ch
Feedback
Bayanul lisan

Bayanul lisan

前往频道在 Telegram

• Arab tilini bayon qiluvchi ilmiy-ommabop sahifa! • Youtube'dagi sahifamiz: https://youtube.com/channel/UCKXZxbKZ91dh1A9NzIvl4qw @nahviy_savollarga_javobbot Bog‘lanish uchun: @Bayanul_lisan_bot yoki @Bayanullisan_admin

显示更多
5 379
订阅者
+824 小时
+317
+11630
帖子存档
#Offline_kurs #Yangilik Assalomu alaykum, aziz obunachilar! Ustoz Shamsuddin Sadruddin tomonidan offline dars yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozircha ikkita guruh ochish reja qilinyapti: 1️⃣. CEFR, AT-TANAL mezonlari asosida arab tilini o‘rgatuvchi kurs. Ushbu guruhga talabalar A2 darajadan boshlab qabul qilinadi. 2️⃣. Klassik arab tili asoslarini hamda to‘g‘ri dars berish usullarini o‘rgatuvchi guruh. Ushbu guruhga arab tilidan dars beradigan yoki yaqin orada dars berish niyatida bo‘lganlar qabul qilinadi. 📲 Agar Toshkentda offline o‘qish imkoningiz bo‘lsa, o‘zingizga mos kurs raqamini izohga yozib qoldiring: «1» yoki «2». Adminimiz sizga aloqaga chiqadi.

#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 55-dars: Ismning nasb o’rinlari: Mustasno 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |

Misol keltirayotgan-da, sal xushyorroq boʻling-da, talabalar :). Koʻrib, rosa kulibman. @Bayanul_lisan

Ustozimiz Doktor Ubayd Muhammad Abdulhalimning zamonaviy uslub, shu bilan birga arab tilining mumtoz manbalarini oʻzida mujas
Ustozimiz Doktor Ubayd Muhammad Abdulhalimning zamonaviy uslub, shu bilan birga arab tilining mumtoz manbalarini oʻzida mujassamlashtirgan "AL-KAMIL" silsila-kitoblarining yangi C1 darajasi uchun moʻljallangan qismi nashrdan chiqibdi! @Bayanul_lisan

﴿لَوْ نَشَاءُ لَجَعَلْنَاهُ حُطَامًا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ﴾ Yuqorida berilgan oyatda فظلتم soʻzining oʻzak harflari qaysi?
Anonymous voting

#bahs #bir_kalima_izidan 🔎 ILMIY BAHSLAR NIMA UCHUN KERAK? Bu yerda «ṣadīq» va «sodiq» so‘zlari haqidagi qiziqarli ilmiy munozarani oʻqishingiz mumkin. Bir qarashda oddiy tuyulgan masala etimologiya, morfologiya va semantik taraqqiyot bilan bog‘liq ko‘plab savollarni yuzaga chiqardi. Eng muhimi, bahs yangi manbalarni ko‘rish va mavjud qarashlarni qayta tekshirishga undaydi. Aslida ilm-fan aynan shunday rivojlanadi. Bir tadqiqotchi fikr bildiradi, boshqasi unga qo‘shimcha qiladi, uchinchisi esa yangi dalillar asosida ayrim jihatlarni aniqlashtiradi. Muhimi, bahs shaxslar emas, dalillar va manbalar atrofida kechadi. Bunday holatlar arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda tez-tez uchraydi. Ayniqsa فاعل va فعيل vaznidagi birliklar o‘zbek tiliga o‘tish jarayonida ayrim chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Tovush jihatidan yaqin shakllar ba’zan noto‘g‘ri etimologik xulosalarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, Paulo Koelyoning «Alkimyogar» asaridagi mashhur Salem (atayin "e" unlisi bilan berdim) shahri nomi haqida ham turli fikrlar uchrab turadi. Ayrim yosh tadqiqotchilar uni arabcha «سالم» so‘ziga bog‘lab, «Solim» shakli ma’qulroq degan qarashni ilgari surishmoqda. Biroq asarning o‘zbek tilidagi mashhur tarjimalarida uchraydigan «Salim» varianti asosliroq. Chunki bu nom arab tilidagi «سالم» so‘zining ilmiy transliteratsiyasi emas, balki xalqaro adabiy an’anada shakllangan Salem (سليم) nomining o‘zbekcha berilishidir. Tarjimada ko‘pincha so‘zning etimologiyasidan ko‘ra asar matni, xalqaro yozilish an’anasi va o‘quvchi uchun tanish shakl ustuvor hisoblanadi. Sizningcha, tarjimada qaysi omil muhimroq: 👍 so‘zning asl etimologiyasi yoki ❤️ adabiy an’ana? Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan

Yaxshi ma’lumotlar aytilibdi. Biroq shu yerida biroz chalkashlik bor. Arab tilida «do‘st» - صديق (sadiyq) deyiladi, «chin», «haqiqiy», «rostgo‘y» esa - صادق (sodiq) deyiladi. Bu shuni anglatadiki, o‘zbek tilidagi «sodiq» degan sifat arab tilidagi ayni shunday talaffuz qilinadigan sifatdan - صادق (sodiq)dan olingan, do‘st ma’nosidagi صديق (sadiyq)dan emas. Bu esa «sodiq do‘st» iborasida «do‘st do‘st» degan takror yo‘qligini ochiqlaydi. Arab tilida ham shu ikki so‘z barobar ishlatiladi: صديق صادق (sadiyq sodiq) - «chin (sodiq) do‘st». Ushbu ikki so‘z o‘zak harflari bitta bo‘lsada, ular turli masdarlardan yasalgan: 1. «Sadiyq» (do‘st) - «sadoqat» (صداقة) masdaridan yasalgan. «Sadoqat» arab tilida «do‘stlik» degani. 2. «Sodiq» (chin) esa - «sidq» (صِدْق) masdaridan yasalgan. «Sidq» - «rostgo‘ylik», «samimiylik», «xolislik» degani. Qizig‘i shundaki, mashhur arab tilshunos olimi Ibn Foris (940-1004) «S-D-Q» (ص-د-ق) o‘zagidan yasalgan so‘zlarga izoh berib bu kabi so‘zlarning barchasida jismonan yoki ma’nan «quvvat», «kuch» va «mustahkamlik» ma’nolari borligini aytadi (Darul fikr nashriyoti, Damashq, 1979, 4-jild, 339-340-b.). Demak, do‘st do‘stga quvvat bo‘lgani uchun «sadiyq» (صديق), rostgo‘y yolg‘onchidan kuchli bo‘lgani uchun «sodiq» (صادق), xayriya - xayriya egasi mol-mulkiga mustahkamlik keltirgani uchun «sadaqa» (صدقة) deb atalgan. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkin: «Sodiq sadiyq», ya’ni bizdagi «sodiq do‘st» iborasi etimologik jihatdan «ikki karra kuch» degani. @Bayanul_lisan

#Ad_durusun_nahviyya #4_kitob 53-dars: Ismning nasb o’rinlari: Maf’ul ma’ah 📹 Batafsil: 👉 bu yerda 👈 📖 Kitob: 👉 bu yerda 👈 | Youtube | Telegram |

#Adabiyot Quyidagi baytlar arab she’riyatining eng murakkab qasidalaridan biri sifatida ko‘riladi: ومدركل بالشنصلين تجوقلـت عفص له بالفيلطوز العقصـل ومدحشر بالحشرمين تحشرجت شرا فتـاه فخـر كالخزعبـل والكيكذوب الهيكذوب تهيعهت من روكة للقعلبـوط القعطـل تدفق في البطحاء بعد تبهطـل وقعقع في البيداء غير مزركلِ وسار بأركان العقيش مقرنصاً وهام بكل القارطـات بشنكـلِ يقول وما بال البحاط مقرطمـاً ويسعى دواماً بين هك وهنكـلِ إذا أقبل البعراط طـاح بهمـةٍ وإن أقرط المحطوش ناء بكلكلِ يكاد على فرط الحطيف يبقبق ويضرب ما بين الهماط وكندلِ فيا أيها البغقوش لست بقاعـدٍ ولا أنت في كل البحيص بطنبل Qisqa sharh ushbu 👉 havolada 👈 @Bayanul_lisan

Siz uchun eng qiyin arab soʻzi qaysi? Izohlarda yozib qoldiring. @Bayanul_lisan

Arab tilini bilish darajangizni taxmin qilib ko‘ring: 1. A1 - المبتدئ (boshlovchi) - Harflar va tovushlarni taniysiz; - Oddiy so‘zlar va gaplarni o‘qiysiz; - O‘zingizni tanishtirib, sodda savollar berasiz. So‘zlar soni: 300-500 2. A1+ - الأساسي (boshlang‘ich) - Kundalik hayotda ishlatiladigan iboralarni qo‘llaysiz; - Oddiy suhbatlarda qatnashasiz; - Asosiy ma’lumotlarni tushunasiz. So‘zlar soni: 500-800 3. A2 - المستكشف (tadqiqotchi) - Tanish kundalik mavzularda gaplasha olasiz; - Qisqa va tushunarli matnlarni o‘qiysiz; - Shaxslar va joylarni tasvirlay olasiz. So‘zlar soni: 800-1200 4. A2+ - المتواصل (muloqot qiluvchi) - Uzunroq suhbatlar olib borasiz; - Xatlar va qisqa matnlar yozasiz; - Turli vaziyatlarda muloqot qilasiz. So‘zlar soni: 1200-1800 5. B1 - المسافر (sayohatchi) - Sayohat va ish bilan bog‘liq vaziyatlarda muomala qilasiz; - Yangiliklar va umumiy ma’lumotlarni tushunasiz; - Tajriba va fikrlaringizni ifodalay olasiz. So‘zlar soni: 1800-2500 6. B1+ - المستقل (mustaqil foydalanuvchi) - Fikrlaringizni batafsil bayon qilasiz; - Kundalik hayotdagi turli mavzularni tushunasiz; - Oddiy va tartibli matnlar yozasiz. So‘zlar soni: 2500-3500 7. B2 - الواثق (ishonchli so‘zlovchi) - Maqolalar va teleko‘rsatuvlarni tushunasiz; - Murakkab munozaralarda qatnashasiz; - Fikrlaringizni ravon himoya qilasiz. So‘zlar soni: 3500-5000 8. B2+ - المتقدم (ilg‘or o‘quvchi) - Murakkab matnlarni tushunasiz; - Turli mavzularda ravon gapirasiz; - Batafsil maqolalar va hisobotlar yozasiz. So‘zlar soni: 5000-7000 9. C1 - المتخصص (mutaxassis) - Akademik va kasbiy matnlarni tushunasiz; - Tilni kasbiy muhitda qo‘llaysiz; - Ilmiy tadqiqotlar va maqolalar yozasiz. So‘zlar soni: 7000-9000 10. C1+ - الطليق (ravon so‘zlovchi) - Juda ravon va yuqori darajada gapirasiz; - Ma’ruzalar va seminarlarni tushunasiz; - Murakkab uslub va ifodalardan foydalanasiz. So‘zlar soni: 9000-12000 11. C2 - الخبير (ekspert) - Nozik ma’no va madaniy jihatlarni tushunasiz; - Yozma va og‘zaki nutqdagi xatolarni aniqlaysiz; - Adabiyot va klassik matnlar bilan ishlaysiz. So‘zlar soni: 12000-15000 12. C2+ - شبه الناطق الأصلي (ona tilidek biluvchi) - Tilni deyarli ona tilida so‘zlashuvchidek ishlatasiz; - Turli lahja va uslublarni tushunasiz; - Tilning barcha sohalarida yuqori mahoratga ega bo‘lasiz. So‘zlar soni: 15000+ Siz qaysi darajadasiz? @Bayanul_lisan

#til_bilish_darajalari #arab_tili Oʻn ikki pogʻonali narvon Biror chet tilini, xususan, arab tilini til egasidek bilish imkon
#til_bilish_darajalari #arab_tili Oʻn ikki pogʻonali narvon Biror chet tilini, xususan, arab tilini til egasidek bilish imkonsiz. Lekin maksimal yaqinlashish imkoniyati bor. Infografikaga eʼtibor berdingizmi, bunaqa tasnifga birinchi marta duch kelayotgan boʻlsangiz, ozroq tushuntirish berib oʻtaman. Turli tashkilotlar til bilish darajalarini aniqlashda turli yondashuvlarga ega. Kimdir darajalarni yirikroq oladi, kimdir maydalashadi. Infografikada Amerikaning ACTFL imtihon tizimi yondashuvi keltirilgan va bu, fikrimcha, eng toʻgʻri yondashuv. Siz ham hozirgi darajangiz haqida oʻylab koʻring: real qaraganda qaysi pogʻonada turibsiz? Bizning manzil: https://t.me/arabic_burhan

Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring. @Bayanul_lisan

🥇 To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib topgan obunachimiz (Muhammadsafo) ni qutlaymiz!

#Javob 2-topishmoq To‘g‘ri javob: حَتَّى - «...gacha», «hatto», «ham», «...ish uchun». Tafsilot: 1. «Bir ajoyib kalima bor Kitobda» - Qur’oni Karimda حتى harfiga ko‘p duch kelamiz. 2. «Ham nohiylar, ham faqihlar xunobda» - حتى harfining dalolati nahv va fiqh ulamolari orasida bahsli bo‘lgan. Masalan: «سرتُ حتى العصرِ» - «Asrgacha yurdim», deyilsa, savol tug‘iladi: yurish - asr vaqti kirishi bilan to‘xtaganmi yoki asrda ham davom etib shomga yaqin to‘xtaganmi? Ushbu savolga javob berar ekan ulamolar yakdil qarorga kelmaganlar. «Xunobda» deb aynan shu ixtilofga ishora qilingan. 3. «Bitta amal bajaradi bor yo‘g‘i, lekin ismi kelar uch xil e’robda» - mana bu kabi jumlalarda حتى dan keyingi ismni uch xil e‘robda aytish mumkin: أكلتُ السمكةَ حتى رأسَُِها. Agar rof’ qilsangiz ma’no bunday bo‘ladi: «Baliqni yedim. Hatto boshi ham yeyildi». Nasbda esa bunday: «Baliqni - hatto boshini - yedim». Jar holatda bunday: «Baliqni boshigacha yedim». حتى harfi mana shu uchta e’robdan faqat jar holati uchun omil bo‘ladi. Ya’ni, حتى o‘zidan keyingisini faqatgina majrur qiladi. Marfu’ning rof’lik omili mubtado ekani, mansubning nasblik omili esa حتى dan oldingi fe’ldir. E’tibor bering, حتى ni nomlash undan keyingi ism holatiga bog‘liq. Agar ism majrur bo‘lsa, حتى - «harfi jar», agar mansub bo‘lsa, «harfi atf», agar marfu’ bo‘lsa, «harfi ibtido» deyiladi. Aziz o‘quvchi, ushbu jumboqqa majzum fe’ldan keyingi و ham javob bo‘ladi, axir undan keyingi fe’lni uch xil - marfu’, majzum va mansub qilib o‘qish mumkin-ku, deb chalg‘imang. Chunki topishmoq she’rda: «lekin ismi kelar uch xil e’robda» deyildi. Demak gap ismning uch xil o‘qilishi haqida, fe’lning emas. @Bayanul_lisan

#Nahvcha_topishmoq - 2 - Bir ajoyib kalima bor Kitobda, Ham nohiylar, ham faqihlar xunobda, Bitta amal bajaradi bor yo‘g‘i, Lekin ismi turar uch xil e’robda. 👇 Bu - ... ? 👇

🥇 To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib topgan obunachimiz (B.S) ni qutlaymiz!

#Javob - 1 - To‘g‘ri javob: يَا - «ey» (nido harfi) Tafsilot: 1. «O‘zi ikki harf» - bular: ي va ا. 2. «Nasb qilar doim» - ayrim nahvchilarga ko‘ra munodoni taqdirdagi أدعو fe’li emas, يا harfining o‘zi nasb qiladi. Uning ma’muli doimo mansub sanaladi. Faqat nasbligi ba’zan «mahalliy» bo‘lishi mumkin. Masalan: يا عبدَ الله iborasida عبدَ zohiran mansub, يا زيدُ da esa زيدُ mahallan mansub. 3. «Chappa yozilsa ham bir ishda qoim» - يا harfini teskari yozib أَيْ deb aytsangiz ham bir xil ma’noni ifodalaydi, munodoga يا bilan teng ta’sir o‘tkazadi. Masalan: أيْ عبدَ الله - «Ey Abdulloh», أيْ زيدُ - «Ey Zayd». 4. «Chunki harflari mayin, muloyim» - ي bilan ا «lin (yumshoq o‘qiluvchi) harflari» hisoblanadi. @Bayanul_lisan

Topishibdi. Haliroq batafsil yozaman.

Hali hech kim to'g'ri javob bermabdi.