es
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Canal cerrado

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Pulli Gap

El canal Pulli Gap en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 34 187 suscriptores, ocupando la posición 3 557 en la categoría Economía y Finanzas y el puesto 2 331 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 34 187 suscriptores.

Según los últimos datos del 14 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -1 087, y en las últimas 24 horas de -30, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 33.51%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 11.41% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 11 474 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 906 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 38.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 15 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Economía y Finanzas.

34 187
Suscriptores
-3024 horas
-2837 días
-1 08730 días
Archivo de publicaciones
Pulli Gap
34 181
Endi pensiya olish uchun yugur-yugurga hojat yo‘q! 📣 2025-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistonda pensiya tayinlash jarayoni but
Endi pensiya olish uchun yugur-yugurga hojat yo‘q! 📣 2025-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistonda pensiya tayinlash jarayoni butunlay avtomatlashtirildi! 👵 Ayollar 55 yoshga, 🧓 Erkaklar 60 yoshga to‘lsa — pensiya avtomatik tarzda tayinlanadi. ❌ Endi ariza yozish, navbat kutish, hujjat yig‘ish yo‘q! 📲Qanday ishlaydi? Pensiya yoshiga yetganingizda telefoningizga SMS xabar keladi. Agar raqamingiz rasmiy bo‘lmasa, pochta orqali xat yuboriladi. ⁉️ Nega bu muhim? 🔘Ortiqcha qog‘ozbozlik yo‘q 🔘Nafaqa tayinlash — avtomatik 🔘Xizmat – mutlaqo bepul! ✍️ Pensiyani o‘zingiz ham onlayn so‘rashingiz mumkin: Agar siz: ✅ 55-60 yoshdan katta bo‘lsangiz ✅ 54 yoshda bo‘lsangiz va imtiyozli pensiya olmoqchi bo‘lsangiz ✅ Boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironlik pensiyasi olishni xohlasangiz 💻 Bunda my.gov.uz orqali ariza topshirish kifoya: 🔘my.gov.uz saytiga kirasiz 🔘“Pensiya tayinlash” xizmatini tanlaysiz 🔘Ma’lumotlarni to‘ldirib, arizani yuborasiz 🔘 Javob — atigi 10 ish kunida taqdim etiladi Postni pensiyaga chiqayotganlarga yuborib qo‘ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
💳ID kartani 10% chegirma bilan oling — vaqt va pulni tejang! Hali ham oddiy biometrik pasport bilan yuribsizmi? Unday bo‘lsa
💳ID kartani 10% chegirma bilan oling — vaqt va pulni tejang! Hali ham oddiy biometrik pasport bilan yuribsizmi? Unday bo‘lsa, hozir ayni vaqti! my.gov.uz orqali pasportni ID kartaga almashtirish xizmatidan foydalanganda, sizga 10% chegirma taqdim etiladi! 🤔Buning uchun nima qilasiz?my.gov.uz saytiga kiring ➖ “Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang (havola) ➖ Arizani to‘ldiring va shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritasiz ➖ To‘lovni onlayn tarzda amalga oshiring — chegirma avtomatik qo‘llaniladi ➖ So‘ngra fuqarolik holati idorasiga borib, hujjatingizni topshirasiz va yangi ID kartani olasiz 📌 Chegirma faqat onlayn ariza topshirganlarga beriladi!ID karta — nafaqat zamonaviy, balki: ➖ Bank va davlat xizmatlarida to‘liq integratsiyalashgan ➖ Elektron imzo bilan jihozlangan ➖ Xavfsiz va tez o‘qiladigan hujjatdir Bugun ariza topshiring — vaqtni tejang, qulaylikka ega bo‘ling! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🚘Foiz stavkasi eng kam avtokreditlar qaysi banklarda? 👍 Biz O‘zbekiston banklarining birlamchi bozordan avtomobil sotib oli
🚘Foiz stavkasi eng kam avtokreditlar qaysi banklarda? 👍 Biz O‘zbekiston banklarining birlamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun beriladigan kreditlar va eng kam foiz stavkali avtokreditlarni bir yerga jamladik! Sederat Bank 💸Maksimal summa: 400 mln. so'mgacha 🗓Muddat: 3 yil 📈Kredit foizi : 22,5% 💸Boshlang'ich badal: Kаmidа 50% Hamkorbank 💸Maksimal summa: 600 mln. so'mgacha 🗓Muddat: 5 yil 📈Kredit foizi : 23,99% 💸Boshlang'ich badal: 25% Biznesni rivojlantirish banki 💸Maksimal summa: 800 mln. so'mgacha 🗓Muddat: 5 yil 📈Kredit foizi : 23-27% 💸Boshlang'ich badal: 25% Agrobank 💸Maksimal summa: Avtomobilning 75% summasi 🗓Muddat: 4 yil 📈Kredit foizi : 24% 💸Boshlang'ich badal: 25% Garantbank 💸Maksimal summa: Avtomobilning 75% summasi 🗓Muddat: 5 yilgacha 📈Kredit foizi : 24% 💸Boshlang'ich badal: 25% Ma'lumotlarimiz foydali bo'lgan bo'lsa, postimizga layk bosib, yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🏝 Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmalar endi onlayn! ☀️ Farzandingizning yozgi ta’tilini foydali va maroqli o‘tkazishni rejala
🏝 Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmalar endi onlayn! ☀️ Farzandingizning yozgi ta’tilini foydali va maroqli o‘tkazishni rejalashtiryapsizmi? Endi siz my.gov.uz portali orqali oromgohga yo‘llanmani hech qayerga bormasdan onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin! ✅ Barcha oromgohlar ro‘yxati, sana va narxlar — bir joyda! ✅ Tanlov, to‘lov va hujjat — barchasi raqamli ko‘rinishda! 🤔Qanday rasmiylashtiriladi?my.gov.uz saytiga kirishingiz kerak ➖“Oromgohlarga yo‘llanma rasmiylashtirish” xizmatini tanlang ➖Farzandingiz uchun mavsumni, hududni va oromgoh turini tanlang ➖ Shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirib, arizani topshiring ➖ 30 daqiqa ichida onlayn to‘lovni amalga oshiring (agar to‘lanmasa, band bekor qilinadi) ➖ To‘lovdan so‘ng elektron yo‘llanma shakllanadi — uni yuklab olishingiz yoki chop etishingiz mumkin Bu xizmat orqali: ✅ Navbat kutish yo‘q ✅ Hujjat yig‘ib yurish yo‘q ✅ Faoliyat band ota-onalar uchun ideal yechim! ➡️ Tizim ishlashi, mavjud oromgohlar va to‘lovlar haqida to‘liq ma’lumotni my.gov.uz saytida olishingiz mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
❗️Oylik, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10%ga oshadi! ➖ Bu haqda Prezident farmoni imzolandi. Unga ko'ra, joriy yil 1-avgustdan byudjet xodimlarining oylik maoshlari va stipendiyalar, 1-iyuldan boshlab esa pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 1-avgustdan 412 000 so'm etib belgilanadi. Shuningdek: 1️⃣Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming so‘m, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming so‘mni tashkil etadi. 2️⃣Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: ➖ 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m, ➖ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m, ➖oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m; ➖oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m; 3️⃣Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 so‘m etib belgilandi. Bu xushxabarni tanishlaringizga ham yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
💳 Eng yaxshi kredit kartalar: taqqoslaymiz va tanlaymiz! Kredit karta — bu bank tomonidan beriladigan maxsus karta bo‘lib, u
💳 Eng yaxshi kredit kartalar: taqqoslaymiz va tanlaymiz! Kredit karta — bu bank tomonidan beriladigan maxsus karta bo‘lib, uning yordamida siz bank pulidan foydalanib, keyinroq to‘lab berishingiz mumkin. Ya’ni, o‘z hisobingizda pul bo‘lmasa ham xarid qilish yoki xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. 📌Hozirda turli banklarda kredit kartalar bor. Qaysi biri siz uchun mos? Mana shu obzorda kartalarni taqqoslab, sizga qulay variantni topishga yordam beramiz! 🏦 Agrobank – Foiz stavkasi: 27% (Ish haqi loyihasidagi byudjet tashkilotlari xodimlari uchun) 30% (Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganlar uchun) – Muddati: 4 yil – Limit: 100 mln so‘mgacha – Afzalliklari: Xorijda ham foydalanish imkoniyati 🔗 Batafsil 🏦Infin Bank – Foiz stavkasi: 25,55% dan 54,75% gacha – Muddati: 5 yil – Limit: 50 mln so‘mgacha – Afzalliklari: 50 kungacha foizlarsiz 🔗 Batafsil 🏦 TBC Bank – Foiz stavkasi: 50% – Muddati: Muddati mavjud emas – Limit: 50 mln so‘mgacha – Afzalliklari: 55 kungacha foizlarsiz 🔗 Batafsil Har bir kredit kartaning o‘ziga yarasha afzallik va shartlari bor. Yodingizda bo‘lsin, to‘g‘ri tanlangan karta — bu qulaylik va imkoniyat! 💬 Siz qaysi bank kredit kartasini tanlaysiz? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
😯 Agar 12 ball yig'sangiz, qayta pravaga o'qiysiz! Bir yil davomida 12 ball yig'dingiz va haydovchilik guvohnomangiz 6 oydan 3 yilgacha olib qo'yiladi. Bunday holatda haydovchilik guvohnomasi qanday tiklanadi? Bu haqda batafsil videoda🔼 Videoni ko'p qoida buzadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying, ogoh bo'lishsin! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🗓O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi? 🚗Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari kuchga kiradi Jarima ball
🗓O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi? 🚗Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari kuchga kiradi Jarima ballari avtomobil boshqargan haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi. Agar haydovchi 12 oy ichida qoidalarni buzmasa, unga keyingi birinchi huquqbuzarlik uchun jarima bali hisoblanmaydi. 🛒Kambag‘al oilalarga ayrim to‘lovlar uchun 75% gacha chegirma beriladi Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50%, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75% miqdorida chegirmalar qo‘llaniladi. 🤑Ayrim oilalarning talaba qizlari uchun alohida stipendiya beriladi 2025-yilning 1-iyunidan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi. 🚗Yo‘l chiziqlarini bosgan haydovchilarga radarlar orqali jarima yozilmaydi 1-iyundan yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini fotoradar yoki videokamera orqali qayd etishga va ularga avtomatik ravishda jarima yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq, bundan to‘xtash chizig‘i — “stop-liniya” (5.33 yo‘l belgisi) mustasno. 🗑Сhiqindidan qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovlar cheklanadi 8-iyundan boshlab chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda elektr energiyasiga to‘lovlarni qabul qilishni cheklash tartibi kuchga kiradi. Qarzdorlik haqida oldindan SMS yuborilib, cheklov kuchga kirgungacha qarzni to‘lash uchun 5 kun beriladi. 🏠Harbiylarga ipoteka krediti uchun uy narxining 35%i miqdorida boshlang‘ich to‘lov ajratiladi Ipoteka kreditlarini ajratish ko‘rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, 10 yildan ortiq xizmat o‘tagan harbiylarga uy sotib olish yoki qurish uchun ipoteka kreditiga ajratiladigan boshlang‘ich to‘lov uy-joy qiymatining 35%i miqdorida ajratiladi. Post foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib, yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Oferta shartnomasi nima? Bu — bir tomon (masalan, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya yoki do‘kon) taklif qiladigan va ikkinchi tom
Oferta shartnomasi nima? Bu — bir tomon (masalan, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya yoki do‘kon) taklif qiladigan va ikkinchi tomon (mijoz, foydalanuvchi) rozilik bildirishi mumkin bo‘lgan rasmiy bitim turi. Yani bu — tayyor shartnoma matni bo‘lib, unga rozilik bildirishingiz bilan avtomatik ravishda shartnoma kuchga kiradi. 👉 Odatda, onlayn xarid qilish, mobil ilova o‘rnatish, bank kartasi ochish yoki xizmatlarga obuna bo‘lish jarayonida siz «Oferta shartnomasiga roziman» degan belgi qo‘ygan bo‘lasiz — va bu sizning roziligingiz hisoblanadi. 📌 Imzolashdan (rozilik berishdan) oldin nimalarga e’tibor berish kerak? 👍 Xizmat va to‘lov shartlari Xizmat qanday ko‘rsatiladi? Necha pul turadi? Qo‘shimcha yashirin to‘lovlar bormi? 👍 Muddat va bekor qilish tartibi Shartnoma qancha muddatga tuziladi? Uni qanday qilib bekor qilish mumkin? Jarima yoki cheklovlar bormi? 👍 Ma’lumotlaringiz himoyasi Siz haqingizdagi ma’lumotlar qanday saqlanadi? Uchinchi shaxslarga uzatiladimi? 👍 Javobgarlik va da’vo tartibi Xatolik yoki muammo chiqqanda kim javob beradi? Da’vo bildirish va hal qilish usullari qanday? 👍 Avtomatik to‘lov va obunalar Ba’zi ofertalarda avtomatik to'lovlar bo‘lishi mumkin. Har oy kartangizdan pul yechiladimi? Obunani qanday to‘xtatish mumkinligi kabilarni bilib oling. ❗️Hech qachon "shunchaki roziman" deb bosmang. Oferta — bu to‘liq yuridik hujjat. Uni o‘qib chiqing, tushunmagan joyingizni aniqlang va kerak bo‘lsa maslahat so‘rang. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🎙Bizda navbatdagi yangi loyiha: "Pulli Gap AI" 💸 "Pulli Gap AI" - bu pul, moliya, iqtisodiyotga doir har qanday mavzuni sun'iy intellekt yordamida sodda va oson tushunishingizga yordam beruvchi loyiha! 👍Ilk mavzu: Soyadagi iqtisodiyot: Yashirin tizim haqida ochiq haqiqat! Obuna bo‘ling va Pulli GapAI’ning keyingi sonlarini o‘tkazib yubormang! Birinchi sonni tomosha qiling👇 https://youtu.be/Hi8QvO8Ky04?si=3OgWAMEkI3FsMeM1

Pulli Gap
34 181
🎓 So‘nggi qo‘ng‘iroq — katta xarajat(mi)? 25-may yaqinlashishi bilan o‘quvchilar darsdan ko‘ra “nima kiyaman, sochimni qayer
🎓 So‘nggi qo‘ng‘iroq — katta xarajat(mi)? 25-may yaqinlashishi bilan o‘quvchilar darsdan ko‘ra “nima kiyaman, sochimni qayerda qanday turmaklayman, qaysi restoranga boramiz va nima buyurtma beramiz” degan savollarga ko‘proq bosh qotira boshlaydi. Lekin... asosiy tayyorgarlik ota-onaning kartasida bo‘ladi. 😅 🧾 Keling, o‘rtacha xarajatni hisoblab chiqamiz: 👗 Libos: 400 000 — 700 000 so‘m “Boshqalardan kam bo‘lmasin, iloji bo‘lsa, boshqalardan zo‘r bo‘lsin” prinsipi bu yerda har doim ishlaydi. 😊 💄 Soch turmagi va make-up: 300 000 — 500 000 so‘m “Oddiy makiyaj qilsam ham bo‘ladi?” deyiladigan joyi yo‘q. Chunki hammada telefon kamerasi tayyor — bitta noto‘g‘ri burchakdan tushirilgan rasm bir umr sinf chatida qolishi mumkin. 😁 👠 Oyoq kiyim: 250 000 — 500 000 so‘m Ko‘ylak chiroyli, lekin oyoq kiyim oddiy bo‘lsa, hammasi bekor. Aytishadiku: “Dushmaning oyoqqa qaraydi” deb.😉 📸 Vinetka: 250 000 — 400 000 so‘m “Vinetka - bu bir umrlik xotira”. Shuning uchun proffesional fotograf chaqiriladi, kamerasi kichkina bo‘lsa ham, narxi kattagina.🤫 🍽 Restoran/kafe: 200 000 — 300 000 so‘m “Oxirgi marta butun sinf bilan yig‘ilib o'tiramiz” degan bahona bilan menyu to‘yga yarasha. Qancha odam — shuncha turli ovqat. Oxiri raqs, selfi va ota-onaning ikki-uchta asabi sochilib ketadi. Jami: kamida 1,5 million so‘m + ota-onaning asab tizimi. 💬 Siz-chi? So‘nggi qo‘ng‘iroqqa necha pul sarflagansiz yoki bu yil qanchaga tushyapti? Izohlarda yozib qoldiring, qiziq statistikani yig‘amiz! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Kredit rad etilishining TOP-5 sababi! 👛Kredit olish hammaga kerak — kimdir biznes ochmoqchi, kimdir ta’lim olmoqchi, yana bi
Kredit rad etilishining TOP-5 sababi! 👛Kredit olish hammaga kerak — kimdir biznes ochmoqchi, kimdir ta’lim olmoqchi, yana birov uyini yangilamoqchi. Lekin hamma ham bankdan “ha” degan javobni ololmaydi. Nega? Sabablari oddiy, lekin ko‘pchilik bilmaydi. Mana sizga TOP-5 sabab — eslab qoling, kerak bo‘lib qoladi!😉 1️⃣ Salbiy kredit tarixi Avval olgan qarzingizni o‘z vaqtida yopmagan bo‘lsangiz — bank sizga yana ishonadimi? Yo‘q! Tarixingiz — siz haqingizdagi eng asosiy ma’lumot. 2️⃣ Barqaror daromad yo‘qligi Ish joyingiz rasmiy emasmi yoki daromadingiz notekismi? Demak, kredit olish ham oson bo‘lmaydi. Bank uchun siz barqaror mijoz bo‘lishingiz kerak. 3️⃣ Yuqori qarzdorlik darajasi “Aytgancha, sizda boshqa kreditlar ham bor ekan…” Agar qarzlaringiz daromadingizdan oshib ketsa — bank sizga yana kredit bermaydi. Hamma narsaning me’yori bo‘ladi. 4️⃣ To‘liq bo‘lmagan hujjatlar Hujjatlaringizni to‘liq tayyorlamasangiz, bank sizni kutib o‘tirmaydi. Kredit — faqat hujjatlari joyida bo‘lganga nasib qiladi. 5️⃣ Bank talablari mos kelmasligi Har bir bankning o‘z qoidasi bor: yosh chegarasi, ish staji, yashash manzili va boshqalar. Shularni tekshirib oling, aks holda vaqt ketadi, asab buziladi. Kredit olish — bu ham san’at. Bilgan odam oladi, bilmagan esa rad etiladi. 💬 Siz yana qanday sabablarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring, kerak bo‘lishi mumkin! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🎙 Yangi loyiha: "Pulli Gap Talk" "Pulli Gap Talk" — bu moliyaviy savodxonlik, qiziqarli mehmonlar va ochiq muloqotlar maydoni! 💸 Biz pul, biznes, hayot, pul topish va uni to'g'ri ishlatish haqida gaplashamiz! Loyihaning ilk mehmoni — ingliz tili o‘qituvchisi, Englify onlayn o‘quv markazi asoschisi, tadbirkor va bloger Teacher A'zam bo‘ldi. 👍 Birinchi sonni tomosha qiling👇 https://youtu.be/NIA6azo-bNg?si=bkxPGj1OzwQP1rac Bizga obuna bo'lishni unutmang!

Pulli Gap
34 181
📲Mobil ilovalar limitlarini to‘g‘ri ishlatib, oyiga 145,5 mln so‘mni komissiyasiz o‘tkazish mumkin! Qanday deysizmi? Keling,
📲Mobil ilovalar limitlarini to‘g‘ri ishlatib, oyiga 145,5 mln so‘mni komissiyasiz o‘tkazish mumkin! Qanday deysizmi? Keling, shuni ko‘rib chiqamiz! ▫️ Chakanapay — 10 mln so‘mgacha ▫️ Xazna (Xalq banki) — 5 mln so‘mgacha ▫️ SQB Mobile (SQB) — 5 mln so‘mgacha ▫️ Hamkor — 5 mln so‘mgacha ▫️ Smart bank — 5 mln so‘mgacha ▫️ Davr Mobile 2.0 — 3,5 mln so‘mgacha ▫️ Milliy — 3 mln so‘mgacha ▫️ Mavrid (Mikrokreditbank) — 3 mln so‘mgacha ▫️ SelloPay — 3 mln so‘mgacha ▫️ Alif — 1 mln so‘mgacha ▫️ Humans — 1 mln so‘mgacha ▫️ OQ — 1 mln so‘mgacha Shu ilovalarni birgalikda ishlatsangiz: 45,5 mln so‘m! 💳 Qo‘shimchasiga Uzum Bank — Uzum kartasi orqali 100 mln so‘mgacha bepul o‘tkazish mumkin. 🏦 Bundan tashqari, TBC Bank‘ning Salom kartasi orqali ham TBC ilovasida bepul o‘tkazmalar qilish mumkin. 🔄 Click‘da — “Mening oilam” bo‘limida oila aʼzolaringiz bilan pulni istalgancha bepul o‘tkazsangiz bo‘ladi. 🏦 Smartbank kartalari o‘rtasida — 150 mln. so‘mgacha bepul o‘tkazish mumkin. 👛 Qolaversa, barcha banklarda Humo'dan Humo'ga o‘tkazmalar bepul. Ushbu postni doimo "Kartangga tashlab beraman" deydigan do‘stingizga jo‘natib qo‘ying ✅ TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Jarima ballari rasman 2 haftadan so‘ng ishga tushadi! 🤔Qanday qoidabuzarliklar uchun qancha ball hisoblanadi? Bu haqda batafsil videoda bilib olishingiz mumkin⤴️ ❗️Eslatib o'tamiz, ushbu jarima ballari faqat YPX xodimi qoidabuzarlik sabab sizni to'xtatib, bayonnoma rasmiylashtirgandagina hisoblanadi. ➡️Postni ko'p jarimaga tushadigan tanishlaringizga yuborib qo‘ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
💳PIN-kod: Kartani qanday himoya qilish kerak? Moliyaviy xavfsizlik — zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri. Ayniqs
💳PIN-kod: Kartani qanday himoya qilish kerak? Moliyaviy xavfsizlik — zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri. Ayniqsa, bank kartasidan foydalanayotganda PIN-kod himoyasi katta ahamiyatga ega. Keling, avvalo PIN-kod nima ekanini bilib olamiz: 🛡PIN-kod (Personal Identification Number) — bu sizning bank kartangiz yoki moliyaviy hisobingizni himoya qiluvchi shaxsiy identifikatsiya raqami. Odatda 4 yoki 6 ta raqamdan iborat bo‘lib, ushbu kod sizning hisobingizni tasdiqlash va mablag‘laringizni begonalardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Kartangiz uchun PIN-kod xavfsizligini ta’minlashning 5 ta asosiy qoida: 👍 PIN-kodingizni hech kimga oshkor qilmang Hech qachon PIN-kodingizni do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz yoki tanishlaringizga aytmang. Uni qog‘ozga yozib qo‘yish yoki telefoningizga saqlash ham xavf tug‘dirishi mumkin. 👍 Oddiy kombinatsiyalardan voz keching 1234, 0000, 1111 yoki tug‘ilgan sana kabi taxmin qilish oson bo‘lgan raqamlardan foydalanmang. Yaxshisi, faqat o‘zingiz biladigan murakkab raqam kombinatsiyasini tanlang. 👍 PIN-kodingizni vaqti-vaqti bilan almashtiring Har 3-6 oyda PIN-kodingizni yangilash odatini shakllantiring. Bu sizning hisobingizni firibgarlardan yanada ishonchli himoya qiladi. 👍 Bankomat va to‘lov terminallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalaning PIN-kodni kiritayotganda klaviaturani qo‘lingiz bilan berkitib, atrofingizda begona yoki shubhali odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qiling. 👍 Karta tranzaksiyalarini doimiy kuzatib boring Hisobingizda g‘ayrioddiy yoki ruxsatsiz tranzaksiyalarni sezsangiz, darhol bank bilan bog‘laning va kartangizni bloklashni so‘ranging. 🔐Unutmang: PIN-kod — bu sizning moliyaviy xavfsizligingizning birinchi qalqoni. Uni to‘g‘ri va ehtiyotkor saqlash orqali siz nafaqat mablag‘laringizni, balki tinchligingizni ham himoya qilasiz. Ushbu postni PIN-kodi 4 ta bir xil raqamdan iborat tanishingizga yuborib qo‘ying 😉 TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
"Yo‘lkira"ni qanday tejash mumkin? Avtobus va metroda har kuni yurganlar biladi — to‘lovlar oy oxiriga borib sezilarli xaraja
"Yo‘lkira"ni qanday tejash mumkin? Avtobus va metroda har kuni yurganlar biladi — to‘lovlar oy oxiriga borib sezilarli xarajatga aylanadi. Lekin ayrim bank kartalari bor-ki, ular orqali siz har kuni ozgina, oyiga esa ancha-muncha tejashingiz mumkin. Keling, transport uchun mos bank kartalarini ko‘rib chiqamiz: 👍 Uzum Bank kartasi ⏺Keshbek: 1 050 so‘m ⏺Real to‘lov: 650 so‘m (ATTO orqali) 📌 Har bir yurishda 1 050 so‘m tejasangiz, oyiga 40 marta chiqilsa, bu 42 000 so‘m foyda degani. 👍 Humans VISA kartasi ⏺Keshbek: 25% → 425 so‘m ⏺Real to‘lov: 1 275 so‘m 📌 Oyiga 40 safar uchun 17 000 so‘m gacha tejash. ⚠️ Keshbek faqat Humans aloqa xizmatlariga ishlatiladi. 👍 TBC Bank — Salom Card ⏺Keshbek: 5% → 85 so‘m ⏺Real to‘lov: 1 615 so‘m 📌 Har oyda 40 safar uchun taxminan 3 400 so‘m tejash. 🎯 Xulosa: Har kuni transportda yuradigan bo‘lsangiz, mana shu kartalardan biri sizga oyiga 40 000 so‘m va undan ko‘proq tejash imkonini beradi. 💬 Siz qaysi kartadan foydalanyapsiz? Izohda yozing va do‘stlaringizga ulashing – ular ham tejashni boshlasin! 💸 TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
📲 SMS-Pensiya: Pensiya miqdorini bilish endi oson! Endi o‘z pensiya miqdoringizni bilish uchun navbat kutishga yoki qog‘oz hujjatlar bilan ovora bo‘lishga hojat yo'q! SMS-Pensiya xizmati — bu sizga har oy pensiya miqdori va to‘lov sanasi haqida tezkor va ishonchli ma'lumot olish imkoniyatini beradi. 👍 Xizmatdan foydalanish uchun: 1️⃣ Ro‘yxatdan o‘ting: MyGov portalida o‘z profilingizga kirib, "SMS-Pensiya" xizmatini yoqing. 2️⃣ Telefon raqamingizni tasdiqlang: SMS-xabar orqali tasdiqlash kodini kiriting. 3️⃣Ma'lumotlarni avtomatik ravishda oling: Har oy pensiya miqdori va to‘lov sanasi haqida SMS-xabar olasiz. 👍 SMS-Pensiya xizmati afzalliklari:Tez va qulay: Ma'lumotni bevosita telefoningizga olasiz. Xavfsiz: Faqat tasdiqlangan raqamingizga SMS yuboriladi. Bepul: Xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi. ❗️SMS-Pensiya xizmati haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun MyGov rasmiy sahifasiga tashrif buyuring yoki @pensiyauzbot bilan bog‘laning. Pensiya oluvchi tanishlaringizga yuborib qo‘ying! 😉 TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🤔Kredit tarixini qanday bilsa bo‘ladi? Agar siz kredit olgan bo‘lsangiz yoki olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — avvalo
🤔Kredit tarixini qanday bilsa bo‘ladi? Agar siz kredit olgan bo‘lsangiz yoki olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — avvalo kredit tarixingiz qanday ekanligini bilib oling. Chunki banklar aynan shu ma’lumotga qarab sizga kredit beradi. Kredit tarixni bilishning 4 ta oddiy yo‘li: 👍 My.gov.uz portali orqali 🔸 my.gov.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tasiz 🔸 “Kredit tarixini olish” xizmatini topasiz 🔸 Pasport ma’lumotlaringizni kiritasiz va natijani ko‘rasiz 👍 Kredit byurosi sayti orqali "Kredit-axborot tahliliy markazi"ning infokredit.uz sayti orqali kredit tarixingizni tekshirishingiz mumkin. 👍 Mobil ilova orqali Ko‘pchilik banklarning mobil ilovasida ham kredit tarixini tekshirish bo‘limi bo‘ladi. Shunchaki ilovani ochib, kerakli bo‘limga kirib tekshirib olishingiz mumkin. ❓ Nima uchun bu muhim? ✅ Kredit olish imkoniyatlaringizni bilib olasiz ✅ Nima uchun kredit berilmaganini tushunasiz ✅ Kreditlarni vaqtida to‘lab, tarixingizni yaxshi saqlashga harakat qilasiz Yodda tuting! Kredit tarixingiz haqidagi ma'lumotni yiliga bir marta bepul va to‘lov evaziga - cheksiz ko‘p marta hech qanday sabab ko‘rsatmagan holda olish mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
📌Plastik karta tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? Pulni qayerga qo‘yish har doim muhim. Shuning uchun karta tanla
📌Plastik karta tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? Pulni qayerga qo‘yish har doim muhim. Shuning uchun karta tanlayotganda shunchaki “karta bo‘lsa bo‘ldi” demang. Bugun siz bilan karta tanlayotganda aynan qaysi jihatlariga e'tibor berish kerakligi haqida gaplashamiz 💳 Xizmat haqi Ba’zi kartalar oylik yoki yillik xizmat haqqi oladi. Ba’zilari esa tekin. Farqiga boring. 💸 Pul o‘tkazmalari limiti Kunlik qancha yechsa bo‘ladi? Mobil applikatsiyadan qancha o‘tkazsa bo‘ladi? Bilib oling. 📲 Mobil ilova Kartangizga qulay, soddaroq mobil ilova bormi? To‘lovlar, o‘tkazmalarni ilovadan qilsa bo‘ladimi? Juda muhim. 🌍 Valyuta va xalqaro to‘lovlar Chet el sayohati yoki onlayn shopping qilsangiz, kartangiz xalqaro bo‘lishi kerak. 🎁 Bonus va keshbek tizimi Ba’zi banklar xaridlaringizga bonus yoki cashback beradi. Shuni ham inobatga oling. 🛡 Xavfsizlik Karta bloklash, PIN-kodni o‘zgartirish, 24/7 qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, yaxshi. 👍 Plastik karta — shunchaki plastik emas. Pulizga qaraydigan, asabingizni tejaydigan vosita. Shuning uchun tanlashdan oldin mana shu 6ta narsaga e’tibor bering. TelegramInstagramYouTubeTikTok