ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 007 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 007 名订阅者。

根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 007
订阅者
-20824 小时
-1 7197
-2 96130
帖子存档
+3
📲 Telegram Zoom'ga aylandi: messenjerga 200 kishigacha qatnashishi mumkin bo’lgan guruh qo‘ng’iroqlari qo’shildi. Endi qo’ng’iroqlar uchun alohida chatlar yaratish shart emas. Faqat qo’ng’iroq havolasini barcha ishtirokchilarga yuborish kifoya. Shuningdek, muzlatilgan profilni blokdan chiqarishga ariza tashlash va xabarlarni ulashish uchun yangi funksiyalar qo’shildi. 📟 DigiTech

⚡️Kun fakti: Microsoft'dagi barcha kodlarning 30% qismini allaqachon neyron tarmoqlar yozmoqda. Sun’iy intellekt kodni ko’pro
⚡️Kun fakti: Microsoft'dagi barcha kodlarning 30% qismini allaqachon neyron tarmoqlar yozmoqda. Sun’iy intellekt kodni ko’proq Pythonda yaxshi yozadi, eng yomoni esa C++ da. 2030-yilga kelib, SI'ning dasturlashdagi ulushi 95 foizga yetishi mumkin. Kompaniya rahbari Satya Nadella'ning aytishicha, ayrim loyihalar allaqachon butunlay neyron tarmoqlar yordamida yaratilmoqda. 📟 DigiTech

🚣 Arizonadagi qayiqlar festivalidan epik kadrlar, unda poygachi qayiqni havo oqimi ko’tarib, 320 km/soat tezlikda salto qilgani aks etgan. Qayiq qattiq tushganiga qaramay, hech kim jiddiy jarohat olmadi — ekipaj faqat qo’rquv va bir nechta ko’karishlar bilan qutildi. 📟 DigiTech

☕️ Starbucks AQSh'da 3D-printerda bosib chiqarilgan o’zining birinchi qahvaxonasini ochdi. U Texasning Braunsvill shahrida jo
+1
☕️ Starbucks AQSh'da 3D-printerda bosib chiqarilgan o’zining birinchi qahvaxonasini ochdi. U Texasning Braunsvill shahrida joylashgan. Bino maydoni 130 kvadrat metr bo’lib, olti oydan kamroq vaqt ichida qurib bitkazildi. Uni qurish 1,2 million dollarga tushdi — bu oddiy qahvaxona qurilishidan deyarli ikki barobar arzonroq. 📟 DigiTech

+1
⚡️ChatGPT foydalanuvchilari orasida yangi trend paydo bo’ldi — bir suratni tasvir generatoridan kamida 10 marta o’tkazish va hech narsani o’zgartirmaslikni so’rash. Lekin chatbot shunda ham suratni tanib bo’lmas darajada o'zgartirmoqda. ChatGPT deyarli barchaning yuz ifodalarini norozi mimikaga o’zgartirmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Duolingo neyron tarmoqlar almashtira oladigan xodimlarni ishga yollashni to’xtatadi. Duolingo rahbarining so’zlariga ko’ra,
⚡️Duolingo neyron tarmoqlar almashtira oladigan xodimlarni ishga yollashni to’xtatadi. Duolingo rahbarining so’zlariga ko’ra, ish tizimini qayta ko’rib chiqish vaqti keldi. Lekin inson xodimlardan butunlay voz kechishmaydi — ular odatiy vazifalar o’rniga «ijodiy ish» bilan shug’ullanishadi. Kompaniya endi faqat sun’iy intellekt qila olmaydigan loyihalar uchungina inson ishchilarni ishga oladi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Ispaniya va Portugaliya deyarli bir kundan buyon elektr ta’minotisiz qolmoqda, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, bunga «kam uchraydigan atmosfera hodisasi» sabab bo’lgan. Ispaniyada 15 gigavatt elektr quvvati birdan yo’qolgan — bu mamlakat ishlatadigan barcha energiyaning 60% ni tashkil qiladi. Eng qizig’i, shuncha energiya atigi 5 soniya ichida yo’q bo’lib qolgan.
Nosozlik tufayli millionlab uylar elektr ta’minotisiz qoldi, metro to’xtagan, svetoforlar o’chgan, aloqa uzilgan, parvozlar qisman to’xtatildi, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar ham bekor qilindi.
Ikki mamlakat ham muammoni bartaraf etish uchun bor kuchlarini sarflamoqda, ammo aniq muddat yo’q. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, elektr tarmoqlarini tiklash uchun «bir necha haftagacha» vaqt ketishi mumkin 📟 DigiTech

🧠 Bizning miyamiz kunning bir qismini «o’chgan ong» bilan o’tkazadi. Olimlarning aniqlashicha, biz har kuni atrofimizda sodi
🧠 Bizning miyamiz kunning bir qismini «o’chgan ong» bilan o’tkazadi. Olimlarning aniqlashicha, biz har kuni atrofimizda sodir bo’layotgan voqealarga reaksiya berishni vaqtincha to’xtatamiz, lekin bu normal holat. Bu inson bir nuqtaga qarab qoladigan va deyarli hech narsa haqida o’ylamaydigan lahzalardir. Bu holat o’z-o’zidan paydo bo’ladi va uyg’oqlikdagi vaqtimizning 5-20% ni egallashi mumkin. Agar o’zingizni shunday holatga tushganingizni sezsangiz, bu vaqtda hechnima qilmaganingiz ma’qul, chunki bu vaqtda e’tibor va aniq fikrlash qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. 📟 DigiTech

🤖 Janubiy Koreyada olimlar «Terminator» filmidagi T-1000 kabi o’z shaklini o’zgartira oladigan va panjaralardan o’ta oladigan «suyuq robot»ni yaratishdi. Uning tanasi himoya qobig’iga ega bo’lgan maxsus suyuqlikdan iborat bo’lib, unga qattiqligini saqlab turishga, suv bo’ylab harakatlanishga va hatto kichik obyektlarni ushlashga yordam beradi. U ultratovush to’lqinlari bilan boshqariladi. Kelajakda undan inson organizmi ichiga dorilarni yetkazish uchun foydalanishmoqchi. 📟 DigiTech

⚡️Har xil yo’nalishlar bo’yicha eng foydali 120 ta neyrotarmoq ro’yxati. 📟 DigiTech
⚡️Har xil yo’nalishlar bo’yicha eng foydali 120 ta neyrotarmoq ro’yxati. 📟 DigiTech

📻 Avstraliya radiostansiyasini olti oy davomida sun’iy intellekt boshqargan, lekin birorta ham tinglovchi buni payqamagan. N
📻 Avstraliya radiostansiyasini olti oy davomida sun’iy intellekt boshqargan, lekin birorta ham tinglovchi buni payqamagan. Neyrotarmoq ish kunlari 11:00 dan 15:00 gacha tinglovchilar bilan muloqot qilgan, DJ sifatida ishlagan va viktorinalar o’tkazgan. Odamlar uni haqiqiy inson deb o’ylashgan. Ushbu tajriba keskin tanqidga uchradi — eskpertlar boshlovchilar, senaristlar, diktorlar va boshqa mutaxassislarni yaqin orada neyrotarmoqlar almashtirishi mumkinligidan xavotirdalar. 📟 DigiTech

⚡️Yakshanbani maroqli o’tkazamiz, Foldnfly saytida 53 ta qog’oz samolyotlar yasash bo’yicha qo’llanmalar mavjud. Saytda har b
⚡️Yakshanbani maroqli o’tkazamiz, Foldnfly saytida 53 ta qog’oz samolyotlar yasash bo’yicha qo’llanmalar mavjud. Saytda har biri uchun qiyinchilik darajalari va bosqichma-bosqich yasash tavsiflari yozilgan batafsil qo’llanmalar mavjud. Miyani tozalab, dam olish kunini maroqli o’tkazish uchun bu ayni muddao. 👉 Saytga kirish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Qiziqarli fakt: Antarktika pingvinlari tunda emas, kun bo’yi uxlashadi — kuniga 10 000 mikro uyqu. Ularning har biri atigi to’rt soniya davom etadi va bir kunda kerakli 10-11 soat yig’iladi. Bu mexanizm yirtqichlarning doimiy tahdidlariga javoban ishlab chiqilgan: ularning miyalari bir vaqtning o’zida ikkala yarim shar bilan uxlashi yoki faqat bittasini o’chirib qo’yishi mumkin, ikkinchisi hushyor bo’lishi uchun. Bu soniyalarda pingvinlar shunchaki ko’zlarini yumib ochishmaydi, balki haqiqiy uyquga — miya dam olishi uchun kerak bo’lgan uyquga sho’ng’ishadi. 📟 DigiTech

⚡️Endi saratonni simptomlari paydo bo’lishidan oldin aniqlash mumkin — Buyuk Britaniyada 99% aniqlikka ega test yaratildi. Mo
⚡️Endi saratonni simptomlari paydo bo’lishidan oldin aniqlash mumkin — Buyuk Britaniyada 99% aniqlikka ega test yaratildi. Mo’jizaviy test atigi 10 tomchi qondan 12 turdagi saratonni, jumladan, o’pka, ko’krak va oshqozon osti bezi saratonini aniqlay oladi. SI qondagi mikroribonuklein kislotalarini tahlil qiladi, bu nafaqat saraton turini aniqlash, balki uning tanadagi joylashuvini ham aniq topish imkonini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Yaponlar parvoz paytida chaqmoqni zararsizlantirish uchun maxsus dronlarni ishlab chiqishdi. Chaqmoqlar har yili mamlakatga 1,4 milliard dollargacha zarar yetkazadi, g’oya bo’yicha, kopterlar yomon ob-havo paytida ishga tushirilib, chaqmoq «zarbasini» qabul qiladi va uning energiyasini yerdagi batareyalarga yo’naltiradi. 📟 DigiTech

🌒 NASA Oydagi suv quyosh shamolidan paydo bo’lishini aniqladi. Ushbu nazariya birinchi bor 1960-yillarda ilgari surilgan edi
🌒 NASA Oydagi suv quyosh shamolidan paydo bo’lishini aniqladi. Ushbu nazariya birinchi bor 1960-yillarda ilgari surilgan edi, uni endigina Oy tuproq namunalarini vodorod ionlari bilan quyosh shamolini taqlid qiluvchi zarralar tezlatgichi bilan «otib» tasdiqlashdi — natijada haqiqatdan ham H₂O molekulalari paydo bo’ldi.
«Suv hosil bo’lishi uchun faqat quyosh shamoli va oy tuprog’i yetarli bo’lishi ajablanarli — boshqa moddalar yo’q. Bu kashfiyot hayratga soladi», — deb ta’kidladi NASA xodimi.
📟 DigiTech

🚘 Yigit Tesla'dan uni hech qachon bormagan joyiga olib borishini so’radi — mashina uni sport zaliga olib bordi. Ha, robotlar ham yumorni bilishadi 😂 📟 DigiTech

🎥 YouTube veb-versiyada pleyer dizaynini yangiladi: hamma narsa yumaloqlashtirildi va «oynasimon» holga keltirildi, videoga
+2
🎥 YouTube veb-versiyada pleyer dizaynini yangiladi: hamma narsa yumaloqlashtirildi va «oynasimon» holga keltirildi, videoga moslashuvchi fon qo'shildi va ovoz balandligini boshqarish tugmasi o’ngdagi blokga ko’chirildi. Yangi interfeys hali hamma uchun mavjud emas, lekin kelgusi haftalarda barcha foydalanuvchilar uchun joriy dizaynni almashtirishi kerak. 📟 DigiTech

👨‍💻 Microsoft yomon xodimlarga ishdan bo’shashlari uchun pul to’laydi. Past ko’rsatgichli xodimlarga pul olib, ishdan ketis
👨‍💻 Microsoft yomon xodimlarga ishdan bo’shashlari uchun pul to’laydi. Past ko’rsatgichli xodimlarga pul olib, ishdan ketish yoki samaradorlikni oshirish kursini o’tish taklif etiladi. Boshqa ishlashni istamaganlarga to’rt oylik maosh taklif qilinib, o’z ixtiyori bilan ishdan ketish to’g’risidagi arizani imzolashga ruxsat beriladi. Boshqalarga esa o’z karyeralarini «jonlantirish»ga yordam berishadi. 📟 DigiTech

📱iPhone 17 modellari shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin — insayder smartfonlarning so’nggi prototiplarini ko’rsatdi. Faqat
+1
📱iPhone 17 modellari shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin — insayder smartfonlarning so’nggi prototiplarini ko’rsatdi. Faqat orqasida kompaniya logotipi yetishmayapti. Suratlarga qaraganda, yangi iPhone’larda Dynamic Island kichraytiriladi, Pro va Air’dagi kamera moduli esa orqa panelning tepa qismini to’liq egallaydi. 📟 DigiTech