Esingizda bo‘lsa, sizlarni kredit kartalari tarixi bilan
tanishtirib o‘tgan edik. Bugun esa shu mavzudagi obunachilarimizning savoliga javob beramiz.
Kredit kartani qanday tanlash mumkin?
💳 Kredit kartasi — bank limiti doirasida istalgan maqsadlar uchun pul ishlatish huquqini beruvchi bank kartasi.
Kredit kartasi juda qulay instrument bo‘lib, u ko‘p holatlarda sizni “qutqarib” qolishi mumkin. Faraz qiling, oylik olishingizga yana 3 kun qoldi, lekin pulingiz allaqachon tugagan. Bunday paytlarda boshqalardan qarz so‘rash o‘rniga kredit kartangizdan foydalanib turingiz mumkin bo‘ladi.
Biroq, uni tanlashda siz o‘zingizga eng muhim savolni berishingiz kerak: kredit kartasi sizga haqiqatan ham kerakmi?
Kredit karta eng “qimmat” kredit turlaridan biridir. Qarzni o‘z vaqtida to‘lash uchun siz intizomli bo‘lishingiz, shuningdek, muntazam daromadga ega bo‘lishingiz kerak.
Agar kredit karta olishga qaror qilgan bo‘lsangiz turli banklarning takliflarini o‘rganing va shartlarini taqqoslang.
Kredit limiti
Bu bank sizga taqdim etishga tayyor bo‘lgan summa. Agar siz allaqachon bank mijozi bo‘lsangiz va o‘zingizni to‘lovga qodir mijoz ekanligingizni isbotlagan bo‘lsangiz (masalan,
ijobiy kredit tarixi orqali), kredit limiti yuqoriroq bo‘ladi.
Imtiyozli davr
Bu mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanmaydigan davr. Odatda bu 30-60 kunni tashkil etadi. Shuningdek, u:
👍 xaridlarni amalga oshirish vaqti (odatda bir oy);
👍 pulni qaytarishingiz kerak bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
Kartadan foydalanish xarajatlari
Bunga quyidagilar kiradi:
👍 kreditdan foydalanganlik uchun foizlar;
👍 yillik texnik xizmat haqi;
👍 pul o‘tkazmalari, bankomatidan naqd pul yechib olish uchun komissiya.
Shartnomadagi xarajatlar to‘g‘risidagi bandni diqqat bilan o‘qing. Bank xodimiga savol berishdan tortinmang.
Keyingi postlarimizda O‘zbekiston banklarida taklif etilayotgan kredit kartalari, ularning foiz va talablari haqida ma’lumot beramiz.
Savol yo‘llash uchun bot —
@pulligap_bot
Telegram •
Instagram •
YouTube •
TikTok