ch
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

关闭频道

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

显示更多

📈 Telegram 频道 Pulli Gap 的分析概览

频道 Pulli Gap 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 177 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 555,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 337

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 177 名订阅者。

根据 15 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 098,过去 24 小时变化为 -63,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 34.45%。内容发布后 24 小时内通常能获得 11.43% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 11 776 次浏览,首日通常累积 3 906 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 38

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

凭借高频更新(最新数据采集于 16 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 177
订阅者
-6324 小时
-2777
-1 09830
帖子存档
Pulli Gap
34 177
Siz qanday qilib soxta pulni haqiqiysidan ajratishni bilasizmi? Buning turli xil usullari mavjud. Bugun ular haqida gaplashamiz) Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni botimizga ulashing! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Bizga doimiy kelib tushadigan savollardan biri — bu bankdan kredit olish foydaliroqmi yoki do‘konni o‘zida “rassrochka”dan fo
Bizga doimiy kelib tushadigan savollardan biri — bu bankdan kredit olish foydaliroqmi yoki do‘konni o‘zida “rassrochka”dan foydalanish? Keling buni aniq misol bilan ko‘rib chiqamiz. Kredit bo‘yicha foizlar kredit qoldig‘iga nisbatan yuritiladi. Tushinarliroq bo‘lishi uchun foizlarni qoldiqqa nisbatan emas, kredit miqdoriga nisbatan hisoblaymiz. “Rassrochka” Dastlab “rassrochka”dan boshlaymiz. O‘zbekistondagi elektron do‘konlardan biriga kiramiz, bizga kerak bo‘lgan kir yuvish mashinasini topamiz. Uning narxi deyarli 6,5 mln (6 589 000) so‘m ekan. 12 oyga eng arzon muddatli to‘lovni tanlaymiz. Jami biz bir yilda 6,5 mln so‘mlik konditsioner uchun 9 mln 389 ming so‘m to‘lar ekanmiz. Bu bir yilda texnika narxiga nisbatan 42,4 foiz ko‘proq to‘laysiz degani. Bank krediti Endi O‘zbekistondagi banklardan biridagi iste’mol krediti bilan qiziqamiz. Kredit qoldig‘iga nisbatan hisoblanganda iste’mol kreditining yillik foiz stavkasi 21 foiz. Kredit kalkulyatorga kir mashina uchun kerak bo‘lgan 6 589 000 so‘mni kiritamiz. Bir yil ichida kreditni 7 mln 362 ming so‘m qilib qaytarar ekanmiz. Bu bir yilda konditsioner narxiga nisbatan 11,7 foiz ko‘proq to‘laysiz degani. Qaysi biri foydali? Bundan kelib chiqadi-ki, bank krediti muddatli to‘lovga nisbatan ancha foydaliroq. Biroq bankdan kredit olishda rasmiy ish joyi, kafil, garov yoki sug‘urta kabi talablar bo‘lishi mumkin. Chuni bank mijoz qarzni qaytarishiga maksimal ishonch hosil qilishni xohlaydi. Do‘konda “bo‘lib to‘lash” xizmatidan foydalanganingizda esa sizdan faqat passport so‘raladi. Bank krediti va “rassrochka” o‘rtasidagi farq haqida ushbu videomiz orqali ham ma’lumot olishingiz mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Ancha vaqtdan buyon uy-joyingizni ta’mirlash haqida o‘ylab yuribsizu, lekin unga yetarli mablag‘ yig‘a olmayabsizmi? Banklar
Ancha vaqtdan buyon uy-joyingizni ta’mirlash haqida o‘ylab yuribsizu, lekin unga yetarli mablag‘ yig‘a olmayabsizmi? Banklar aynan uy-joy ta’miri uchun ipoteka kreditlari ajratadi. Bugun ularni o‘rganib chiqamiz) Sizga bu turdagi ipoteka krediti ajratilishi uchun talablar: 👍 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish; 👍 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lish; 👍 Doimiy daromad manbasiga ega bo‘lish; 👍 Nomida boshqa ipoteka kreditlari bo‘lmasligi kerak. Nega sizga bunday kredit ajratilmasligi mumkin? Bank kredit ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilishi uchun sizning kredit tarixingiz ijobiy bo‘lishi kerak. Bu degani, siz boshqa kreditlaringiz bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lishingiz, muddati o‘tgan joriy qarzdorligingiz bo‘lmasligi zarur. Oylik daromadim kredit qarzdorligini qoplashga yetmasachi? Agar sizning oylik daromadlaringiz kredit to‘lovlariga yetmasa o‘zingiz bilan yashaydigan, doimiy daromadga ega bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizni sherik qarzdor qilishingiz mumkin. Bunda, ular ham siz bilan teng miqdorda kreditning barcha to‘lovlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Talab etiladigan hujjatlar: 👍 ariza; 👍 pasport nusxasi (qarzdor va birgalikda qarz oluvchilar); 👍 daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (qarzdor va birgalikda qarz oluvchilar); 👍 pudrat tashkiloti bilan shartnoma. Qaysi banklar uy-joy ta’miri uchun ipoteka kreditlari ajratayotgani, uning muddati va miqdorini bilmoqchimisiz? Unda ma’lumotimizni do‘stlaringizga ham ulashing, bu bizni kelgusi postlarimizni yozish uchun ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Nima uchun bank sizga kredit bermasligi mumkin? Buninga asosiy sabablaridan biri — yomon kredit tarixi. Xo'sh, o‘zi aslida kredit tarixi nima va nega u bunchalik muhim? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
🏘 Xabaringiz bor, ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi. Subsidiya aslida nima ekani, shartlar
🏘 Xabaringiz bor, ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi. Subsidiya aslida nima ekani, shartlari va talablari bilan tanishing👇

Pulli Gap
34 177
Valyuta konversiyasi nima? Valyuta — davlatning pul birligi. Valyuta konversiyasi — bir mamlakat valyutasini boshqa davlat va
Valyuta konversiyasi nima? Valyuta — davlatning pul birligi. Valyuta konversiyasi — bir mamlakat valyutasini boshqa davlat valyutasiga ayirboshlashdir. Ushbu ayirboshlash turli xil maqsadlarda amalga oshiriladi. Masalan, u boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-sotiq qilish, shuningdek, boshqa davlatlardagi onlayn do‘konlardan tovarlar sotib olish imkonini beradi. Nega valyuta konversiyasida kurs har xil bo‘ladi? Chunki valyuta ayirboshlash to‘lovlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi banklarning kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash uchun komissiya olinishi mumkin. Ayirboshlashda nimalarga e’tibor berish zarur? Chet el valyutasida to‘lovni amalga oshirishdan oldin, ayirboshlash kursi hamda komission to‘lovlarga aniqlik kiritish tavsiya etiladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Omonat ochish pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri. U orqali siz ishlayotganingizda p
Omonat ochish pul tejash va jamg‘armalarni ko‘paytirishning eng ishonchli usullaridan biri. U orqali siz ishlayotganingizda pullaringiz ham siz uchun ishlaydi! Bugun biz sizlarga banklarda taklif etilayotgan eng yuqori foizli omonatlarni bir joyga to‘pladik) 🏦 Agrobank: Foiz — 23 foiz; Muddat — 13 oy; Eng kam miqdor — 500 ming so‘m. Batafsil 🏦 Anorbank: Foiz — 25 foiz; Muddat — 24 oy; Eng kam miqdor — 1 mln so‘m. Batafsil 🏦 Davr bank: Foiz — 26 foiz; Muddat — 13 oy; Eng kam miqdor — 1 mln so‘m. Batafsil 🏦 Garant bank: Foiz — 25 foiz; Muddat — 13 oy; Eng kam miqdor — 1mln so‘m. Batafsil 🏦 Kapitalbank: Foiz — 25 foizgacha; Muddat — 24 oy; Eng kam miqdor — 1 mln so‘m; Batafsil 🏦Madad Invest bank: Foiz — 24 foiz; Muddat — 13 oy; Eng kam miqdor — 1 mln so‘m. Batafsil 🏦 MKBank: Foiz — 23 foizgacha; Muddat — 12-24 oy; Eng kam miqdor — 100 ming so‘m. Batafsil 🏦 TBC bank: Foiz — 25 foiz; Muddat — 13-24 oy; Eng kam miqdor — 100 ming so‘m; Batafsil 🏦 Turon bank: Foiz — 23,2 foiz; Muddat — 18 oy; Eng kam miqdor — 500 ming so‘m. Batafsil 🏦 Trast bank: Foiz — 23 foiz; Muddat — 24 oy; Eng kam miqdor — 500 ming so‘m. Batafsil 🏦Ziraat bank: Foiz — 24 foiz; Muddat — 24 oy; Eng kam miqdor — 3 mln so‘m. Batafsil Omonatlar aslida nima ekanligi, ularning talab va shartlarini bilish uchun videomizni tomosha qiling! Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Hammamiz bilamiz-ki, avtomobil boshqarish oqibatida turli xil jarimalarga tushish mumkin. Xoʻsh, sizda jarima bor yoki yoʻqligini qanday qilib tekshirsa boʻladi? Bugun shu savolga birgalikda javob topamiz. Videomizni tomosha qiling va uni doʻstlaringizga ulashing!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Obunachilarimiz loyihamizga eng ko‘p bir savol bilan murojaat qilishadi. Keling, bugun unga birgalikda javob topamiz) Bankdan
Obunachilarimiz loyihamizga eng ko‘p bir savol bilan murojaat qilishadi. Keling, bugun unga birgalikda javob topamiz) Bankdan kredit olayotib uni qaysi usulda so‘ndirish haqida bosh qotirganmisiz? Xo‘sh, annuitet yoki differensial — qay biri foydaliroq? Annuitet to‘lov usuli Annuitet usulda siz kreditingiz uchun har oy bir xil summada to‘lovlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Bunda asosiy qarz va foiz summasi har oyda o‘zgarsa ham, umumiy to‘lov miqdori o‘zgarishsiz qolaveradi. Aytaylik, siz bankdan bir yil muddatga 27 foiz stavkasida 10 mln so‘m kredit oldingiz. Bunda sizning oylik to‘lovingiz taxminan 960,1 ming so‘mdan bo‘ladi. Yakunda esa bankka umumiy 11 mln 522 ming so‘m miqdorida kredit to‘lagan bo‘lasiz. Differensial to‘lov usuli Ushbu uslubda siz har oyda kredit uchun uning summasidan kelib chiqib bo‘lingan miqdorlarda to‘lovlarni amalga oshirasiz. Bunda har oy asosiy qarz bo‘yicha bir xil summa to‘lab boriladi, foiz to‘lovlari esa kredit qoldig‘i kamayib borishi bilan birga asta-sekin kamayib boradi. Ya’ni birinchi oylarda to‘lov miqdori yuqori bo‘ladi va har oy kamayib boradi. Deylik, siz yuqoridagi shartlarda yana kredit oldingiz. Bu safar kreditni differensial usulda so‘ndirib bormoqchisiz. Demak, sizning birinchi oylik to‘lovingiz qariyb 1 mln 63 ming so‘mni tashkil etadi va bu miqdor har oyda kamayib, 12-oyga yetganda deyarli 853 ming so‘mga tushadi. Shunday qilib yakunda siz bankka taxminan 11 mln 467 ming so‘m miqdorida kredit to‘lagan bo‘lasiz. Qaysi biri foydali? Solishtiruv natijalaridan kelib chiqadi-ki, differensial to‘lov usuli annuitetga nisbatan qariyb 55 ming so‘mga foydaliroq bo‘ldi. Ya’ni birinchi holatda to‘lovlar miqdori birmuncha ko‘proq. *ushbu hisob-kitoblar axborot beruvchi xarakterga ega va sizni qiziqtirgan bankning hisob-kitoblaridan farq qilishi mumkin TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlangani ma’lum qilindi. Mamlakatda daromadi yuqor
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlangani ma’lum qilindi. Mamlakatda daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muhtoj aholi uchun ipoteka kreditlari asosida subsidiya ajratiladi. Subsidiya — ipoteka krediti orqali uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘. Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas. Masalan, siz yillik 18 foizga ipoteka krediti olgan boʻlsangiz, dastlabki besh yil mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foiz qismini oʻz hisobingizdan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida toʻlashingiz mumkin boʻladi. Uy joy sotib olishda davlatdan subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki oilaning oylik daromadi quyidagicha boʻlishi kerak: 👍 Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 8 barobarigacha, yaʼni 2 940 000 soʻmdan 7 840 000 soʻmgacha boʻlishi kerak. 👍 Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 9,2 barobarigacha boʻlishi kerak. Yaʼni 2 940 000 soʻmdan 9 016 000 soʻmgacha. 2023-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 mingni tashkil etmoqda. Subsidiya uchun ariza Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin. Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin: 👍 ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi; 👍 taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi; 👍 joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida; 👍 oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi; Subsidiya berish tartibi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Ayriboshlash haqida eshitganmisiz? Sizningcha, pul paydo bo‘lishidan oldin odamlar to‘lovlarni qanday amalga oshirgan? Bugun shu mavzu haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Qaysi biri foydaliroq:
Anonymous voting

Pulli Gap
34 177
Qanday hollarda banklar sizga kredit ajratmasligidan xabaringiz bormi? Bugun sizlar bilan shu vaziyatni o‘rganib chiqamiz) Videomiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

Pulli Gap
34 177
Bank yacheykasi — bu bankdagi seyf. U zirhli eshik, qo‘riqlash tizimi, signalizatsiya va videokuzatuv bilan jihozlangan xonad
Bank yacheykasi — bu bankdagi seyf. U zirhli eshik, qo‘riqlash tizimi, signalizatsiya va videokuzatuv bilan jihozlangan xonada himoyalanadi. Shu tufayli qimmatbaho buyumlariningiz uyingizdan ko‘ra, bunday yacheykalarda xavfsizroq bo‘ladi. Siz uni qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz saqlash uchun ijaraga olishingiz mumkin: pul, zargarlik buyumlari, qimmatbaho tangalar to‘plami va shu kabilarni. Ijaraga olish muddati 1 kundan 3 yilgacha muddatda bo‘lishi mumkin. Bank yacheykalarida qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘larini saqlash sizga daromad olib kelmasligi mumkin, lekin ulardan pul mablag‘larini saqlash va yirik amaliyotlarni, masalan uy-joy oldi-sotdisi vaqtida foydаlanganda xavfsizlikni to‘liq ta’minlash jihatidan juda asqotadi. Ularning narxi sizga kerakli seyfning o‘lchamiga qarab, 70 ming so‘mdan 165 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bank yacheykalarining asosiy afzalligi sirasiga xavfsizlik va daxlsizlik kiradi va ma’lumotlaringiz bank siri sifatida qaraladi, hech kimga oshkor etilmaydi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Biz so‘rovnomalarimizni davom ettiramiz! Siz nechta savolimizga javob bera olaman deb o‘ylaysiz? Pul yoki kitob? Xo‘sh, qaysi birini tanlagan bo‘lar edingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Startap ingliz tilidan tarjima qilinganda “boshlovchi, boshlang‘ich” ma’nolarini anglatuvchi, faoliyati boshlanganiga oz mudd
Startap ingliz tilidan tarjima qilinganda “boshlovchi, boshlang‘ich” ma’nolarini anglatuvchi, faoliyati boshlanganiga oz muddat o‘tgan kompaniya yo tashkilotni anglatadi. Demak, startap — yangi tashkil etilgan, muammoni hal etish yoki muayyan bozor talabini qondirishga qaratilgan innovatsion biznes. Startaplar odatda, texnologiyaga asoslangan sohalarda tashkil etilib, yuqori o‘sish potentsialiga ega bo‘ladi. Startaplar ko‘pincha innovatsion g‘oyalari, mahsulotlari yoki biznes modellari orqali bozorga butunlay yangi yo‘nalishlarni olib kirishga intiladi. Jahon tajribasida ko‘plab startap asoschilari birinchi mablag‘ni do‘stlari, oila a’zolari yoki tanish insonlaridan olib ish boshlaydi. Bu tizimni FFF ko’rinishda ta’rfilanadi. Friends, Family, Fools — sizni g’oyangiz uchun eng birinchi pul tikadigan insonlar. Umuman olganda, startaplar dunyoning ko‘plab sohalarida innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratishda muhim rol o‘ynaydi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Gaz, suv, svet va boshqalar uchun to‘lovlarni davlat idoralariga borib to‘lash ko‘p vaqt olishi hammaga ma’lum. Endilikda u muammo emas, uydan chiqmasdan turib kommunal to‘lovlarni amalga oshiring. Bu uchun sizdan mobil telefon va internet talab qilinadi, xolos) Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Bugun sizlar bilan komissiyasiz pul o‘tkazish ilovalari haqida gaplashamiz. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Aholimizning moliyaviy savodxonlik darajasi qanday deb o‘ylaysiz? Jamoamiz bilan shuni tekshirishga harakat qildik. Xo'sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Kredit kartasi nima? Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlarga to‘lash ishlatiladigan bo
Kredit kartasi nima? Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlarga to‘lash ishlatiladigan bo‘lgan bank kartasidir. Kredit kartasida shaxsiy mablag‘larni saqlab (to‘plab) to‘plab bo‘lmaydi. Ular qanday paydo bo‘lgan? Bugungi kunda biz bilgan kredit kartasining birinchi namunasi sifatida ko‘pincha 1949-yilda “Diner’s Club”ni yaratgan Frenk MakNamara va uning biznes sherigi Ralf Shnayderning tashabbusi eslanadi. Ta’kidlanishicha, Frenk MakNamara Nyu-York shahridagi restoranlardan birida ovqatlanib bo‘lgach, hamyonini uyida unutib qoldirganini tushinib yetadi va hisobni to‘lay olmaydi. Aytilishicha, MakNamara yegan taomlari pulini restoranda idish-tovoq yuvish orqali to‘lamaslik uchun kelishuv imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, u voqeaning ertasiga hisobni to‘lash uchun restoranga qaytishi kerak bo‘lgan. Ushbu voqea MakNamaraga birinchi kredit karta g‘oyasini berdi va u Diner’s Club’ni tuzdi. Ushbu klub 27 restoranni qamrab olib, u yerda foydalanishi mumkin bo‘lgan karton kartalarni ishlab chiqargan. Diner’s Club tashkil etilganda, uning bor yo‘g‘i 200 a’zosi bo‘lgan. Ular ham asosan Shnayder va MakNamaraning do‘st va tanishlari edi. Ikki yil ichida esa ular AQSH bo‘ylab hayratlanarli darajada ko‘payib ketadi va 42 mingga yetadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap - Telegram 频道 的统计与分析