uk
Feedback
Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy

Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy

Відкрити в Telegram

Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining axborot va matbuot xizmati

Показати більше
1 923
Підписники
-324 години
-317 днів
-13930 день

Триває завантаження даних...

Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
червень '26
червень '26
+18
в 2 каналах
травень '26
+12
в 3 каналах
Get PRO
квітень '26
+16
в 6 каналах
Get PRO
березень '26
+90
в 3 каналах
Get PRO
лютий '26
+25
в 2 каналах
Get PRO
січень '26
+2 338
в 4 каналах
Get PRO
грудень '25
+33
в 1 каналах
Get PRO
листопад '25
+46
в 2 каналах
Get PRO
жовтень '25
+22
в 5 каналах
Get PRO
вересень '25
+21
в 3 каналах
Get PRO
серпень '25
+16
в 4 каналах
Get PRO
липень '25
+17
в 1 каналах
Get PRO
червень '25
+30
в 4 каналах
Get PRO
травень '25
+23
в 4 каналах
Get PRO
квітень '25
+468
в 6 каналах
Get PRO
березень '25
+34
в 3 каналах
Get PRO
лютий '25
+44
в 1 каналах
Get PRO
січень '25
+18
в 0 каналах
Get PRO
грудень '24
+14
в 2 каналах
Get PRO
листопад '24
+237
в 2 каналах
Get PRO
жовтень '24
+7
в 1 каналах
Get PRO
вересень '24
+13
в 0 каналах
Get PRO
серпень '24
+3
в 0 каналах
Get PRO
липень '24
+19
в 0 каналах
Get PRO
червень '24
+22
в 0 каналах
Get PRO
травень '24
+19
в 2 каналах
Get PRO
квітень '24
+13
в 1 каналах
Get PRO
березень '24
+12
в 0 каналах
Get PRO
лютий '24
+21
в 4 каналах
Get PRO
січень '24
+7
в 0 каналах
Get PRO
грудень '23
+26
в 3 каналах
Get PRO
листопад '23
+9
в 1 каналах
Get PRO
жовтень '23
+16
в 0 каналах
Get PRO
вересень '23
+601
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+20
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+321
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+116
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+65
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+3
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+4
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+837
в 0 каналах
Дата
Залучення підписників
Згадування
Канали
26 червня+2
25 червня0
24 червня0
23 червня+1
22 червня0
21 червня0
20 червня0
19 червня0
18 червня0
17 червня+1
16 червня0
15 червня+2
14 червня0
13 червня0
12 червня0
11 червня0
10 червня0
09 червня0
08 червня0
07 червня0
06 червня+1
05 червня0
04 червня0
03 червня+10
02 червня0
01 червня+1
Дописи каналу
2
#sohaga_doir_hujjatlar 📣 Umumtaʼlim tashkilotlari oliy toifali oʻqituvchilarining magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati
#sohaga_doir_hujjatlar 📣 Umumtaʼlim tashkilotlari oliy toifali oʻqituvchilarining magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati yaratildi ✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 👉 Unga koʻra: ➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan hamda oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitish tizimi joriy etiladi. 👉 Bunda: ➖ oʻqish jarayonlari ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi; ➖ pedagoglar maqsadli magistraturani tugatgandan keyin uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi; ➖ maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi; 👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: ➖ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. ❗️ Bu muhim: oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish shartlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. 👉 Qarorning to‘liq matni Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
312
3
#Ёшлар_куни 🔰 Билим ва меҳнат эътирофи: битирувчиларга олтин ва кумуш медаллари топширилди ▫️Пайшанба – Ёшлар куни муносабат+9
#Ёшлар_куни 🔰 Билим ва меҳнат эътирофи: битирувчиларга олтин ва кумуш медаллари топширилди ▫️Пайшанба – Ёшлар куни муносабати билан Косонсой туманидаги 4-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактабида тантанали тадбир ташкил этилди. Унда таълимда юқори натижаларга эришган бир гуруҳ битирувчиларга олтин ва кумуш медаллар топширилди. Тадбир давомида ёшларнинг меҳнати ва ютуқлари эътироф этилиб, уларга келгуси таълим ва меҳнат фаолиятларида улкан зафарлар тилаб қолинди. Косонсой тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати. 👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube
445
4
#Ёшлар_куни 🔰 Косонсойда битирувчиларга олтин ва кумуш медаллар тантанали топширилди ▫️Бу йил Косонсой туманидаги таълим муа+9
#Ёшлар_куни 🔰 Косонсойда битирувчиларга олтин ва кумуш медаллар тантанали топширилди ▫️Бу йил Косонсой туманидаги таълим муассасаларини 3206 нафар йигит-қиз битирди. Қувонарлиси, уларнинг 291 нафари мактабни тамомламасдан туриб, мамлакатимиз ва хорижий олий таълим муассасаларига муддатидан олдин ўқишга қабул қилинди. Бу ютуқ, албатта, ёшларнинг билимга интилиши, изланиши ва юксак салоҳияти самарасидир. Бу йилги битирувчиларнинг 38 нафар битирувчи юқори натижалари учун медаллар билан тақдирланди. Жумладан, 25 нафар ўқувчи олтин, 13 нафар ўқувчи эса кумуш медалга сазовор бўлди. “Ёшлар куни” муносабати билан ташкил этилган тантанали тадбирда туман ҳокимининг ўринбосари М.Соиббоев битирувчиларни мустақил ҳаётга қадам қўяётгани билан табриклади. У туман ҳокимининг байрам табригини ўқиб эшиттириб, ёшларга келгуси фаолиятида улкан муваффақиятлар тилади. Шу билан бирга, уларнинг таълим-тарбиясига муносиб ҳисса қўшган устозлар ҳамда ота-оналарга миннатдорчилик билдирди. Энг аҳамиятли жиҳати шундаки, бу йил 291 нафар ўқувчи олий таълим муассасаларига муддатидан олдин қабул қилиниб, талабалик бахтига муяссар бўлди. Таққослаш учун, ўтган ўқув йилида бу кўрсаткич 183 нафарни ташкил этган эди. Демак, Косонсой ёшларининг таълим соҳасидаги натижалари йилдан-йилга юксалиб бормоқда. Косонсой тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати. 👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube
484
5
📌 Kosonsoy tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Na+8
📌 Kosonsoy tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar, pedagog-xodimlar hamda ota-onalar ishtirokida “Inklyuziv sinflarda ta’limning mazmun-mohiyati, tizimda faoliyat olib boruvchi maxsus pedagog-xodimlar va o‘qituvchilarning vazifalari, muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Respublika tashxis markazi mutaxassisi Tolipova Mastura Ulmasbayevna ham faol ishtirok etdi. U davra suhbati davomida inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib, tadbir yakunida tashkil etilgan onlayn so‘rovnoma orqali ota-onalarning fikr-mulohazalari va takliflari bilan yaqindan tanishdi. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
633
6
🔰Kosonsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda. Kosonsoy tuman+5
🔰Kosonsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda. Kosonsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida o‘quvchilar uchun sport musobaqalari, kitobxonlik kechalari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ijodiy tanlovlar hamda fan to‘garaklari tashkil etilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
539
7
✅✅✅✅ Vazir Farg’onadagi ta’lim muassasalarida bo‘ldi ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qo‘qon shahridagi+6
✅✅✅✅ Vazir Farg’onadagi ta’lim muassasalarida bo‘ldi ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qo‘qon shahridagi 30-sonli maktab hamda 32- va 64-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuvlar davomida vazir davlat dasturlari doirasida olib borilayotgan qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi. 🔰 Mas’ullar bilan suhbatda ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga mos bo‘lishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishildi. ➖ Bolalarning xavfsizligi, sog‘lom dam olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
441
8
#Диққат_эълон 📣 Pedagoglarga attestatsiyadan oʻtkazish muddati yaqinlashganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tizimi joriy
#Диққат_эълон 📣 Pedagoglarga attestatsiyadan oʻtkazish muddati yaqinlashganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tizimi joriy etildi ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi tegishli qarori asosida: ➖ maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtishiga olti oy qolganda ularga attestatsiyadan oʻtish muddati yaqinlashganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yo'lga qo'yildi. ➡️ Shunga muvofiq: 📍2027-yilning birinchi yarmida malaka toifa sertifikatining muddati tugaydigan pedagog kadrlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilishlari lozimligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuborildi. ➖ Mazkur xabarnomalarni olgan pedagoglar 2027-yil 1-yanvardan 1-martga qadar attestatsiyada qatnashishlari uchun oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtib murojaat yuborishlari lozim. 👉 Maʼlumot uchun: mazkur turdagi xabarnomalar har yili ikki marta — iyun va yanvar oylarining oxirgi oʻn kunligida pedagog kadrlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
537
9
#Sayyor_qabul ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida Namangan viloyati, Davlatobod tumani+6
#Sayyor_qabul ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 95-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi. 🔴 Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar hamda tadbirkorlar bevosita ishtirok etib, tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi. Jarayonlar davomida: ➖ davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish; ➖ ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish va ularni zamonaviy jihozlash; ➖ oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. ➖ pedagoglarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kasbiy faoliyatiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. 🌐 Bildirilayotgan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida vazirlik mutasaddilari hamda hududiy rahbarlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar topdi. ⏰ Bu haqida masalasi ijobiy hal etilgan murojaatchilar o‘z fikrlarini ham bildirishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
443
10
#Qabul_2026 #Eslatma 🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yil
#Qabul_2026 #Eslatma 🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz? ➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering: ➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul! Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
339
11
#qonunchilik_hujjatlari 📣 Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reestri yuritiladi ✅ 2026-yil 22-i
#qonunchilik_hujjatlari 📣 Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reestri yuritiladi ✅ 2026-yil 22-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan 3 ta Kodeks va 5 ta Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan: ➖ Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reestri yuritilishi belgilandi; ➖ Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga taʼrif berilib, unga 18 turdagi jinoyatlar kirishi belgilandi; ➖ Huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega boʻlgan yangi institut – komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining qonuniy asoslari yaratildi. Ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlari qonun bilan oʻrnatildi; ➖ Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda eng quyi maishiy korrupsiyadan tortib, yuqori darajadagi mansabdor shaxslar orasidagi jinoyatchilikka qarshi amaliy mexanizmlar belgilandi; ➖ Komplayens tuzilmalarning mustaqil va taʼsirchan ishlashini taʼminlash uchun ushbu boʻlinmalar xodimlarining xavfsizlik kafolatlari oʻrnatildi; ➖ Komplayens tuzilmalari barcha davlat organlarida tashkil etilib, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib boruvchi tuzilmalarning oʻzida ham komplayens-nazorati tizimi olib boriladi; ➖ Komplayens tuzilmalarining butun faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi; ➖ 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoidalari qoʻllanilmasligi belgilandi; ➖ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga har bir davlat organi va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi; 🔰 “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash, hududiy kengashlarning maqomi va vazifalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 8 ta yangi vazifalar belgilandi. 👉 BATAFSIL Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
344
12
#Sayyor_qabul ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida Namangan viloyati, Davlatobod tumani+6
#Sayyor_qabul ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 95-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi. 🔴 Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar hamda tadbirkorlar bevosita ishtirok etib, tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi. Jarayonlar davomida: ➖ davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish; ➖ ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish va ularni zamonaviy jihozlash; ➖ oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid qator dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. ➖ pedagoglarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kasbiy faoliyatiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. 🌐 Bildirilayotgan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida vazirlik mutasaddilari hamda hududiy rahbarlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar topdi. ⏰ Bu haqida masalasi ijobiy hal etilgan murojaatchilar o‘z fikrlarini ham bildirishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
356
13
🔰Inklyuziv ta’lim – teng imkoniyatlar kafolati. Kosonsoy tuman 41-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha+8
🔰Inklyuziv ta’lim – teng imkoniyatlar kafolati. Kosonsoy tuman 41-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv ta’limni tashkil etish va bolani qabul qilish bosqichlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibi, ular uchun qulay va moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan mavzu doirasida fikr almashilib, inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiya va takliflar muhokama qilindi. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
687
14
“DOLZARB 90 KUN”: KUTUBXONALARDA KITOBXONLIK MUHITI YANADA JONLANMOQDA. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kosonsoy tumanida+4
“DOLZARB 90 KUN”: KUTUBXONALARDA KITOBXONLIK MUHITI YANADA JONLANMOQDA. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Kosonsoy tumanidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda. Ayni kunlarda maktab kutubxonalari o‘quvchilar bilan gavjum bo‘lib, yosh kitobxonlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kutubxonalarga faol tashrif buyurmoqda. Kutubxonalarda badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlariga qiziqish ortib, o‘quvchilar sevib mutolaa qilayotgan asarlari yuzasidan o‘zaro fikr almashmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida olib borilayotgan bunday ishlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
575
15
#Yangilik #Muxlislar_maydoni ⚽️Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchi O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuvida to‘pni stadionga olib chiq
#Yangilik #Muxlislar_maydoni ⚽️Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchi O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuvida to‘pni stadionga olib chiqadi 🤗️"Kia" kompaniyasi tomonidan jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan "Eng yaxshi videorolik" tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Jahangir Sadikov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 🏆Ushbu yutuq evaziga Jahangir 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Portugaliya o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvda to‘pni stadionga olib chiqish sharafiga sazovor bo‘ldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi MMTV Axborot xizmati Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
555
16
🌈 Dolzarb 90 kunlik tadbirlari 📍 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 18-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” tadbir+9
🌈 Dolzarb 90 kunlik tadbirlari 📍 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 18-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarda faol qatnashdilar. Tadbirlar o‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish va yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
710
17
English Summer Camp – 2026 📍 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 5-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “English Summer+5
English Summer Camp – 2026 📍 Namangan viloyati Kosonsoy tumani 5-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “English Summer Camp – 2026” yozgi oromgohining o‘quvchilari uchun navbatdagi ingliz tili mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Bugungi dars ingliz tili o‘qituvchisi Ketrina Kate tomonidan “Shake the Bottle” (“Shishani silkit”) mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar turli topshiriqlar va qiziqarli o‘yinlar orqali ingliz tilidagi so‘z va iboralarni mustahkamladilar hamda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Darsning asosiy qismida “Shake the Bottle” o‘yini o‘tkazildi. O‘quvchilar navbat bilan shishani aylantirib, shisha ko‘rsatgan ishtirokchi ingliz tilida berilgan savollarga javob berdi yoki topshiriqlarni bajardi. Ushbu interaktiv usul o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni erkin fikrlash va ingliz tilida muloqot qilishga undadi. Kosonsoy tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot xizmati
550
18
‼️‼️‼️ #Qabul_2026 Hurmatli ota-onalar! ✅ Tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar
‼️‼️‼️ #Qabul_2026 Hurmatli ota-onalar! ✅ Tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida maktabga borish uchun qay tartibda “Navbat”ga yozilish haqida — videoyo‘riqnomada. ⏰ Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, farzandingiz bilan, uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda borishingiz talab etiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
459
19
#IqtidorMaktabAnsambli 🏆 Gʻoliblar aniqlandi! 🪕 “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Respublika bosqichi oʻz nihoyasiga ye
#IqtidorMaktabAnsambli 🏆 Gʻoliblar aniqlandi! 🪕 “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Respublika bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi. ➖ Yakuniy natijalarga koʻra: 🥇Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahar 14-maktabning “Navo” jamoasi 1-o’rin, 🥈Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonliko‘l tumani 1-maktabning “Nihol” jamoasi 2-o’rin, 🥉Namangan viloyati, Namangan shahri 31-maktabning “Shodiyona” jamoasi 3-o’rinni qoʻlga kiritdi. “Kelajak” markazlari Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
599
20
#qabul_2026 #infografika 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilg
#qabul_2026 #infografika   🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli muhim ma'lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.  ☎️ Call-markaz: 1206 Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
1 773