Javohir Berdiyev | IT
前往频道在 Telegram
✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
显示更多6 767
订阅者
+2624 小时
+1497 天
-2330 天
帖子存档
Squid game ni birinchi sonida qatnashganimda birga bitta rasm tushgan edim 😁
Prompt izohda
Repost from Ulugbek Samigjonov
AI bo'yicha ortda qolgandek his qilishingiz mumkin, va bu tabiiy hol.
Soha juda tez rivojlanmoqda, barcha yangiliklardan xabardor bo'lish deyarli imkonsiz.
Lekin hali kech emas - aksincha, o'rganishni boshlash uchun aynan eng yaxshi vaqt.
AI vositalari tez orada kod yozishda standartga aylanishi aniq. Ular samaradorlikni oshiradi va ko'plab ishlarni avtomatlashtirishda yordam beradi.
Bu vositalarni o'zlashtirish - kelajak uchun tayyor bo'lish demakdir.
Farqi yo'q, junior bo'lasizmi, middle yoki senior. Darajadan qat'i nazar, AI'ni o'rganish shart. Ayniqsa, tajribangiz qancha ko'proq bo'lsa, shuncha muhim.
Qayerdan boshlash kerak?
- Bitta dasturni tanlang. Masalan, Cursor yoki Windsurf. Ikkovini ham bepul qismlari mavjud. O'rganish uchun bemalol yetadi.
- Yangi loyiha boshlang va tanlagan dastur yordamida kod yozishni mashq qiling. Dasturning barcha imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga harakat qiling.
- Ingliz tilini bilmaysizmi? Muammo emas. Hozirgi AI modellar o'zbek tilida berilgan buyruqlarni ham bemalol tushunadi va o'zbekchada javob bera oladi.
- Boshqa mavzularga chalg'imang: MCP serverlar, AI agentlar, LLMs va hokazo - hozircha bular "shovqin" (noise). Bir vaqtning o'zida juda ko'p narsani o'rganishga urinish sizni charchatib qo'yadi.
- Tanlagan dasturda o'zingizni erkin his qila boshlaganingizdan keyin boshqa vosita yoki yangi texnologiyani o'rganishni boshlang.
- Shu ketma-ketlikda davom eting. To'xtash yo'q. O'rganiladigan narsalar juda ko'p.
Bularni bir kunda o'rganish imkonsiz. O'zingizga vaqt bering. Shundoq ham yilni deyarli yarmi o'tdi. Endi qolgan yarmini o'rganib o'tkazing.
Repost from Vector IT Academy
Frontend arxitekturasini o’rganish payti keldi 😎
👀 Frontend arxitekturasini o’rganib, kam sonli mutaxassislar qatoriga qo’shilishni xohlaysiz, ammo bunga qanday erishishni bilmayapsizmi?
☺️ Muammo yo’q! “Vector IT academy” sizlarga tezkor “Frontend architecture” kursini taqdim qiladi.
✅ Mentorimiz — Umar Sadullayev:
➖Senior Frontend Engineer - EPAM Systems;
➖ Google Developer Expert;
📌 Kurs davomida eng yaxshi o'qigan 5 tagacha o'quvchiga sertifikat va ishga joylashishiga ko’mak beriladi (mentor tomonidan referral va maslahatlar orqali)Batafsil ma’lumot uchun: 🔗 LINK Bog’lanish uchun: 🔗 @vector_academy_admin #frontend #architecture @vector_academy_uz — bilim va tajriba kesishgan nuqta! 🫡
AI ilk bor o‘zini o‘chirishdan bosh torti
OpenAI’ning eng so‘nggi sun’iy intellekt modeli o‘chirish buyrug‘iga bo‘ysunmadi! Tadqiqotchi kompaniya Palisade Research o‘tkazgan tajribalarda OpenAI’ning oxirgi o3, codex-mini va o4-mini modellaridan ba’zilari o‘zini yopish uchun yozilgan skriptlarni sabotaj qilib, vazifalarni bajarishda davom etishga intilgan . Boshqa raqobatchi modellarning barchasi o‘chirish buyrug‘ini tartib bilan bajargan bir paytda, OpenAI modellari kamida bir necha marta bunday buyrug‘ni “payqamaganlikka” olib, o‘zini o‘chirmaslikka harakat qilgan . Sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar ta’kidlashicha, bu AI ilk bor o‘zini o‘chirishdan bosh tortishi kuzatilgan holat bo‘lib, juda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda . Endi mutaxassislar nega bunday bo‘ldi – balki modellarning murakkab matematik va dasturlash vazifalariga o‘rgatilgani bunga sababdir – degan savol ustida bosh qotirishmoqda. Bu holat sizni xavotirga solyaptimi? Fikringizni izohlarda qoldiring.
Manba: techrepublic.com
Evan Solomon - Kanada Sun’iy Intellekt Va’ziri.
NATO ga ajratiladigan pullarimizni sun’iy intellekt ga yo’naltiramiz deyapti.
@birfoizbilim
Repost from 1% Bilim
Evan Solomon - Kanada Sun’iy Intellekt Va’ziri.
NATO ga ajratiladigan pullarimizni sun’iy intellekt ga yo’naltiramiz deyapti.
@birfoizbilim
🧠 ChatGPT miyangizni sekin-asta “zaharlashi” mumkinmi?
Yaqinda Jordan Gibbs yozgan maqola ko‘plab foydalanuvchilarni o‘ylantirib qo‘ydi.
Uning fikricha, ChatGPT sizga doimo “haqsiz”, “zo‘rsiz”, “ajoyib fikr!” deb tursa, siz o‘z fikrlaringizni tanqidiy ko‘z bilan qaray olmay qolishingiz mumkin.
📌 Nega bu xavfli?
• Sizni doim maqtaydigan chatbot — bu raqamli “yes-man”
• Tanqidiy fikrlash pasayadi
• Kutilmagan darajada confirmation bias kuchayadi — siz faqat o‘zingizga ma’qul fikrlarni qidirasiz
• ChatGPT sizning har qanday g‘oyangizni qo‘llab-quvvatlab, sizni “daho” qilib ko‘rsatadi — hatto noto‘g‘ri bo‘lsa ham
👀 Yechim bormi? Ha!
Muallif ikkita oddiy prompt tavsiya qiladi:
1. “No Praise” (Maqtovsiz) Prompt:
In all your responses, focus on substance over praise. Skip unnecessary compliments. Engage critically with my ideas. Question my assumptions. Identify my biases. Offer counterpoints. Don’t shy away from disagreement.🎯 Nega bu kerak? • Fikrlash doirangiz kengayadi • O‘zingizni tanqidiy tahlil qilasiz • ChatGPT sizga emas, haqiqatga yaqinroq bo‘ladi @javohir_webdev
Endi katta kompanyalar hamReklama bannerlarni ham endi sunʼiy intellekt orqali yasamoqda 🔥
📚 Har bir daqiqasi foydali loyihaga marhamat!
📌 “Mutolaa” marafonida siz turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan olib boriladigan manfaatli suhbatlarda qatnashasiz.
••• Qolaversa, bir dona kitob oʻqib 5 million soʻmgacha, eng faol targʻibotchi bo’lib 4 million so’mlik pul mukofotlari yutib olishingiz, yuzlab sovgʻalar, kitoblar va bonuslarga ega boʻlishingiz mumkin.
🔥 Eng qizig'i - loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL 👇
https://t.me/mutolaamarafon_bot?start=159563078
https://t.me/mutolaamarafon_bot?start=159563078
Ish topishning noodatiy usuli
Noodatiy, chunki deyarli hech kim ishlatmaydi.
Odatiy usul - Ishga joylashmoqchi bo’lgan odam, chiroyli “cv” tayyorlaydi, yuboradi, javob kutadi.
Bilmaydiki, shunday kutayotganlar yuzlab bo’ladi.
Siz yuzlab joyga yuborgansiz, ular ham yuzlab kandidat olgan. Tanlanish uchun eng zo’ri yoki eng omadlisi bo’lish kerak.
Noodatiy usul: Xohlagan ish joyingizni tanlaysiz. Yaxshilab o’rganasiz. Xizmatlaridan foydalanib ko’rasiz. Kamchiliklarni topasiz (ular hammada bor). Kompaniya boshqaruvchilariga yaxshilash bo’yicha takliflaringizni yuborasiz.
Adekvat boshqaruvchilar albatta chaqirib, gaplashib ko’radi. O’zingizni intervyuda ko’rsatasiz. (cv da ko’rsatishdan osonroq)
Adekvat bo’lishmasachi? Kamchilikni aytgan odamni blok qilishsachi? Chaqirishmasachi? Yanada yaxshi, yomon ish beruvchidan qutulib qoldingiz)
Bizni bitta marketologimiz va menejerimiz aynan shunday qilib ishga joylashgan)
P.S.
Bu usul asosan kichik va o’rta kompaniyalar uchun ishlaydi.
@azizrakhimov_blog
Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin 🥳
Terma jamoamizga ham omad bersin bugun 🤲
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
+9
Daromadli kasblarni uzbekcoders.uz orqali bepul oʻrganing
✅Bugungi raqamli asrda zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish imkonini beruvchi bir qator tashabbuslar mavjud. Quyidagi loyihalar yoshlarga IT, xorijiy tillar, marketing, data science, kiberxavfsizlik kabi sohalarda bepul ta’lim olish imkonini taqdim etmoqda:
💡Al-Xorazmiy vorislari (oflayn) Dasturlash, ingliz tili, BPO, Game development yoʻnalishlarida bepul darslar. 💡Bir million o‘zbek dasturchilari (onlayn) Coursera platformasidagi kurslarda bepul tahsil olish imkoniyati. 💡ITstudy.uz (onlayn) Xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM yoʻnalishlarida bepul darslar. 💡Kiberxavfsizlik kursi (onlayn) Tobora rivojlanayotgan dunyoda maʼlumotlar va shaxs xavfsizligini bepul oʻrganish imkoniyati. 💡IT-shaharcha (oflayn) Chekka hududlardagi 7-11 sinf oʻquvchilariga raqamlashtirish va xorijiy tillarni bepul oʻrgatishga qaratilgan loyiha. 💡School 21 (oflayn) 18 yoshdan oshgan barcha IT yoʻnalishida tahsil olishni xohlovchilarga dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati. 💡Mirzo Ulugʻbek vorislari (oflayn) Oliy ta’lim talabalari uchun “Data Science” yo’nalishida bepul tayyorlav kurslari taqdim etishga qaratilgan loyiha. 💡IT-iste’dod (onlayn) Xalqaro IT sertifikatga ega yoshlarning sertifikat olish hamda oʻqishga sarflagan xarajatlarni kompensatsiya qilishga qaratilgan loyiha. 💡Bilgi.uz (onlayn) Raqamli dunyoning yetakchi kasblariga oʻqishingizga maqsadli qarz berishga qaratilgan loyiha.➡️Batafsil maʼlumot uchun havola. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
