fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 52 007 مشترک است و جایگاه 2 543 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 415 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 52 007 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 01 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 961 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -208 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.25% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.89% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 184 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 342 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 127 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

52 007
مشترکین
-20824 ساعت
-1 7197 روز
-2 96130 روز
آرشیو پست ها
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ? 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. B
+4
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ? 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.      Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊 👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 📞 71-200-05-95 Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site Reklama

⚡️Baidu hayvon tilini inson tiliga tarjima qiluvchi dasturni ishlab chiqmoqda: kompaniya allaqachon patentni ro’yxatdan o’tka
⚡️Baidu hayvon tilini inson tiliga tarjima qiluvchi dasturni ishlab chiqmoqda: kompaniya allaqachon patentni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza topshirgan. Neyron tarmoq hayvonlarni xatti-harakat, yuz ifodalari, tana tilini analiz qiladi va bizga tushunarli so’zlarga aylantirib beradi. Tez orada mushuklarimiz bilan suhbatlasha olamiz 😒 📟 DigiTech

👟 Nike eskirgan ko’rinishdagi krossovkalarni chiqardi. Go’ya bo’yicha, ular qanchalik uzoqroq kiyilsa, shunchalik toza bo’li
+3
👟 Nike eskirgan ko’rinishdagi krossovkalarni chiqardi. Go’ya bo’yicha, ular qanchalik uzoqroq kiyilsa, shunchalik toza bo’lib boradi: «kir» qatlam asta-sekin o’chirilib, oyoq kiyimlar oqaradi. Ular Air Force 1 Dirty Triple White deb nomlanadi, narxi AQSh'da 130 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar qora choy va rezavor mevalarni istemol qilish qarishni sekinlashtirishga yordam berishini va jismoniy, shuningdek,
⚡️Olimlar qora choy va rezavor mevalarni istemol qilish qarishni sekinlashtirishga yordam berishini va jismoniy, shuningdek, ruhiy muammolar xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Hamma gap flavonoidlarda — bu qora choy, rezavor mevalar, olma va apelsinlarda mavjud bo’lgan kuchli birikmalardir. Olimlar «flavonoidlar»ning inson tanasiga ajoyib ta’sirini aniqlashdi: u yallig’lanish va stressni kamaytiradi, qon tomirlarining holatini yaxshilaydi, miya va mushaklarning sog’lig’ini ta’minlaydi. Shu sabab qarishni sekinlashtirib, hayotni uzaytiradi va jismoniy, ruhiy salomatlikni saqlaydi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar o‘t o‘chiruvchi robo-itlarni ko’rsatishdi — ular yonayotgan binolar ichida yong’inni o‘chirib, tirik qolganlarni qidirishadi. Ushbu model Unitree B2 modeliga asoslangan bo’lib, haddan tashqari haroratga chidamli va suv oqimi uchun moslamalar bilan jihozlangan. Hozirda robo-itlar Qingdao shahrida sinovdan o’tkazilmoqda, keyin esa ularni butun mamlakat bo’ylab o’t o’chirish bo’limlariga yetkazib berishmoqchi. 📟 DigiTech

🚢 Avstraliyaning Incat kompaniyasi dunyodagi eng katta elektr kemasini suvga tushirdi — uning akkumulyatori og’irligining o’
+2
🚢 Avstraliyaning Incat kompaniyasi dunyodagi eng katta elektr kemasini suvga tushirdi — uning akkumulyatori og’irligining o’zi 250 tonnadir. China Zorrilla paromi uzunligi 130 metr bo’lib, 2100 yo’lovchi va 225 avtomobilni tashishga qodir, u boshqa elektr kemalardan to’rt baravar kuchliroqdir. 📟 DigiTech

🍄 Qotil qo’ziqorin Yevropaning ayrim hududlarida iqlim o’zgarishi sabab tez tarqalmoqda. Aspergillus qo’ziqorini iqlimning k
🍄 Qotil qo’ziqorin Yevropaning ayrim hududlarida iqlim o’zgarishi sabab tez tarqalmoqda. Aspergillus qo’ziqorini iqlimning keskin isishi tufayli tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Uning sporalari o’pkaga ta’sir qiladi va bronxlarni to’sib qo'yadi, ya’ni odam deyarli nafas ololmay qoladi. Bu, ayniqsa, astmasi bor va immuniteti zaif odamlar, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun juda xavflidir. Allaqachon 9 million yevropaliklar xavf ostida, biroq zararlangan hududning geografiyasi tobora kengayib bormoqda. The Last of Us real hayotda. 📟 DigiTech

⚡️GTA VI ishlab chiqishga sarflangan mablag’, dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa'ning qurilishiga ketgan mablag’dan ham os
+1
⚡️GTA VI ishlab chiqishga sarflangan mablag’, dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa'ning qurilishiga ketgan mablag’dan ham oshib ketdi. Burj Xalifa'ni qurilishiga 6 yil vaqt va 1,5 milliard dollar sarflangan, GTA VI'ni ishlab chiqishga esa 8 yil ichida allaqachon 2 mlrd dollardan ortiq mablag’ sarflandi. Buncha harajat o’zini oqlaydimi yo’qmi keyingi yilda bilib olamiz. 📟 DigiTech

👨‍💻 Bir necha soniyada veb-saytlar yaratib daromad qilamiz: Saytlar yaratib beradigan bepul YourWare neyrotarmog’ini topdik. Saytni generatsiya jarayonini ko’rsatib turadi, dizaynni tanlab beradi va tugmalarni sozlaydi. Tayyor saytni boshqa saytlar lentasiga chiqarib, ko’rishlar sonidan daromad qilish mumkin — har 100 ta ko’rishlar soni uchun ular bir dollardan to’lashadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar eng muvaffaqiyatli odamlarning sirlarini tushunish uchun tadqiqot o’tkazishdi. Natija juda hayratlanarli bo’ldi: ul
⚡️Olimlar eng muvaffaqiyatli odamlarning sirlarini tushunish uchun tadqiqot o’tkazishdi. Natija juda hayratlanarli bo’ldi: ularning deyarli barchasi chapaqay bo’lib chiqishdi. Ular orasida Stiv Jobs, Bill Geyts, Mark Sukerberg va boshqa mashhur milliarderlar bor. Olimlar 472 ga yaqin kompaniya va 1000 dan ortiq direktorlarni tahlil qilib chiqishdi — chapaqay boshqaruvchilari bo’lgan kompaniyalar muvaffaqiyatliroq bo’lib chiqdi. 📟 DigiTech

🛤️ Shveytsariyada to’g’ridan-to’g’ri relslar oralig’iga panellar o’rnatish orqali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.
+2
🛤️ Shveytsariyada to’g’ridan-to’g’ri relslar oralig’iga panellar o’rnatish orqali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Asosiy g’oya — allaqachon band bo’lgan hududdan unumli foydalanish, poyezdlar ostidagi cho’tkalar esa panellarni toza saqlashga yordam beradi. 100 metrli relsda sinovlar uch yil davom etadi, shundan so’ng vaziyat baholanadi va uni kengaytirish masalasi hal qilinadi. 📟 DigiTech

🛰️ Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi. 1972-yild
🛰️ Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi. 1972-yilda uchirilgan «Космос 482» kemasi Veneraga uchishi kerak edi, ammo nosozliklar tufayli u hech qachon Yer yonidagi orbitadan chiqa olmadi va endi taxminan 10-mayda Yerga qulaydi. Olimlar u aniq qayerga qulashini bilishmaydi, lekin vahima qilishga hojat yo’q: jiddiy zarar yetkazish uchun u juda kichiklik qiladi, uning «birovning boshiga tushishi» ehtimoli esa chaqmoq urishi ehtimolidan ham kamroq. 📟 DigiTech

+1
🗂️ Grok PDF fayllar yaratishni o’rgandi — bu shuni anglatadiki, neyron tarmoq endi rezyumelar, hisobotlar, konspektlar, taqdimotlar va umuman har qanday hujjatlarni yaratishi mumkin. Buning uchun so’rovga «PDF yarat» so’zini qo’shish kifoya. Hozircha funksiya faqat ingliz tilida ishlaydi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🌎 NASA xabar berishicha, Xitoy Yerning aylanish tezligini sekinlashtirdi va kunning davomiyligini uzaytirdi. Bunga Xitoyning
🌎 NASA xabar berishicha, Xitoy Yerning aylanish tezligini sekinlashtirdi va kunning davomiyligini uzaytirdi. Bunga Xitoyning eng yirik to’g’oni — «Uch dara» to’g’oni qurilishi sabab bo’lgan. «Uch dara» to’g’onida o’nlab milliard tonna suv yig’ilgan, bu Yer shari massasining taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Shu sabab Yerning aylanish tezligi sekinlashib, kunning uzunligi 0,06 mikrosoniyaga oshgan va sayyora o’qi taxminan 2,5 santimetrga siljigan. 📟 DigiTech

⚡️GTA VI bu yil chiqmaydigan bo’ldi — o’yin relizi 2026-yil 26-mayga ko’chirildi. «Umid qilamizki, siz kutgan va sizga munosi
⚡️GTA VI bu yil chiqmaydigan bo’ldi — o’yin relizi 2026-yil 26-mayga ko’chirildi. «Umid qilamizki, siz kutgan va sizga munosib sifat darajasidagi mahsulotni taqdim etishimiz uchun, bizga qo’shimcha vaqt kerakligini tushunasiz», — deb yozdi Rockstar. 📟 DigiTech

+2
🎵 Bir necha soniyada qo’shiqlar yaratamiz: Suno v4.5 chiqdi. Endi u yanada realistik qo’shiqlarni yarata oladi. Yangi janrlar qo’shildi va musiqalar yaxshilandi. Endi janrlarni aralashtirish va qo’shiqlarni tezda tahrirlash mumkin. Musiqaning maksimal davomiyligi 8 daqiqagacha oshirildi. Videolarda Suno v4.5 da yaratilgan qo’shiqlarning namunalari ko’rsatilgan. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Sem Altman odamlarning ko’zlarini biometrik ma’lumotlari evaziga kriptovalyutani sovg’a qilmoqda. Dunyoning 100 ta davlatid
⚡️Sem Altman odamlarning ko’zlarini biometrik ma’lumotlari evaziga kriptovalyutani sovg’a qilmoqda. Dunyoning 100 ta davlatidan 12 milliondan ortiq odam allaqachon «World» loyihasidan ro’yxatdan o’tgan. Odamlarga «Orb» deb nomlangan qurilma orqali ko’z qorachig’ini skanerlash taklif qilinmoqda. Buning evaziga ular raqamli World ID identifikatorini va 16 Worldcoin tokenlarini olishadi. Tez orada World ID bilan Visa kartalaridan foydalanish yoki ilovalardan ro’yxatdan o’tish mumkin bo’ladi. Altman'ning g’oyasi bo’yicha, oxir oqibat World global identifikatorga aylanishi kerak. 📟 DigiTech

🏆2025 yilning 27 aprel kuni Yangi O‘zbekiston Universitetida Yandex Uzbekistan tomonidan, ML Community (INHA University) va
🏆2025 yilning 27 aprel kuni Yangi O‘zbekiston Universitetida Yandex Uzbekistan tomonidan, ML Community (INHA University) va Yangi O‘zbekiston Universiteti ko‘magida tashkil etilgan “Coding and Math Contest 2025” – dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 👨🏻‍💻👩‍💻Mazkur tanlovda O‘zbekistondagi turli oliy ta’lim muassasalari talabalari va IT mutaxassislari ishtirok etib, dasturlash, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik tahlil va chiziqli algebra sohalaridagi bilimlarini namoyish etishdi. 🧮Tanlov ikki bosqichdan — dasturlash va matematika bo‘yicha onlayn imtihonlardan iborat bo‘ldi. Topshiriqlar xalqaro mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ingliz tilida o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘ldi. Taqdirlash marosimi tanlovning eng muhim voqeasiga aylanib, unda ishtirokchilar, tashkilotchilar va hamkorlar o‘z yutuqlarini nishonlash va tajriba almashish uchun bir joyga jam bo‘lishdi. Tadbir O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

+2
🌆 Kecha Nyu-York ko’chalarida yurgan har qanday odam bemalol 119 dollar olishi mumkin edi. «Tayms-skver» maydonida telefon raqami va g’alati matn yozilgan bilbord paydo bo’ldi. Shu raqamga SMS yuborganlarning barchasi kutilmaganda bank o’tkazmasini olishdi. Ma’lum bo’lishicha, bu «Ustasi faranglar 3» filmining yangi promo reklamasi bo’lib chiqdi. 📟 DigiTech

📚 Google o’zining Duolingo'sini ishga tushirdi: Google Labs'ga yangi tillarni o’rganish uchun bepul sun’iy intellekt xizmati
+2
📚 Google o’zining Duolingo'sini ishga tushirdi: Google Labs'ga yangi tillarni o’rganish uchun bepul sun’iy intellekt xizmati qo’shildi. Saytda uchta xizmat mavjud:
Tiny Lesson. Har qanday vaziyat uchun so’zlar, iboralar va maslahatlarni tanlaydi; – Slang Hang. Slenglarni o'rganish uchun dialoglar generatsiya qiladi; – Word Cam. Fotosuratlarni tahlil qiladi va barcha obyektlarning to’g’ri nomlarini ko’rsatib beradi.
👉 Hammasi bo’lib 15 ta til mavjud — saytga kirish uchun havola. 📟 DigiTech