PhD Support
前往频道在 Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
显示更多未指定国家未指定类别
1 876
订阅者
+1424 小时
+1677 天
+42930 天
帖子存档
1 878
Repost from Azizxon Axmedov | EDU
#plagiat #ilm #halollik
Bugun ko‘plab tadqiqotchilar bepul plagiat tekshiruv platformalarini so‘rashadi. Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa akademik ishlar bilan shug‘ullanayotganlar uchun ishonchli va bepul vositalarni topish muhim masala hisoblanadi.
Quyida siz uchun 100% bepul yoki bepul versiyasi mavjud bo‘lgan eng ommabop plagiat tekshiruv servislarini jamladim:
1. DupliChecker – oddiy interfeys, tezkor tekshiruv, kichik hajmdagi matnlar uchun qulay.
2. Plagiarism Software – bepul dasturiy yechim, yuklab olib ishlatish mumkin.
3. Plagiarism Checker X – chuqur tahlil qilish imkoniyati bor, lekin bepul versiyasi cheklangan.
4. PlagScan – akademik darajadagi tekshiruv, asosan sinov rejimi orqali foydalaniladi.
5. Plagramme – ko‘p tilli matnlarni tekshirishda foydali.
6. Small SEO Tools Plagiarism Checker – eng mashhur bepul servislaridan biri, tez va sodda.
7. Plagiarisma – Google va boshqa manbalar bilan solishtirish imkoniyati mavjud.
8. Quetext – DeepSearch texnologiyasi bilan mashhur, bepul rejimi mavjud.
9. EasyBib – asosan iqtibos va referensiya bilan birga plagiatni ham tekshiradi.
10. NoPlag – foydalanuvchi uchun qulay interfeys va tezkor natija.
E’tibor bering: bepul platformalar odatda hajm va funksional jihatdan cheklangan bo‘ladi. Katta hajmdagi dissertatsiyalar uchun bir nechta servisni parallel qo‘llash tavsiya etiladi.📌 Agar siz ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, faqat plagiatni tekshirish emas, balki uni oldini olish — to‘g‘ri iqtibos keltirish va original fikr yuritish maqsadga muvofiq. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
1 878
Milliy sertifikat endi doktoranturaga “tayyor maksimal ball” bermaydi
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish tartibida muhim o‘zgarish belgilandi. Endilikda tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha milliy sertifikatga ega talabgor mutaxassislik fanidan imtihon topshirishdan ozod qilinmaydi va unga avtomatik ravishda maksimal ball berilmaydi.
Bu tartib Prezidentning 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmonida belgilangan. Bu yerda bir jihatni to‘g‘ri tushunish kerak: milliy sertifikatga ega shaxs doktoranturaga hujjat topshirolmaydi, degani emas. Sertifikat saqlanib qoladi, ammo u talabgorni mutaxassislik imtihonidan ozod qiladigan alohida imtiyoz vazifasini bajarmaydi. Menimcha, bu mantiqan asosli qaror. Chunki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat, avvalo, maktab va umumiy ta’lim dasturlari doirasidagi bilim darajasini baholaydi. Doktorantura esa maktab bilimini qayta tekshiradigan bosqich emas. Bu — muayyan ilmiy ixtisoslik bo‘yicha chuqur nazariy tayyorgarlik, tadqiqot olib borish qobiliyati va ilmiy muammoni mustaqil tahlil qilish salohiyati baholanadigan daraja.
Masalan, tarix fanidan yuqori darajadagi milliy sertifikat talabgorning umumiy tarixiy bilimlari mustahkam ekanini ko‘rsatishi mumkin. Ammo bu uning tarixshunoslik metodologiyasi, manbashunoslik, ilmiy konsepsiyalar, tadqiqot dizayni yoki tanlagan tor ixtisosligi bo‘yicha doktorantura darajasida tayyor ekanini avtomatik ravishda isbotlamaydi.
Xuddi shuningdek, biologiya, kimyo, matematika yoki ona tili bo‘yicha sertifikat ham umumiy bilimni tasdiqlaydi. Doktoranturaga qabulda esa talabgorning aynan o‘z ixtisosligi doirasidagi ilmiy tayyorgarligi tekshirilishi kerak.
Avvalgi tartibda sertifikatga ega talabgor imtihon topshirmasdan maksimal ball olishi mumkin edi. Natijada bir talabgor umumta’lim dasturi bo‘yicha olingan sertifikat bilan ustunlikka ega bo‘lar, boshqa talabgor esa tor mutaxassislik bo‘yicha murakkab imtihon topshirishi kerak edi. Bu esa talabgorlarni bir xil ilmiy mezon asosida taqqoslash imkoniyatini pasaytirardi.
Yangi yondashuv qabul jarayonini sertifikatlar raqobatidan ilmiy salohiyat raqobatiga yaqinlashtirishi mumkin. Endi talabgor faqat hujjati bilan emas, mutaxassislikni qanchalik chuqur bilishi, ilmiy fikrlashi va tadqiqotga tayyorligi bilan o‘z ustunligini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Biroq imtiyozni bekor qilishning o‘zi yetarli emas. Mutaxassislik imtihonlari ham shaffof, bir xil mezonlarga asoslangan va zamonaviy ilmiy talablarni qamrab olgan bo‘lishi zarur. Savollar faqat darslikdagi ma’lumotlarni yoddan aytishga emas, quyidagilarni baholashga xizmat qilishi kerak:
— ilmiy muammoni tushunish;
— nazariy yondashuvlarni taqqoslash;
— tadqiqot metodini tanlash;
— ilmiy manbalarni tahlil qilish;
— asoslangan xulosa chiqarish;
— taklif etilayotgan tadqiqotning yangiligi va ahamiyatini ko‘rsatish.
Aks holda sertifikatga beriladigan avtomatik ball bekor qilinadi, lekin uning o‘rniga yana bir yodlashga asoslangan imtihon paydo bo‘ladi. Bu esa islohotning asl maqsadiga xizmat qilmaydi.
Doktoranturaga kirishda asosiy savol talabgorda qanday sertifikat borligi emas, balki u qanday ilmiy muammoni o‘rganmoqchi, bu muammoni qanday metod bilan tadqiq qiladi va fanga qanday yangi natija olib kira oladi, degan savol bo‘lishi kerak.
Doktorantura — imtiyoz bilan kiriladigan navbatdagi ta’lim bosqichi emas. U ilmiy faoliyatga tayyor, mustaqil fikrlaydigan va natijasi uchun javob bera oladigan tadqiqotchilar tanlanadigan bosqichdir.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
#PhD_Supp0rt
Maqola yozishda eng katta xatolardan biri — mavzuni juda keng olish.
Ayrim tadqiqotchilar mavzu tanlayotganda “katta mavzu katta ilm” deb o‘ylaydi. Natijada maqola aniq ilmiy muammo emas, umumiy mulohazalar to‘plamiga aylanib qoladi.
Masalan, “Ta’lim tizimidagi islohotlar” juda keng mavzu. Lekin “sun’iy intellekt davrida talabalar mustaqil fikrlashining pasayish omillari” ancha aniq ilmiy muammo hisoblanadi.
Xalqaro jurnallar aynan muammoni ko‘ra oladigan maqolalarni qabul qiladi.
Yana bir muammo — faqat mahalliy auditoriya uchun yozish. Agar maqola boshqa davlat tadqiqotchisi uchun ham qiziq bo‘lsa, uning xalqaro imkoniyati oshadi.
Mavzu tanlashda uchta savol muhim:
— bu muammo ilm-fanda mavjudmi?
— men nima yangi fikr aytyapman?
— bu mavzu boshqa tadqiqotchiga ham kerakmi?
Ilmiy maqola mavzusi oddiy sarlavha emas. U butun tadqiqotning ilmiy yo‘nalishini belgilaydi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Ertangi kun kafolatlanmagan. Ammo bugungi yaxshilik ertangi ilmni yaratadi.
Tomorrow is never promised. — Hech kimga ertangi kun va’da qilinmagan.
Bu ibora ko‘pincha hayotning qisqaligi haqida eslatma sifatida aytiladi. Ammo uning yana bir muhim ma’nosi bor: biz bugun qila oladigan yaxshi ishni ertaga qoldirmasligimiz kerak.
Ilm-fan ham aynan shunday qadriyat ustiga quriladi. Bugun berilgan bir maslahat, tavsiya etilgan bitta kitob, ilmiy maqolaga bildirilgan xolis fikr yoki yosh tadqiqotchiga ajratilgan bir soat vaqt kelajakda katta ilmiy natijalarga sabab bo‘lishi mumkin. Afsuski, ba’zan ilmiy muhitda bilimni ulashishdan ko‘ra uni saqlab qolish, tajribani bo‘lishishdan ko‘ra raqobat ustun qo‘yiladi. Aslida esa haqiqiy olimning qadri faqat yozgan maqolalari yoki olgan ilmiy darajasi bilan emas, balki undan keyin yetishib chiqqan shogirdlari bilan ham o‘lchanadi. Yosh olimga yordam berish faqat moddiy ko‘mak degani emas. Ba’zan unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishning o‘zi kifoya.Masalan: ishonchli ilmiy manbalarni tavsiya qilish; tadqiqot metodologiyasini tushuntirish; maqolasini xolis tahlil qilib, kamchiliklarini ko‘rsatish; konferensiya yoki grant imkoniyatlari haqida xabardor qilish; muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikni o‘rgatish. Bu ishlarga ko‘p mablag‘ emas, ko‘proq samimiyat va mas’uliyat kerak.
Bugun biz yo‘l ko‘rsatmagan yosh tadqiqotchi ertaga ilmni tark etishi ham mumkin. Aksincha, bugun qo‘llab-quvvatlangan yosh olim kelajakda yuzlab talabalar va tadqiqotchilar uchun ustozga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Ilmning eng katta xususiyati ham shunda — bilim ulashilgan sari kamaymaydi, aksincha, ko‘payadi.
Shuning uchun ertangi kunni kutmang. Agar tajribangiz bo‘lsa, ulashing. Agar bilimingiz bo‘lsa, o‘rgating. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, yosh olimlarga eshik oching.Chunki ertangi kun hech kimga kafolatlanmagan. Ammo bugun qilingan yaxshilik ilm-fan taraqqiyotida uzoq yillar yashashi mumkin. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
⚡️ Ustuvor yo‘nalishlardagi doktorantlar uchun stipendiyalar 1,7 barobarga oshadi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar va reagentlar xaridi uchun har yili qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi nazarda tutilmoqda.
Oshsa quyidagi ko‘rinishga keladi:
💡 Stajyor-tadqiqotchilikda — 10 280 886 so‘m 💡 Tayanch doktorantura (PhD) — 11 613 512,6 so‘m 💡 Doktoranturada (DSc) — 14 838 169,5 so‘mBu ilm-fan va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi mumkin. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
1 878
ChatGPT nega mualliflar uslubini ko‘chirishni cheklamoqda?
ChatGPT taniqli yozuvchilarning uslubiga aynan taqlid qilish haqidagi so‘rovlarni rad etib, uning o‘rniga muallif ijodiga xos umumiy kayfiyat, janr va badiiy xususiyatlardan foydalanilgan original matn taklif qila boshlagani aytilmoqda.
Masalan, foydalanuvchi Stiven King uslubida hikoya yozishni so‘rasa, tizim uning individual “ovozini” ko‘chirmasdan, kichik shaharcha muhiti, ruhiy keskinlik va asta-sekin kuchayadigan dahshat kabi umumiy belgilar asosida yangi matn yaratishni taklif qiladi.
Bu o‘zgarishni faqat texnik cheklov sifatida baholash noto‘g‘ri. Uning ortida uchta muhim sabab mavjud.
Birinchidan, mualliflik huquqi odatda uslubning o‘zini emas, balki muayyan asardagi aniq ifodani himoya qiladi. Biroq sun’iy intellekt yaratgan matn asl asarga haddan tashqari o‘xshab qolsa, huquqiy nizo yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli “aynan falon muallifdek yozish” va “muayyan janr xususiyatlari asosida original matn yaratish” o‘rtasidagi farq katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, taniqli ijodkorning ovozini ommaviy va arzon tarzda ko‘paytirish iqtisodiy va axloqiy muammolarni tug‘diradi. Bunday kontent o‘quvchini chalg‘itishi, muallif obro‘sidan foydalanishi yoki bozorda g‘irrom raqobatga sabab bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, OpenAI mualliflik huquqi bilan bog‘liq sud jarayonlari davom etayotgan bir sharoitda modelning taqlid qilish imkoniyatlarini cheklash orqali huquqiy xavflarni kamaytirishga urinayotgan bo‘lishi mumkin.Biroq bu siyosatning bahsli jihatlari ham bor. Muallif uslubi bilan umumiy adabiy usul o‘rtasidagi chegara har doim ham aniq emas. Qisqa gaplar, sodda til, ichki monolog yoki qorong‘i atmosfera biror yozuvchining mutlaq mulki hisoblanmaydi. Haddan tashqari qat’iy cheklovlar parodiya, adabiy tahlil, ta’lim va ijodiy tajribalarga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, turli sun’iy intellekt modellari bu masalaga bir xil yondashmaydi: ayrimlari so‘rovni rad etadi, boshqalari ogohlantirish bilan bajaradi. Ammo bunday taqqoslashlar doimiy hukm sifatida qabul qilinmasligi kerak, chunki model siyosati, versiyasi va so‘rovning shakliga qarab javoblar o‘zgarishi mumkin. Asosiy masala sun’iy intellekt mualliflardan ilhomlanishi mumkinmi, degan savolda emas. Muhim chegara — ilhomlanish bilan shaxsiy ijodiy ovozni ko‘chirish o‘rtasidadir. Generativ sun’iy intellektning kelajakdagi vazifasi mashhur mualliflarni takrorlash emas, balki foydalanuvchiga ularning ijodiy mexanizmlarini tushunib, yangi va mustaqil asar yaratishga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati:
#PhD_Supp0rt
1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari);
2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish;
3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish;
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish;
5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish;
7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish;
8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan-to'g'ri tan olish;
9. Himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
10. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Ilmiy jurnal — faqat maqola chiqaradigan maydon emas
Endi ilmiy jurnalning bahosi faqat nechta maqola chop etgani bilan o‘lchanmaydi.
Haqiqiy ilmiy nashrda taqriz tizimi, malakali tahririyat, ilmiy halollik, plagiatga qarshi qat’iy yondashuv, DOI, ORCID, ISSN, ingliz tilidagi metama’lumotlar va mustaqil veb-sayt bo‘lishi kerak.
Bu talablar bitta narsani anglatadi:
ilmiy jurnal xalqaro maydonga chiqmoqchi bo‘lsa, u shunchaki “maqola qabul qiluvchi” emas, balki ishonchli, shaffof va sifatli ilmiy platformaga aylanishi shart.
Ayniqsa, sun’iy intellektdan foydalanish ham ochiq ko‘rsatilishi, natijalar uchun esa muallifning o‘zi mas’ul bo‘lishi belgilanmoqda.
Endi ilmiy nashrning qadri maqola sonida emas, uning ilmiy etikasi, taqriz sifati va xalqaro standartlarga mosligida namoyon bo‘ladi.Ilm-fan rivojlanishi uchun kuchli maqola kerak. Kuchli maqola uchun esa ishonchli jurnal kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Repost from Scopus Academy
“Asoslandi”, “dalillandi”, “isbotlandi”… Ilmiy yangilik shumi?
So‘nggi paytlarda dissertatsiyalarni o‘qib borsangiz, ilmiy yangiliklarning katta qismi bir xil qolipda yozilganini ko‘rasiz: asoslandi, dalillandi, isbotlandi. Go‘yo shu uchta so‘z bo‘lmasa, ilmiy ish ham tugallanmaydigandek.
Lekin ilmiy yangilikning vazifasi nimanidir asoslaganingizni aytish emas. Uning vazifasi — siz ilm-fanga nima qo‘shganingizni ko‘rsatish. “Asoslash” tadqiqotchining ish jarayoni. “Dalillash” metodologiyaning talabi. “Isbotlash” esa xulosaning ishonchliligini ta’minlaydi. Bularning hech biri o‘z-o‘zicha ilmiy yangilik emas. Masalan, “metodikaning samaradorligi asoslandi” deyilsa, o‘quvchi bitta savol bilan qoladi: Xo‘sh, yangilik nimada? Qanday metodika yaratildi? Nima taklif qilindi? Nima takomillashtirildi? Nima aniqlandi? Asl ilmiy yangilik shunday yoziladi: yangi model ishlab chiqildi, tasnif taklif qilindi, mexanizm takomillashtirildi, metodika yaratildi, baholash mezonlari ishlab chiqildi, qonuniyat aniqlandi. Bunday jumlalarda tadqiqotchining ilmiy hissasi ko‘rinadi. Afsuski, bizda ba’zan ilmiy yangilik natijani emas, tadqiqot davomida bajarilgan ishni ifodalaydi. Natijada bir sahifalik “ilmiy yangilik”ni o‘qib chiqasiz, lekin muallif ilm-fanga aynan nima qo‘shganini tushunish qiyin bo‘ladi. Ilmiy matnda har bir fe’lning o‘rni bor. Ammo ilmiy yangilik bo‘limida eng muhim savol bitta: “Nima yangi?” Agar shu savolga aniq javob bo‘lmasa, “asoslandi”, “dalillandi”, “isbotlandi” degan so‘zlar matnni ilmiyroq emas, aksincha mavhumroq qilib qo‘yadi.Balki ilmiy rahbarlar, ekspertlar va tadqiqotchilar sifatida ilmiy yangilikni yozish uslubini ham qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgandir. Chunki dissertatsiyaning eng qimmat qismi — muallif nimani asoslagani emas, nimani yangidan yaratganidir. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
1 878
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchimisiz?
PhD va DSc bosqichlari uchun asosiy talablarni qisqa ko‘rinishda jamladik.
PhD uchun magistr diplomi, kamida 1 ta ilmiy maqola, tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis va suhbat talab etiladi. DSc uchun esa PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja, ilmiy darajadan so‘ng kamida 3 ta maqola, 2 ta tezis, suhbat hamda doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi zarur.Hujjatlar my.gov.uz va daraja.ilmiy.uz orqali topshiriladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Savol: Mustaqil izlanuvchi yoki tayanch doktoranturaga hujjat topshirganda Ilmiy maqola va tezislar qismiga kiritgan maqola va tezislari o'zi tanlagan ixtisoslikka mos bo'lishi kerakmi yoki shunchaki maqola bolsa bo'ldimi?
Javob: Tayanch doktoranturaga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar qabul qilinadi. Ya’ni ixtisoslikka mos bo‘lishi shart. Misol uchun, 09.00.03 - Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha hujjat topshirgan talabgor 14.00.05 - Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha yozilgan maqola va tezislarini taqdim etishi qanchalik to‘g‘ri.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Quyidagi hollarda dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:
1. Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kamida uchta ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi; 2. fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan uchtagacha ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi; 3. salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda); 4. muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Ilmiy rahbarlik institutiga qo‘yilgan yangi talablarni ilm-fan sifati nuqtai nazaridan ijobiy baholash mumkin.
Endilikda ilmiy rahbar doktorant tadqiqot olib borayotgan ixtisoslikka yaqin yoki mos yo‘nalishda ilmiy faoliyat yuritgan bo‘lishi talab etilmoqda. Bu qaror zamonaviy ilm-fan rivojlanishining mantiqiy natijasidir.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar shu darajada tor va chuqur ixtisoslashib bormoqdaki, bitta fan tarmog‘ining o‘zida ham o‘nlab alohida ilmiy yo‘nalishlar shakllangan. Shu sababli bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan olimning mutlaqo boshqa yo‘nalishdagi doktorantga yuqori darajada ilmiy rahbarlik qilishi har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Xalqaro amaliyotga nazar tashlansa, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan ilmiy markazlarda doktorant uchun rahbar tanlashda birinchi navbatda olimning aynan shu tadqiqot mavzusiga yaqin ilmiy ishlari, xalqaro nashrlardagi maqolalari, grant loyihalari va ilmiy maktabdagi tajribasi hisobga olinadi. Ko‘plab universitetlarda doktorant va ilmiy rahbarning tadqiqot yo‘nalishlari mos kelmasa, rahbarlikka ruxsat ham berilmaydi. Aslida ilmiy rahbarning vazifasi faqat dissertatsiya matnini o‘qib chiqish yoki rasmiy maslahat berishdan iborat emas. U tadqiqotchini ilmiy metodologiya, zamonaviy adabiyotlar, xalqaro ilmiy muhokamalar va yangi tadqiqot tendensiyalariga yo‘naltiruvchi shaxsdir. Buni esa faqat o‘sha sohaning ichida faol ishlayotgan mutaxassis samarali bajara oladi. Ayrim hollarda olimlarning o‘zini bir vaqtning o‘zida ko‘plab ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassis sifatida namoyon etishga urinishi uchrab turadi. Biroq bugungi ilm-fan miqyosi va murakkabligi shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto bir ixtisoslikning o‘zida ham barcha yo‘nalishlarni mukammal egallash tobora qiyinlashib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, ilmiy rahbar va doktorant ixtisosliklarining yaqinlashtirilishi nafaqat formal talab, balki ilmiy natijalar sifati, dissertatsiyalarning amaliy qiymati va milliy ilm-fan raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan muhim mexanizm hisoblanadi.Ilmda sifat ko‘pincha to‘g‘ri tanlangan mavzu va o‘sha mavzuni chuqur biladigan ilmiy rahbardan boshlanadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
📚 Elektron kitoblarni topish uchun foydali manbalar
Ingliz va rus tillaridagi elektron kitoblarni qidirayotganlar uchun bir nechta qulay saytlarni tavsiya qilamiz. Bu platformalarda kitob nomi yoki muallifini yozish orqali kerakli adabiyotni turli formatlarda topish imkoniyati mavjud.
Ko‘p hollarda kitoblar quyidagi formatlarda uchraydi:
PDF
EPUB
MOBI
DOC
FB2
va boshqa elektron formatlar
Foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar:
Pdfdrive.com
Fb2bookfree.com
Yourpdfs.com
Allbooksworld.com
Bu saytlar orqali asosan ingliz va rus tillaridagi badiiy, ilmiy-ommabop, o‘quv va metodik adabiyotlarni izlash mumkin.
⚠️ Muhim ogohlantirish!
Elektron kitoblardan foydalanishda mualliflik huquqiga rioya qilish zarur. Faqat ochiq foydalanishga ruxsat berilgan, bepul tarqatilishi mumkin bo‘lgan yoki qonuniy asosda joylashtirilgan kitoblarni yuklab olish tavsiya etiladi. Yuqoridagi manbalar, asosan, ingliz va rus tillaridagi kitoblarni izlash uchun qulay. O‘zbek tilidagi adabiyotlar esa ko‘proq milliy kutubxonalar, ta’lim platformalari va rasmiy elektron resurslar orqali topiladi.📖 Kitob nomi yoki muallifini to‘g‘ri yozsangiz, qidiruv natijalari ancha aniq chiqadi. 📢 @PhD_Supp0rt
1 878
Repost from Markaziy Osiyo | library
Insonning xohishlari cheksiz bo’lishi mumkin. Ammo barqaror hayot uchun xohishlar imkoniyatlar bilan uyg’unlashishi zarur. Orzu qilish muhim, lekin uni amalga oshirish uchun zarur resurs, bilim va mehnatni ham to’g’ri baholash undan ham muhim. Xohish va imkoniyat o’rtasidagi muvozanat — oqilona qarorlarning poydevoridir.
@centerasia_library
1 878
#AI_dan_foydalanish
Prompt sifati bilan tadqiqotchining ilmiy saviyasi o‘rtasida bog‘liqlik bormi?
Menimcha, bor. Ammo bu “yaxshi prompt yozsa — yaxshi olim” degani emas. Prompt — tadqiqotchining fikrlash rentgeni. U ilmiy saviyani to‘liq o‘lchamaydi, lekin fikrning qanchalik puxta ekanini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilarda ikki xil yondashuvni ko‘rish mumkin. Kimdir AI’dan “Menga maqola yozib ber”, deb so‘raydi. Boshqasi esa muammo, kontekst, dalil va xulosa talablarini aniq belgilaydi. Ikkalasi ham AI’dan foydalanadi, lekin ilmiy tayyorgarlik darajasi bir xil emasligi darrov seziladi. Prompt yozish — kompyuterga buyruq berish emas, fikrni tartibga solishdir. Muammo, metod va dalil bo‘lmasa, AI faqat ilmiyga o‘xshagan matn yaratadi. Shu sababli “dissertatsiyamga ilmiy yangilik yozib bering” kabi so‘rovlar ilmiy yangilikning mohiyatini tushunmaslikni ko‘rsatadi.
Buni ilmiy seminarlarda ham ko‘rish mumkin. Matn ravon bo‘ladi, lekin “nimani o‘lchadingiz?” yoki “obyekt bilan predmet farqi nimada?” degan savollarda muammo ko'rinib qoladi.
Albatta, yaxshi prompt yozishning o‘zi ilmiy saviya degani emas. AI bilan ishlash texnikasini yaxshi biladigan, lekin mavzuni chuqur tushunmaydigan odam ham bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, saviyali tadqiqotchi AI’dan tayyor matn emas, tanqid va tahlil talab qiladi: “Bu yerda metodologik zaiflik bormi?”, “Opponent qanday savol berishi mumkin?” kabi.
Prompt sifati odatda uch narsada ko‘rinadi: Muammo aniqligi. Mavzu qanchalik aniq chegaralangan?
Metod mavjudligi. Tahlil qanday usul bilan amalga oshiriladi?
Tekshiruv talabida AI’dan zaif joylarni va asoslanmagan da’volarni ko‘rsatish so‘ralganmi?
O‘zbekiston ilmiy muhitida bu ayniqsa muhim. Chunki bugun AI yordamida bir necha daqiqada “ilmiy maqolaga o‘xshagan” matn yaratish mumkin. Lekin konferensiya, seminar yoki himoyada savollar berilishi bilan matnning haqiqiy sifati bilinadi.
AI matn yozishga yordam beradi, ammo ilmiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Himoya kuni savollarga baribir tadqiqotchining o‘zi javob beradi.
Shu sababli prompt sifati ilmiy saviyani to‘liq ko‘rsatmasa ham, undan muhim signal beradi. Kim aniq savol bersa, odatda aniqroq o‘ylaydi. Kim metodni belgilasa, tadqiqotni jarayon sifatida tushunadi. Kim tanqid talab qilsa, himoyaga tayyorlanadi.
Prompt — tadqiqotchining rentgeni. U hamma narsani ko‘rsatmaydi, lekin qayerda suyak bor, qayerda bo‘shliq borligini yashirmaydi.
1 878
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videoyo'riqnoma
(Xorijiy fuqarolar uchun ham mo'ljallangan, o'zbek va ingliz tillarida)
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
1 878
Maqolani yuborishdan oldin jurnalni tekshiring
Maqola yozish yetarli emas — uni ishonchli jurnalda chop etish muhim. Yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring: 1. ISSN tekshirish Jurnal ISSN raqamini tekshiring: https://portal.issn.org/ 2. DOI mavjudligi DOI ishlashini va ma’lumotlar mosligini tekshiring: https://search.crossref.org/ 3. ORCID talabi Mualliflardan ORCID talab qilinishi ijobiy belgi: https://orcid.org/ 4. Scopus / Web of Science Jurnal haqiqatan indekslanganmi: Scopus: https://www.scopus.com/sources WoS: https://mjl.clarivate.com/ 5. SCImago (qo‘shimcha tekshiruv) Kvartil va reyting: https://www.scimagojr.com/ 6. Google Scholar / OpenAlex Maqolalar ko‘rinishi va iqtiboslar: https://scholar.google.com/ https://openalex.org/ 7. Saytni tekshiring Quyidagilar bo‘lishi kerak: — peer-review tartibi — tahrir hay’ati — aniq to‘lov siyosati — arxiv sonlarEhtiyot bo‘ling: — tez chop etish va’dasi — spam email — soxta reytinglar — oldindan to‘lov talabi Xulosa, maqolani yuborishdan oldin 5–10 daqiqa tekshiruv sizni vaqt, pul va obro‘ yo‘qotishdan saqlaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 878
Biznes egasining salohiyatidan oshib keta olmaydi
Ko‘p bizneslarda bir xil holatni kuzataman: rahbar kompaniyani kattalashtirmoqchi, lekin o‘zi eski fikrlash usulidan chiqishni istamaydi. Yangi filial ochiladi, xodimlar soni ko‘payadi, reklama uchun pul ajratiladi, ammo boshqaruv usuli hamon “hammasini o‘zim nazorat qilaman” darajasida qoladi.
Bunday vaziyatda biznes tashqaridan katta ko‘rinishi mumkin, lekin ichkaridan hali ham egasining shaxsiy do‘koni bo‘lib qoladi. Eshikda katta peshlavha, ichkarida esa barcha qaror bitta odamning kayfiyatiga bog‘liq. Biznesni egasining soyasiga o‘xshatish mumkin. Odamning bo‘yi qancha bo‘lsa, soyasi ham shunga yarasha tushadi. Quyoshning burchagi soyani vaqtincha uzaytirishi mumkin, lekin bu odamning o‘zi o‘sgani degani emas. Xuddi shunday, reklama, kredit yoki tasodifiy omad biznesni bir muddat tez o‘stiradi. Ammo rahbarning tafakkuri, bilim va boshqaruv salohiyati o‘smagan bo‘lsa, bu o‘sish uzoqqa bormaydi. Bizning sharoitda rahbarning “hamma narsadan xabardor bo‘lishi” ko‘pincha yaxshi fazilat deb qaraladi. Ombordagi qalamdan tortib, marketingdagi videoning musiqasigacha rahbar hal qiladi. Keyin esa o‘sha rahbar: “Nega jamoa mustaqil emas?” deb hayron bo‘ladi. Jamoaga mustaqillik bermay turib, undan tashabbus kutish — mahalladagi to‘yda oshni o‘zingiz damlab, keyin oshpazni mahoratsizlikda ayblashga o‘xshaydi. Shaxsiy kuzatuvim shuki, biznesdagi ko‘p muammolar aslida xodimlardan emas, rahbarning ichki chegaralaridan boshlanadi. Rahbar ishonishni bilmasa, kompaniyada nazorat ko‘payadi. U qaror qabul qilishdan qo‘rqsa, jarayonlar sekinlashadi. U tanqidni qabul qilmasa, atrofida faqat “to‘g‘ri aytasiz” deydiganlar qoladi. Albatta, bunga qarshi fikr ham bor. Ba’zi bizneslar egasidan kuchliroq tizim, professional jamoa yoki tashqi investor hisobiga o‘sishi mumkin. Bu to‘g‘ri. Lekin bunday holatda ham egasi o‘z rolini qayta belgilashi, vakolat berishi va kuchli mutaxassislarni yonida ushlab qola olishi kerak. Bu ham salohiyatning bir ko‘rinishi. Rahbar hamma narsani bilishi shart emas. Ammo u nimani bilmasligini tushunishi kerak. U eng aqlli odam bo‘lishi shart emas, lekin o‘zidan aqlliroq odamlar bilan ishlashdan qo‘rqmasligi lozim. Biznesning navbatdagi bosqichga chiqishi uchun ko‘pincha yangi ofis, yangi reklama yoki yangi mahsulot emas, yangi fikrlash kerak bo‘ladi. Chunki kompaniyaning haqiqiy “shift”i bozorda emas — ko‘pincha uning egasining ongida bo‘ladi.Rahbar o‘ssa, biznes ham o‘sadi. Rahbar bir joyda qotib qolsa, biznes ham bir kun kelib o‘sha joyga uriladi.Postni Telegram auditoriyasi uchun yanada qisqaroq va keskinroq formatga ham moslashtirish mumkin.
