Umar Sadullayev | Blog
前往频道在 Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
显示更多4 804
订阅者
-124 小时
-287 天
-1030 天
帖子存档
“Addictive” narsalar
Ushbu so’zni ma’nosini ko’pchiligimiz yaxshi bilamiz. “O’ziga o’rgatib qo’yadigan” deb tarjima qilsak bo’ladi.
Hayotimizda ko’p narsalar “addictive” hisoblanadi. Masalan narkotik, sigaret, alkogol, zino, qimor, ribo, turli xil o’yinlar, ijtimoi tarmoqlar va hokazo.
Qarasangiz, barcha “addictive” narsalar insonga zararligini ko’rasiz. Ba’zilarini qilishni o’zi zarar bo’lsa, ba’zilari me’yordan o’tganda zarar. “Addictive” ekanligi ko’p hollarda me’yor va chegaralarni buzishga olib keladi.
Bunday zararli “addictive” narsalardan qutilish biz uchun foyda. Buning uchun harxil uslublarni taklif qilishadi. Ammo, Musulmonlar uchun diniga amal qilishi kifoya.
Chunki, muqaddas dinimizga qarasak, “addictive” narsalarni ko’p qismi dinimizda qoralanganini topasiz. Balki hammasi. Chunki, dinimiz biz uchun yashash qo’llanmasi. Qo’llanmani oddiy odam emas, balki bu hayotni va insonlarni hammadan yaxshi biladigan Yaratuvchi, Alloh tuzgan.
Hayotingizda nimalar siz uchun “addictive”?
@JoshDeveloper
I’m happy to share that I’m starting a new position as Software Engineer at …
Check it out on Linkedin
Yangi ish joyiga qo’shilib oldim. Bugundan ish boshlandi. 3 oylik sinov muddati bilan. Kompaniyaga men, menga kompaniya yoqsa, davom etamiz. Alloh davomiy va xayrli qilsin.
@JoshDeveloper
Yo’lini topdim 😅
Bu xuddi, “Amerikada turib, musaffo osmonimizni sog’ingim keldi.”dan bo’ldi 😅
#joke
@JoshDeveloper
Bu chegirma bugun tugaydi.
Eslatib qo’yyappanda 🌚
2-7 kun ichida ichida olaman deydiganlarga shu narxda kelishib qo’yishimiz ham mumkin.
@JoshDeveloper
Eski ishxonani bergan Windows noutbukidan keyin, qandaydir Mac’ga o’rganolmayapman.
Nimadir g’alati. Anchadan beri Mac’imga qaramagandim. Qandaydir noqulaylik his qilyapman.
Windows’ni sog’inayotganimga ishonmayapman.
Let’s see…
@JoshDeveloper
Qarasam hamma bir biriga hayitlik ulashib yotibdi. Khumoyun tog’am ajoyib yo’lini topibdilar, hayitlik olishni 😅
Bir sinab ko’raylikchi biz ham )
Hayitlik yuborish uchun Click QR kod rasmda, Payme link mana:
https://payme.uz/@umar_sadullayev
Hayit muborak 🌚
@JoshDeveloper
1-iyulga qadar Frontint.uz kursining Classic va Pro tariflariga 70% chegirma e’lon qilaman. 🎉
Saytdan barcha ma’lumotlarni ko’rib, bizga bog’lanishingiz mumkin.
Ulgurib qoling. 🏃
Hayit muborak barchaga. 🌙
@JoshDeveloper
Qiziq holat bo'ldi hozir. Qonunlar bunga nima der ekan xayronman.
Ishxonamda mehnat shartnoma "Iyun" oxirigacha edi. Bo'shash xatini 30-iyunga yozdim.
Hozir 28-30-iyunlar dam olish bo'lganidan so'ng, kompaniya bo'shash xatini 27-sanaga yoz deyapti. Ya'ni, dam olish kunlariga pul to'lamaymiz degani.
Huh 😄
2-3 kun uchun talashib o'tirgim kelmadi, Aslida birnecha yuz dollar haqida gap ketyapti. Lekin, mayli...
Shunaqa narsalar ham bo'lib turar ekan. Balki ular haqdir. Lekin biroz yoqmadi shu ishlari.
@JoshDeveloper
- "Tanish-bilish" orttirish qiyinmi?
- Not at all. 🙅♂️
Internet rivojlangan, ijtimoi tarmoqlar ishlab turibdi. Avvalgidek ko'rishib "tanish-bilish" orttirishdan, "online" qilish ancha oson.
Shunchaki, kim bilan "tanish-bilish" bo'lmoqchi bo'lsangiz, shu odamga chiroyli xulq-atfor bilan xabar yuborsangiz yetadi. Email yuborishdan ko'ra, ijtimoi tarmoqlarda osonroq.
Savol so'rang. So'rashingizni o'zidan sizga hurmati oshsin. Meta savollar so'rab vaqtini olmang. Iloji boricha bitta xabarda hal qiling hamma gapingizni.
Fikrlash darajangizni sizni gaplaringizdan bilsa bo'ladi. Ijtimoi tarmoqda sizni ko'proq xulqingiz va profilingizni tutishingizdan tanib qolishadi. Shu sabab chiroyli xulq bilan birga, chiroyli profil qiling. Qayerdagi "detskiy" fontlar bilan, qandaydir allambalo nomlarni yozib qo'yishadi, qo'yadigan rasmlarniku aytmang. Bu o'z yuzingizni chaplashdek gap.
"aka kmopnyezda iw j6yi bosa mani referal qvorn????" deb yozish ham shu yuzingizni chaplashdek gap.
Yuzingizni asrang :)
Asosan kimgadir biror yordam kerak bo'lsa yoziladi. "Tanish-bilish"ni o'rni ham ko'proq ish qidirayotganda, yangi foydali nimadir qidirayotganda asqotadi.
Siz ham tanishishim kerak ekan deb, bekordan bekor yozmang. Umuman begona odamdan, harxafta xol ahvol so'rash ortiqcha.
Ishingiz tushdimi ? Aytganimdek chiroyli tartibda, chiroyli profil bilan so'rasangiz, 80% holatda ishingiz bitadi Xudo xohlasa. Ana shu "tanish-bilish" deyishga ham yetadi.
@JoshDeveloper
Ishlar qanday chiqdi?
Statistikacha bilan ulashsam. Boshida "Open-to-work"ni "Recruiter only" qildim. Ish chiqmadi deyarli.
Keyin hamma uchun ochib qoydim. 1-3 atrofida ish chiqdi. Ammo, bo'lmadi ular ham. Orada djinni.co'da profil ochdim. 2 tacha ich chiqdi. Bo'lmadi.
Orada DSR'ga o'zim yozaman degan edim avval, yozdim. EPAM'ga referral qildim. Ikki joydan ham chiqdi. To'g'ri kelmadi.
Orada hozir kirgan ish joyimdagi aka ish qidirayotganimni ko'rib, vakansiyalari bilan ulashdilar.
Yana orada Payme'ga ham referral orqali topshirdim. Intervyularidan yaxshi o'tdim. Ammo, ba'zi shaxsiy sabablar tufayli "offer"dan oldin ularni "cancel 🙅♂️" qilishga majbur bo'ldim.
Demak, avval ham aytganimdek, bu qiyin bozor sharoitida ish topishning eng samarali usullaridan biri, "tanish-bilish". Intervyuga yetib borgan ish joylarini tahminan 80% qismi "tanish-bilish" orqali bo'ldi.
@JoshDeveloper
Ertaga Itransition'dagi oxirgi kunim. Taklif qilingan 3 oylik kontraktni qabul qilmadim.
Boshqa joyga o'tyapman. O'zim uchun nisbatan yangi va qiyinroq bo'lgan joyga. O'zimni lokal kompaniyada sinab ko'rmoqchiman. O'ylaymanki, chetel kompaniyalarida o'rganganlarimni buyerda qo'llashga muvaffaq bo'laman. Mas'uliyat ko'proq bo'ladi, balki biroz muddatdan so'ng jamoa boshqaruvini ham olarman Xudo xohlasa, o'sish uchun yaxshi imkon.
Oylik esa...
Hozirgi oyligim bilan deyarli birhil. Demak, oylik yaxshi :)
Qayerga kirganimni ishni boshlab olgandan so'ng, Linkedin'da e'lon qilaman inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Virtual DOM qanday ishlaydi?
#react
Maqola linki(Inglizcha): https://indepth.dev/posts/1501/exploring-how-virtual-dom-is-implemented-in-react
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.
Share ✈
#maslahat
@JoshDeveloper
Umumiy frontend va React bo'yicha "Ask Me Anything" qilayotgan ekanlar Azizbek aka.
Jonli muloqot bugun 14:00 da quyidagi Discord serverda bo'ladi:
https://discord.gg/UhgcS93v
Savollarni questions "channel"ida bersangiz bo'ladi.
There you go brothers, foydalanib qolmaysizlarmi-e shunaqa suhbatlardan...
Ko'pchilik boshlang'ich dasturchilar juda dangasa bo'lib qolgan. Meetup'larga borgisi kelmaydi, jonli suhbatlarga qatnashmaydi, ilm suhbatlarida o'tirgisi kelmaydi...
Qulayliklar ko'paygani sari bittasida ham "norm" foydalana olishmaydi.
@JoshDeveloper
O'zbekistonda ishlayotgan Chetellik hamkasbim bilan gaplashib qoldim.
Musaffo osmonimizni tark etayotgan ekan. Gruziya tomon.
"Iya, ha?" desam, shunday ma'noda aytdiki:
"Svet juda ko'p o'char ekan. Toshkentni markazida bo'lsa ham. Soat 2 dan kechki 8 gacha ham o'chdi xatto. Yana, havo juda iflos ekan.(Yaxshiyam hali havodan boshqa ifloslar borligini bilmaydi.)
Internet tezligi ham dabdala. 4G ko'rsatsa ham, lekin..."
Afsus, musaffo osmonni qadriga yetmadi. IT Park shuncha harakat qilib, olib kelyapti bularni. Bular esa arzimagan narsalarga ketishyapti. Axir svetsiz ham yashasa bo'ladiku? Avvalgilar yashashganku?
Yana nima kerak bularga?
#tanqid #sarkazm
@JoshDeveloper
Shuncha sohalar bor ekan "IT"da. Balki bundan ham ko'proq.
Bizda hali ham Frontend va Backend "hype"da.
#incredibleHashtag
@JoshDeveloper
Angular bo'yicha telegram kanallar biroz kam. Biladigan 2 ta kanalim quyidagilar:
1. https://t.me/your_ngbro
2. https://t.me/angular_fox
O'rganayotganlar bo'lsa marhamat.
@JoshDeveloper
O'zbekiston bozorida ham yaxshi oylik bera oladigan kompaniyalar ko'payayotganini ko'rib hursand bo'ldim.
#hint :)
@JoshDeveloper
Bu postdan keyin tezroq Senior bo'lmoqchilar oshib ketdi.
#joke
@JoshDeveloper
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
