ch
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

关闭频道

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

显示更多

📈 Telegram 频道 Pulli Gap 的分析概览

频道 Pulli Gap 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 187 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 557,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 331

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 187 名订阅者。

根据 14 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 087,过去 24 小时变化为 -30,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 33.51%。内容发布后 24 小时内通常能获得 11.41% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 11 474 次浏览,首日通常累积 3 906 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 38

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

凭借高频更新(最新数据采集于 15 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 187
订阅者
-3024 小时
-2837
-1 08730
帖子存档
Pulli Gap
34 181
KRЕDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BO‘LADIMI? Kreditga olingan uyni sotish mumkin. Qanday qilib deysizmi, unda videoni oxirigacha ko’ring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🗓Oʻzbekistonda 1-maydan nimalar oʻzgaradi? 🔋Elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi 1-apreldan boshlab mamlakatda elek
🗓Oʻzbekistonda 1-maydan nimalar oʻzgaradi? 🔋Elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi 1-apreldan boshlab mamlakatda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini oshirish belgilangandi. Prezident topshirig‘i bilan bu bir oyga — maygacha kechiktirildi. Bundan tashqari, 201 kVt/soatdan 500 kVt/soatgacha bo‘lgan oraliqda elektr energiyasi iste’moli uchun yangi tarif amal qila boshlaydi. Ushbu oraliqda iste’mol qilingan har bir kVt/soat uchun narx 800 so‘mni tashkil etadi. 🚘Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshiriladi Yil boshida qabul qilingan hukumat qarori bilan O‘zbekistonda 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshiriladi. Bunda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga faqat elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari kiradi. Gibrid avtomobillar esa bundan mustasno. 💵Ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar beriladi Endi yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan davlat boji undirilmaydi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 50 mln so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida esa 150 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi. 🏗Qurilish ruxsatnomalari onlayn beriladi Qurilishi tugallangan ko‘p qavatli uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi. 🪙Xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi Tadbirkor xotin-qizlar Hamroh dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlanadi. Xususan, ularga yashil va IT-sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi. 💸Qamoqdan ozod etilganlarga 2,25 mln so‘mgacha pul beriladi 1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdorida (2,25 mln so‘m) bir martalik nafaqa puli Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Bojxonada ortiqcha to'lov qilmaslik uchun nima qilish kerak? 🔹2025-yil 1-maydan boshlab O'zbekistonda bojxona bo'yicha yangi
Bojxonada ortiqcha to'lov qilmaslik uchun nima qilish kerak? 🔹2025-yil 1-maydan boshlab O'zbekistonda bojxona bo'yicha yangi qoidalar kuchga kiradi. Bojxona to'lovini ortiqcha to'lamaslik uchun xarid qilingan tovarlarning cheklarini saqlab qolish juda muhim. 🔜Chunki bojxona tovarlarining qiymati cheklar, kvitansiyalar va boshqa tijorat hujjatlari asosida aniqlanadi. Agar tovar chegirmada sotib olingan bo'lsa, chek yo'qligida bojxona uning narxini o'rtacha bozor narxiga ko'ra belgilashi mumkin. ➖Masalan, agar siz tovarni aksiyada sotib olgan bo'lsangiz-u, ammo uning odatiy narxi yuqori bo'lsa, chegirma asosida sotib olinganini isbotlash talab etiladi. Ma'lumotlarimiz foydali bo'lgan bo'lsa, tanishlaringizga ulashib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Toshkentda talaba bo‘lish qanchaga tushadi? 1️⃣Birinchi xarajat bu turar joy, oyiga o‘rtacha 600 ming so'm–1 mln so'm atrofid
Toshkentda talaba bo‘lish qanchaga tushadi? 1️⃣Birinchi xarajat bu turar joy, oyiga o‘rtacha 600 ming so'm–1 mln so'm atrofida. Agar siz davlat yotoqxonasida yashasangiz, xarajat kamroq bo‘ladi. 2️⃣Ikkinchisi, oziq-ovqat, bir oyga taxminan 1 mlndan – 2 mln so‘mgacha. Agar talaba kuniga o'rtacha 70 000 so'mni ovqatlanishga sarflasa, bu oyiga 2 mln 100 ming so'm degani. Bozordan xarid qilib, uyda ovqat qilish esa arzonroq tushadi. Lekin haftasiga 2–3 marta fast-food, kafe-restoranlarga kirish xarajatni ko‘paytiradi. Yaxshisi birga ovqat qilib, xarajatni "arra qilish". 3️⃣Transport. Oyiga 100–300 ming so‘m. Bu kundalik metro yoki avtobus yo‘l haqi. Agar talaba imtiyozli transport kartalaridan foydalansa, bu summa ancha kamayadi. Qancha ko‘p taksida yursangiz, summa shuncha ko‘payaveradi. Ba’zi talabalar esa piyoda yurib, ancha muncha pul tejab qoladi. 4️⃣Aloqa va internet – 50–100 ming so‘m Minimal paketlar talabalar uchun yetarli bo‘ladi. Wi-Fi bor joyda esa mobil trafikni tejasa bo‘ladi. 5️⃣Mayda-chuyda – 200–500 ming so‘m Gigiyena vositalari, salqin ichimlik, ruchka, daftar – bu narsalarning barchasi oz-ozdan pul talab qiladi. 📌 Jami: 2 mln - 4 mln atrofida Siz-chi, bir oyda qancha xarajat qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
❗️Mikroqarz olish tartibi o‘zgaradi! 2025-yil 24-iyuldan O‘zbekistonda mikroqarz (avtokredit va ipoteka) olishda yangi qoidal
❗️Mikroqarz olish tartibi o‘zgaradi! 2025-yil 24-iyuldan O‘zbekistonda mikroqarz (avtokredit va ipoteka) olishda yangi qoidalar kuchga kiradi. Banklar endi har bir mijozning qarz yuki, oylik daromadi va garovini aniq hisoblab chiqadi. Qisqa va ravshan tushuntiramiz: 👍 Qarz yuki nima? 👉 Bu — siz oyma-oy to‘laydigan barcha kreditlar yig‘indisi. Qoida: Oylik to‘lovlaringiz daromadingizning 50% dan oshmasligi kerak. Agar oxirgi 6 oydan beri ishlab kelayotganingizni hujjat bilan isbotlasangiz — 100% gacha bo‘lishi mumkin. 👍Nimalar hisobga olinadi? 🟤Boshqa kreditlaringiz; 🟤Siz kafil bo‘lgan qarzlar; 🟤Kredit kartasi va overdraftlar — 8% limit; 🟤Qarz kechikkan bo‘lsa — penya va jarimalar ham. 👍Daromadni qanday hisoblashadi? 🟤Oxirgi 12 oylik daromadingizdan o‘rtachasi; 🟤Agar ish vaqti kamroq bo‘lsa — 6 oylik, mavsumiy ish bo‘lsa — 3 oylik daromad hisobga olinadi. 👍 Daromadni tasdiqlash: 🟤Ish haqi maʼlumotnomasi; 🟤Pensiya, ijara va soliq tushumlari; 🟤Bank hisobvaraqlariga tushumlar. Agar hujjat bo‘lmasa — avvalgi kredit to‘lovlaringizning 50% qismi daromad deb hisoblanadi. 👍 Kredit foizi va penyalar 🟤Kunlik foiz stavkasi qarz qoldig‘iga nisbatan 0.25% dan oshmasligi kerak. 🟤Komissiya, penya va boshqa to‘lovlar — yillik kredit miqdorining 50% dan ortiq bo‘lmaydi. 👍 Garovga qo‘yiladigan mulk 🟤Avtokredit — mashina bahosi bo‘yicha, 75% gacha. 🟤Ipoteka — uy qiymati bo‘yicha, 80% gacha. Agar daromad tasdiqlanmasa — 85% gacha. ❌ Qaysi kreditlar qarz yuki hisobidan chiqariladi? 🟤Oilaviy tadbirkorlik kreditlari 🟤Taʼlim kreditlari 🟤Qayta moliyalashtirish kreditlari ✅ Endi kredit olishdan avval o‘z daromadingiz, to‘lovlaringiz va garovingizni tekshirib oling. Yangi tartib siz va bank uchun xavfsizlik kafolati. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🏡"Makler"larga yengillik berilmoqda ➖Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga “koʻchmas mulk boʻyich
🏡"Makler"larga yengillik berilmoqda ➖Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga “koʻchmas mulk boʻyicha agent” sifatida rieltorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Bu norasmiy vositachilarning (maklerlarning) “soyadan” chiqarishda rag‘batlantiruvchi chora sifatida ko'rilmoqda. 🔹Shuningdek, bankdan tashqari aylanma, yashirin iqtisodiyotni qisqarishi va rieltorlik xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish maqsadida savdo hamda hisob-kitoblarni elektron shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi elektron savdo tizimlarini tashkil etish belgilanmoqda. ➡️Bundan tashqari, aholi uchun ochiq bo‘lgan rieltorlik subyektlarining “Yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish ham belgilanmoqda. Bu postni "makler" tanishingizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Mikroqarz olishdan avval bularni bilib olishingiz shart! Mikroqarz — shoshilinch pul kerak bo‘lganda tezkor yechim. Ammo har
Mikroqarz olishdan avval bularni bilib olishingiz shart! Mikroqarz — shoshilinch pul kerak bo‘lganda tezkor yechim. Ammo har doim ham u to‘g‘ri qaror emas. Quyidagi holatlarda qarz olmaslik tavsiya etiladi: 👍 Eski qarzni yopish uchun Avvalgi kreditni to‘lash uchun yangi mikroqarz olish — noto‘g‘ri yo‘l. Bu bilan faqat qarzingiz oshadi. Bir kredit o‘rniga ikki, baʼzida uchta qarzga tushib qolish mumkin. Bu — qarz botqog‘iga tushishning boshlanishi. 👍 Boshqa odam uchun Yaqinlar sizning nomingizga kredit olib berishingizni so‘rashi mumkin. Ammo bunga rozi bo‘lsangiz, qarz uchun to‘liq masʼuliyat sizning zimmangizda bo‘ladi. Agar ular to‘lamasa, sizning mol-mulkingizga daʼvo qilinishi mumkin. 👍 Daromadingizga nomutanosib miqdorda Kreditning oylik to‘lovi daromadingizning 50%idan oshsa, bu siz uchun og‘ir yuk bo‘lishi mumkin. Shunda o‘zingizni hamma narsada cheklashingizga to‘g‘ri keladi. Qarz — vaqtinchalik yengillik, lekin to‘lov davri — uzoq muddatli majburiyat. 👍 Kredit shartlarini tushunmasdan Foizlar, qaytarish muddatlari, penyalar va boshqa shartlar siz uchun tushunarsiz bo‘lsa — qarz olmang. Barcha miqdorlar va shartlarni oldindan aniqlab, oylik to‘lovni hisoblab ko‘rish zarur. Kredit — javobgarlik, uning har bir so‘mi uchun hisob yuritish kerak. 📌 Xulosa: Mikroqarz faqat haqiqiy ehtiyoj bo‘lganda, to‘liq o‘ylab chiqib va o‘z imkoniyatingizga yarasha olinishi kerak. Aql bilan olinmagan kredit — muammoga aylanishi mumkin. Kreditini yopish uchun yana kredit olmoqchi bo‘lib yurgan do‘stingizga yuborib qo‘ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Rasmiy daromadingiz yo‘qmi va shu sababli kredit ololmayapsizmi? Endi bu muammo emas ✨ Biz aynan siz kabi o‘z-o‘zini band qil
Rasmiy daromadingiz yo‘qmi va shu sababli kredit ololmayapsizmi? Endi bu muammo emas ✨ Biz aynan siz kabi o‘z-o‘zini band qilganlar uchun mikroqarz ajratuvchi banklar ro‘yxatini tuzdik. 🏦 InfinBank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 26,99%dan Muddati — 36 oygacha Qisqa raqam: 1214 Batafsil 🏦 TBC Bank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 28-49% Muddati — 36 oygacha Qisqa raqam: 1150 Batafsil 🏦 Asia alliance bank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 27,99%dan Muddati — 60 oygacha Qisqa raqam: 1270 Batafsil 🏦Ipak Yo‘li Banki Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 24,9%dan Muddati — 5 yilgacha Qisqa raqam: 1296 Batafsil 🏦 Biznesni rivojlantirish banki Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 26%dan Muddati — 36 oygacha Qisqa raqam: 1254 Batafsil 🏦 Anorbank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 44%dan Muddati — 36 oygacha Qisqa raqam: 1290 Batafsil 🏦 Aloqabank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 28% Muddati — 60 oygacha Ishonch telefoni: +998 71 230-44-44 Batafsil 🏦Ziraat bank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 28-29% Muddati — 36 oygacha Qisqa raqam: 1293 Batafsil 🏦 Mikrokreditbank Miqdori — 100 mln so‘mgacha Foiz stavkasi — 26-30% Muddati — 60 oygacha Qisqa raqam: 1285 Batafsil 🚀Postni rasmiy daromadga ega bo‘lmagan yaqiningizga yuboring TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
😮Haydovchilar uchun muhim yangilik! ➖Endi taksistlik bilan shug‘ullanuvchi, o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar yil davomida
😮Haydovchilar uchun muhim yangilik! ➖Endi taksistlik bilan shug‘ullanuvchi, o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar yil davomida 100 mln so‘mgacha daromad topsa, hech qanday soliq to‘lamaydi.100 mln so‘mdan oshganda esa soliq avtomatik ushlab qolinadi. ➡️Buning uchun siz o'zini o'zi band qilgan aholi sifatida ro'yxatdan o'tib, litsenziya olishingiz kerak. Litsenziya varaqasini olish 1 yilga o'z-o'zini band qilgan shaxslar uchun - 375 ming so‘m, agar my.gov.uz orqali rasmiylashtirsangiz – 337 500 so‘m! 🤔Bundan nima foyda? 💬 Siz qonuniy ishlash orqali barqaror daromad olasiz. 💬Hujjatbozlik bilan ovora bo‘lmaysiz. 💬Mijozlar ishonchini oshirasiz! Postni tez taksist tanishingizga yuborib qo‘ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Kredit muddatidan oldin to‘langanda sug‘urta pulining bir qismini qaytarib olish mumkin! 🤔Qanday qilib? Odatda kredit olgani
Kredit muddatidan oldin to‘langanda sug‘urta pulining bir qismini qaytarib olish mumkin! 🤔Qanday qilib? Odatda kredit olganingizda bank sizni hayot sug‘urtasiga yoki kreditni qaytarmaslikka qarshi sug‘urtalab qo‘yadi. Bu pul kredit muddati asosida hisoblanadi. Ammo siz kreditni oldindan yopganingizda sug‘urta muddati ham avtomatik tugaydi. Demak, ishlatilmagan davr uchun to‘langan pulni qaytarib olishga haqlisiz! 🤔Nima qilish kerak? 1️⃣Sug‘urta kompaniyasiga yoki bankka murojaat qiling. 2️⃣Kredit yopilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim eting. 3️⃣Ariza yozing. Postni kredit olgan tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
"Ijarada yashash yoki sotib olish?" – O‘zbekiston sharoitida moliyaviy rejalashtirish 🔝Ko‘pchilik uchun "ijarada yashash yok
"Ijarada yashash yoki sotib olish?" – O‘zbekiston sharoitida moliyaviy rejalashtirish 🔝Ko‘pchilik uchun "ijarada yashash yoki uy sotib olish" degan savol dolzarb bo‘lib qolgan. Har birining o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor, lekin bu tanlovni amalga oshirishda moliyaviy jihatlar muhim o‘rin tutadi. Bugun biz O‘zbekiston sharoitida har ikki variantning afzallik va kamchiliklarini hamda qaysi holatda qanday tanlov qilish tavsiya etilishini ko‘rib chiqamiz. ➡️ Ijarada yashashAfzalliklari: ▫️Kam xarajatli boshlang‘ich investitsiya: Ijara uyga joylashish uchun katta miqdorda pul sarflashni talab qilmaydi. Bu yirik dastlabki to‘lovsiz yashash imkonini beradi. ▫️Moslashuvchanlik: Uy-joy joylashuvi yoki holati o‘zgartirilsa, ijarani tugatish va boshqa joyga ko‘chish oson. Bu ayniqsa, ish yoki shaxsiy hayotdagi o‘zgarishlarga moslashishda qulaydir. ▫️Texnik xizmat ko‘rsatish: Ko‘pgina hollarda uy-joydagi texnik xizmat xarajatlarini uy egasi qoplaydi, bu esa qo‘shimcha mablag‘ tejashga yordam beradi. ➖ Kamchiliklari: ▫️Boshqa joyga ko‘chish xavfi: Uy egasi ijara muddatini uzaytirmasligi yoki ijara shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega. ▫️O‘z uyidek bo‘lmasligi: Ijaradagi uy-joyda katta o‘zgartirish yoki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. ▫️Ijara narxining oshishi: Yil davomida uy-joy ijarasi narxlari o‘sib borishi mumkin, bu esa uzoq muddatda xarajatlarni oshiradi. ➡️ Uy sotib olishAfzalliklari: ▫️Investitsiya: Uy sotib olish orqali siz uzoq muddatda o‘z aktivingizga ega bo‘lasiz. Uy-joy narxlari O‘zbekistonda ko‘pchilik hollarda oshib boradi, bu esa kapitalingiz o‘sishiga yordam beradi. ▫️Barqarorlik: O‘z uyingizda yashash ko‘chish xavfi va ijara narxlarining o‘zgarishidan himoyalangan holda barqaror yashash imkonini beradi. ▫️Mulkni o‘zgartirish erkinligi: O‘z uyida yashovchi kishi ta’mirlash, o‘zgartirish va bezash ishlari bilan bemalol shug‘ullanish imkoniga ega. ➖Kamchiliklari: ▫️Katta boshlang‘ich to‘lov: Uy sotib olish uchun dastlab katta miqdorda mablag‘ talab etiladi, bu ko‘pchilik uchun muammo tug‘dirishi mumkin. ▫️Ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlari: Uy egasi uyda sodir bo‘ladigan ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlariga javobgar bo‘ladi, bu esa qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. ▫️Ipoteka foizlari: O‘z uyini sotib olishni ipoteka orqali amalga oshirishda oylik to'lov xarajatlarini oshiradi. ❓Qaysi birini tanlash kerak? "Ijarada yashash yoki sotib olish?" degan savolga to‘g‘ri javob tanlovingizga bog‘liq. Agar moliyaviy jihatdan tayyor bo‘lsangiz va uzoq muddatda barqaror yashashni rejalashtirsangiz, uy sotib olish uzoq muddatda foydali bo‘lishi mumkin. Agar barqaror daromadga ega bo‘lmasangiz yoki uzoq muddat bir joyda yashashni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, ijarada yashash qulayroq bo‘ladi. Qaysi variantni tanlashdan qat’i nazar, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olish muhimdir. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Viktorinani ham yakunlab oldik! Endi to'g'ri javoblar va g'oliblarni e'lon qilamiz. Javoblar: 1. "Yoshlar daftari"ga kiritilg
+2
Viktorinani ham yakunlab oldik! Endi to'g'ri javoblar va g'oliblarni e'lon qilamiz. Javoblar: 1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga haydovchilik guvohnomasiga o'qish xarajatlarining 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplanadi. 2. Bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, 6 oy muddatga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz. 3. Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqqach, 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi. G'oliblar: 1-o'rin - Sevinchxon Ravshanovna 2-o'rin - Abdulazizov Shohjahon 3-o'rin - Borisboyev Avazbek G'oliblar, yutuqlaringizni olish uchun @pulligap_bot ga murojaat qiling!

Pulli Gap
34 181
Hurmatli obunachilar, javoblar qabul qilindi! G'oliblar tez orada e'lon qilinadi! Bizdan uzoqlashmang)

Pulli Gap
34 181
Boshladik🥳 Savollar: 1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga haydovchilik guvohnomasiga o'qish xarajatlarining qancha qismi davlat tomonidan qoplanadi? 2. Bir yillik jarimalaringiz 12 balldan oshsa, qancha muddatga mashina haydash huquqingizdan mahrum bo‘lasiz? 3. Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqqach, qnacha vaqtda qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi?

Pulli Gap
34 181
Tayyormisiz?

Pulli Gap
34 181
Viktorinani boshlaymiz!🥳 Sanoqli daqiqalardan so'ng "Pulli savol" viktorinasiga start beramiz. Sizga moliyaviy savodxonlikka oid, shu paytgacha kanalimizda e'lon qilingan xabarlar yuzasidan 3 ta savol beriladi. Savollarga izohda birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchilar g'olib deb e'lon qilinadi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 1️⃣- o'rin 100 000 so'm 2️⃣- o'rin 50 000 so'm 3️⃣- o'rin 50 000 so'm Boshlanish vaqti: 20:30 Bu postni yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying😉

Pulli Gap
34 181
💵Ishsizlik nafaqasi kimga, qancha beriladi? 👍 Avvalgi postimizda ishsizlik nafaqasiga qanday ariza yuborish haqida ma'lumot
💵Ishsizlik nafaqasi kimga, qancha beriladi? 👍 Avvalgi postimizda ishsizlik nafaqasiga qanday ariza yuborish haqida ma'lumot bergandik. Bugun esa ushbu nafaqa turlari va miqdori haqida gaplashamiz. 🔹Nafaqa siz ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kuningizdan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida beriladi va yordam pullariga soliq solinmaydi. Shuningdek, siz nafaqa olish davrida ish qidirishingiz shart. 🤑Ishsizlik nafaqasi miqdorlari 🔹Siz ishdan va ish haqidan so‘nggi 12 oy ichida mahrum bo‘lganlar avvalgi ish joyingizdagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida nafaqa olishingiz mumkin. Bunda nafaqa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (1 million 50 ming so‘m) kam yoki O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqidan (5 million 92 ming so‘m) ortiq bo‘lmaydi. 🔹Agar ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan bo'lsangiz, sizga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. Ya'ni - 787 500 so'm. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
🥳Hurmatli obunachilar! Sizda 100 000 so'm pul yutib olish imkoni bor, yaqinroq keling🤫 🫵Siz har juma kuni Pulli Gap kanali
🥳Hurmatli obunachilar! Sizda 100 000 so'm pul yutib olish imkoni bor, yaqinroq keling🤫 🫵Siz har juma kuni Pulli Gap kanalining "Pulli savol" viktorinasida ishtirok etib, pul yutug'ini qo'lga kiritishingiz mumkin. Buning uchun kanalimizga obuna bo'lasiz va 3 ta do'stingizni taklif qilasiz. Shundan so'ng, o'yin ishtirokchisiga aylanasiz. G'oliblar: 1️⃣- o'rin 100 000 so'm 2️⃣- o'rin 50 000 so'm 3️⃣- o'rin 50 000 so'm Bu postni yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying, unutmang bu bizni yanada ruhlantiradi! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
👍 Elektr va gaz iste’molida ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi 🔹Joriy yilning 1-mayidan boshlab, ayrim fuqarolarga el
👍 Elektr va gaz iste’molida ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi 🔹Joriy yilning 1-mayidan boshlab, ayrim fuqarolarga elektr va gaz to‘lovlari uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda undan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi. 🔹Bu “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli yomon bo‘lgan hamda oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga beriladi. ❗️Ushbu tartib 2027-yilning 1-apreligacha amal qiladi. 🤑Kompensatsiya quyidagi tartibda ajratiladi:
elektr energiyasi iste’moli uchun — oyiga ijtimoiy normadan 150 kVt soatgacha oshgan qismiga tabiiy gaz iste’moli uchun — isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun. Shuningdek, 2025/2026 yilgi isitish mavsumida noyabr oyida ehtiyojmand aholiga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu reyestrlarga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” xulosasi bilan reyestrlarda bo‘lmagan yordamga muhtoj oilalarga beriladi.
TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
👍 Elektr va gaz iste’molida ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi 🔹Joriy yilning 1-mayidan boshlab, ayrim fuqarolarga el
👍 Elektr va gaz iste’molida ayrim fuqarolarga kompensatsiya beriladi 🔹Joriy yilning 1-mayidan boshlab, ayrim fuqarolarga elektr va gaz to‘lovlari uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda undan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi. 🔹Bu “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli yomon bo‘lgan hamda oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga beriladi. ❗️Ushbu tartib 2027-yilning 1-apreligacha amal qiladi. 🤑Kompensatsiya quyidagi tartibda ajratiladi:
elektr energiyasi iste’moli uchun — oyiga ijtimoiy normadan 150 kVt soatgacha oshgan qismiga tabiiy gaz iste’moli uchun — isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun. Shuningdek, 2025/2026 yilgi isitish mavsumida noyabr oyida ehtiyojmand aholiga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu reyestrlarga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” xulosasi bilan reyestrlarda bo‘lmagan yordamga muhtoj oilalarga beriladi.
TelegramInstagramYouTubeTikTok