Umar Sadullayev | Blog
前往频道在 Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
显示更多5 151
订阅者
-724 小时
-37 天
-5630 天
帖子存档
Keyingi podkastni texnik mavzuda qilmoqchimiz inshaaAlloh, qaysi mavzu sizga qiziq?
Podkast ba'zi sabablarga ko'ra 22:00 da boshlanadigan bo'ldi inshaaAlloh.
Sabr tagi oltin degandek, sabr qilamiz 🌚
#delay
@JoshDeveloper
Bugun 21:00 da ko'pchilik dasturchilar va dasturchi bo'lmoqchilar uchun juda muhim mavzuda suhbatimiz bor inshaaAlloh. O'tkazib yubormang.
Jonli efir manzili📍:
https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared
#podcast #JoshPodcast
@JoshDeveloper
Diqqat, "Josh*Podcast"ning yettinchi soni e'loni. 🎙
Podcast mavzusi 📃:
“Dasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin?”
Mehmonimiz 👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)
Sana va vaqti 🕔:
9-Dekabr, 21:00
Jonli efir manzili📍:
https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared
Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.
#podcast
@JoshDeveloper
INHA universitetini bitirgan do'stlarimiz shu universitetga tayyorlanayotganlar uchun kurs tashkillashayotgan ekan.
Kimga qiziq bo'lsa, marhamat.
https://t.me/inha_exam_preparation/21
Reklama huquqlari asosida. Buyerda sizning ham 1000$ lik reklamangiz bo'lishi mumkin edi. 😅 (hazil)
#share
@JoshDeveloper
Essiz, bizni aldashgan ekan 😄.
Buni o'qimagunimcha primitiv qiymatlar Stack'da saqlanadi degan gapga ishonib kelganman.
Hayotda shunchalik ham adashish mumkinmi axir?
#mistake #joke
@JoshDeveloper
Repost from Dev thinking loud
Mana nima sababdan JavaScriptda hamma o'zgaruvchilar heapda saqlanadi: chunki stackdagi joy function tugashi bilan tozalanadi (function ozi stackdan "pop" bo'ladi), closuredagi functionga esa u joy keyin ham kerak.
Manba:
https://exploringjs.com/deep-js/ch_environments.html#recursion-via-environments
Angular intervyulariga tayyorgarlik kursi ⚡
Angular freymvorkini uncha-muncha intervyulardan bemalol o'ta oladigan darajada chuqur o'rganishni xohlovchilar uchun yangilik.
Angular intervyulariga tayyorgarlik kursiga o'quvchilar yig'ilyapti.
Kurs darajasi: Barcha uchun. (Beginner to Advanced)
Kurs davomiyligi: 2 oy (16 ta dars)
Kurs oylik narxi: 70$
Agar kursga rostan qatnashish niyatida bo'lsangiz, quyidagi yopiq guruhga qo'shiling. (Iltimos, niyati yo'qlar qo'shilmasin !!!)
Guruhga qo'shilish uchun link: https://t.me/+PJnQfS-b_2NhMjMy
#angular #interviews
@JoshDeveloper
Dasturchi sifatida samarali va sifatli ishlash juda ham kamyob kuzatiladigan holat bo'lib borayotgandek.
Shu sabab, kelayotgan hafta oxiri barcha dasturchilar uchun juda bir manfaatli mavzu haqida suhbat qilamiz inshaaAlloh.
Qanday qilib sifatli ishlasa bo'ladi?
Nimalar qilish/qilmaslik kerak?
Katta vazifalar ustida samarali ishlash qanday bo'ladi?
Shu va shu kabi savollarga javob olamiz, inshaaAlloh.
So that, stay tuned! 🕐
#JoshPodcast
@JoshDeveloper
Xo'sh nega bunday fikrga keldim?
Sababi oddiy. Dasturchi oddiy dehqon kabi mehnatkash inson xolos. Unga yuklatilgan vazifani qiladi. Ammo, gap sifatli qilishda ketyapti. Uni sifatli qilish esa, faqatgina dasturchiga bog'liq emas.
Sifat masalasi juda chatoq narsa. Unga erishish bir qaraganda har tamonlama mablag' va vaqt yo'qotishdek ko'rinadi. Ba'zida esa rostan ham shunday. Ammo, dastur va kompaniya kelajagi sifatga katta bog'liqligini ham unutmaslik kerak.
Sifat, sifatli ishlash va shu kabi mavzular haqida keyingi postlarimizda yana ham batafsil gaplashamiz, Xudo xohlasa.
Hozir esa, nega "Management"ning ham sifatga aloqasi borligi va o'z yechimlarim haqida gaplashaylik.
Psixologik tomondan qarasak, inson biror narsani sifatli va ishonchli qilishi uchun, unga yetarli vaqt va qo'llov kerak.
Sifatsiz dasturlarning katta qismi shu joyda oqsaydi.
Hozir faqatgina bu muommolarning biri haqida so'z yuritamiz.
Vaqt kamligi muommosi
Vaqt biznes uchun pul. Ammo, vaqt kamligi eng katta sifat dushmanlaridan biri. "Vaqtimiz kam, tezroq qilish kerak" deyilishi, dasturchini tez ishlashga undaydi, bu yaxshi, ammo sifatga ko'z yumib turiladi. Bu juda yomon "side effect" keltirib chiqaradi. Evaziga esa sifatsiz, "bug-friendly" dastur paydo bo'ladi. Bu muommoni aybdorlari ko'pincha shoshqaloq mijozlar. Ya'ni dasturni egalari. Ba'zida esa shu uslubni sevuvchi boshqaruvchilar ham bo'lishi mumkin.
Yechim:
Buni yechimi qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi. Eng birinchi navbatda loyihani "requirement"larini aniq va tiniq qilib olish(eng qiyini ham shu) va so'ngra dasturchilar bilan to'liq gaplashib, kelishgan holda tahminiy "estimation" tuzib chiqish. So'ng, mijozga kutilayotgan minimum va maksimum vaqt oraliqini aytish(sabablari bilan).
Xo'sh, mijozni ishi bitdi ham deylik. Endi esa, dasturchilarni darajasidan kelib chiqqan holda, o'zlari qo'ygan "estimation"lar asosida loyihani qismlarga bo'lib boshlasa bo'ladi. Shaffoflik juda muhim. Har bir dasturchi qayerga ketayotganini, qachon tahminan borishini bilishi kerak. Bosim shart emas. "Estimation" to'g'ri yo'lga qo'yilsa, bosimsiz tez va sifatli natijaga erishsa bo'ladi.
Tepada qachon bo'ladi deyish ham kamayadi. Dasturchilar ham ish joyidan bezib qolmaydi. Muhimi esa, sifatga ham e'tibor beriladi.
O'zim ishlagan ko'plab chet el loyihalarida sifat uchun nafaqat men aytganlarim, balki bundan birnecha karra qimmatroq, qiyinroq va eng muhimi samaraliroq usullarni qo'llashadi. Pul sarflashadi. Chetdan qaraganda pulni sovurayotgandek ko'rinishadi. Ammo, ... buni tagida bir gap bor. :)
Sizning yechimingiz qanday bo'lar edi?
#maslahat
@JoshDeveloper
Avvallari loyihalarda "yoqimli bo'lmagan kod" yozilgan bo'lsa, dasturchini ayblar edim.
Hozirlar ko'proq "Management"ni ayblaydigan bo'ldim.
Sizningcha nega bunday fikrga keldim?
@JoshDeveloper
Mana shu kanaldan biror nima o'rganmagan Frontend'chi bo'lmasa kerak. Yana bilmadim.
CSS "trick"larni ko'pisini shundan o'rganganman.
Avtori Hindistonlik dindoshimiz Muhammad Irshod ekan.
Yana kim biladi bu kanalni? 🙋♂️
#share
@JoshDeveloper
Angular'dan intervyularga tayyorgarlik kursi(+chuqur mavzularni o'rganish uchun ham) qilsam qatnashgan bo'larmidingiz?
Kommentda o'z fikringizni qoldiring.
#angular
@JoshDeveloper
Repost from MDC Uzbekistan
#mdcconf2023
Big News: First Time Microsoft Developers Community Conference is in Uzbekistan!
Hello Tech Lovers and Future Creators,
🌟 Get Ready for Something Amazing:
We're excited to have our first Microsoft Developers Community Conference in Uzbekistan where people can meet in person. This is a big chance to learn and see great new tech ideas! Learn more on our website: MDC Uzbekistan.
🌐 A Big Dream, Crossing Countries:
Our goals and plans are bigger! We are covering people from all over the world and becoming the part of a global group that shares ideas and works together!
👥 Who can join?
🚀 People Who Love Technology
🧠 Experts in Tech
🏢 Companies and Forward-Thinking Business People
🔥 Anyone Who Loves Tech!
Want to join us? Register here.
@mdcuzbekistan
So'rovchida odob bo'lmasa qiyin.
Azizlar, guruhlardami yoki shaxsiydami, farqi yo'q, nimadir so'rashda e'tiborli bo'ling.
Bir narsani tushuning, "Hech kim, sizga yordam berishga majbur emas". Shunday ekan, yordam so'rashda odobni unutmang. Quyidagilar, meni tor fikrimcha, odobdan emas, yana davomini kommentda yozishar:
- Buyruq ohangida yordam so'rash.
- Keraksiz yoki ma'nosiz savol so'rash. (Masalan, PHP guruhiga kirib, "PHP biladiganlar bormi?" deyish)
- Bemavrid savol so'rash.
- Yordam beruvchini sharoitini hisobga olmaslik. (Bu keng ma'noda, masalan, vaqtim yo'q desa ham qistash, jahl qilish, va hokazo holatlar)
- Yordam beruvchini vaqtini qadriga yetmaslik.
va hokazo.
Ishonasizmi shu yozganlarimni hammasini menga nisbatan qilishgan. Bundan ham ko'proq. Yoqimsiz holatlar. Dasturchilar orasida odobni shakllantirsak zo'r bo'lar edi. Demak qoida, "Hech kim, sizga yordam berishga majbur emas".
Guruhlarga ulashing. ✈
#tanqid
@JoshDeveloper
Repost from Umar shares
Linkedin'da "Top Front-End Development Voice" nomli "badge" berishdi. 🌚
Qanday?
Boshida birnechta artikllarga mening expert sifatida fikrimni so'rashdi.(Expert'larni nimaga qarab tanlashyapti bilmadim lekin.)
So'ng, 3 tadan ortiq artiklga fikr qoldirganimdan so'ng, shu "badge"ni berishdi.
Linkedin'da ish qidirish jarayonida asqotsa kerak fikrimcha.
#share
@Josh_shares
