es
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Canal cerrado

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Pulli Gap

El canal Pulli Gap en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 34 177 suscriptores, ocupando la posición 3 555 en la categoría Economía y Finanzas y el puesto 2 337 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 34 177 suscriptores.

Según los últimos datos del 15 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -1 098, y en las últimas 24 horas de -63, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 34.45%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 11.43% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 11 776 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 906 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 38.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 16 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Economía y Finanzas.

34 177
Suscriptores
-6324 horas
-2777 días
-1 09830 días
Archivo de publicaciones
Pulli Gap
34 177
Koʻpchilik “birgalikda qarz oluvchi” va “kafil” tushunchalarini adashtirib yuboradi. Aslida bu ikkalasi mohiyatan oʻxshash boʻlsada, boshqa-boshqa narsa. Xoʻsh, siz ular oʻrtasidagi farqni bilasizmi? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Biz aloqa botimizga kelib tushayotgan savollarga javob berib bormoqdamiz. Ulardan eng qiziqlarini sizga ham taqdim etamiz. Me
Biz aloqa botimizga kelib tushayotgan savollarga javob berib bormoqdamiz. Ulardan eng qiziqlarini sizga ham taqdim etamiz. Mening nomimda kredit bor, yana qo‘shimcha kredit olsam bo‘ladimi? — Ha, agar sizning kredit tarixingiz yaxshi bo‘lsa, shuningdek, qarz yuki ko‘rsatkichingiz belgilangan me’yor doirasida bo‘lsa yana qo‘shimcha kredit olishingiz mumkin. Salbiy kredit tarixi Ma’lumot uchun, odatda kredit tarixi quyidagi 3ta holatda salbiy hisoblanadi: 👍 Kredit to‘lovlari ketma-ket 3 oy kechiktirilib to’lansa; 👍 Muddati o‘tgan qarzdorlikni so‘ndirish masalasi bank tomonidan sudga oshirilsa; 👍 Muddati o‘tgan qarzdorlik bank zarari hisobidan qoplansa. Qarz yuki ko‘rsatkichi nima? Qarz yuki ko‘rsatkichi deganda qarz oluvchining kredit yoki mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining uning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Qarz yuki ko‘rsatkichi ipoteka kreditlari bo‘yicha 70 foizdan, mikroqarzlar, avtokreditlar va boshqa kreditlar turlari bo‘yicha 50 foizdan oshmasligi zarur. Masalan, sizning oylik daromadingiz 2,8 mln so‘m deb olaylik. Siz kreditingiz uchun oyiga 700 ming so‘m to‘lov qilasiz. Demak, sizning qarz yuki ko‘rsatkichingiz 25 foizni tashkil qiladi. Bu degani sizning kredit tarixi ijobiy bo‘lsa, belgilangan qarz yuki ko‘rsatkichi me’yorlari doirasida qo‘shimcha kredit olishingiz mumkin. Kredit tarixi, u qanday hisoblanishi va uni qayerdan olish mumkinligi haqida videomizdan batafsil ma’lumot oling. Salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin? Bu savolga javobni ushbu postimizdan toping. Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Omonatlar pul jamgʻarishning eng yaxshi usullaridan biriligi haqida gaplashgan edik. Lekin ular qanchalik ishonchli? Bankka omonat qoʻysangizu, u yopilib ketsa, pullaringizni qaytib ololasizmi? Keling, bugun shu mavzuni oʻrganib chiqamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Hammamizga ma’lumki, kredit tarixi — bu sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan qancha kredit olganingiz, uni qanday to‘
Hammamizga ma’lumki, kredit tarixi — bu sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan qancha kredit olganingiz, uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumotdir. Agar kredit olib, uni o‘z vaqtida to‘lab bormagan bo‘lsangiz, kredit tarixingiz yomonlashadi. Yomon kredit tarixi esa banklar tomonidan sizga qayta kredit berilmasligiga sabab bo‘ladi. Kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Demak, qarzingizni har bir kechiktirib to‘lagan paytlarning hammasi 5 yilgacha saqlanib qoladi. Bu esa, 5 yilgacha kredit ololmasligingizga sabab bo‘lishi mumkin degani. Xo‘sh, qanday qilib yomon kredit tarixini yaxshilash mumkin? Yomon kredit tarixidan chiqish uzoq vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi. Buning uchun siz, eski qarzdorliklaringizni yopib, kichikroq kredit muassasidan, mikrokredit tashkilotlaridan kredit olishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin. Masalan, muddatli to‘lovga texnika olsangiz bo‘ladi. Agarda kredit ololsangiz, uni o‘z vaqtida, qat’iy ravishda kredit jadvaliga rioya qilib to‘lab borishingiz kerak bo‘ladi. Imkoningiz bo‘lsa, ularni muddatidan oldin to‘lang. Bu orqali siz o‘zingizni intizomli mijoz sifatida namoyon etasiz. Shunday qilib, sizning kredit tarixingiz asta-sekinlik bilan yaxshilanadi. Kredit tarixi, u qanday hisoblanishi va uni qayerdan olish mumkinligi haqida videomizdan batafsil ma’lumot oling. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Avvalgi videolarimizda omonat nimaligi haqida to‘xtalgan edik. Bugun esa omonat ochishdagi eng muhim jihatlar, o‘zi nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rganib chiqamiz. Video yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringizga ham ulashing!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Botimizga kelib tushgan savollar tufayli, “bola puli” mavzusini davom ettiramiz) Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan ke
Botimizga kelib tushgan savollar tufayli, “bola puli” mavzusini davom ettiramiz) Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib, 12 oy muddatga tayinlanadi. Biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi. Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri 3 yoshdan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi. O‘zi “bola puli” qancha? 👍 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun; 👍 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun; 👍 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha; 👍 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha. Bola puli naqd shaklda to‘lanadimi yoki plastik kartalar orqalimi? Bolalar nafaqasi, shuningdek, moddiy yordam “Xalq banki”ning filiallari orqali naqd pul shaklida yoki mablag‘ni naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan aholining bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi. “Bola puli” tayinlash qay hollarda rad etiladi? Oila a’zolari orasida: 👍 rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan, 👍 oxirgi 6 oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan, 👍 mehnat organlarida hisobda turmagan, 👍 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan, 👍 haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila aʼzosi mavjud bo‘lgan hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad qilinadi. Ushbu talab bola 3 yoshga to‘lgunicha parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi. “Bola puli” aslida nima ekani, uni olish uchun qayerga murojaat qilish kerakli va talablari haqida ushbu postimizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Sizning rasmiy daromadingiz yo'q, lekin ipoteka krediti olmoqchimisiz? Biz sizlar uchun shunday kredit ajratayotgan banklarni
Sizning rasmiy daromadingiz yo'q, lekin ipoteka krediti olmoqchimisiz? Biz sizlar uchun shunday kredit ajratayotgan banklarni topdik. Ro'yxat bilan tanishing👇

Pulli Gap
34 177
Oramizdagi aksariyat odamlar kredit va lizingni bir xil deb o‘ylashadi. Ammo ular orasida yetarlicha farq bor. Keling bugun sizlar bilan lizing nima ekani, uning shartlari haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Botimizga “Bola puli” haqida ham ma’lumot berishimizni so‘rab ko‘plab kuzatuvchilarimiz murojaat qildi. Bugun shu mavzuni o‘r
Botimizga “Bola puli” haqida ham ma’lumot berishimizni so‘rab ko‘plab kuzatuvchilarimiz murojaat qildi. Bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz) Bizda bolalar nafaqasi olishni istovchi yosh oilalar ko‘p. Ammo, nafaqa puli tayinlanishni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning hammasiga bu pul berilavermaydi. Ularning ham turlari mavjud: — kichik yoshdagi bolalar uchun 3 yoshgacha nafaqa; — 18 yoshgacha bolalar nafaqasi va moddiy yordam puli. Qanday holatlarda nafaqa berilmaydi? Nafaqa tayinlashda oila a’zolarining o‘rtacha daromadi hisobga olinadi. Masalan, oilada faqat ota ishlasa, uning oylik maoshi oila a’zolariga teng taqsimlanadi, o‘rtacha daromad 568 ming so‘mdan ortiq bo‘lsa, nafaqa berish rad qilinadi. Aksincha, oila a’zolarining o‘rtacha daromadi 568 ming so‘mdan kam bo‘lsa, nafaqa tayinlanadi. Agar oilada yolg‘iz o‘zi farzandini tarbiyalayotgan onalar bo‘lsa, bunday oilaga nafaqa tayinlashda yengilliklar berilgan. Shuningdek, ishlab chiqarilganiga yetti yildan oshmagan avtomashina egalariga, traktor yoki og‘ir avtomashinalari bor kishilarga ham nafaqa tayinlanmaydi. Bundan tashqari, oila a’zolaridan birining eng kam ish haqining 5 barobari yoki undan ortiq miqdorda banklarda qo‘yilgan omonatlari bo‘lsa, ularning nomida ikki va undan ortiq miqdorda ko‘chmas mulk bo‘lsa, nafaqa tayinlanmaydi. Nafaqa olish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar MFYlariga topshiriladi. MFY ariza berilgan oyning 19-sanasigacha barcha arizalarni jamlab Pensiya jamg‘armasiga topshiradi. Pensiya jamg‘armasi tomonidan ularning ma’lumoti yagona reyestr dasturiga kiritiladi. Bu yerda inson omili qatnashishi cheklangan. Mahalla ham, pensiya jamg‘armasi ham birovga yordam berib yoki uning nafaqasini rad qila olmaydi. Bunda yagona reyestr dasturi vazirliklar, idoralar ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan. Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Sizning ham qulog‘ingizga tez-tez Islom moliyasi atamasi chalinib turadimi? Xo‘sh, Islom moliyasi o‘zi nima va uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor? Bugun sizlar bilan shu mavzuni o‘rganib chiqamiz! Videomizni tomosha qiling va uni yaqinlaringizga ulashing) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Hozirgi kunda uy xarid qilish uchun uzoq vaqt pul jamg‘arishga to‘g‘ri keladi. Bu uchun sizda vaqt bo‘lmasa-chi? Unda sizlarg
Hozirgi kunda uy xarid qilish uchun uzoq vaqt pul jamg‘arishga to‘g‘ri keladi. Bu uchun sizda vaqt bo‘lmasa-chi? Unda sizlarga ipoteka kreditlari yordamga keladi. Bugun biz sizlarga rasmiy daromadingiz bo‘lmasa ham ajratilayotgan ipoteka kreditlari ro‘yxatini tayyyorladik. 🏦 Hamkorbank Foizi — 18-19,5 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha; Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz; Batafsil 🏦 Ipoteka bank Foizi — 17-18 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha; Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz; Batafsil 🏦 Mikrokreditbank Foizi — 17,5-18 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha; Boshlang‘ich to‘lov — 15-30 foiz; Batafsil 🏦 Turon bank Foizi — 16-17,5 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 416,5 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 50-70 foiz; Batafsil 🏦 Xalq banki Foizi — 17-17,5 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 416,5 mln so‘mgacha; Boshlang‘ich to‘lov — 30-40 foiz; Batafsil Ipoteka krediti olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi, shartlari va talablari qanday? Bu haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun videomizni tomosha qiling. Qanday qilib pastroq foizli ipoteka kreditlarini olish haqida esa ushbu videomizda ma’lumot beriladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Ipoteka krediti olmoqchisiz, lekin ayrim banklardagi kreditlar qimmatlik qilyaptimi? Biz sizga kamroq foizli ipoteka kreditlari haqida ma'lumot beramiz va qanday qilib ularni olish mumkinligini tushuntiramiz. Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni botimizga ulashing! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Sentabr—oktabr oylari davomida “Pulli gap” loyihamiz doirasida taqdim etilgan foydali videolarimizni bir joyga jamladik: 👍 UzCard va Humo bankomatlaridan istalgan karta orqali pul yechib olish; 👍 Banklardan avtokredit olish tartibi; 👍 Lombardlar va ularning faoliyati; 👍 Lombardlarda qanday qilib mikroqarz olish mumkin?; 👍 Qanday qilib ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish mumkin?; 👍 Bank krediti yoki “rassrochka”?; 👍 Qanday qilib komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin?; 👍 Nima uchun banklar sizga kredit bermaydi? 👍 Qanday qilib uydan chiqmasdan jarimalarni to‘lash mumkin?; 👍 Kredit tarixi nima va nega u bunchalik muhim?; 👍 Soxta pulni haqiqiysidan ajratish haqida; 👍 Mikroqarz o‘zi nima? Qiziqarli videolarimizni tomosha qiling. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Obunachilarimizning so‘roviga binoan shu kungacha yozilgan eng foydali postlarimizni bir joyda to‘pladik. 👍 Banklardagi eng foydali omonatlar reytingi; 👍 Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish jarayoni; 👍 Birlamchi bozor uchun eng manfaatli avtokreditlar; 👍 Ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan avtokreditlar; 👍 Boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar; 👍 Eng past foizdagi ipoteka kreditlari; 👍 So‘m va dollardagi omonatlardan keladigan foydaning farqi; 👍 Bank krediti yoki “rassrochka”? 👍 Annuitet yoki differensial — qay biri foydaliroq? Ma’lumotlarimizni o‘qing. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
O‘zbekiston banklarida taqdim etilayotgan mikroqarzlar sizga qisqa muddatda har qanday maqsadlar uchun pul mablag‘larini tez
O‘zbekiston banklarida taqdim etilayotgan mikroqarzlar sizga qisqa muddatda har qanday maqsadlar uchun pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi. Biz siz uchun eng manfaatli mikroqarzlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzdik) 🏦 Agrobank 👍 Mobil ilova orqali: Foizi — 27,99 foiz; Muddati — 2 yil; Miqdori — 30 mln so‘mgacha. 👍 Bank orqali: Foizi — 27-28 foiz; Muddati— 2-3 yil; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. Batafsil 🏦 Biznesni rivojlantirish banki 👍 Mobil ilova orqali: Foizi — 28 foiz; Muddati — 12 oygacha; Miqdori — 8 mln so‘mgacha; 👍 Bank orqali: Foizi — 26-27.99 foiz; Muddati — 12-24 oy; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. Batafsil 🏦 Mikrokreditbank 👍 Mobil ilova orqali: Foizi — 24-27 foiz; Muddati — 3-12 oy; Miqdori — 5 mln so‘mgacha. 👍 Bank orqali: Foizi — 26-28 foiz; Muddati — 12-36 oy; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. 👍 Budjet tashkilot xodimlari uchun: Foizi — 23-25 foiz; Muddati — 12-36 oy; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. Batafsil 🏦 Trastbank 👍 Mobil ilova orqali: Foizi — 28 foiz; Muddati — 12 oy; Miqdori — 20 mln so‘mgacha 👍 Bank orqali: Foizi — 23.99-27,99 foiz; Muddati — 12-36 oy; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. Batafsil 🏦Ziraat bank Foizi — 23,75-26 foiz; Muddati — 12-36 oy; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. Batafsil 🏦 O‘zmilliybank Foizi — 26-28 foiz; Muddati 24-36 oy; Miqdori — 50 mln so‘mgacha. Batafsil Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida videomizdan ma’lumot oling! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Inson hayoti davomida bir marotaba bo‘lsa ham kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday vaqtlarda har doim ham yaqinlardan qarz olish yechim bo‘la olmaydi. Xo‘sh, nima qilish mumkin? O‘zbekiston banklari bunday vaziyatlarga yechim sifatida mikroqarzlarni taklif etadi. Bu sizga qisqa muddatda har qanday maqsadlar uchun pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi. Bugungi videomiz aynan shu haqida) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
Esingizda bo‘lsa, sizlarni kredit kartalari tarixi bilan tanishtirib o‘tgan edik. Bugun esa shu mavzudagi obunachilarimizning
Esingizda bo‘lsa, sizlarni kredit kartalari tarixi bilan tanishtirib o‘tgan edik. Bugun esa shu mavzudagi obunachilarimizning savoliga javob beramiz. Kredit kartani qanday tanlash mumkin? 💳 Kredit kartasi — bank limiti doirasida istalgan maqsadlar uchun pul ishlatish huquqini beruvchi bank kartasi. Kredit kartasi juda qulay instrument bo‘lib, u ko‘p holatlarda sizni “qutqarib” qolishi mumkin. Faraz qiling, oylik olishingizga yana 3 kun qoldi, lekin pulingiz allaqachon tugagan. Bunday paytlarda boshqalardan qarz so‘rash o‘rniga kredit kartangizdan foydalanib turingiz mumkin bo‘ladi. Biroq, uni tanlashda siz o‘zingizga eng muhim savolni berishingiz kerak: kredit kartasi sizga haqiqatan ham kerakmi? Kredit karta eng “qimmat” kredit turlaridan biridir. Qarzni o‘z vaqtida to‘lash uchun siz intizomli bo‘lishingiz, shuningdek, muntazam daromadga ega bo‘lishingiz kerak. Agar kredit karta olishga qaror qilgan bo‘lsangiz turli banklarning takliflarini o‘rganing va shartlarini taqqoslang. Kredit limiti Bu bank sizga taqdim etishga tayyor bo‘lgan summa. Agar siz allaqachon bank mijozi bo‘lsangiz va o‘zingizni to‘lovga qodir mijoz ekanligingizni isbotlagan bo‘lsangiz (masalan, ijobiy kredit tarixi orqali), kredit limiti yuqoriroq bo‘ladi. Imtiyozli davr Bu mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanmaydigan davr. Odatda bu 30-60 kunni tashkil etadi. Shuningdek, u: 👍 xaridlarni amalga oshirish vaqti (odatda bir oy); 👍 pulni qaytarishingiz kerak bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Kartadan foydalanish xarajatlari Bunga quyidagilar kiradi: 👍 kreditdan foydalanganlik uchun foizlar; 👍 yillik texnik xizmat haqi; 👍 pul o‘tkazmalari, bankomatidan naqd pul yechib olish uchun komissiya. Shartnomadagi xarajatlar to‘g‘risidagi bandni diqqat bilan o‘qing. Bank xodimiga savol berishdan tortinmang. Keyingi postlarimizda O‘zbekiston banklarida taklif etilayotgan kredit kartalari, ularning foiz va talablari haqida ma’lumot beramiz. Savol yo‘llash uchun bot — @pulligap_bot TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 177
💸 Omonat ochish pulingizni tejash va jamg‘armangizni ko‘paytirishning eng ishonchli usuli. Biz siz uchun eng yuqori foizlard
💸 Omonat ochish pulingizni tejash va jamg‘armangizni ko‘paytirishning eng ishonchli usuli. Biz siz uchun eng yuqori foizlarda omonat ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzdik. Tanishing👇