AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 994 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 450,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 380 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 994 名订阅者。
根据 12 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 622,过去 24 小时变化为 -462,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.63% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 149 次浏览,首日通常累积 10 098 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 13 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 994
订阅者
-46224 小时
+2 8237 天
+1 62230 天
帖子存档
54 085
▪️iOS 17, iPadOS 17 va watchOS 10 chiqish sanasi 18-sentyabr
Apple iPhone uchun iOS 17, iPad uchun iPadOS 17 va Apple Watch uchun watchOS 10 chiqarilish sanasini e’lon qildi - 18-sentyabr. Shu kundan boshlab, mos keluvchi qurilmalarga operatsion tizimning so’nggi versiyasiga yangilanish kela boshlaydi.
iOS 17 ga yangilanadigan iPhone’lar: butun iPhone 11, 12, 13, 14 liniyasi, iPhone XS, iPhone XS Max, iPhone XR va iPhone SE (2020 va 2022).
📟 DigiTech
54 085
📱 O’zgarishlar asosan premium iPhone 15 Pro va 15 Pro Max modellarida bo’ldi:
• titan korpus;
• jim rejimi o’rniga moslashtiriladigan tugma;
• eng ingichka displey ramkalari;
• Lightning USB-C bilan almashtirildi;
• Sifatni yo’qotmasdan 5X kattalashtirish (faqat 15 Pro Max)
• Endi iPhone kamerasida Apple Vision Pro uchun videolar olish mumkin (faqat Pro modellarida).
A17 Pro protsessori o’yinlarda konsol yoki kompyuterlar kabi RTX-ni qo’llab-quvvatlaydi.
AQSh'dagi narxlari:
· iPhone 15 Pro, 128 GB – 999 dollardan
· iPhone 15 Pro Max, 256 GB – 1199 dollardan
📟 DigiTech
54 085
📱 Apple iPhone 15 va 15 Plus’ni namoyish etdi: Dynamic Island endi kichik modelda ham bor, USB-C porti va 48 megapikselli kameraga ega bo’ldi, korpus biroz yumaloqlangan va ranglari yangilangan.
Yangi soat - Apple Watch 9: displey ikki baravar yorqinroq, lekin zaryadi hali ham faqat 1 kunga yetadi. Pushti rang qo’shildi. Barbi Apple'gacha yetib kelibdi :)
Apple Watch Ultra 2 ning sportchilar uchun versiyasi esa 3000 nitli dunyodagi eng yorqin ekran bilan jihozlangan. 72 soatgacha ishlaydi.
AQSh'dagi narxlari:
· iPhone 15 — 799 dollardan
· iPhone 15 Plus — 899 dollardan
· Apple Watch 9 — 399 dollardan
· Watch Ultra 2 — 799 dollardan
📟 DigiTech
54 085
📱Apple yangi devayslari taqdimoti boshlanishiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi!
Taqdimotda kompaniya yangi iPhone, iWatch, Airpods va iOS tizimining 17-versiyasini namoyish etishi kutilyapti.
Taqdimotni YouTube'da o’zbek tilida kuzatmoqchi bo’lsangiz, havola: https://bit.ly/3Pba73L
Albatta yangi devayslar haqida kanalda matnli formatda postlar joylab boramiz, bugun postlar odatdagidan ko’proq bo’ladi :)
📟 DigiTech
54 085
🤖 Robo-itlarga o’z yo’lidagi to’siqlarni bosib o’tishni shunday o’rgatishadi: birinchi ular simulyatsiyada yuzlab virtual to’siqlardan o’tishadi, so’ngra olingan ko’nikmalarni amalda qo’llashadi.
Videodagi robot ANYmal deb nomlanadi – u NVIDIA ko’magida ishlab chiqilgan va allaqachon sanoat obyektlarini tekshirishda foydalanilmoqda.
📟 DigiTech
54 085
🌐 Telegram'ning beta versiyasi kodida “boost” tizimi va kanallar uchun storislarni ishga tushirish haqida ishoralar mavjud
"Boost". Telegram Discord-ning kanal imtiyozlar tizimiga o’xshash tizim yo’lga qo’ymoqchi. Telegram Premium obunasi boʻlgan foydalanuvchilar o’zlarining sevimli maʼlumot manbalariga ovoz berishlari mumkin bo’ladi. Agar kanal ma’lum miqdordagi boost'lar olsa, u bir qator imtiyozlarga ega bo’ladi - masalan, storislar joylash.
Hozirda faqat foydalanuvchilar storis joylashlari mumkin. Ehtimol, tizim ma’lum miqdordagi ovozlarni to’plash orqali ochiladigan bir nechta darajali bo’ladi. Storis joylashdan tashqari boshqa imtiyozlar haqida hozircha ma’lumotlar yo’q. Premium foydalanuvchilarda faqat bitta “boost” bo’ladi.
📟 DigiTech
54 085
🚙 Xiaomi emas Xiaoma
Tez orada Xitoy yo’llarida FAW Bestune Xiaoma tomi ochiladigan shahar mini avtomobillari paydo bo’ladi. Ular 27 ot kuchiga teng elektromotorga ega, maksimal tezligi 100 km/soat va bir zaryadda 170 km masofani bosib o’tadi.
Sotuvlar shu oy oxiridan boshlanadi va narxi 4100 - 7000 dollar oralig’ida bo’ladi.
📟 DigiTech
54 085
🛸 Pentagon NUJlar haqidagi avval maxfiy bo’lgan ma’lumotlar joylanadigan veb-saytni ishga tushirdi
Saytda AQSh Mudofaa vazirligining NUJlar haqidagi fotosuratlari, videolari va rasmiy hisobotlari mavjud.
Tasvirga tushib qolgan ba’zi obyektlarni nimaligi hali ham aniqlanmagan, boshqalari esa havo shari, qush yoki plastik paketlar xisoblanadi.
Sayt havolasi: www.aaro.mil
*NUJ - noma’lum uchar jism.
📟 DigiTech
54 085
🎒Microsoft sun’iy intellekt, kamera, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan ryukzak ishlab chiqmoqda
Ryukzak atrofdagi narsalarni taniy oladi va turli kontekstli vazifalarni bajaradi, internetdan ma’lumot oladi va boshqa qurilmalar bilan ishlay oladi.
Ota-onalar tomonidan kuzatuvidan tashqari: ryukzak sizga yo’lingizni topishga, tovarlarning narxini bilishga va savollaringizga javob berishga yordam beradi.
📟 DigiTech
54 085
🚘 BMW o’zining kelajakdagi elektromobillarini shunday ko’radi - "teshik" faralar, eshik tutqichlari o’rniga datchiklar, shisha tom va salondagi ulkan planshet.
Ular shunga o’xshash dizayndagi modelni 2025 yilda ommaviy ishlab chiqarilishiga va’da berishmoqda. Xususiyatlar va narxlar chiqarilish sanasiga yaqinroq e’lon qilinadi.
Siz bunday dizaynga qanday fikrdasiz?
📟 DigiTech
54 085
▪️Xitoyliklar DJI kopterlarida uchishmoqda, ba’zilar hatto unga kabinani biriktirib, boshqalari esa shunchaki tutqichlarga tirmashib uchishmoqda.
Videoda ekin ekish va o’simliklarga dori purkash uchun mo’ljallangan DJI Agras T40 agrodroni ko’rsatilgan. U taxminan 18 daqiqa ucha oladi, inverter generatoridan quvvatlanadi va 50 kg gacha foydali yukni ko’tarish uchun mo’ljallangan (lekin xitoyliklarga buni qizig’i yo’q shekilli). Ushbu dron narxi 15 000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
54 085
Jahldor Mercedes
Myunxen avtosalonida 750 km quvvat zaxirasiga ega va 15 daqiqada 400 km quvvat zaxirasigacha tez quvvatlanadigan Mercedes CLA ni namoyish etishdi.
Ushbu maxsus model ommaviy ishlab chiqarilmaydi, biroq keyinchalik ular shu dizayndagi kamida to’rtta elektromobilni chiqarishni rejalashtirmoqdalar: sedan, universal va ikkita krossover.
📟 DigiTech
54 085
👨💻 YouTube bloger ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan kompyuter yig’di
Kompyuterni ishga tushirish uchun kalitini burish va pedalni bosish kerak. Amaldagi yoqilg’i nitrometan gazidir, lekin u uzoq vaqtga yetmaydi va uning quvvati kompyuter to’liq ishlashi uchun yetarli emas.
Shunga qaramay, muallif o’z ishidan mamnun - u kompyuterni yoqishga muvaffaq bo’lganini o’zini katta yutuq deb biladi.
📟 DigiTech
54 085
🚙 Vetnamlik hunarmand o’g’li uchun yog’ochdan san’at asarlarini yasaydi
U Rolls Royce Phantom 6x6, Mercedes AVTR va boshqa superkarlarning nusxalarini, haqiqiy parovoz va hatto bir nechta tanklarni yasagan. Bularning barchasi yuradi, shuningdek ularda juda ko’p harakatlanuvchi elementlar mavjud.
U har bir mashinani yig’ish jarayonini suratga olib, o’zining YouTube kanaliga joylaydi. Uni allaqachon 2.57 mln obunachisi bor.
📟 DigiTech
54 085
📱 Apple kompaniyasi ChatGPT’dan kuchliroq sun’iy intellekt modelini yaratish uchun kuniga millionlab dollarlar sarflamoqda
Xabar qilinishicha, korporatsiyada SI modellari ustida ishlaydigan bir nechta jamoalar mavjud. Ovozli SI Apple kompaniyasining Foundational Models bo’limi tomonidan ishlab chiqilmoqda, unda 16 nafar xodim, jumladan, sobiq Google muhandislari ham bor.
Vizual texnologiya guruhi tasvirlarni yaratish modelini ishlab chiqsa, boshqa guruh tasvirlar, matn va videolarni yaratish va tanib olish qobiliyatiga ega multimodal sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
📟 DigiTech
54 085
🖼️ Photoshop'ning Generative Fill va Midjourneydagi deyarli barcha funksiyalarni o’zida jamlagan brauzerdagi neyrotarmoq
Suratlarni tezlik bilan tahrirlash yoki tasvir yaratish uchun kompyuterdagi istalgan brauzerda Vispunk-ni oching.
Saqlab qo’ying, asqotadi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
54 085
🪪 Bu E-Ink beydji, uni ekraniga ovoz bilan yozish mumkin.
Matn, piktogramma va QR kodlarni maxsus ohangga kodlash mumkin, ular beydj mikrofoni tomonidan o’qiladi. Hatto ishdagi yoki uydagi eshiklarni ochish uchun raqamli kalitni ham xuddi shu tarzda uzatish mumkin. Narxi 45 dollar.
📟 DigiTech
54 085
🤖 Xitoyda Cybertruck ko’rinishidagi o’tlarni o’ruvchi robot namoyish etildi
Qurilma nomi Neomow X. U robot changyutgich kabi harakatlanib, o’tni o’radi. Robotning ko’zlari vazifasini bajaradigan LiDAR sensori mavjud. Bir zaryad quvvati 5000 m² maydon uchun yetarli.
Sotuvlar dekabr oyidan, narxi esa 1299 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
54 085
🎶 Mubert Render - kontentingiz uchun bepul saundtreklar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq
Mubert mualliflik huquqisiz musiqalarning ulkan kutubxonasi xisoblanadi. Tanlash uchun 100 dan ortiq janrlar mavjud, istalgan kayfiyat uchun trek topish mumkin. 10 million oylik foydalanuvchilar va 20 million noyob treklarga ega. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
54 085
🤖 Xitoyliklardan tezkor harakatlanadigan robot-bokschi
Bu Qibo Robot kompaniyasining QIBBOT robotini prototipi, u o’ta tezkor reaksiyaga ega va boks musobaqalari uchun mo’ljallangan. Ushbu robot-bokschining bo’yi 190 sm, og’irligi 140 kg bo'lib, operatorning harakatlarini atigi 12 millisoniyalik kechikish bilan qaytarib borishga qodir.
📟 DigiTech
