fa
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

نمایش بیشتر
4 822
مشترکین
-1324 ساعت
-267 روز
+630 روز
آرشیو پست ها
Dasturlash bilan qanchadan beri shug’ullanasiz?
Anonymous voting

Keraksiz “import”larni avtomik butun loyihadan o'chirish Hozirgi loyiha kodida(TypeScript’da yozilgan) keraksiz import’lar juda ko’payib ketgan ekan. Ya’ni ishlatilmayotgan. Butun loyihani boshidan oxirigacha tekshirib, keraksiz importlarni o’chirib chiqadigan narsa rosa qidirdim. ESLint bilan qilinishi kerak edi. Harxil yo’llarini qildim, kutilgan natija bo’lmadi. VSCode va WebStorm o’zida bor bo'lgan imkoniyatlar faqatgina birgina fayl uchun ishlar ekan. Keyin quyidagi maqolada aytilgan(TSLint ishlatilgan) usulni qilib ko’rdim. (Boshqa tillarda ham bunday narsa bo'lishi kerak) TS’da yozilgan loyihalar uchun yaxshi ishlaydi. ESLint negadir to’g’ri ishlamadi, kerakli importlarni ham ba’zilarini o’chirib yubordi. Kimga qiziq bo’lsa mana maqola linki: https://medium.com/bumpware/automatically-remove-all-unused-imports-in-a-typescript-project-b5e8c942cbed P.s: TSLint “deprecated” bo’lgan. Uni loyihada ishlatmang. Shunchaki hozirgi vaziyat uchun ishlatib, o’chirib tashlasangiz bo’ladi. #foydali @JoshDeveloper

30 daqiqalarga boshlaymiz Xudo xohlasa. Savollaringizni o’sha e’lon postini kommentiga yozib tursangiz bo’ladi. @JoshDeveloper

Mohirdev’da suhbatimiz bor ekan. Qatnashib qo’yamizmi ? :) https://t.me/mohirdev/1857 #suhbat @JoshDeveloper

Dasturchi uchun eng kerakli ko’nikmalardan biri To’g’ri Savol So’ray Olish Bizning sohamizda kerak bo’ladigan narsalar shunchalilk ko’pki, ularni hammasini bilish mumkin emas. Ayniqsa katta loyihalarda yuzlab texnologiyalar ishlatiladi, biznes domainni o’zi ham katta bo’ladi, codebase katta bo’ladi. Bunday loyihalarda birorta ishni bajarish uchun esa siz bilmagan qismlaringizni biladiganlardan bir nechta savol so’raysiz. Faqat bunday loyihalarda emas balki o’rganayotgan paytingizda ham ko’plab savollar so’raysiz boshqalardan. Bu holatlarda sizning maqsadingiz savolingizga tez va aniq javob olish. Buning uchun esa siz birinchi o’rinda savolni to’g’ri so’rashingiz kerak. To’g’ri savol o’zi qanaqa bo’ladi? To’g’ri savol bu javob berish oson bo’lgan savol. Uning uchun esa quyidagilarni qilishingiz kerak: Bilganlaringizni ayting. Yani savolingiz quyidagicha formada bo’ladi: 1. Mavzu haqida bilganlaringizni aytasiz. 2. Shu to’g’rimi deb so’raysiz. Masalan sizning PHP kodingiz nimaga ma’lum bir tarzda ishlayotganini tushunmayapsiz. Savolingiz quyidagicha bo’lishi mumkin: “Meni o’ylashimcha bu narsa quyidagi joyda yozilgan kod sababli shu tarzda ishlashi kerak edi, lekin u sal boshqacharoq o’zini tutyapti. Mening taxminlarim to’g’rimi? To’g’ri bo’lsa nega natija men kutgandan boshqacha bo’lyapti? Nima yetishmayapti?”. Tilni o'zgartir degan javob olasiz. Javobi fakt bo’lgan savol so’rang. Masalan “SQL joinlar qanday ishlaydi?” degan savol juda keng. Soatlab gaplashsa bo’ladi bu haqida. Bunday savollarni ustozingizdan so’rasangiz bo’ladi lekin ham kasblar uchun kenglik qiladi. Savolingizni aniqlashtiring: - Ikkta tablelarni JOIN qilishning time complexitysi qanday bo’ladi? O(NM) mi? yoki O(NlogN) + O(MlogM) mi? - MySQL JOIN qilishdan oldin columnlarni tartiblaydimi? Bu savollarning javobi fakt va javob berish oson. O'zingiz birinchi javob topishga harakat qiling. Google qiling. Masalan tepadagi savolni birinchi Googlega berib ko’ring: “Does MySQL sort columns before JOINing?”. Savolingizga aniq javob topa olmasangiz ham savolingizni yaxshiroq shakllantirishga yordam beradi. Yordam so’rang, yechim emas. “Shu kodni to’g’irlab bering” deyishni o’rniga “Shu kodni yaxshilash uchun menga yo’l ko’rsatib bera olasizmi?” deyish ma’qulroq. Shunda siz savol so’rayotgan odamingizni tez yechim berishga emas, o’z tajribalarini baham ko’rishga undaydi. Sizga tayyor baliq emas, baliq tutishni o’rgatadi. Xushmuomala va hurmatli bo’ling. Hech kim assholelarga yordam berishni hohlamaydi. Har qanday yordam uchun minnatdorchilik bildiring. @jakhonrakhmonov

😅😅😅
😅😅😅

Repost from Vohid Karimov
Code reviewda juda ko’p narsalarga e’tibor qilinishi kerak: logic, performance, documentation, backwards compatibility, testi
Code reviewda juda ko’p narsalarga e’tibor qilinishi kerak: logic, performance, documentation, backwards compatibility, testing, code style, va hakozo. Lekin shu narsalarni bazilari bazi bir qolganlaridan muhimroq. Masalan metod to’g’ri ishni qilayotganligi (logic) uni qanday nomlashdan muhimroq (naming). Shu narsalarni Gunnar Morling piramida shaklida chizib beribdi. Sizlar bilan ham ulashay dedim 🙂 Googleda ham shunga katta e’tibor qilinadi. Code review jarayonida muhim narsalar birinchi o’rinda muhokama qilinadi, keyin mayda narsalarga o’tiladi.

Ehtiyot bo’ling. Ushbu internet davrida, ma’lumotlarni filtrlashni bilmaganlar avvalgidanda ko’proq zarar ko’radi. Har kim har nima desa ergashib ketadigan “qo’y-qo’zilar”dek bo’lmang. Internetda bitta chala-yarim erkak chiqib, muqaddas dinimiz haqida “tricky” gaplarni aytsa, “qo’y-qo’zilar”dek ergashib ketavermang. Podkast qilyapmiz deb, umuman boshqa mavzu haqida gaplashib, orasida haq din bo’lmish, Islom dinimizga qarshi “agenda”lar tiqilyapti. “Qo’y-qo’zilar”dek ergashib ketavermang. Haqiqatni bilmasdan turib, duch kelgan gapga ishonib ketadigan “qo’y-qo’zilar”dek bo’lmang. Asrlardan beri o’zini haq ekanligini ming karra isbotlab, sobit turib, o’zgartirilmasdan kelayotgan yagona din bo’lmish Islom diniga ergashayotganlar kun sari oshib boryapti. Haq dushmanlarini razil biznes va rejalariga qarshi tura olayotgan yagona din Islom dinini qulatish uchun necha minglab harakatlar bo’lyapti. Shu harakatlar tuzoqiga osongina ilinib, ergashib ketadigan qo’y-qo’zilardek bo’lmang. Sizsiz ham Islom g’olib bo’ladi va bo’lgan. Lekin siz Islomsiz mag’lub bo’lasiz. “Qo’y-qo’zilar”dek bo’lmang. #eslatma @JoshDeveloper

Qanday qiladi deb so’raganlar uchun maqola. JSchilar uchun, npm’ga publish qilish. How to Create and Publish an NPM Package – a Step-by-Step Guide https://www.freecodecamp.org/news/how-to-create-and-publish-your-first-npm-package/ #someAwesomeHashtag @JoshDeveloper

O’zingizni kichik bo’lsa ham kutubxonangizni yasab, publish qilib ko’rganmisiz?
Anonymous voting

Bir yaqin akamiz rus tilida Frontend mavzularini yoritishni boshlabdilar. Kimga qiziq bo’lsa, marhamat. https://t.me/guru_frontend_developer #reklom @JoshDeveloper

“Addictive” narsalar Ushbu so’zni ma’nosini ko’pchiligimiz yaxshi bilamiz. “O’ziga o’rgatib qo’yadigan” deb tarjima qilsak bo’ladi. Hayotimizda ko’p narsalar “addictive” hisoblanadi. Masalan narkotik, sigaret, alkogol, zino, qimor, ribo, turli xil o’yinlar, ijtimoi tarmoqlar va hokazo. Qarasangiz, barcha “addictive” narsalar insonga zararligini ko’rasiz. Ba’zilarini qilishni o’zi zarar bo’lsa, ba’zilari me’yordan o’tganda zarar. “Addictive” ekanligi ko’p hollarda me’yor va chegaralarni buzishga olib keladi. Bunday zararli “addictive” narsalardan qutilish biz uchun foyda. Buning uchun harxil uslublarni taklif qilishadi. Ammo, Musulmonlar uchun diniga amal qilishi kifoya. Chunki, muqaddas dinimizga qarasak, “addictive” narsalarni ko’p qismi dinimizda qoralanganini topasiz. Balki hammasi. Chunki, dinimiz biz uchun yashash qo’llanmasi. Qo’llanmani oddiy odam emas, balki bu hayotni va insonlarni hammadan yaxshi biladigan Yaratuvchi, Alloh tuzgan. Hayotingizda nimalar siz uchun “addictive”? @JoshDeveloper

I’m happy to share that I’m starting a new position as Software Engineer at … Check it out on Linkedin Yangi ish joyiga qo’shilib oldim. Bugundan ish boshlandi. 3 oylik sinov muddati bilan. Kompaniyaga men, menga kompaniya yoqsa, davom etamiz. Alloh davomiy va xayrli qilsin. @JoshDeveloper

Yo’lini topdim 😅 Bu xuddi, “Amerikada turib, musaffo osmonimizni sog’ingim keldi.”dan bo’ldi 😅 #joke @JoshDeveloper
Yo’lini topdim 😅 Bu xuddi, “Amerikada turib, musaffo osmonimizni sog’ingim keldi.”dan bo’ldi 😅 #joke @JoshDeveloper

Bu chegirma bugun tugaydi. Eslatib qo’yyappanda 🌚 2-7 kun ichida ichida olaman deydiganlarga shu narxda kelishib qo’yishimiz ham mumkin. @JoshDeveloper

Eski ishxonani bergan Windows noutbukidan keyin, qandaydir Mac’ga o’rganolmayapman. Nimadir g’alati. Anchadan beri Mac’imga qaramagandim. Qandaydir noqulaylik his qilyapman. Windows’ni sog’inayotganimga ishonmayapman. Let’s see… @JoshDeveloper

Qarasam hamma bir biriga hayitlik ulashib yotibdi. Khumoyun tog’am ajoyib yo’lini topibdilar, hayitlik olishni 😅 Bir sinab k
Qarasam hamma bir biriga hayitlik ulashib yotibdi. Khumoyun tog’am ajoyib yo’lini topibdilar, hayitlik olishni 😅 Bir sinab ko’raylikchi biz ham ) Hayitlik yuborish uchun Click QR kod rasmda, Payme link mana: https://payme.uz/@umar_sadullayev Hayit muborak 🌚 @JoshDeveloper

1-iyulga qadar Frontint.uz kursining Classic va Pro tariflariga 70% chegirma e’lon qilaman. 🎉 Saytdan barcha ma’lumotlarni ko’rib, bizga bog’lanishingiz mumkin. Ulgurib qoling. 🏃 Hayit muborak barchaga. 🌙 @JoshDeveloper

Qiziq holat bo'ldi hozir. Qonunlar bunga nima der ekan xayronman. Ishxonamda mehnat shartnoma "Iyun" oxirigacha edi. Bo'shash xatini 30-iyunga yozdim. Hozir 28-30-iyunlar dam olish bo'lganidan so'ng, kompaniya bo'shash xatini 27-sanaga yoz deyapti. Ya'ni, dam olish kunlariga pul to'lamaymiz degani. Huh 😄 2-3 kun uchun talashib o'tirgim kelmadi, Aslida birnecha yuz dollar haqida gap ketyapti. Lekin, mayli... Shunaqa narsalar ham bo'lib turar ekan. Balki ular haqdir. Lekin biroz yoqmadi shu ishlari. @JoshDeveloper