Elga yor (Elyor)
前往频道在 Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
显示更多1 070
订阅者
+124 小时
+107 天
+11530 天
帖子存档
1 071
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
Shu ovozli xabarimni barcha Koreyadagi studentlar yaxshilab eshitib, iloji bo‘lsa bu xabarni ota-onalaringizga ham eshittirib qo‘yinglar.
Bahorgi semestrda ham kontraktini to‘lay olmasdan, qancha student ukalarimiz noqonuniy(nelegal? holatga tushib qolishdi. Bu holatni ko‘pchilik ota-onalar bilishmaydi. Ular farzandi 3–4 oy uyga pul jo‘natmasa, “mayli, o‘ziga ishlatib, kontraktiga yig‘ayotgandir” deb yaxshi gumonda bo‘lmasdan. Balki ba'zilari farzandiga bosim o‘tkazishga ham o‘tadi.😑
Ikki o‘t orasida qolgan bechora student nima qilishni bilmasdan, osongina– nelegal yo‘lni tanlaydi.
Iltimos ukalar, unday qilmanglar.
Ozgina sabr qilib, o‘qishni bitirib olinglar. Sizlarga hali Koreyada katta imkoniyatlar ochiladi.
1 071
+2
Oramizda choy ishqibozlari bormi?
Shaxsan menga Earl Grey (Bergamotli qora choy) yoqadi. Ko’p turlilarini ichib ko’rdim, hozirda shu Taylors niki va TWG niki manzur keldi.
Choyga qiziqishimni bilgan Koreys do’stim, Singapurdan qaytishda TWG choyini olib kelibdi.
Sizlarga qaysi brend choyi manzur keladi? (Sinab ko’rish niyatidaman)
1 071
Vebinar videosi
Talablarga binoan Online vebinar videosini ulashayabman. Videodan unumli foydalanishingiz uchun, har bir mavzu daqiqalarigacha ham ko’rsatib o’tdim.
O’ylaymanki, Koreyadagi Yurtdoshlar rasmiy karyera qurishda - qo’llanma sifatida foydalanishadi.
Ha aytgancha, ko’rish va amalda qo’llash bepul 😉
You Tube ▶️ linkni bosing
@Elyorbilan
#foydali@Elyorbilan #vebinar@Elyorbilan
1 071
Repost from WAYU Korea
+3
#foydali
Koreyada xorijlik ishchilar qancha maosh oladi?
So'nggi rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024-yilda Koreyada ishlayotgan xorijliklarning ish va hayot sharoiti quyidagicha:
💰Oylik daromad:
37.1% ishchilar oyiga 3 million von (~$2,200+) dan ortiq maosh oladi.
51.2% ishchilar 2–3 million von oralig‘ida — eng ko‘p tarqalgan maosh darajasi.
3.4% ishchilar 2 million von dan kam oladi.
Koreyadagi hayotdan mamnunlik:
84.3% xorijliklar hayotidan mamnun (o‘tgan yildan 3.9% ko‘p).
Daromaddan qoniqish darajasi esa 58.2% ga yetdi (+4.9%).
Ishchi aholi soni:
Koreyada ishlayotgan xorijliklar soni: 956,000 (o‘tgan yildan 83,000 ga ko‘paygan).
490,000 nafar kishi hozirda iqtisodiy jihatdan faol emas (masalan, farzand parvarishi, o‘qish yoki dam olish sababli).
Qiyinchiliklar:
Ko‘pchilik muhim to‘siq sifatida til muammosini ko‘rsatgan.
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
1 071
LinkedIn da Genya va uning egizagi Koreya haqidagi barcha haqiqatlarni qog’ozga o’ramay yozishi bilan ajralib turadi. Men esa doimo kuzatgan holda yangi narsalar o’rganaman.
Kuni kecha yozgan postini ulashsam: Aslida har bir punkt da alohida to’xtalish mumkin.
Janubiy Koreyaga ko‘chmoqchimisiz? Bu hayotingizdagi eng og‘ir sinovlardan biri bo‘lishi mumkin. Mana nega:
1. Bu istisnolar emas, tizimlar yurti.
Koreya soat mexanizmiday ishlaydi.
Viza olishdan tortib ish suhbatlari va hatto yozilmagan ijtimoiy qoidalargacha — hammasi qat’iy tartib asosida.
Agar siz tizimni tushunmasangiz, shunchaki adashib qolmaysiz — balki o‘yindan butunlay chiqib ketasiz.
Bu yerda muvaffaqiyat — o‘yinni o‘ynashdan oldin uni puxta o‘rganishdan boshlanadi.
2. Til ixtiyoriy emas.
Ingliz tili barcha eshiklarni ochmaydi. Aksincha, eng muhim eshiklar — kasbiy yuksalish, mazmunli munosabatlar, kundalik mustaqillik — koreys tilini talab qiladi.
Moslashasiz yoki chetda qolaverasiz.
3. Siz markazda emassiz — va hech qachon bo‘lmaysiz.
Koreya mehmondo‘st, ha.
Ammo u o‘z odamlari uchun, o‘z odamlari tomonidan qurilgan.
Bu yerda gullab-yashnash uchun siz buzuvchi emas, o‘rganuvchi sifatida kirishingiz kerak.
Madaniyatga hurmat qiling. O‘z o‘rningizni munosib egallang. Va hech narsani tekin deb kutmang.
4. Bu yerda muvaffaqiyat sukutda erishiladi.
Hech qanday qisqa yo‘llar yo‘q, achinish yo‘q, qo‘llab-quvvatlovchi qo‘llar yo‘q.
Koreyada g‘alaba qozonganlar kimlar?
Boshqalar taslim bo‘lgan paytda, jimjitlikda barchasini o‘zlari tushunib yetganlar.
@Elyorbilan
#koreyahaqiqati@Elyorbilan
𝐌𝐨𝐯𝐢𝐧𝐠 𝐭𝐨 𝐒𝐨𝐮𝐭𝐡 𝐊𝐨𝐫𝐞𝐚? 𝐈𝐭 𝐦𝐢𝐠𝐡𝐭 𝐛𝐞 𝐨𝐧𝐞 𝐨𝐟 𝐭𝐡𝐞 𝐭𝐨𝐮𝐠𝐡𝐞𝐬𝐭 𝐜𝐡𝐚𝐥𝐥𝐞𝐧𝐠𝐞𝐬 𝐲𝐨𝐮’𝐥𝐥 𝐞𝐯𝐞𝐫 𝐭𝐚𝐤𝐞 𝐨𝐧. 𝐇𝐞𝐫𝐞 𝐢𝐬 𝐖𝐡𝐲. 1. It’s a country of systems - not exceptions. Korea runs like clockwork. Everything from visas to job interviews to unwritten social rules follows a structure. If you don’t understand the system, you’re not just lost - you’re out. Success here begins with mastering the game before you play it. 2. Language is not optional. English won’t open every door. In fact, many of the most important ones - career growth, meaningful relationships, daily independence - demand Korean. You either adapt, or you’re sidelined. 3. You’re not the center - and never will be. Korea is welcoming, yes. But it’s also built for its own people, by its own people. To thrive, you must come in as a learner, not a disruptor. Respect the culture. Earn your place. And expect nothing for free. 4. Success here is earned in silence. There are no shortcuts, no sympathy cards, and no hand-holding. The ones who win in Korea? They’re the ones who quietly figured it out while everyone else gave up.
1 071
Bir narsaga tushunmayman..
Ahamiyat bersangiz, Instagram ijtimoiy tarmog’ida post joylaydigan qism bor. o’sha yerda “aktual” qismga 3 ta postni qistira olasiz. Ko’pchilikda shu “aktual” qismida qandaydur mashxur shaxs, prezident yoki biror bir mansabdor kishi bilan birga tushilgan rasm bo’ladi. Bu statusni belgilaydigan jihatmi yoki ommaga ergashish, yoxud muvaffaqiyat belgisimi?
Tog’ri rasmlar qo’yilishi mumkin, ammo “aktual” ga olib qo’yish sababi nimada ekan deb o’ylanib qolasan kishi. Misol uchun hokim bilan rasm qo’yding, keyingi safar president bilan ko’rishsang aktual qism yana o’zgaradimi? Tushuna olmadim.
P.s: Shaxsan men, “aktual” ga o’zim qadrli deb bilgan postimni qistirib qo’yaman.
Fikringizni bemalol izohda yozib qoldirsangiz bo’ladi.
@Elyorbilan
1 071
+3
Bir kun ammo uzoq muddat esda qolarli taasurot haqida.
1. Bugun bor yog’i 3 soat atrofida mizg’ib olgan edim xolos. Erta tongda Teguga yo’l olib, 4 yildan so’ng yana Kavsar restoraniga bordim. Gyongsan dagi Kavsar Koreyadagi O’zbek restoranlarining ichida ilk bor, robot “girgitton” ni ishga yollagan tammadixona xisoblanadi. Qadrdon robotni sog’ omon ko’rgan holda, navbatdagi tor doirada qurultoy o’tkazdik. Ha aytgancha, yaqinda kelayotgan Subyektiv uchun ham fikrlar almashishga imkon bo’ldi.
2. Bugun “massonlar” guruhimizda Diyorbekning dars o’tish navbati edi. Esda qolarli bo’lgani sabab oxirgi “slide” ni skrinshot qilib qo’ydim. Jahongashtalar bilan davra qiziydi deb bekorga aytishmagan. Kirish majburiyatini olgandan so’ng vadaga vafo qilish kerak axir!
3. Avto turargoh ga mashinamni qo’yib kelgan edim. Kichik rusumli avto ulov bo’lganiga 1 kundagi 15,000 won dan 50% chegirma qilib 7,500 to’lab, a’lo kayfiyatda qaytdim.
Sizning kuningiz ham qiziqarli o’tdi degan umidda,
Elyor Nurdinov
1 071
Bir necha kun oldin shu videoga ko’zim tushgandi. Kechagi Vebinardan keyin, kuzativchilar bu videoga qanday fikr bildirishi qiziqtirayabdi.
Men fikrimni, biroz keyinroq yozib qoldiraman.
Videoni ko’rib, qanday “shirin” fikrlar bildira olasiz?
@Elyorbilan
1 071
Bundan 1-2 hafta avval kulolchilik da o’zimni sinab ko’rmoqchi bo’lib qatnashgan edim.
Boshqa bormaydigan bo’ldim:)
Lekin yasagan idishim, o’zimga yoqdi. Huddi Professor Dumbledore ni g’orda suv ichgan idishiga o’xshab qolibdi. Faqat rangi boshqacha…
Aslo kula ko’rmang 🫢
1 071
Vebinarda qatnashgan barcha ishtirokchilarga rahmat. Savol berganlar, qo’shimcha qilganlar va tinglaganlar, ketgazgan vaqtingizga rozi bo’ling.
Men ham keyingi vebinarlarda maksimal foydali bo’lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaman.
Bugun vebinarda qatnashganlar iltimos, anonim so’rovnomani to’ldirib bering. Bu keyingi vebinarlar uchun na’muna o’laroq xizmat qilishini ta’minlaydi. Holis baho berasiz degan umiddaman.
Link: https://forms.gle/SnWTmxCRXE9eJJKm9
1 071
20 daqiqa qoldi. Kerakli texnikalarni sozlab turing.
Yoningizga choy yoki kofe,
Qiziq ma’lumotlarni yozib olishga esa qog’oz bo’lsa ayni muddao 🤓!
1 071
Bugungi vebinar yodingizdami?
- Hozirgacha 84 nafar tinglovchi yuqoridagi link orqali ro’yxatdan o’tibdi.
- Ular yuborgan ma’lumotlar, resume va savollarni tekshirib chiqdim. Vebinar davomida albatta javob olishadi degan umiddaman.
- Nima uchun aynan bugunga Vebinar belgilandi deb so’rovchilar diqqatiga:
1. Bugun Koreyada dam olish kuni - Ishchilar kuni “근로자의 날“
2. Koreyadagi eng katta Job fairga ariza yuborish muddati ertagacha (resume 2 maygacha topshirish kerak)
3. Bugun yomg’ir 😁, shu sabab ko’pchilik ishda bo’lmaydi:)
Yodda tuting:
Vebinarda ppt file dan foydalanaman, shu sabab Noutbuk yoki kattaroq devise dan foydalanganingiz ma’qul. Ekranni kattaroq ko’rish uchun.
Vebinarni yozib olamanmi?
Ha, ammo qachon montaj qilib joylashim aniq emas. Shu sabab vebinarda ishtirok etishingiz o’zingiz uchun foydaliroq. (Faoil ishtirokchilarga sovg’a ham bor)
Bugun, Payshanba soat 20:00 da ko’rishguncha!
@Elyorbilan
1 071
Repost from WAYU Korea
#foydali 🇰🇷 KAIST EE Camp 2025 – Ajoyib imkoniyat!
Dunyodagi eng ilg‘or universitetlardan biri — KAIST sizni ikki kunlik maxsus lagerga taklif qiladi!
📅 Sana: 2025-yil 25–26-avgust
🎓 Sizni nimalar kutadi?
Laboratoriyalar bo‘ylab tanishtiruvlar,
Professorlar bilan jonli uchrashuvlar,
KAIST magistratura dasturlari haqida to‘liq ma’lumot,
Yana turli hil tajribalar!
📩 Ariza topshirganlar orasidan tanlangan ishtirokchilarga 2025-yil 5-iyungacha email orqali xabar beriladi.
📚 Agar siz KAISTga o‘qishga topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki shunchaki qiziqsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!
Ariza qilish muddati: 23-maygacha
Ariza qilish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeezE1yQYFam8yuKfa7OmUEWBGZhQTR82rRXdgzokfxZBrJKw/viewform
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
1 071
Online Vebinar (Bepul)
Assalomu alaykum! Talablarga binoan, Koreyada rasmiy ishga joylashishda kerak bo’ladigan ma’lumotlarni ulashadigan vebinar tashkil qilayabman.
Vebinarda:
- Internship
- Networking
- Resume (CV) yozish
- Ishga topshirish
- Suxbatdan o’tish
- Qo’shimcha TIP lar
dan iborat bo’ladi.
Kun: 1-may, Payshanba 2025
Vaqt: 20:00 (Koreya vaqti bilan)
2-3 soat bo’lishini taxmin qilayabman. Dam olish kuni bo’lgani uchun ko’pchilikda vaqt topilishiga ishonaman!
- Foydali deb bilsangiz, do’stlaringiz bilan ulashib qo’ying)
Vebinarga yozilish uchun ushbu so’rovnomani to’ldirishingizni so’rayman.
So’rovnoma uchun link: https://forms.gle/HFU3ZUNhXZ13N9Jj6
Telegram kanalimda bo’lib o’tajak Vebinarda ko’rishguncha!
@Elyorbilan
#vebinar@Elyorbilan #foydali@Elyorbilan
1 071
Online vebinar haqida
Shu kabi Job fairdan avval CV tayyorlash va Suxbat uchun tor doirada online vebinar tashkil qilib bersam qanday qaraysizlar?
Oxirgi haftada ko’pchilik email orqali ishga kirish, CV yozish va suxbat haqida savollar yuborishayabdi. Har bir savolga to’liq javob berishga ulgurushim qiyin ekan. Vebinar orqali nisbatan effektiv natijaga erishar edik.
O’zbek tilida, bepul va o’z bilim doiramda qilmoqchiman. Savollarni ham olib, bemalol 2-3 soat davomida qilish niyat bor.
Agar xohlovchilar bo’lsa izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
@Elyorbilan
#Onlinevebinar@Elyorbilan
1 071
Atmosfera
Tegudagi 1 kunlik qisqa sayohat. Kun ajoyib o’tganidan ijtimoiy tamoqga kirish yoddan ko’tarilibdi.
@Elyorbilan
1 071
Boya bir joyda eshitib qolgan edim.
“Uyda oyim zo’r ovqat qilib kutayabdilar meni”
Men esa bu gapni aytmay qo’yganimga ancha yillar bo’libdi. Musofirmizda…
1 071
Xulosa qilishga shoshadiganlar va o’z fikrini 100% tog’ri, qolganlar yanglish deb o’ylaydiganlar bilan bir davrada o’tirish ham bir azob.
Hech qanday emotsiyasiz kuzata - boshqa uchrashmaslikni reja qilib o’tiraman:)
Shu sabab hammi deyman, qayerga bormay avval davrada kimlar bo’lishi haqida so’raganimdan so’ng qaror qabul qilaman.
P.s: Baliq akvariumdan chiqsa ham, suzib keta olishi aniq degani emas ekan.
1 071
Ajoyib yangilik!
Shu kabi grand dasturlarini yotig’i bilan tushuntirib, O’zbeklarimiz yutishiga yo’nalish berayotgan WAYU ga gap yo’q!
Shu sohada o’qigan inson sifatida aytamanki, qo’shimcha ishlash tugul, darsga ulgurish va qunt qilish ham juda qiyin. Ayniqsa raqobatdosh Koreyslar bo’lsa….
Bu kabi grand o’quvchini faqat yo’nalishiga diqqat qilishga undaydi xolos.
Shu kabi grandlar turganda, kontrakt to’lab o’qishga ne hojat shunday emasmi? 🤓
@Elyorbilan
#grand@Elyorbilan #scholarship@Elyorbilan
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
