Bayanul lisan
الذهاب إلى القناة على Telegram
• Arab tilini bayon qiluvchi ilmiy-ommabop sahifa! • Youtube'dagi sahifamiz: https://youtube.com/channel/UCKXZxbKZ91dh1A9NzIvl4qw @nahviy_savollarga_javobbot Bog‘lanish uchun: @Bayanul_lisan_bot yoki @Bayanullisan_admin
إظهار المزيد5 612
المشتركون
-124 ساعات
-57 أيام
+5330 أيام
أرشيف المشاركات
5 612
Aziz ustozlar, bayramingiz muborak boʻlsin!
عيدكم مبارك، كل عام وأنتم بألف خير، يا أساتذتنا الأعزاء وشيوخنا الفضلاء!
@Bayanul_lisan
5 612
5 612
#Farohidiycha_nigoh
- 2 -
4. Odatdagi e’rob tahlillarida tamyizning har qanday turi “tamyiz” deb yuritiladi. Farohidiy sondan keyingi mansub ismni “tafsir”, ismi tafzildan keyingisini esa “tamyiz” deb atagan. U tafsir va tamyizni nasb vajhlarining ikki alohida shakli sifatida talqin qilgan.
5. Farohidiy keltirgan nasb vajhlari orasida “foili aslida maf’ul, maf’uli aslida foil nasb” nomli nasb ko‘rinishi mavjud. Olim bu holatga quyidagi oyatni misol qilib keltirgan: بلغني الكبرُ – “Menga qarilik yetdi”. Bu yerdagi maf’ul (menga) bilan foil (qarilik) bir-birining o‘rnida kelgan. Jumla aslida shunday tasavvur qilinishi kerak: بلغتُ الكبرَ – “Qarilikka yetdim”. Farohidiy بلغني الكبرُ gapidagi “yo” zamirini maf’ul demasdan, “foili maf’ul, maf’uli foil nasb ism” deydi.
✍️ Shamsuddin Sadruddin@Bayanul_lisan
5 612
Yangi oʻquv yili qalay boshlandi? Taassurotlar bilan boʻlishing :).
كيف بدأ العام الدراسي الجديد؟ اكتبوا في التعليقات!
5 612
Instagramda bir bahs bo‘libdi: «Moziy, muzore’ va amr – fe’llarning zamon e’tiboridan bo‘linishimi-yo‘qmi?» degan.
Bunga qisqa izoh qoldirdim:
Fe’llarning aniq taqsimoti qadimdan ixtilofli masala bo‘lgan. Masalan, Kufa nohiylari amrni fe’l emas deganlar. Buning o‘rniga ismi foilni fe’l turlaridan biri sifatida talqin qilganlar va uni «doimiy harakat» (الفعل الدائم) deb ataganlar. Chunki ismi foil qarinalarga qarab ba’zan o‘tmish, ba’zan hozirgi, ba’zida kelasi zamonga, gohida bir necha zamon jamlanmasiga dalolat qiladi.
Fe’llarning zamonga dalolati haqida qisqacha xulosa shuki, moziy, muzore’ va amrning har biri haqiqiy ma’noda bittadan zamonga dalolat qiladi:
1. Moziyning haqiqiy zamoni — o‘tmish (الماضي). Ammo qarinarlarga qarab kelasi zamon (mustaqbal)ga dalolat qilishi mumkin va bunda majoz bor.
2. Muzore’ning haqiqiy zamoni ixtilofli. Shayx Raziy hozirgi zamon (الحال)ni muzore’ning haqiqiy zamoni bo‘ladi degan fikrni kuchli fikr sanagan. Ammo muzore’ ham qarinarlarga qarab o‘tmish yoki kelasi zamonni bildirishi mumkinligini ta’kidlagan. Bunda ham majoz bor, demak.
3. Amrning haqiqiy zamoni — kelasi zamon (المستقبل). Ma’lumki, amr talabning bir turi. Talabga asoslangan harakat zamoni esa faqat kelasi zamon bo‘ladi. Shuning uchun amr fe’lini kelasi zamondan boshqa zamonda tushunishning umuman iloji yo‘q, ya’ni amrning zamonga dalolatida majoz imkoni bo‘lishi mumkin emas.
Demak, fe’lni zamon e’tiboridan moziy, muzore’ va amrga bo‘lish — bir tomondan to‘g‘ri, ikkinchi tomondan noto‘g‘ri. Shuning uchun boshida qadimdan ixtilofli masala dedim. Kimdir chuqur o‘rganib maqola yozsa bo‘ladigan yaxshi mavzu.
@Bayanul_lisan
5 612
#Javob
Obunachilarimiz toʻgʻri topishibdi. Bu soʻz: بيمارستان edi. Ya’ni, bemoriston — kasalxona.
@Bayanul_lisan
5 612
#Savol
Soʻzlovchining oxirgi soʻzi nima boʻldi? إنّما هو dan keyin qaysi soʻzni ishlatdi?
Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring :).
@Bayanul_lisan
5 612
#Diqqat
Bizda talabalar uchun ushbu kurslarga 50 %li chegirma e’lon qilingan:
1. «Qotrun nado sharhi» (davom etyapti);
2. «Shuzuruz zahab sharhi» (davom etadi);
3. «Durusul balag‘o» (to‘liq);
4. «Harfi jarlar haqida risola» + Shayx Makkaviyning ajoyib risolalari (to‘liq);
5. «Balog‘atga kirish», «At-tollul musaniy» (to‘liq; tugatib og‘zaki imtihondan o‘tganlarga maxsus ijoza beriladi);
6. «Kayfa tutqinun nahv» (tugab qolgan);
7. «Ad-durusun nahviyya/2» (to‘liq);
8. «Ad-durusun nahviyya/3» (to‘liq);
9. «Ma’anil huruf» (tugab qolgan);
10. «Mug‘nil labib» (atf va e'robdagi ehtimollar mavzusi bo‘yicha/to‘liq);
11. Mutolaa: aksari talabalar tomonidan o‘qib tarjima qilingan;
12. Sarfi ta’limiy (davom etyapti);
13. Al-Luma’ - Ibn Jinniy (nahv/davom etyapti).
☝️ Darslarni kuzatish davomida o‘zingizni qiziqtirgan savollarni ustozdan so‘rash imkoni mavjud!
Videokurslar haqida to‘liq ma’lumotni @Bayanullisan_admin dan olishingiz mumkin.
@Bayanul_lisan
5 612
شَهِدَتْ مُدُنٌ عراقيّة موجة من ... الحاشدة احتجاجًا على نَتَــائِـج الانْتِخـابـاتِ الْـبـرلـمـانيّة.
Yuqoridagi gapda uch nuqta oʻrniga qaysi soʻz koʻproq mos keladi?
5 612
... الْمـبـاحثـاتُ على سُبُلِ تعزيز التّـعـاون بيْن البلدين.
Yuqoridagi gapda uch nuqta oʻrniga qaysi soʻz koʻproq mos keladi?
5 612
5 612
#Parcha
Arslonlar oʻrmonda ochdan oʻlmoqda,
Qoʻy goʻshtini esa itlar yemoqda.
Nodon orom olar ipak toʻshakda,
Ilmlilar esa yotmish tuproqda.
Lek, u arslon, baribir, kuchdan qolsa-da,
It holida qoladur it tilla taqsa-da.
Imom Shofe’iy
Bu baytni akademiyada oʻqigan paytimiz Doktor Ubayd hazratlari oʻrgatganlar. Kulib-kulib oʻzlari bilan boʻlgan bir voqeani ham aytib bergandilar: ustoz bir katta jamoada tarixga oid bir ulkan kitobni tahqiq qilish ishlarida ishtirok etadilar. Oʻsha paytda ularga berilayotgan ish haqqi qilinayotgan mehnatga nisbatan kam ekanligini bilib qoladilar. Keyin, shu baytni yozib, ish stollariga qoʻyib olgan ekanlar. Doktor rosa kulib,«albatta, u paytda yosh boʻlganman, bu ishni qilishim toʻgʻri boʻlmagan, hozirgi holatim boʻlganida qilmas edim», deb, «keyin, nega bu she’rni qoʻyib olganimni soʻrashgan va oylikni oshirishgan», degan edilar tabassum bilan.
@Bayanul_lisan
5 612
📚 Bolalar kuzda maktabga borib, o‘qish va yozishni o‘rganishni boshlaydi.
Biz-chi? Anchadan beri “Arab harflarini o‘rganaman” deb niyat qilib yuribmiz-u, hali ham niyatligicha qolib ketmadimi? 🙂
Bu kuzda arab harflarini o‘rganish uchun haftasiga atigi bir kun ajrating!
📝 2 oylik, 2 moduldan iborat FONETIKA KURSI
1-modul — Arab harflarining to‘g‘ri talaffuzi
2-modul — So‘z va iboralarni to‘g‘ri o‘qish
📅 Darslar haftada bir marta, dam olish kunida — yakshanba yoki dushanba kuni.
Darslar individual tarzda olib boriladi. Bu esa o‘zingizga qulay tezlikda o‘rganish va talaffuzdagi xatolar ustida alohida ishlash imkonini beradi.
🎓 Kurs bu yo‘nalishda ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis tomonidan olib boriladi.
Bolalar maktabga ketayotgan kuzda siz ham anchadan beri qilmoqchi bo‘lgan ishingizni boshlang. Arab harflari sizni kutib zerikib qolmasin. 🙂
📩 Ma’lumot uchun:
@jafar_botir
5 612
Samir Haddad - tilshunos ustoz, xattot. Arab tiliga qiziquvchilar ichida bu kishining qisqa videolarini ko‘rmagan, ulardan foyda olmagan bo‘lmasa kerak. Hazrat shu hafta boshida vafot etibdilar.
Alloh u kishini rahmatiga olsin! Yaxshi amallarini jannatga kirgunlaricha hamroh qilsin!
@Bayanul_lisan
5 612
#Mulohaza
Vayronagarchilikdan ham yomoni — uni isloh qilish mexanizmlarining yoʻqligi va oʻzgarishdan umid uzishdir.
Buzuqlikdan ham yomoni — buzgʻunchilarni soʻroqqa tutadiganlarning yoʻqligidir!
Tartibsizlik (xaos)dan ham yomoni — uni tugatish uchun rejalarning yoʻqligidir.
Ilmsizlikdan ham yomoni — nodonlarni chiroyli koʻrsatib, olimlarni tahqirlashdir!
Kasallik va kambagʻallikdan ham yomoni — bularning odatiy holga aylanib qolishi, hamda bir luqma yegulik topolmayotgan och-nahor kishini yoki davo topolmayotgan xastalarni koʻrganda yuragimiz achishmay qoʻyishidir!
Sekin-asta rejalashtirilgan yemirilish!
@Bayanul_lisan
5 612
#Ifoda
الإرث الحضاري الإسلامي
Islom madaniy merosi
Shu ifodani التراث الإسلامي deb bergan afzal emasmi, nima deysiz, aziz obunachilar?
@Bayanul_lisan
