💳
PIN-kod: Kartani qanday himoya qilish kerak?
Moliyaviy xavfsizlik — zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri. Ayniqsa, bank kartasidan foydalanayotganda PIN-kod himoyasi katta ahamiyatga ega.
Keling, avvalo PIN-kod nima ekanini bilib olamiz:
🛡
PIN-kod (Personal Identification Number) — bu sizning bank kartangiz yoki moliyaviy hisobingizni himoya qiluvchi shaxsiy identifikatsiya raqami. Odatda 4 yoki 6 ta raqamdan iborat bo‘lib, ushbu kod sizning hisobingizni tasdiqlash va mablag‘laringizni begonalardan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Kartangiz uchun PIN-kod xavfsizligini ta’minlashning 5 ta asosiy qoida:
👍
PIN-kodingizni hech kimga oshkor qilmang
Hech qachon PIN-kodingizni do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz yoki tanishlaringizga aytmang. Uni qog‘ozga yozib qo‘yish yoki telefoningizga saqlash ham xavf tug‘dirishi mumkin.
👍
Oddiy kombinatsiyalardan voz keching
1234, 0000, 1111 yoki tug‘ilgan sana kabi taxmin qilish oson bo‘lgan raqamlardan foydalanmang. Yaxshisi, faqat o‘zingiz biladigan murakkab raqam kombinatsiyasini tanlang.
👍
PIN-kodingizni vaqti-vaqti bilan almashtiring
Har 3-6 oyda PIN-kodingizni yangilash odatini shakllantiring. Bu sizning hisobingizni firibgarlardan yanada ishonchli himoya qiladi.
👍
Bankomat va to‘lov terminallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalaning
PIN-kodni kiritayotganda klaviaturani qo‘lingiz bilan berkitib, atrofingizda begona yoki shubhali odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
👍
Karta tranzaksiyalarini doimiy kuzatib boring
Hisobingizda g‘ayrioddiy yoki ruxsatsiz tranzaksiyalarni sezsangiz, darhol bank bilan bog‘laning va kartangizni bloklashni so‘ranging.
🔐Unutmang: PIN-kod — bu sizning moliyaviy xavfsizligingizning birinchi qalqoni. Uni to‘g‘ri va ehtiyotkor saqlash orqali siz nafaqat mablag‘laringizni, balki tinchligingizni ham himoya qilasiz.
Ushbu postni PIN-kodi 4 ta bir xil raqamdan iborat tanishingizga yuborib qo‘ying 😉
Telegram •
Instagram •
YouTube •
TikTok