Elga yor (Elyor)
Відкрити в Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Показати більше1 062
Підписники
Немає даних24 години
+27 днів
+630 день
Архів дописів
1 062
Yoshlikni eslab…
Qo’shnini bolasini qara? deb aytishgan bo’lsa, o’sha bola men bo’lgan ekanman 🥲
Yoshligimda kimdur menga, qo’shnini o’g’lini qara deb taqqoslashini xohlamaganman. Shu sabab, bor imkoniyatimni ishga solib o’qib, harakat qilganman.
Shu sabab bo’lsa kerak, na uydagilar na qarindoshlar menga hech qachon, ana qara qo’shnini bolasi shunday ekan demagan. (Balki deya olishmagandur 😁)
Ammo, tanishlarga uydagilari meni misol qildirib ko’rsatishganini oxirgi payt ko’p aytishayabdi. Ba’zida tanishlar menga qarata Elyor xato ham qil, biroz gap ham eshitib tur.. biz ham bemalol yashaylik degani kechagidek yodimde:)
Ba’zi do’stlar, Elyor bilanman deb bahona qilib ko’cha kezganlarini - kulib eslaymiz.
Shu sabab ham guruhdagi linkni @Elyorbilan deb nomlaganman🤓
Taqqoslash yoki solishtirish yaxshi narsa emas. Bu odat nafaqat bizda, balki Koreyslarda ham ancha aktual.
Misol uchun men o’zimni birov bilan emas, kechagi “Elyor” bilan solishtiraman xolos.
@Elyorbilan
1 062
Pul bermay ishlatish?
Qanchadan qancha O’zbeklarimizni ishlatib pulini bermay, odam sifatida munosabat qilmaydigan Koreys tadbirkor “da**lar” bor.
Menga qarab - Koreyslarga umumiy baho berib, umuman yog’lon gapirmaydi, insofli va “pachti” jannatiy deb tarif beradiganlarni yuziga qum sochgim keladi. Ayniqsa ba’zi yaloqi F6 lar!
Tog’ri, men bilgan juda ko’p ajoyib Koreys do’stlarim bor. Ammo bu 100% millat shunday degani emas.
Menga alam qiladigan jihati, biz ba’zi birlarga o’xshab ishga borib, ishni cho’zish yoki oxirigacha qilmaslik odatidan ancha yiroqmiz. Ishni sidqidikdan, halol qilishga harakat qiladiku O’zbeklarimiz. Shunday ishlay turib, pulini ololmasa bu qanday hol? Agar qonun bo’lmaganda, bir necha qiynoqlarni ikkilanmay qo’llar edim.
@Elyorbilan
#odolatleft@Elyorbilan
1 062
Kuzatuvchilar diqqatiga! - 2
Koreyada o’qib, o’z yo’nalishida muvaffaqiyatli karyera qilayotgan yoki biznes qilayotgan ayol-qizlarimiz bo’lsa Subyektiv va kun.uz tomonidan tasvirga olish taklifi bor edi.
Oxirgi paytlar, ayol kishiga chet elda nima bor? kabi savollar tug’ilgan payt, shu kabi na’munalarni ko’rsatish muhim sanaladi axir.
Koreyada istiqomat qilayotgan shunday kishilarni bilsangiz Telegramda quyidagi - @IUadmin1 akkauntiga aloqaga chiqing.
Qolgan guruh va kanallarda ulashib qo’ysangiz, sifatli kontent chiqishiga xissa qo’shgan bo’lar edingiz!
@Elyorbilan
1 062
Kuzatuvchilar diqqatiga! - 1
O’z hayot yo’lini bo’lishadigan noqonuniy istiqomat qilayotgan muhojir Yurtdoshlar bo’lsa, aloqaga chiqishingizni iltimos qilamiz.
Subyektiv Koreyada olayotgan videolariga muhrlanib, kelajak avlodni nelegal bo’lish yo’lidan qaytarishda xizmat qilishiga umid qilayabmiz.
Faqat, yuzni ko’rsatgan holda tasvirga olinadi. Shunga rozi bo’lish kerak.
Agar sizda xohish bo’lsa - @IUadmin1 akkauntiga aloqaga chiqing.
@Elyorbilan
1 062
🇺🇿2025-yilgi Quiz on Korea O'zbekistonda bo'lyamdi(mi?)
Ha, bu yil shunaqa bo'ladiganga o'xshaydi.
Lekin rasmiy ma'lumot hozircha yo'q.
Bunday o'ylashimga esa bir nechta sabablar bor.
Mana bugungacha O'zbekistondagi Koreya elchixonasi 2025-yilgi "Quiz on Korea" ni ichki saralash haqidagi e'loni chiqmadi.
Har yili Aprel oyida bu haqida e'lon chiqardi. May oyini o'rtasida esa saralash bo'lib o'tardi.
Masalan o'tgan yilgi O'zbekistondagi ichki saralash 28-Aprelda bo'lgan.
2022-yilgi saralash esa 14-Mayda bo'lgan (bu yili saralashda kim yutganini bilasizlar😁).
Shundan kelib chiqib bu yilgi Quiz on Koreada O'zbekiston vakili bo'lmasligi katta ehtimoli bor. Chunki saralash ham bo'lmayapti.
Boshqa davlatlar Kanada va Amerika qo'shma shtatlarida (bu davlatdan ham ishtirokchi bo'larkaney) saralash haqida e'lon berilib, ba'zilarida saralash tugab ham bo'lgan.
Saralashdan keyin Koreyadagi final Sentabrni boshida bo'ladi, shunga bunaqa xulosa qilishga hali erta dersiz?
Men bunday o'ylashimga boshqa sabab ham bor. Mana o'tgan 5 yilni qarasak (2019-yildan 2024-yilgacha) Quiz on Korea finalida 3 marta O'zbekiston vakili 1-o'rinni egalladi. 2019, 2022, 2024-yilda O'zbekistonlik ishtirokchilar finalda g'olib bo'lgan.
Bir davlatda 5 yil ichida 3 ta g'olib chiqqaniga Quiz on Korea tashkilotchilar O'zbekiston uchun "ozgina dam" berishgan bo'lishi mumkinn.
Hadeb O'zbekistonlik birinchi o'rinni olaversa endi bo'lmaydi deb o'ylashgandir.
Bu hammasi albatta IMXO. Shunchaki meni fikrlarim. Bu fikrlar qanchalik to'g'riligini esa vaqt ko'rsatadi. Mayli hammasi yaxshilikka bo'lsin.
P.s. Lekin bu fikrlar to'g'ri bo'lsa, Quiz on Koreada yutgan O'zbekistonliklar (meni ham:) ayblash yo'q😉
@allimtv
1 062
Post 16+
Biroz uyatliroq bo’lsa ham yozayabman. 🥸
Sizlar ham Koreyaga birinchi kelganingizda Koreyslar aksi ursa, yoki burun qoqsa bordiyi boshqa ishlarni omma oldida qilsa - shokka tushganmisiz?
Meni atrofimda qiz kursdoshlar shunday qilganini ko’rib, men hijolat bo’lib ketganman. Xitoyliklarni aytmasa ham bo’laveradi.
Shu payt, O’zbekistonimni sog’inib ketaman. (Ayniqsa qizlarimiz aksi ursa huddi pepsi ochganga o’xshardi)
Bir hamkasbim bo’lardi. Qiz bola bo’lsa ham uncha buncha bollardan ovoz baland chiqarardi yuqoridagi ishlarni qilsa. Men hijolat bo’laverganimni ko’ravergach, tashqariga yoki boshqa xonaga kirib ishni bajaradigan bo’libdi. Shunaqa do’stlar, Koreyslarimiz ham o’rganayabdi 😁
@Elyorbilan
1 062
Men adminlik qiladigan ba’zi O’zbek guruhlarda Rus tilida post qo’yish mumkin emas deb takror aytilgan. (Facebook)
Ammo, baribir Rus tilida post joylashga urinishadi. Takror va takror, shundaylarni nima qilsa bo’ladi?
1 062
O’zbekiston bayrog’i kerak!
Mana shu yerga osib qo’ysa bo’ladigan O’zbekiston bayrog’imizni qayerdan topsam bo’ladi Koreyada?
Sotib olishga yoki prakat!
Bilganlar yoki berib tura oladiganlar bo’lsa iltimos aloqaga chiqing.
1 062
+1
Tejon (Daejeon) shahrida ko’rishamiz
17-may kuni Daejeon shahrimizda Chet elliklar uchun 1 yilda 1 marotaba bo’ladigan umumiy tadbirga qatnashishingiz mumkin. Ayniqsa ishga kirish borasida chet ellik (men va yana bir qiz) shuningdek Koreys HR xodimdan ham maslahatlar olishingiz mumkin. Viza bo’yicha immigratsiya xodimi va ko’plab Kompaniyalar chet elliklarni ishga olish uchun tadbirga jamlanishadi.
- Qatnashish bepul! To’liq kun tartibi bilan ushbu rasmlarda tanishib chiqishingiz mumkin.
- Ro’yxatdan o’tish uchun esa ushbu so’rovnomani to’ldirishingiz kerak bo’ladi. Tadbir asosan Koreys tilida bo’lib o’tadi.
Link: 기념식 및 세계문화공연 참가 신청(Registration for
celebration ceremony and global culture performance participation): https://forms.gle/551LNwMCLgMmApVD6
일시 | Date & Time : 2025. 5. 17.(Sat) 11:00~15:30
장소 | Venue : 대전컨벤션센터(DCC) 2층 그랜드볼룸 (Daejeon Convention Center 2F Grand Ballroom)
대상 | Target Participants : 외국인주민 및 일반 시민 모두 (Foreign Residents and Local Citizens)
@Elyorbilan
1 062
Bir jumlada biroz o’ylanib qoldim..
“Telefon yubor oshna” degandan ko’ra, o’sha musofir oshnangni uyiga 2 ta non olib borchi - telefon sendan aylanmasmikan?
Sizda shunday oshnalaringiz bormi Koreyadagilar?
Menda bor yo’g’i 1-2 nafar ekan xolos:)
1 062
Mana buni ochiqchasiga yozish desa bo’ladi. Jahongir akani kanallarini kuzatish xuddi Netflixda qiziqarli serial kuzatishdek gap:)
Kamiga bepul!
Barcha yozganlariga 200% qo’shilaman.
1 062
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
Koreyada yashash “realniy kayf” deydiganlar uchun eslatma:
●Har bir ish koreys tilini bilishni talab qiladi.
●Har bir ishda stress bor.
●Bu stressdan sigaret va alkogolga o'tirib qolganlar ham bor.
●Yeyishga non topolmay qolsangiz ham, birov sizga qarashi qiyin.Bu yer O’zbekiston emas.
●Pulsizlikning bitta asosiy sababi — bu dangasalik.
●Rasmlardagi bu — eng eng saralab post qilinganidir.
●Rohat ortidagi mashaqqatni ko‘rish — hammaga ham emas.
●“Telefon yubor oshna” degandan ko‘ra, o‘sha musofir oshnangni uyiga 2 ta non olib borchi — telefon sendan aylanmasmikan?
●Pul tomonlama o‘zingga baquvvat bo‘lmasang — na o‘qiysan, na uqiysan.
●Zinoga yaqinlashish bu — xuddi nashaga o'tirib qolishday gap.
●“Menga yordam bermayapti” deb yurmasdan, o‘zing harakat qilishni o‘rganishing kerak.
●Ota-onang “yaxshi yeyapsanmi?” desa, och bo‘lsang ham “ha” deyishing.
●Takoy telefon ishlatsang ham, uni qanchaga tushganiyu qancha mehnat ortidan kelganini sezdirmasliging.
●Muammoying bo‘lsa — faqat o‘zing harakat qilishing kerak.
Menimcha, ko‘pchilik rasmlardagi hayot bilan haqiqiy hayotni farq qila olmaydi.Haqiqiy hayotdan misol ulashishni ko'p ham xohlamayman. Chunki blogimni ota-onam ham kuzatishadi. Ularni havotirga qo’ygim yo’q.
Siz endi kelmoqchi bo‘lsangiz, yaxshilab ruhan tayyor bo‘lib keyin keling. Bu yer sizga enangizning uyi emas.
@ganiev_tarjimon
1 062
Osiyodagi vaziyat jiddiylashyabdi… 🇵🇰 vs 🇮🇳
Habaringiz bo’lsa kerak, Hindiston nazorat qiladigan Kashmir hududida 25 nafardan ortiq chet ellik, terror sabab halok bo’lgan edi. O’sha payt Hindiston, bu terrorda Pokistonni aybladi. Buning orqasidan, Pokistonga boradigan Suv yo’lini yopib o’zaro mavjud bo’lgan diplomatik aloqalar ham uzib qo’yildi.
Bizning Kompaniyani Hindistonda ham, Pokistonda ham taxminan 3 mln$ ortiq biznesi bor. O’sha payt men, Hindistonga mas’ul xodimaga qarata, negadur bu shunchaki tugaydiganga o’xshamaydi deb aytgan edim…
Bugun tongda qarasam, Hindiston taraf, Pokistonga raketa hujumini amalga oshiribdi. Pokiston na’zorat qiladigan Kashmir hududida bir necha qurbonlar bor. Bunga javoban esa Pokiston, Hindistoning ikki uchog’ini urib tushirib, harbiy zonalarga raketa uchurdi. Vaziyat jiddiylashyabdi, axir ikki davlatda ham yadro quroli mavjud! ☢️
Men esa yaqin oylardagi ish safarimni bekor qiladiganga o’xshayman. Bir ukamiz aytgandek, men borgan yoki bormoqchi bo’lgan hududlarning boshi muammodan chiqmayabdi 🥲
P.s: Hindiston bosh vaziri Mondi, saylov oldi ataylab shu ishlarni qilayabdi degan mish-mishlar ham yo’q emas:)@Elyorbilan #yangilik@Elyorbilan
1 062
Anchadan beri kuzatadiganlar biladi…
Men ham juda ko’p takrorlayman ushbu gaplarni. Jahongir aka ham ohiri yozib yuboribdilar:)
Ha aytgancha, bir necha kundan so’ng kelayotgan Subyektiv da shu mavzu yotig’i bilan tushuntirilib, real misollar bilan yoritiladi.
1 062
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
Shu ovozli xabarimni barcha Koreyadagi studentlar yaxshilab eshitib, iloji bo‘lsa bu xabarni ota-onalaringizga ham eshittirib qo‘yinglar.
Bahorgi semestrda ham kontraktini to‘lay olmasdan, qancha student ukalarimiz noqonuniy(nelegal? holatga tushib qolishdi. Bu holatni ko‘pchilik ota-onalar bilishmaydi. Ular farzandi 3–4 oy uyga pul jo‘natmasa, “mayli, o‘ziga ishlatib, kontraktiga yig‘ayotgandir” deb yaxshi gumonda bo‘lmasdan. Balki ba'zilari farzandiga bosim o‘tkazishga ham o‘tadi.😑
Ikki o‘t orasida qolgan bechora student nima qilishni bilmasdan, osongina– nelegal yo‘lni tanlaydi.
Iltimos ukalar, unday qilmanglar.
Ozgina sabr qilib, o‘qishni bitirib olinglar. Sizlarga hali Koreyada katta imkoniyatlar ochiladi.
1 062
+2
Oramizda choy ishqibozlari bormi?
Shaxsan menga Earl Grey (Bergamotli qora choy) yoqadi. Ko’p turlilarini ichib ko’rdim, hozirda shu Taylors niki va TWG niki manzur keldi.
Choyga qiziqishimni bilgan Koreys do’stim, Singapurdan qaytishda TWG choyini olib kelibdi.
Sizlarga qaysi brend choyi manzur keladi? (Sinab ko’rish niyatidaman)
1 062
Vebinar videosi
Talablarga binoan Online vebinar videosini ulashayabman. Videodan unumli foydalanishingiz uchun, har bir mavzu daqiqalarigacha ham ko’rsatib o’tdim.
O’ylaymanki, Koreyadagi Yurtdoshlar rasmiy karyera qurishda - qo’llanma sifatida foydalanishadi.
Ha aytgancha, ko’rish va amalda qo’llash bepul 😉
You Tube ▶️ linkni bosing
@Elyorbilan
#foydali@Elyorbilan #vebinar@Elyorbilan
1 062
Repost from WAYU Korea
+3
#foydali
Koreyada xorijlik ishchilar qancha maosh oladi?
So'nggi rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024-yilda Koreyada ishlayotgan xorijliklarning ish va hayot sharoiti quyidagicha:
💰Oylik daromad:
37.1% ishchilar oyiga 3 million von (~$2,200+) dan ortiq maosh oladi.
51.2% ishchilar 2–3 million von oralig‘ida — eng ko‘p tarqalgan maosh darajasi.
3.4% ishchilar 2 million von dan kam oladi.
Koreyadagi hayotdan mamnunlik:
84.3% xorijliklar hayotidan mamnun (o‘tgan yildan 3.9% ko‘p).
Daromaddan qoniqish darajasi esa 58.2% ga yetdi (+4.9%).
Ishchi aholi soni:
Koreyada ishlayotgan xorijliklar soni: 956,000 (o‘tgan yildan 83,000 ga ko‘paygan).
490,000 nafar kishi hozirda iqtisodiy jihatdan faol emas (masalan, farzand parvarishi, o‘qish yoki dam olish sababli).
Qiyinchiliklar:
Ko‘pchilik muhim to‘siq sifatida til muammosini ko‘rsatgan.
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
