandi — bu shuni anglatadiki, neyron tarmoq endi rezyumelar, hisobotlar, konspektlar, taqdimotlar va umuman har qanday hujjatlarni yaratishi mumkin.
Buning uchun so’rovga «PDF yarat» so’zini qo’shish kifoya. Hozircha funksiya faqat ingliz tilida ishlaydi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 917
🌎 NASA xabar berishicha, Xitoy Yerning aylanish tezligini sekinlashtirdi va kunning davomiyligini uzaytirdi. Bunga Xitoyning eng yirik to’g’oni — «Uch dara» to’g’oni qurilishi sabab bo’lgan.
«Uch dara» to’g’onida o’nlab milliard tonna suv yig’ilgan, bu Yer shari massasining taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Shu sabab Yerning aylanish tezligi sekinlashib, kunning uzunligi 0,06 mikrosoniyaga oshgan va sayyora o’qi taxminan 2,5 santimetrga siljigan.
📟 DigiTech
51 917
⚡️GTA VI bu yil chiqmaydigan bo’ldi — o’yin relizi 2026-yil 26-mayga ko’chirildi.
«Umid qilamizki, siz kutgan va sizga munosib sifat darajasidagi mahsulotni taqdim etishimiz uchun, bizga qo’shimcha vaqt kerakligini tushunasiz», — deb yozdi Rockstar.
📟 DigiTech
51 917
🎵 Bir necha soniyada qo’shiqlar yaratamiz: Suno v4.5 chiqdi. Endi u yanada realistik qo’shiqlarni yarata oladi.
Yangi janrlar qo’shildi va musiqalar yaxshilandi. Endi janrlarni aralashtirish va qo’shiqlarni tezda tahrirlash mumkin. Musiqaning maksimal davomiyligi 8 daqiqagacha oshirildi.
Videolarda Suno v4.5 da yaratilgan qo’shiqlarning namunalari ko’rsatilgan.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 917
⚡️Sem Altman odamlarning ko’zlarini biometrik ma’lumotlari evaziga kriptovalyutani sovg’a qilmoqda. Dunyoning 100 ta davlatidan 12 milliondan ortiq odam allaqachon «World» loyihasidan ro’yxatdan o’tgan.
Odamlarga «Orb» deb nomlangan qurilma orqali ko’z qorachig’ini skanerlash taklif qilinmoqda. Buning evaziga ular raqamli World ID identifikatorini va 16 Worldcoin tokenlarini olishadi.
Tez orada World ID bilan Visa kartalaridan foydalanish yoki ilovalardan ro’yxatdan o’tish mumkin bo’ladi. Altman'ning g’oyasi bo’yicha, oxir oqibat World global identifikatorga aylanishi kerak.
📟 DigiTech
51 917
🏆2025 yilning 27 aprel kuni Yangi O‘zbekiston Universitetida Yandex Uzbekistan tomonidan, ML Community (INHA University) va Yangi O‘zbekiston Universiteti ko‘magida tashkil etilgan “Coding and Math Contest 2025” – dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
👨🏻💻👩💻Mazkur tanlovda O‘zbekistondagi turli oliy ta’lim muassasalari talabalari va IT mutaxassislari ishtirok etib, dasturlash, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik tahlil va chiziqli algebra sohalaridagi bilimlarini namoyish etishdi.
🧮Tanlov ikki bosqichdan — dasturlash va matematika bo‘yicha onlayn imtihonlardan iborat bo‘ldi. Topshiriqlar xalqaro mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ingliz tilida o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘ldi.
Taqdirlash marosimi tanlovning eng muhim voqeasiga aylanib, unda ishtirokchilar, tashkilotchilar va hamkorlar o‘z yutuqlarini nishonlash va tajriba almashish uchun bir joyga jam bo‘lishdi. Tadbir O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
51 917
🌆 Kecha Nyu-York ko’chalarida yurgan har qanday odam bemalol 119 dollar olishi mumkin edi.
«Tayms-skver» maydonida telefon raqami va g’alati matn yozilgan bilbord paydo bo’ldi. Shu raqamga SMS yuborganlarning barchasi kutilmaganda bank o’tkazmasini olishdi.
Ma’lum bo’lishicha, bu «Ustasi faranglar 3» filmining yangi promo reklamasi bo’lib chiqdi.
📟 DigiTech
51 917
+2
📚 Google o’zining Duolingo'sini ishga tushirdi: Google Labs'ga yangi tillarni o’rganish uchun bepul sun’iy intellekt xizmati qo’shildi.
Saytda uchta xizmat mavjud:
– Tiny Lesson. Har qanday vaziyat uchun so’zlar, iboralar va maslahatlarni tanlaydi; – Slang Hang. Slenglarni o'rganish uchun dialoglar generatsiya qiladi; – Word Cam. Fotosuratlarni tahlil qiladi va barcha obyektlarning to’g’ri nomlarini ko’rsatib beradi.👉 Hammasi bo’lib 15 ta til mavjud — saytga kirish uchun havola. 📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
