Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy
前往频道在 Telegram
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining axborot va matbuot xizmati
显示更多1 703
订阅者
-324 小时
-277 天
-6030 天
数据加载中...
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+7
在2个频道中
八月 '26
+14
在2个频道中
Get PRO
七月 '26
+5
在0个频道中
Get PRO
六月 '26
+19
在2个频道中
Get PRO
五月 '26
+12
在3个频道中
Get PRO
四月 '26
+16
在6个频道中
Get PRO
三月 '26
+90
在3个频道中
Get PRO
二月 '26
+25
在2个频道中
Get PRO
一月 '26
+2 338
在4个频道中
Get PRO
十二月 '25
+33
在1个频道中
Get PRO
十一月 '25
+46
在2个频道中
Get PRO
十月 '25
+22
在5个频道中
Get PRO
九月 '25
+21
在3个频道中
Get PRO
八月 '25
+16
在4个频道中
Get PRO
七月 '25
+17
在1个频道中
Get PRO
六月 '25
+30
在4个频道中
Get PRO
五月 '25
+23
在4个频道中
Get PRO
四月 '25
+468
在6个频道中
Get PRO
三月 '25
+34
在3个频道中
Get PRO
二月 '25
+44
在1个频道中
Get PRO
一月 '25
+18
在0个频道中
Get PRO
十二月 '24
+14
在2个频道中
Get PRO
十一月 '24
+237
在2个频道中
Get PRO
十月 '24
+7
在1个频道中
Get PRO
九月 '24
+13
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+3
在0个频道中
Get PRO
七月 '24
+19
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+22
在0个频道中
Get PRO
五月 '24
+19
在2个频道中
Get PRO
四月 '24
+13
在1个频道中
Get PRO
三月 '24
+12
在0个频道中
Get PRO
二月 '24
+21
在4个频道中
Get PRO
一月 '24
+7
在0个频道中
Get PRO
十二月 '23
+26
在3个频道中
Get PRO
十一月 '23
+9
在1个频道中
Get PRO
十月 '23
+16
在0个频道中
Get PRO
九月 '23
+601
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+20
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+321
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+116
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+65
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+3
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+4
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+837
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 14 九月 | 0 | |||
| 13 九月 | 0 | |||
| 12 九月 | 0 | |||
| 11 九月 | 0 | |||
| 10 九月 | 0 | |||
| 09 九月 | +1 | |||
| 08 九月 | 0 | |||
| 07 九月 | 0 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | +1 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | 0 | |||
| 02 九月 | +3 | |||
| 01 九月 | +2 |
频道帖子
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✅✅✅✅
#Мактабгача_таълим
🔴 Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat MTTlardada ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.📊 Jumladan, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan respublikamizda faoliyat yuritayotgan 7 500 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 10 nomdagi jami 75 000 nusxadagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar tayyorlanib, belgilangan tartibda hududlarga yetkazib berildi. 🔹Ushbu materiallardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi muhitni shakllantirish hamda pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilashda foydalanish ko‘zda tutilgan. 📍Shu bilan birga, yil yakuniga qadar mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni qolgan barcha davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bosqichma-bosqich yetkazib berish rejalashtirilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
| 2 | 🔰 Giyohvandlikning oldini olish — dolzarb vazifa.
Kosonsoy tumanidagi 8-sonli maktabda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda PF-207-sonli Farmon doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i K. Tadjibayev tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zararli illatlardan himoya qilish hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.
Shuningdek, maktab rahbariyati va mas’ullarga giyohvandlikning oldini olish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish va profilaktik ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 302 |
| 3 | 没有文字... | 256 |
| 4 | #kelajak_soati
🔰Yurtimiz go‘zalliklari — bolalar tasavvurida...
Kosonsoy tumanidagi 18, 41-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Vatanimning go‘zal joylari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotda tarbiyalanuvchilarga O‘zbekistonning tabiati, tog‘lari, bog‘lari, shaharlari hamda tarixiy va madaniy maskanlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bolajonlar o‘zlari bilgan go‘zal joylar haqida so‘zlab, Vatanimizning betakror tabiati haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar bajarildi. Tarbiyalanuvchilar Vatanimizning go‘zal manzaralarini tasvirlash orqali o‘zlarining ijodiy tasavvurlarini namoyon etdilar.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 314 |
| 5 | #kelajak_soati
🔰“Vatanimning go‘zal joylari” — bolajonlar nigohida...
Kosonsoy tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning Vatanga bo‘lgan mehrini oshirish, ona yurtimizning betakror tabiati va go‘zal maskanlari haqida tasavvurlarini kengaytirish maqsadida “Kelajak soati” doirasida “Vatanimning go‘zal joylari” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida bolajonlarga yurtimizdagi tarixiy obidalar, so‘lim tabiat manzaralari, qadimiy shaharlar va diqqatga sazovor maskanlar haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumotlar berildi.
Tarbiyalanuvchilar mavzu yuzasidan o‘z taassurotlarini bildirib, rasmlar orqali
Vatanimizning go‘zal joylarini ifodalashga harakat qildilar. Mashg‘ulot bolalarda yurtimizga mehr, tabiatga ehtiyotkorona munosabat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 267 |
| 6 | #kelajak_soati
🔰 “Birlik va hamjihatlik — taraqqiyot asosi”
Navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Yagona Vatan — yagona xalq” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda o‘quvchilarga xalqimizga xos mehr-oqibat, do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat kabi qadriyatlarning ahamiyati tushuntirildi. Yoshlarning Vatan oldidagi burchi va fuqarolik mas’uliyati haqida suhbat olib borildi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni asrash, xalqimiz birdamligini mustahkamlash har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanini anglab oldilar.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 190 |
| 7 | #kelajak_soati
🔰“Yagona Vatan — yagona xalq”...
Kosonsoy tumanidagi 7, 44, 55-sonli maktablarida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Ona Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Kelajak soati” doirasida “Yagona Vatan — yagona xalq” mavzusida mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligining qadr-qimmati, xalqimizning azaliy qadriyatlari, o‘zaro hurmat va hamjihatlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilib, kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish uchun puxta bilim olish muhimligi ta’kidlandi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 260 |
| 8 | #kelajak_soati
🇺🇿 “Kelajak soati” — Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida
Kosonsoy tumanidagi 25, 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Ona Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Maktab direktorlari bevosita mashg'ulotlarda ishtirok etib, yoshlarni bilimli, ma’rifatli, tashabbuskor va vatanparvar etib tarbiyalash muhim vazifa ekanini ta’kidlab, o‘quvchilarni yaxshi o‘qish, zamonaviy bilim va kasblarni egallash hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdilar.
Mazkur mashg‘ulot o‘quvchilarda Vatanga daxldorlik, milliy g‘urur va yurt kelajagiga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 354 |
| 9 | #milliy_qadriyat
🔰Milliy ruh va milliy g‘urur...
Kosonsoy tumanidagi 26-sonli maktabda “Milliy libos — milliy g‘urur” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda milliy liboslar, raqslar, qo‘shiqlar va urf-odatlar namoyish etilib, yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ulari mustahkamlandi.
Milliylik — faxrimiz, qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz!
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati | 356 |
| 10 | #qonunchilik_hujjatlari
📣 Tarbiyalanuvchilarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan tarbiyachilar uchun javobgarlik belgilandi
✅ Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi tegishli Qonuni bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
🔹 taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan:
➖ tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish, shuningdek uni kamsitish yoki xoʻrlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek belgilangan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi;
➖ pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 1 yil muddat davomida quyidagi taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi:
🔹 maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
🔹 umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari;
🔹 professional taʼlim tashkilotlari;
🔹 bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari.
👉 Shuningdek, ushbu Qonun bilan:
➖ davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻzda tutildi;
➖ ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish boʻyicha ishlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb etilishi belgilandi.
👉 Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 263 |
| 11 | #soʻrovnoma
Hurmatli ustozlar!
✅ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan oʻtkazilayotgan so‘rovnomada qatnashing va foydali kontentlar yaratilishida o‘z hissangizni qo‘shing.
❗️ Sizning fikringiz biz uchun muhim.
👉 bola-kontent.uz/sorovnomalar/oqituvchilar-uchun-sorovnoma
🔰Barcha ma'lumotlar anonim tarzda saqlanadi va umumlashtirilgan holda tahlil uchun foydalaniladi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 217 |
| 12 | 📌 Ta’lim sifati va raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 12-sentabr kuni Kosonsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i raisligida navbatdagi videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologlari, maslahatchilar hamda kutubxona mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, maktablarda “Raqamli kutubxona” axborot tizimini joriy etish, “Besh tashabbus” doirasida o‘quvchilarni sport to‘garaklariga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 337 |
| 13 | #Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?
➖ 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥 Ustozingiz bilan bog‘liq unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz yoki ezgu tilaklaringizni qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲 Videoda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy sahifalarida ulashiladi.
🎉 “Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤Telegram 🌐 Facebook
🌐Youtube 🌐Instagram
🔎Veb-sayt 😄 Linkedin | 552 |
| 14 | #brifing
⏰ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING
✅ Joriy yil davomida vazirlik tizimiga jami 36 650 ta murojaat kelib tushgan hamda ularning 17 306 tasi ijobiy hal etilgan, 16 mingtaga yaqin murojaatlarga huquqiy va boshqa turdagi tushuntirishlar berib oʻtilgan.
👉 Murojaatlarning asosiy qismi:
➖ taʼlim sohasi xodimlari kasbiy faoliyati;
➖ bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablariga joylashtirish;
➖ maktab faoliyati;
➖ xodimning ishga kirishi yoki oʻz ish oʻrniga tiklanishi;
➖ ish haqi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblash.
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati vakillari tomonidan hududlarda 17 ta sayyor qabul tashkil etildi va 521 nafar fuqaroning murojaatlari yuzma-yuz qabul qilindi.
👉 Vazirlik Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali ham fuqarolarning 42 mingdan ortiq telefon qoʻngʻiroqlariga tezkor javob berildi.
➖ Tizimdagi korrupsiyaviy holatlar boʻyicha murojaat qilish uchun @mmtv_anticorbot maxsus telegram-boti, ishga joylashish va boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha ish.uzedu.uz, vacancy.argos.uz elektron platformalari faoliyat yuritmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 399 |
| 15 | Vazir o‘rinbosarining sayyor qabuli o‘tkazildi
➖ Fuqarolarning ta’lim sohasiga oid murojaatlarini tinglash va ularni hal etish maqsad qilingan sayyor qabulda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov ishtirok etdi. Unda viloyatdagi ta’lim muassasalarida mavjud muammolar, dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
🟢 Jarayonda fuqarolar tomonidan 25 ta murojaat bildirildi. Murojaatlarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish, ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda ularni zamonaviy jihozlash, pedagoglarning mehnat munosabatlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.
✍️ Ularning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati | 550 |
| 16 | ‼️‼️‼️
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanishiga 1️⃣ kun qoldi!
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 475 |
| 17 | 📚 O‘quv jarayonini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 9-sentyabr kuni Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi faollar zalida maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, dars soatlarini taqsimlash jarayonida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, pedagoglar sifat tarkibii oshirish shuningdek, sinf komplektatsiyasini to‘g‘ri shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda o‘quv jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 533 |
| 18 | 🔰 Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Kosonsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, nazoratsiz qolishining oldini olish hamda huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, maktab va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish, o‘quvchilar bilan profilaktik va targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 495 |
| 19 | 🔰Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri...
Joriy yilning 9-sentabr kuni Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faollar zalida tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda kiberjinoyatlarning oldini olish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman IIB boshlig‘i, mas’ul xodimlar hamda umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda internetdan xavfsiz foydalanish, kiberfiribgarlik, shubhali havolalar va xabarlar orqali sodir etilayotgan jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar va o'qituvchilar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va internetdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishda informatika fani o‘qituvchilarining o‘rni alohida ta’kidlandi.
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati | 431 |
| 20 | #Infografika
Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini taʼlimga jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar:
✅Hukumatning tegishli Qaroriga muvofiq, maktablardagi oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilinib, oʻqitish xarajatlarining 80 foizi Davlat budjetidan qoplab berilmoqda.
📊 Qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan oʻquvchilarning 2 484 nafari umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishdi. Shuningdek, 6 590 nafar 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi oʻrtacha bali 85,4 ni tashkil qildi.
🔹 Buning uchun oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish jarayonlarini tashkil etish, monitoringini yuritish hamda toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha kelajak.uzedu.uz elektron platformasi ishga tushirildi.
📊 Bugungi kunda platformada 9 mingdan ortiq davlat maktablari, oʻquv markazlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtgan.
📍 2026-yilning 1-sentabr holatiga 138 813 nafar oʻquvchilar axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, umumtaʼlim fanlari, 1-4-sinflarda uzaytirilgan kun guruhlari va kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb qilingan.
2025-2026 oʻquv yilida “Kelajak” markazlarida jami 223 166 nafar oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan boʻlib, shundan 21 918 nafar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlovlardan ozod qilingan.
📊Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida 2026-yilda 1 369 ta mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish orqali 53 219 ta bola oʻrni yaratilgan.
🔰 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida 14 492 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 31 728 nafar farzandlarining ota-ona toʻlovi uchun 7,8 mlrd soʻm Davlat budjetidan yoʻnaltirildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 310 |
