ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 068
订阅者
-124 小时
+27
+11630
帖子存档
Repost from WAYU Korea
#hayrli_ish Yuqoridagi grant haqida bergan e’lonimiz esingizdami, o'zbekistonlik 2 nafar talaba scholarship 100% lik sohibiga aylanishdi. Endi talabalar 2 yil davomida molivaviy muammolarsiz, bor e'tiborlarini o'qishga qaratishlari mumkin. Ularni tabriklaymiz, biroq bunday grantlarni biz òzbeklar yanada ko'proq yutishimiz mumkin. Buning uchun esa grantlarni topish va qanday hujjat tayyorlashni o’rgatishimiz kerak! Shu maqsadda Brain Korea grantini sohibi Abdurahim vatandoshlarimizga Koreyada o’qish uchun ajratilgan grantlarni topishga yordam beradigan, hujjatlar tayyorlash bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatadigan volontyorlar jamoasini shakillantirmoqda. 📣Vazifa: Jamoa a'zolari grantlar haqida ma'lumotlarni umumlashtiradi. 📣Ma'lumotlarni hammasini sodda qilib o'zbek talabalariga yetkazish va hujjat tayyorlash jarayoniga yordamlashadi (study plan, savollarga javob berish va hk.) Shu bilan har bir volontyor va talabada mustaqil holda grant yutish konikmasi asta-sekin shakllana boshlaydi. 📣Ma'lumotlarni topib talabalarga yetkazish barchasi tekin bo'ladi, lekin grant yutilganda, o'zizniki bo'lmagan pul sizni rosa xursand qiladi! Ushbu umum-manfaatli ishda yordamlashmoqchi bo'lsangiz quyidagi guruhga qoshiling. Avval grant haqidagi ma'lumotlarni topish o'rgatilinadi va har bir a'zoga o'z vazifalari beriladi. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Ish takliflari haqida Remember ilovasidan kelgan ish taklifi: Ish topsa bo’ladigan ilovalar talaygina. Negadur menga oxirgi p
Ish takliflari haqida Remember ilovasidan kelgan ish taklifi: Ish topsa bo’ladigan ilovalar talaygina. Negadur menga oxirgi paytlar, ish taklifi networking, LinkedIn va Remember orqali ko’p kelayabdi. Bu safargisi qiziqroq bo’lgani sabab, taklifni qabul qilayotib qo’ng’iroq suxbatidan o’tdim. Sizga ish taklif qilishsa va sohada ma’lum tajribaga ega bo’lsangiz yillik daromadni Kompaniya emas, siz belgilay olishingiz mumkin. Bu orqali trendni kuzata olishingiz va bozordagi qiymatingizni ham bila olasiz. Oxirgacha o’qiganingiz uchun kichik TIP: Hozirgi ishingiz zo’r bo’lishidan qat’iy nazar ish taklifi bo’lsa o’rganib chiqing… Nima uchun deysizmi? Keling birgina omilni keltirib o’taman: Ba’zida ishxonadagilar, bu chet ellik bizdan chiqib ketsa ish topa olmaydi yoki shu kabi kamsitish holatlari ham bo’lishi mumkin. Shu vaziyatlarda, sizga doimiy offer “ish taklifi” bo’layotganini orada bildirib tursangiz, ehtiyotkorona munosabatda bo’lishadi. O’zingizni qadringizni biling demoqchiman xolos :) @Elyorbilan

Ish takliflari haqida Remember ilovasidan kelgan ish taklifi: Ish topsa bo’ladigan ilovalar talaygina. Negadur menga oxirgi p
Ish takliflari haqida Remember ilovasidan kelgan ish taklifi: Ish topsa bo’ladigan ilovalar talaygina. Negadur menga oxirgi paytlar, ish taklifi networking, LinkedIn va Remember orqali ko’p kelayabdi. Bu safargisi qiziqroq bo’lgani sabab, taklifni qabul qilayotib qo’ng’iroq suxbatidan o’tdim. Sizga ish taklif qilishsa va sohada ma’lum tajribaga ega bo’lsangiz yillik daromadni Kompaniya emas, siz belgilay olishingiz mumkin. Bu orqali trendni kuzata olishingiz va bozordagi qiymatingizni ham bila olasiz. Oxirgacha o’qiganingiz uchun kichik TIP: Hozirgi ishingiz zo’r bo’lishidan qat’iy nazar ish taklifi bo’lsa o’rganib chiqing… Nima uchun deysizmi? Keling birgina omilni keltirib o’taman: Ba’zida ishxonadagilar, bu chet ellik bizdan chiqib ketsa ish topa olmaydi yoki shu kabi kamsitish holatlari ham bo’lishi mumkin. Shu vaziyatlarda, sizga doimiy offer “ish taklifi” bo’layotganini orada bildirib tursangiz, ehtiyotkorona munosabatda bo’lishadi. O’zingizni qadringizni biling demoqchiman xolos :) @Elyorbilan

Ishga kirishda yo’nalish muhimligi: Ozmi ko’pmi bilganlarimni iloji boricha online va offline ulashib kelishga harakat qilaya
Ishga kirishda yo’nalish muhimligi: Ozmi ko’pmi bilganlarimni iloji boricha online va offline ulashib kelishga harakat qilayabman. Koreyada ishga kirishdagi omillar va TIP larni ulashayotib, agar natijasi bo’lsa habar bering deb ham qo’shib qo’yishni odat qildim. (Oxirgi 2-3 yildan beri) Yaqinda bir do’stimiz, ishga kirayotganliklarini, bir necha joydan qaysi birini tanlash va intervyu da e’tibor berish kerak jihatlarini ham so’ragan edilar. 1 soatga yaqin suxbatlashib bilganlarimni barchasini ulashgandim. Bugun natijasini e’lon qila turib, nafaqat ishga kirish balki, vizani ham almashtirganliklarini aytdilar. Ha aytgancha, ishga kirishda bilish zarur bo’lgan elementar ma’lumotlar asnosida ulashaman. Qolgani o’z yo’nalishiga moslab to’ldirilishi kerak. Bu sohada yurganimga ham deyarli 5 yildan oshdi. Ba’zi ba’zida dars o’tishga va master klass ga taklif qilib turishadi. (Mendan zo’r biladiganlar ham ko’p). Darsni O’zbek va Koreys tilida o’tib, darslik (ppt) ni doimiy yangilab kelaman. Kelasi oyga yana 2 ta darsim bor ekan. Shunchaki ofis ishlari va sohaga oid ishlarda o’z Vatandoshlarimizni ko’proq ko’rsam, ko’zlangan maqsadimga yetayabman degan xulosadaman. P.s: rasmda bir do’stimizga, ishga kirsangiz kofe esdan chiqmasin deb hazillashgandim. Ko’rib turibsizki unutmabdilar. Men esa kuponni olib, Koreys guruh lideri (hamkasb) bilan tushlikda iste’mol qildik. O’sha Koreysdan ham doimo tavsiya va maslahat olaman. Ya’ni Koreyslarning nazdida chet ellik o’laroq ishga kirish foizini qanday oshirsak bo’ladi kabilida ⁉️ Yana bir Koreys tanishim: Elyor, menimcha chet ellik ishchilar ishga kirishdan ko’ra, ishga kirgandan keyin yashab qolishda ko’proq bilim kerakga o’xshayabdi deb doimo takrorlaydi. Shu sabab faqat ishga kirib olish emas, sinov muddati va jarayonga moslasha olish ham juda muxim. Jahongir G’aniyev aytganlaridek: Natijani ko’rish bu insonga o’zgacha shukuh bag’ishlaydi. @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan

Men ham hozirgi ishxonam uchun 1-chi intervyuni aynan shu Job Fair o’tganman. Ishxona haqida avvaldan ma’lumotim bo’lishidan qat’iy nazar, atmosferani his qilish uchun ham borib kelganim kechagidek yodimda. Mendan tashqari o’sha kunlari 40 dan oshiq inson o’tgan edi. Ammo omad menga kulib boqgan! 🤓 Koreyada karyera qilishda bu asosiy ko’priklardan bir ekanligini eslatib o’tmoqchi edim xolos. @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan

Repost from WAYU Korea
#wayu_job 2025-yilgi Global Talent Fair’da xalqaro talabalarni ishga olishni istagan kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi va i
#wayu_job 2025-yilgi Global Talent Fair’da xalqaro talabalarni ishga olishni istagan kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi va ish izlovchilar suhbatlar uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bu yil 80 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadigan Xalqaro talabalar uchun ish yarmarkasi 19–20-may 10:00~17:00da Seul Gangnam tumani, COEX markazida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro talabalar uchun ish yarmarkasi – bu Koreya Savdo va Investitsiyalarni Rivojlantirish Agentligi (KOTRA) tomonidan tashkil etiladigan Global Talent Fairning bir bo‘limidir. Global Talent Fair doirasida shuningdek, xorijiy sarmoyador kompaniyalar va chet eldagi ish o‘rinlari uchun ham yarmarkalar bo‘lib o‘tadi. Xalqaro talabalar yarmarkasida ishtirok etuvchi kompaniyalar qatorida doimiy qatnashuvchilar – Kia, Amorepacific, Hansae, Osstem Implant bor. Shuningdek, yangi kompaniyalar – Samsung C&T (Inshoot va Qurilish guruhi), Hanjin Logistics Corporation, HanmiGlobal ham qatnashadi. Ish izlovchilar 2-maygacha rasmiy ish yarmarkasi veb-sayti orqali qatnashayotgan kompaniyalar bilan joyida suhbatlar uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ariza topshiruvchilar rezume (rezyume) yuklashlari kerak bo‘ladi va faqat kompaniyalar tanlaganlar suhbatda ishtirok eta oladi. Shunga qaramay, barcha tashrif buyuruvchilar yarmarkada ishtirok etishlari va kompaniya vakillari bilan uchrashishlari mumkin. Bundan tashqari, kasbiy maslahatlar, imitatsion suhbatlar, kompaniya mutaxassislarining maxsus ma’ruzalari kabi qo‘shimcha dasturlar ham o‘tkaziladi. Manzil: 서울, COEX B홀 및 컨퍼런스룸(북) COEX, Seoul COEX / Fl.1 (Hall B and Conference Room North) Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://jffis.kotra.biz/fairCorpMyInfo2.do?match_gubun=1 Instagram | Telegram | YouTubeFacebook

Uyqu biroz kam bo’lgan bo’lsada, Mana shu oxirgi vaziyat barchasini oqlab yubordi 💃 9 kishi bo’lib qolsakda, yutishimizga va yana 1 ta go’l urishimizga qarshilik ko’rsata olmadi. Menimcha hakam ichida: Shu Saudiyaga faqat go’l urib berishim qoldi, bo’lmasam yutadiganga o’xshamaydi degandur:) #sport@Elyorbilan

Qanday baxt

Hissiyotini boshqara olmaydiganlarga ma’suliyatli ish yuklatib bo’lmaydi. O’ziku mayli, butun jamoani sharmanda qilishi mumkin. #kichiktajribamdan@Elyorbilan

Savolni adashmasam singlimiz yuborganlar. Bilmaganni so’rab o’rgangan olim deganlaridek, ma’lomat qilmaylik iltimos. Yangi kelganlarda turli xil savol tug’ilishi tabiiy. Menku javobni allaqachon tayyorladim, ammo yuborganimcha yo’q. Kuzatuvchilar fikrini ham bilgim keldi. Keyinroq, bu haqida to’liqroq post yozib qoldiraman. Albatta javobni o’zimcha emas, ahli ilmlardan so’rab bilganimni ulashaman.

Siz meni o’rnimda bo’lganingizda emailga qanday javob berar edingiz? Savol juda aktual.
Siz meni o’rnimda bo’lganingizda emailga qanday javob berar edingiz? Savol juda aktual.

Natija haqida: 🇰🇷 2024-yil 29-Oktabr kuni Daejeon shahridagi chet elliklar ga bag’ishlangan siyosiy forumda 25,000 nafar ch
+2
Natija haqida: 🇰🇷 2024-yil 29-Oktabr kuni Daejeon shahridagi chet elliklar ga bag’ishlangan siyosiy forumda 25,000 nafar chet ellik nomidan qatnashgan edim. Bir necha soatlarga cho’zilgan bahs munozara qay darajada natija berishini bilmas edim ochig’i. Sababi chet elliklarga taaluqli har bir bo’limdan, universitet, chet elliklar markazi, immigratsiya va hokazolar ishtirok etishgan edi. Talab va takliflarni ochiqchasiga bildira turib, loyihaga ma’sul bo’lgan senatorga bir necha e’tiroz ham bildirgan edim. ❗️ Kuni kecha chet ellik markaz va shahar hokimiyatidan aloqaga chiqib, men bergan takliflarning 60% qismi 2025 yil rejasiga kiritilganini bildirishdi. (Alohida byujet ham ajratilibdi) Misol uchun: 1. Shahrimizda chet elliklar uchun ish yarmarkasi “job fair” 2. Til kurslari 3. Immigratsiya ga oid maslahat (o’sha payt immigratsiya juda qo’pol ekanligini ham ochiqcha aytganim kechagidek yodimda) 4. CV yozish va ish topishdagi foydali ma’lumotlar. 5. Universitetning talaba hayotidagi o’rnini mustahkamlash Yuqoridagi takliflar, rasmdagi kelayotgan tadbirda amalga oshiriladigan bo’lindi. Menga ham ma’suliyat yuklash maqsadida, chet elliklar uchun Koreyada ishga joylashish bo’yicha 1 soatlik dars o’tib berishni so’rashdi (albatta pul evaziga 😅). Dars 17- May kuni rasmda ko’rsatilgan joyda Koreys tilida bo’ladi. Barchasi bepul, rasmdagi mamlumotlar orqali yozilsangiz bo’ladi. Yoki link: https://forms.gle/551LNwMCLgMmApVD6 (1 kunda rasmdagi barcha programmalarda qatnasha olasiz) *2024 yil ham o’tib berganim ma’qul kelgan shekil. Nima bo’lganda ham shahrimizdagi chet elliklar yashashi uchun bildirilgan takliflar, amalda isbotini topayotganidan xursand bo’ldim. O’sha payt tavsiya va maslahat to’plashda yordam bergan UCD jamoasi, Salom Koreya admini Jamshid aka, Jahongir G’aniyev va Qobiljon larga rahmat aytib qolaman. @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan

Qilgan qaroring tog’riligi yana bir bor isbotlansa, qoniqish hissi boshqacha bo’lar ekan.

Kun tartibi haqida Juda ko’pchiligimiz hafta kunlarimizni avvaldan reja qilib qo’yamiz shunday emasmi? Ba’zida 1 kunimiz bir
Kun tartibi haqida Juda ko’pchiligimiz hafta kunlarimizni avvaldan reja qilib qo’yamiz shunday emasmi? Ba’zida 1 kunimiz bir necha kunga ta’tigulik ajoyib taasurot qoldiradi. Bugun men uchun aynan shunday kun bo’ldi. Qisqa yoritsam: 1. Tongda chet elliklar yeg’ilib, bolalar uyida bo’ldik. Ular bilan o’ynab, suxbat qurgach birga tushlik qildik. 2. So’ngra “internat”ga bordik. (Teen shelter). Inson yashayversa har xil odamlarni uchratar ekan. Ba’zilarni ko’rib na’muna olsa ba’zilarni ko’rib xulosa chiqaradi. Ular bilan ham kunni biroz o’tkazdik. 3. Kechki ovqatni O’zbekistonlik do’stlar bilan qildik. (Aktual muammolar suxbati) 4. Uyga qo’ng’iroq (ukalarga tarbiyali soat..) 5. Kechga Zoom meeting orqali ichki guruhda foydali dars. (Koreyada nima sababdan chet ellik bitiruvchilar ishga kirish darajasi pastligi) bo’yicha. 6. So’ngra yakuni ko’rinib qolgan audio kitob. Shanba bo’lishiga qaramay, dam olishga vaqt bo’lmadi:) @Elyorbilan #kuntahlili@Elyorbilan

Foydali.. Shu sohada o’qigan, tajribaga ega mutahhasis ni tavsiya qilaman. Sog’lig’ingizga e’tiborli bo’ling Koreyadagilar. H
Foydali.. Shu sohada o’qigan, tajribaga ega mutahhasis ni tavsiya qilaman. Sog’lig’ingizga e’tiborli bo’ling Koreyadagilar. Hozirda “국민건강보험“ ga aksariyatimiz a’zo bo’lganimiz sababli xizmat haqqi qimmat chiqmaydi. @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan

Elektron manzil haqida Juda ko’p joylarda bog’lanish uchun ijtimoiy tarmoqni yoki elektron manzilimni beraman. Onda-sonda shu
Elektron manzil haqida Juda ko’p joylarda bog’lanish uchun ijtimoiy tarmoqni yoki elektron manzilimni beraman. Onda-sonda shu kabi savollar ham kelib turadi. Bu orqali hamyurtlarimizni elektron pochtadan foydalanish madaniyatini ham o’stiramiz.

Kichik bir tavsiya: Bu muammo asosan Koreyadagi O’zbekistonliklarda kuzatiladi. Bilasiz, ismi sharifimiz uzun bo’lganidan ba’zida shaxsni tasdiqlash “본인인증“ qilish muammo bo’lishi mumkin. Tasdiqlash uchun, ID karta, Haydovchilik guvohnomasi, bank daftarchasi yoki boshqa bank kartalari kerak bo’lishi mumkin. Yuqoridagi hujjatlarimiz har doim ham yonimizda yurishi mumkin, lekin aynan kerak payti bo’lmay qolishi ham mumkin. Oldini olish uchun: ℹ️ iPhone yoki boshqa Android telefonlarida rasmlar bo’limida alohida “hujjat” albomini tayyorlab, kerakli bo’lgan barcha hujjatlar rasmlarini saqlab qo’ying. Havfsizlikni ta’minlash uchun Face ID yoki kod orqali albomni ochiladigan qiling. Bu orqali siz o’zingizni 2 tomonlama himoya yoki sug’urta qilasiz: 1. Kerakli payt, karta yoki bankraqamini qidirmay, rasmga kirib oson topa olasiz. 2. Hech kim sizning ruxsatingizsiz ushbu albomni ocha olmaydi. Misol uchun u yerda, pasport ma’lumotlari, ID karta yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ham saqlashingiz mumkin. Kichik ma’lumot bo’lsada, albatta asqotadi degan umiddaman. @Elyorbilan #foydali@Elyorbilan #Lifehack@Elyorbilan

Nima sababdan rasmdagi odamlar holati juda o’xshash? Shaxsiy subyektiv fikringizni bildira olasizmi?
Nima sababdan rasmdagi odamlar holati juda o’xshash? Shaxsiy subyektiv fikringizni bildira olasizmi?

Kecha akalar osh qilib mehmonga chaqirishgan edi. Uyda tayyorlangan palov yemaganimga ham ancha bo’libdi. 6 soat qanday o’tga
Kecha akalar osh qilib mehmonga chaqirishgan edi. Uyda tayyorlangan palov yemaganimga ham ancha bo’libdi. 6 soat qanday o’tganini bilmay ham qolibman. (Koreyadagi aktual muammolar muhokama qilinsa shuda) Oshga yo’q deyolmayman. 🤓

Chet ellik ishchi va Koreys ishchi o’rtasidagi yana bir farq. Men taxminan 4-5 yil davomidagi rasmiy ish faoliyatimda shuni guvohi bo’ldimki, Koreya hali chet elliklarga yanada qulayroq sharoit yaratishi mumkin. Nima uchun deb o’ylaysizmi? Kichik bir misol bilan tushuntirsam: 1. Ishga kirganimizda Immigratsiya masalalarini hal qilish uchun Immigratsiyaga bir necha bor borishga tog’ri keladi. Kattaroq Kompaniyada ishlaydiganlar hadeb 공무일, 공무시간 deb sistemaga kirita olishi qiyin. Baribir kimdur gapiradi. (Ya’ni, bu Kompaniyani ishi emasku, o’zini vaqtidan ajratib borib kelsin kabi?) 2. Bank, Telefon yoki boshqa rasmiy xizmatlar ham Koreyslar uchun maksimal online xizmat ko’rsatsada ammo chet elliklarga kelganda (ba’zida) ID kartangizni olib, yaqin atrofdagi bank filialiga keling deydi. Bank ham 16:00 gacha ishlagani uchun biz chet elliklar 오후반차 ishlatishga tog’ri kelamiz. 3. Chet elga chiqsak viza masalasida ham offline intervyu yoki pasport topshirish kabi ishlarni ham o’z vaqtimiz hisobiga bajarishimizga tog’ri keladi. Yuqoridagi holatlar Koreyslarda deyarli uchramaydi, uchrasa ham masofaviy ishni bitirsa bo’ladi. Biz Koreys Kompaniyasida ishlasak yiliga o’rtacha 15 kun dam olish ajratiladi. (Bayram kunlaridan tashqari). Biz chet elliklar yuqoridagi sabablar uchun kamida 4-5 kunimizni yiliga sarflab yuboramiz. Bu menimcha haqqimizni “berib” qo’yish bilan barobar. Hech bo’lmasa immigratsiya ishlariga indashmasin. Shu sabab, yangi ishga joylashagotganlar, yoki shartnoma qilayotganlar diqqatiga: Ushbu sabablarni ham hisobga oling. Kerak bo’lsa intervyu payti shu kabi holatlar bo’ladi. Ish vaqtida borib kelishga ruxsat berishingizni iltimos qilaman deb oldindan bildiring. Vaziyatlarni misollar bilan tushuntirsangiz ular ham tushunishadi. (Men boshida bu kabi gaplargacha aytmagan edim) Kechagidek yodimda, viza masalalari sabab men ham 공무일, 공무시간 deb sistemaga kiritib bir necha bor borib kelganman. Shu payt bir 팀장 ortiqcha gapirib qo’ygan. - Men esa kulib, agar chet ellik kerak bo’lsa, ishlatmoqchi bo’lsangiz shu holatlarga ham tayyor bo’ling, yoqmasa men bu yerda qolishimdan ma’no yo’q deb. Shu shu ortiqcha gapiradigan odam yo’q. Bu kichik muammodek tuyilishi mumkin, ammo yillar o’tgan sari “noqulaylik” o’zingizga yaxshigina seziladi. Koreys so’zlar tarjimasi: 공무일: Kompaniya ishi bilan bir kunni ishlatish 공무시간: Kompaniya ishi bilan bir necha soatni ishlatish 오후반차: Shaxsiy ishlar uchun tushdan keyin yarim kunlik ta’til olish 외출: Ish (ba’zida shaxsiy ishlar) yuzasidan tashqariga chiqib kelish
Ish hayotida yanada chuqurroq “life hack” larni bilish uchun kuzatishda davom eting.
@Elyorbilan #muammo@Elyorbilan #lifehack@Elyorbilan #직장인@Elyorbilan