FVMMTB - Rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari
显示更多📈 Telegram 频道 FVMMTB - Rasmiy kanali 的分析概览
频道 FVMMTB - Rasmiy kanali (@farvmmtb) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 43 921 名订阅者,在 教育 类别中位列第 4 153,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 751 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 43 921 名订阅者。
根据 12 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 629,过去 24 小时变化为 0,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 3.48%。内容发布后 24 小时内通常能获得 2.66% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 1 535 次浏览,首日通常累积 1 175 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 3。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali
✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
43 921
订阅者
无数据24 小时
-3787 天
-3 62930 天
帖子存档
43 921
💎KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: YO‘L XARITASI IJROSI O‘RGANILDI
📊Bugun Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.
🟢Jumladan, ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonuniylikka rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✔️Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha mas’ul xodimlarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Mazkur o‘rganish ta’lim tizimida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
+5
💎 FARGʻONADA FAN OLIMPIADASI: SHAFFOFLIK VA XOLISLIK TA’MINLANMOQDA
Buvayda tumanidagi 17-maktab hududida joylashgan viloyatdagi yagona Olimpiada markazi oʻz faoliyatini boshlsdi. Maxsus olimpiada oʻtkazish uchun qurilgan binoda Asosiy fan olimpiadasining II tuman bosqichiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Yangi makonda 12 ta fan bo‘yicha 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadigan bellashuvda 3 500 nafarga yaqin yoshning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.
Olimpiada jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida markazga ovoz yozish imkoniyatiga ega 4 ta kamera va 360 darajali kuzatuv kamerasi ham o‘rnatilgan.
Shuningdek, jarayonni jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Asosiy maqsad — bilimlarni xolis baholash, shaffoflikni ta’minlash va iqtidorli o‘quvchilar uchun teng imkoniyat yaratish.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
+8
#KasbiyRivojlanishKuni #RusTili
#MetodikYordam
💎FARG‘ONADA RUS TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN KASBIY RIVOJLANISH MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI
🪙O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi 319-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatidagi 34 ta tayanch maktabda rus tili fani o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” mashg‘ulotlari tashkil etildi.
📍Mashg‘ulotlarda 38 nafar mentor-o‘qituvchi 963 nafar yetakchi o‘qituvchiga uch soatlik o‘quv mashg‘ulotlari orqali metodik va o‘quv materiallarini yetkazdi.
➡️Keyingi bosqichda yetakchi o‘qituvchilar o‘zlashtirgan bilim va metodik materiallarini viloyatdagi 963 ta umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan 2 752 nafar rus tili fani o‘qituvchisiga “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlari orqali yetkazadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltiariq tumanidagi 7-maktabda janjal bo‘lgani aytilmoqda...” mazmunidagi video tarqaldi.
Unda maktab direktori va xodim o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani, oqibatda xodimning qon bosimi ko‘tarilib, shifoxonaga yotqizilgani haqida iddao qilingan.
Mazkur holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, voqea maktab pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish yakunida yuzaga kelgan.
Yig‘ilish so‘ngida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Y.Sh. hamkasblaridan birining shaxsiyatiga tegadigan fikrlarni bildirgan.
Shundan so‘ng maktab rahbariyati tomonidan pedagoglarga o‘zaro hurmatni saqlash, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda kasbiy faoliyat davomida pedagogik etika me’yorlariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.
Biroq yig‘ilish yakunlanganidan keyin ham tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik davom etib, janjal kelib chiqqan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktab direktori mazkur nizoda bevosita ishtirok etmagan.
Hozirda holat Oltiariq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda.
Voqeaning barcha tafsilotlariga vakolatli organlar tomonidan qonuniy tartibda baho beriladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
ASOSIY_OLIMPIADA
#TUMAN_BOSQICHI
ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI — TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI O‘TKAZILADIGAN MANZILLAR BILAN TANISHING
43 921
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#sohaga_doir_hujjatlar
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
➖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi;
➖ 12 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
👉 Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining:
➖ 5 ta shtat birligi — Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan;
➖ 7 ta shtat birligi — qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.
👉 Farmonga ko‘ra:
➖ Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi.
👉 Farmonning to‘liq matni
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
43 921
💎OAVda_biz
🔹Farg‘ona shahar 9-umumiy o'rta ta’lim maktabi psixologi Mavlonova Hayotxon tomonidan “Mening maqsadlarim” mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.
🔹Maqsad: O'quvchilarga o'z orzu va maqsadlarini aniqlash, kelajakdagi rejalarini shakllantirish, maqsad sari intilish va unga erishish yo'llarini belgilash ko'nikmalarini rivojlantirish.
43 921
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+4
Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mavjud strategiya va dasturlar ijrosi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Erkinjon Turdimov sohadagi muammolarni chuqur o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va natijasini ta’lim muassasalari faoliyatida namoyon etish zarurligini ta’kidladi.
Muloqot yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yaxshilash va kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
43 921
+4
💎MAKTAB PSIXOLOGLARI UCHUN VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI
🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida Farg‘ona viloyatida maktab psixologlari uchun seminar tashkil etildi.
♻️“O‘smirlarda emotsional intellektni rivojlantirish va xulq-atvor xavflarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish” mavzusidagi seminarda o‘smirlarning ruhiy-emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash, xavf omillarini barvaqt aniqlash va profilaktik ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
✔️Seminar maktab psixologlarining kasbiy kompetensiyalarini oshirish va ta’lim muassasalarida psixologik xizmat sifatini yaxshilashga qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
+7
#RaqamliTalim
#Prosica
#XorijiyTillar
💎FARG‘ONADA XORIJIY TILLARNI O‘RGATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR QO‘LLANILMOQDA
🌐Farg‘ona viloyatida Prosica GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda xorijiy tillarni zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida o‘qitishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
➡️Bugun Farg‘ona shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida loyiha doirasida 3-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi namoyish darsi tashkil etildi.
⬇️Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar raqamli platforma va ilg‘or metodlar yordamida xorijiy til o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📍Darsda ota-onalar, Prosica GmbH kompaniyasi vakillari, ta’lim sohasi mutaxassislari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, platformaning imkoniyatlari va mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari bilan tanishdilar.
📍Dars jarayonida interaktiv doska va kompyuterlardagi raqamli ta’lim vositalaridan foydalanilib, o‘quvchilarning tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
📊Mazkur loyiha ingliz tili darslarini qiziqarli va interaktiv tashkil etish, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+6
✅✅✅✅
#FIPhO_2026
FIPhO 2026: Xalqaro olimpiada boshlandi
✅ Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Xusen To‘xtayev, Fan olimpiadalari markazi direktori To'raboy Shermatov ishtirok etdi.📊 Ma‘lumot o‘rnida: olimpiadada dunyoning 15 ta mamlakatidan eng iqtidorli oʻquvchi-yoshlar ishtirok etmoqda. Bahslar 2 turda oʻtkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi. 🔰 Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xorijiy ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan. 🔴 Ayni damda olimpidaning amaliy imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
43 921
Repost from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
Эркинжон Турдимов: Таълимдаги ҳар бир ўзгариш ёшлар ҳаётида сезилиши керак
Бугун Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг биринчи ўринбосари — таълим ва илм-фан вазири Эркинжон Турдимов вазирлик тизими ходимлари билан учрашув ўтказди.
Мулоқотда ёшлар, ўқувчи ва талабаларни қийнаётган масалаларни ўрганиш, уларнинг дардини эшитиш, сифатли таълим олиши учун янада яхши шароит яратишга алоҳида эътибор қаратилди.
Бола боғчага бориши, ўқувчи мактабда пухта билим олиши, талаба эса эгаллаган билими ва касби билан ҳаётда ўз ўрнини топиши керак. Шу мақсадда мактабгача таълим қамровини кенгайтириш, таълим сифатини ошириш, ёшларни касбга тайёрлаш ва илм-фанга қизиқишини қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди.
Ўқитувчининг жамиятдаги обрўси ва нуфузини юксалтириш, унинг меҳнати қадрланиши, ўз устида ишлаши ва бор эътиборини таълимга қаратиши учун муносиб шароит яратиш ҳам муҳим вазифалардан бири сифатида қайд этилди.
Эркинжон Турдимов муаммоларни санаб ўтиш билан чекланмасдан, ҳар бири бўйича амалий ечим қилиш зарурлигини таъкидлади. Ходимларга ўқувчи, талаба ва педагог ҳаётида ижобий ўзгариш берадиган аниқ таклифлар тайёрлаш вазифаси қўйилди.
43 921
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yangi imkoniyatlarni faqat poytaxt tadbirkorlari bilan cheklamaslik uchun Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100 gektardan hudud biriktirildi. Endi tuman hokimlari o‘z tadbirkorlari bilan ishlab, yangi loyihalarni shu maydonlarga olib kelishi kerak.
Xuddi shunday mamlakatimizning qolgan 13 ta hududiga ham 100 gektardan maydon ajratiladi. U yerlarda amalga oshirilgan investitsiyalar tegishli viloyat yoki poytaxt tumanining ko‘rsatkichlarida hisobga olinadi.
Biriktirilgan hududlardagi yerlar bo‘yicha birinchi auksionda faqat o‘sha viloyat yoki tuman tadbirkorlari qatnashadi.
Prezidentimiz Yangi Toshkent butun mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi imkoniyat maydoniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X
43 921
💎“KELAJAK SOATI”: USTOZ VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
📍Bugun Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Abdumajid Soliyev tomonidan tumandagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari uchun “Ustoz va zamonaviy texnologiyalar” mavzusida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.
🪙Mashg‘ulot davomida ustozning yoshlar hayotidagi o‘rni, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
💎SINF KUTUBXONASI — KITOBXONLIK SARI QADAM!
📚Rishton tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sinf kutubxonasini tashkil etamiz!” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
🔸Tadbirda ota-onalar ham faol ishtirok etib, farzandlari uchun kitoblar xarid qildilar.
🔰 Natijada sinf kutubxonalari yangi kitoblar bilan boyitildi.
📊Kitob mutolaasini odatga aylantirish, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va do‘stlar davrasida o‘qilgan asarlarni muhokama qilishga qiziqishni oshirishda bunday tashabbuslar muhim ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltiariq tumanidagi 7-maktabda janjal bo‘lgani aytilmoqda...” mazmunidagi video tarqaldi.
Unda maktab direktori va xodim o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani, oqibatda xodimning qon bosimi ko‘tarilib, shifoxonaga yotqizilgani iddao qilingan.
Mazkur holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
43 921
+5
#Uch_avlod_uchrashuvi
💎HAYOT SABOQLARI VA QADRIYATLAR MULOQOTI
📊Yozyovon tumanidagi 34-maktabda Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan faol nuroniylar hamda “1+10” respublika tanlovi g‘oliblari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
♻️Mehmonlar maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qurdilar.
🟢 Uchrashuvda milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat va yoshlarga yaratilgan ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ismatulla Raimovning xotiralari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. U kishi Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 1-maktabda uzoq yillar direktor bo‘lib ishlagani, aynan shu maktabda Prezident Shavkat Mirziyoyev tahsil olgani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
