ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 53 994 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 450 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 380 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 53 994 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 12 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 1 622، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -462، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 24.26‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 18.63‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 149 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 10 098 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 112.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 13 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

53 994
المشتركون
-46224 ساعات
+2 8237 أيام
+1 62230 أيام
أرشيف المشاركات
▪️iOS 17, iPadOS 17 va watchOS 10 chiqish sanasi 18-sentyabr Apple iPhone uchun iOS 17, iPad uchun iPadOS 17 va Apple Watch u
▪️iOS 17, iPadOS 17 va watchOS 10 chiqish sanasi 18-sentyabr Apple iPhone uchun iOS 17, iPad uchun iPadOS 17 va Apple Watch uchun watchOS 10 chiqarilish sanasini e’lon qildi - 18-sentyabr. Shu kundan boshlab, mos keluvchi qurilmalarga operatsion tizimning so’nggi versiyasiga yangilanish kela boshlaydi. iOS 17 ga yangilanadigan iPhone’lar: butun iPhone 11, 12, 13, 14 liniyasi, iPhone XS, iPhone XS Max, iPhone XR va iPhone SE (2020 va 2022). 📟 DigiTech

📱 O’zgarishlar asosan premium iPhone 15 Pro va 15 Pro Max modellarida bo’ldi: • titan korpus; • jim rejimi o’rniga moslashti
+5
📱 O’zgarishlar asosan premium iPhone 15 Pro va 15 Pro Max modellarida bo’ldi: • titan korpus; • jim rejimi o’rniga moslashtiriladigan tugma; • eng ingichka displey ramkalari; • Lightning USB-C bilan almashtirildi; • Sifatni yo’qotmasdan 5X kattalashtirish (faqat 15 Pro Max) • Endi iPhone kamerasida Apple Vision Pro uchun videolar olish mumkin (faqat Pro modellarida). A17 Pro protsessori o’yinlarda konsol yoki kompyuterlar kabi RTX-ni qo’llab-quvvatlaydi. AQSh'dagi narxlari: · iPhone 15 Pro, 128 GB – 999 dollardan · iPhone 15 Pro Max, 256 GB – 1199 dollardan 📟 DigiTech

📱 Apple iPhone 15 va 15 Plus’ni namoyish etdi: Dynamic Island endi kichik modelda ham bor, USB-C porti va 48 megapikselli ka
+6
📱 Apple iPhone 15 va 15 Plus’ni namoyish etdi: Dynamic Island endi kichik modelda ham bor, USB-C porti va 48 megapikselli kameraga ega bo’ldi, korpus biroz yumaloqlangan va ranglari yangilangan. Yangi soat - Apple Watch 9: displey ikki baravar yorqinroq, lekin zaryadi hali ham faqat 1 kunga yetadi. Pushti rang qo’shildi. Barbi Apple'gacha yetib kelibdi :) Apple Watch Ultra 2 ning sportchilar uchun versiyasi esa 3000 nitli dunyodagi eng yorqin ekran bilan jihozlangan. 72 soatgacha ishlaydi. AQSh'dagi narxlari: · iPhone 15 — 799 dollardan · iPhone 15 Plus — 899 dollardan · Apple Watch 9 — 399 dollardan · Watch Ultra 2 — 799 dollardan 📟 DigiTech

📱Apple yangi devayslari taqdimoti boshlanishiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi! Taqdimotda kompaniya yangi iPhone, iWatch, Airp
📱Apple yangi devayslari taqdimoti boshlanishiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi! Taqdimotda kompaniya yangi iPhone, iWatch, Airpods va iOS tizimining 17-versiyasini namoyish etishi kutilyapti. Taqdimotni YouTube'da o’zbek tilida kuzatmoqchi bo’lsangiz, havola: https://bit.ly/3Pba73L Albatta yangi devayslar haqida kanalda matnli formatda postlar joylab boramiz, bugun postlar odatdagidan ko’proq bo’ladi :) 📟 DigiTech

🤖 Robo-itlarga o’z yo’lidagi to’siqlarni bosib o’tishni shunday o’rgatishadi: birinchi ular simulyatsiyada yuzlab virtual to’siqlardan o’tishadi, so’ngra olingan ko’nikmalarni amalda qo’llashadi. Videodagi robot ANYmal deb nomlanadi – u NVIDIA ko’magida ishlab chiqilgan va allaqachon sanoat obyektlarini tekshirishda foydalanilmoqda. 📟 DigiTech

🌐 Telegram'ning beta versiyasi kodida “boost” tizimi va kanallar uchun storislarni ishga tushirish haqida ishoralar mavjud "
🌐 Telegram'ning beta versiyasi kodida “boost” tizimi va kanallar uchun storislarni ishga tushirish haqida ishoralar mavjud "Boost". Telegram Discord-ning kanal imtiyozlar tizimiga o’xshash tizim yo’lga qo’ymoqchi. Telegram Premium obunasi boʻlgan foydalanuvchilar o’zlarining sevimli maʼlumot manbalariga ovoz berishlari mumkin bo’ladi. Agar kanal ma’lum miqdordagi boost'lar olsa, u bir qator imtiyozlarga ega bo’ladi - masalan, storislar joylash. Hozirda faqat foydalanuvchilar storis joylashlari mumkin. Ehtimol, tizim ma’lum miqdordagi ovozlarni to’plash orqali ochiladigan bir nechta darajali bo’ladi. Storis joylashdan tashqari boshqa imtiyozlar haqida hozircha ma’lumotlar yo’q. Premium foydalanuvchilarda faqat bitta “boost” bo’ladi. 📟 DigiTech

🚙 Xiaomi emas Xiaoma Tez orada Xitoy yo’llarida FAW Bestune Xiaoma tomi ochiladigan shahar mini avtomobillari paydo bo’ladi.
+4
🚙 Xiaomi emas Xiaoma Tez orada Xitoy yo’llarida FAW Bestune Xiaoma tomi ochiladigan shahar mini avtomobillari paydo bo’ladi. Ular 27 ot kuchiga teng elektromotorga ega, maksimal tezligi 100 km/soat va bir zaryadda 170 km masofani bosib o’tadi. Sotuvlar shu oy oxiridan boshlanadi va narxi 4100 - 7000 dollar oralig’ida bo’ladi. 📟 DigiTech

+1
🛸 Pentagon NUJlar haqidagi avval maxfiy bo’lgan ma’lumotlar joylanadigan veb-saytni ishga tushirdi Saytda AQSh Mudofaa vazirligining NUJlar haqidagi fotosuratlari, videolari va rasmiy hisobotlari mavjud. Tasvirga tushib qolgan ba’zi obyektlarni nimaligi hali ham aniqlanmagan, boshqalari esa havo shari, qush yoki plastik paketlar xisoblanadi. Sayt havolasi: www.aaro.mil *NUJ - nomalum uchar jism. 📟 DigiTech

🎒Microsoft sun’iy intellekt, kamera, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan ryukzak ishlab chiqmoqda Ryukzak atrofdagi nar
🎒Microsoft sun’iy intellekt, kamera, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan ryukzak ishlab chiqmoqda Ryukzak atrofdagi narsalarni taniy oladi va turli kontekstli vazifalarni bajaradi, internetdan ma’lumot oladi va boshqa qurilmalar bilan ishlay oladi. Ota-onalar tomonidan kuzatuvidan tashqari: ryukzak sizga yo’lingizni topishga, tovarlarning narxini bilishga va savollaringizga javob berishga yordam beradi. 📟 DigiTech

+4
🚘 BMW o’zining kelajakdagi elektromobillarini shunday ko’radi - "teshik" faralar, eshik tutqichlari o’rniga datchiklar, shisha tom va salondagi ulkan planshet. Ular shunga o’xshash dizayndagi modelni 2025 yilda ommaviy ishlab chiqarilishiga va’da berishmoqda. Xususiyatlar va narxlar chiqarilish sanasiga yaqinroq e’lon qilinadi. Siz bunday dizaynga qanday fikrdasiz? 📟 DigiTech

+2
▪️Xitoyliklar DJI kopterlarida uchishmoqda, ba’zilar hatto unga kabinani biriktirib, boshqalari esa shunchaki tutqichlarga tirmashib uchishmoqda. Videoda ekin ekish va o’simliklarga dori purkash uchun mo’ljallangan DJI Agras T40 agrodroni ko’rsatilgan. U taxminan 18 daqiqa ucha oladi, inverter generatoridan quvvatlanadi va 50 kg gacha foydali yukni ko’tarish uchun mo’ljallangan (lekin xitoyliklarga buni qizig’i yo’q shekilli). Ushbu dron narxi 15 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

Jahldor Mercedes Myunxen avtosalonida 750 km quvvat zaxirasiga ega va 15 daqiqada 400 km quvvat zaxirasigacha tez quvvatlanad
+4
Jahldor Mercedes Myunxen avtosalonida 750 km quvvat zaxirasiga ega va 15 daqiqada 400 km quvvat zaxirasigacha tez quvvatlanadigan Mercedes CLA ni namoyish etishdi. Ushbu maxsus model ommaviy ishlab chiqarilmaydi, biroq keyinchalik ular shu dizayndagi kamida to’rtta elektromobilni chiqarishni rejalashtirmoqdalar: sedan, universal va ikkita krossover. 📟 DigiTech

👨‍💻 YouTube bloger ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan kompyuter yig’di Kompyuterni ishga tushirish uchun kalitini burish va pedalni bosish kerak. Amaldagi yoqilg’i nitrometan gazidir, lekin u uzoq vaqtga yetmaydi va uning quvvati kompyuter to’liq ishlashi uchun yetarli emas. Shunga qaramay, muallif o’z ishidan mamnun - u kompyuterni yoqishga muvaffaq bo’lganini o’zini katta yutuq deb biladi. 📟 DigiTech

+3
🚙 Vetnamlik hunarmand o’g’li uchun yog’ochdan san’at asarlarini yasaydi U Rolls Royce Phantom 6x6, Mercedes AVTR va boshqa superkarlarning nusxalarini, haqiqiy parovoz va hatto bir nechta tanklarni yasagan. Bularning barchasi yuradi, shuningdek ularda juda ko’p harakatlanuvchi elementlar mavjud. U har bir mashinani yig’ish jarayonini suratga olib, o’zining YouTube kanaliga joylaydi. Uni allaqachon 2.57 mln obunachisi bor. 📟 DigiTech

📱 Apple kompaniyasi ChatGPT’dan kuchliroq sun’iy intellekt modelini yaratish uchun kuniga millionlab dollarlar sarflamoqda X
📱 Apple kompaniyasi ChatGPT’dan kuchliroq sun’iy intellekt modelini yaratish uchun kuniga millionlab dollarlar sarflamoqda Xabar qilinishicha, korporatsiyada SI modellari ustida ishlaydigan bir nechta jamoalar mavjud. Ovozli SI Apple kompaniyasining Foundational Models bo’limi tomonidan ishlab chiqilmoqda, unda 16 nafar xodim, jumladan, sobiq Google muhandislari ham bor. Vizual texnologiya guruhi tasvirlarni yaratish modelini ishlab chiqsa, boshqa guruh tasvirlar, matn va videolarni yaratish va tanib olish qobiliyatiga ega multimodal sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqda. 📟 DigiTech

🖼️ Photoshop'ning Generative Fill va Midjourneydagi deyarli barcha funksiyalarni o’zida jamlagan brauzerdagi neyrotarmoq Suratlarni tezlik bilan tahrirlash yoki tasvir yaratish uchun kompyuterdagi istalgan brauzerda Vispunk-ni oching. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🪪 Bu E-Ink beydji, uni ekraniga ovoz bilan yozish mumkin. Matn, piktogramma va QR kodlarni maxsus ohangga kodlash mumkin, ular beydj mikrofoni tomonidan o’qiladi. Hatto ishdagi yoki uydagi eshiklarni ochish uchun raqamli kalitni ham xuddi shu tarzda uzatish mumkin. Narxi 45 dollar. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyda Cybertruck ko’rinishidagi o’tlarni o’ruvchi robot namoyish etildi Qurilma nomi Neomow X. U robot changyutgich kabi harakatlanib, o’tni o’radi. Robotning ko’zlari vazifasini bajaradigan LiDAR sensori mavjud. Bir zaryad quvvati 5000 m² maydon uchun yetarli. Sotuvlar dekabr oyidan, narxi esa 1299 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🎶 Mubert Render - kontentingiz uchun bepul saundtreklar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq Mubert mualliflik huquqisiz musiqalarning ulkan kutubxonasi xisoblanadi. Tanlash uchun 100 dan ortiq janrlar mavjud, istalgan kayfiyat uchun trek topish mumkin. 10 million oylik foydalanuvchilar va 20 million noyob treklarga ega. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklardan tezkor harakatlanadigan robot-bokschi Bu Qibo Robot kompaniyasining QIBBOT robotini prototipi, u o’ta tezkor reaksiyaga ega va boks musobaqalari uchun mo’ljallangan. Ushbu robot-bokschining bo’yi 190 sm, og’irligi 140 kg bo'lib, operatorning harakatlarini atigi 12 millisoniyalik kechikish bilan qaytarib borishga qodir. 📟 DigiTech