PhD Support
前往频道在 Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
显示更多未指定国家未指定类别
1 781
订阅者
+1524 小时
+937 天
+34430 天
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+219
在9个频道中
八月 '26
+344
在12个频道中
Get PRO
七月 '26
+1 270
在10个频道中
Get PRO
六月 '260
在13个频道中
Get PRO
五月 '26
+3
在10个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 11 九月 | +43 | |||
| 10 九月 | +16 | |||
| 09 九月 | +5 | |||
| 08 九月 | +10 | |||
| 07 九月 | +17 | |||
| 06 九月 | +5 | |||
| 05 九月 | +39 | |||
| 04 九月 | +8 | |||
| 03 九月 | +13 | |||
| 02 九月 | +34 | |||
| 01 九月 | +29 |
频道帖子
Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati:
#PhD_Supp0rt
1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari);
2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish;
3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish;
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish;
5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish;
7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish;
8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan-to'g'ri tan olish;
9. Himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
10. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
| 2 | PhD’dan keyin nima?
Ko‘pchilik “himoyadan o‘tsam bo‘ldi” deb yashaydi. Aslida PhD ilmiy yo‘lning yakuni emas: yangi tadqiqotlar, grantlar, xalqaro hamkorlik, monografiya va ilmiy maktab yaratish kabi bosqichlar aynan undan keyin boshlanadi. Himoya — finish emas, keyingi bosqichning boshlanishi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 787 |
| 3 | Ilmiy kengashda uzun javob har doim ham kuchli javob emas
Savolni tushuning, avval qisqa javob bering, keyin dalil bilan asoslang. Bilmagan masalada mavzuni aylantirib gapirishdan ko‘ra, tadqiqot chegarasini ochiq tan olish professionalroq ko‘rinadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 026 |
| 4 | #bolarkanu
Хитойда олимларнинг суратларини катта реклама экранларига жойлаштиришмоқда
Кўчада реклама баннерларида одатда актёр, хонанда, спортчи ёки тадбиркорларни кўрамиз. Хитойда эса аксар ҳудудларда билборд ва экранларга машҳур олимларнинг суратлари, исмлари ва илмий ютуқлари ҳам чиқарилмоқда. Бу жуда ажойиб ғоя!
Барибир, Хитойдан ўрганадиган нарсаларимиз ҳали жуда кўп. Илм-фанни оммалаштириш, олимларни кўпроқ танитиш ва уларни ёшлар учун намуна қилиш ҳам шулардан бири бўлиши керак.
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram | 1 112 |
| 5 | Haqiqiy olim “bilmayman” deyishdan qo‘rqmaydi
Ilm hamma narsani bilish emas, bilmagan narsani qanday tekshirishni bilishdir. Qarama-qarshi fikrni tinglash, xatoni tan olish va dalil bilan gapirish olimning kuchsizligi emas, professional belgisi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 029 |
| 6 | Mavzu tanlashda shoshilmang
Chiroyli eshitiladigan mavzu har doim ham yaxshi tadqiqot mavzusi emas. Manbasi, ilmiy muammosi, chegarasi va amaliy imkoniyati bo‘lishi kerak. Uch yil ishlashingiz mumkin bo‘lgan mavzuni tanlang.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 078 |
| 7 | “Publish or perish”ning xavfli tomoni
Maqolalar soniga haddan tashqari urg‘u berilsa, ilmiy sifat ikkinchi o‘ringa tushib qolishi mumkin. KPI uchun yozilgan beshta maqoladan ko‘ra, sohaga yangi bilim bergan bitta kuchli tadqiqot ko‘proq qiymat yaratadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 085 |
| 8 | Motivatsiya har kuni bo‘lavermaydi
PhD’da “kayfiyat kelishini” kutish samarasiz. Bugun ikki maqola o‘qish, bir jadval tayyorlash yoki 300 so‘z yozish kabi kichik vazifalar katta ishni oldinga siljitadi. Ba’zan motivatsiyadan ko‘ra tartib kuchliroq.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 5 727 |
| 9 | AI’dan adabiyotlar sharhini yozdirish emas, tahlilda foydalaning
O‘zingiz topgan maqolalarni AI yordamida mavzu, metod yoki natija bo‘yicha guruhlash mumkin. Shunda sun’iy intellekt sizning o‘rningizga ilm qilmaydi, balki qilayotgan ishingizni tezlashtiradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 249 |
| 10 | 🧬 Ilmiy darajalar dinamikasi (2019–2026)
2019: PhD — 1 135, DSc — 220 | Jami — 1 355
2020: PhD — 1 397, DSc — 336 | Jami — 1 733
2021: PhD — 1 948, DSc — 349 | Jami — 2 297
2022: PhD — 2 570, DSc — 403 | Jami — 2 973
2023: PhD — 3 071, DSc — 464 | Jami — 3 535
2024: PhD — 3 454, DSc — 548 | Jami — 4 002
2025: PhD — 5 379, DSc — 860 | Jami — 6 239
2026: PhD — 1 564, DSc — 278 | Jami — 1 842*
2025-yilda rekord qo‘yildi: 6 239 ta daraja. 2019-yilga nisbatan 4,6 baravar o‘sish kuzatildi.
📢 @PhD_Supp0rt | 2 861 |
| 11 | ChatGPT bergan manbani tekshirmasdan ishlatmang
AI ba’zan mavjud bo‘lmagan maqola, DOI yoki sahifa raqamini ham ishonchli ko‘rinishda berishi mumkin. Manbani Google Scholar, Crossref, Scopus yoki nashriyotning rasmiy saytidan tekshirish odat bo‘lishi kerak.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 177 |
| 12 | OAK Byulletenining 2026-2-soni e'lon qilindi. | 5 195 |
| 13 | 没有文字... | 1 283 |
| 14 | AI — yordamchi, muallif emas
Sun’iy intellekt matnni tartibga solish, g‘oya variantlarini ko‘rish va tahlilni tezlashtirishda foydali. Ammo fakt, manba, iqtibos va ilmiy xulosa uchun javobgarlik tadqiqotchining o‘zida qoladi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 113 |
| 15 | AI’dan foydalaning, lekin unga ortiqcha suyanib qolmang.
Matnni tartibga solishda, reja tuzishda, fikrni charxlashda AI juda yaxshi yordamchi. Ammo ilmiy kengashdagi savollarga baribir siz javob berasiz.
Shuning uchun AI’dan tayyor matn olish uchun emas, fikringizni kuchaytirish uchun foydalaning.
Tavsiyam shuki, yozdirishdan ko‘ra, tekshirtiring; ko‘chirishdan ko‘ra, tushunishga harakat qiling.
Chunki himoyada eng kerakli narsa — matn emas, o‘zingizning tayyorgarligingiz o'g'ayni.
@PhD_Supp0rt | 1 293 |
| 16 | Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi:
🔹 @centerasia_library
Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori.
🔹 @ILM_NUR_2020
Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma.
🔹 @akademik_burchak
OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal.
🔹 @Scopus_Academy
Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal.
🔹 @Magistr_Hub
Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi.
🔹 @centerasiastudy
Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma.
🔹 @PhD_Supp0rt
PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi. | 1 112 |
| 17 | #ilmiy_nashrlar_ruyxati
@PhD_Supp0rt
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatga turli fan yo‘nalishlarini qamrab olgan jami 1704 ta ilmiy jurnal kiritilgan.
Mazkur yangilanish doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim ahamiyatga ega.
Chunki dissertatsiya natijalarini e’lon qilishda jurnalning amaldagi OAK ro‘yxatida mavjudligini tekshirish talab etiladi. Shu sababli maqola yuborishdan oldin jurnalning ro‘yxatdagi holatini va tegishli fan yo‘nalishiga mosligini yana bir bor aniqlab olish maqsadga muvofiq.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 848 |
| 18 | So‘nggi bir yil ichida ilmiy maqolalarni o‘qib turib qiziq holatni sezadigan bo‘ldim. Ayrim matnlarda muallifning o‘zi emas, balki sun’iy intellektning “ovozini” eshitgandek bo‘lasiz. Hammasi joyida: jumlalar ravon, uslub tartibli, xatolar deyarli yo‘q. Lekin matn tugagach, muallif aslida nima demoqchi bo‘lganini anglash qiyin.
Tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilda chop etilgan maqolalarning 57 foizida sun’iy intellekt ta’siri sezilgan iboralar uchragan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich atigi 12 foiz edi. Ikki yil ichidagi bu sakrash ilm-fan uchun yangi davr boshlanganini ko‘rsatadi.
Buni faqat salbiy baholash ham noto‘g‘ri. AI ko‘plab tadqiqotchilar uchun vaqtni tejaydigan vositaga aylandi. Adabiyot qidirish, matnni tahrirlash, ingliz tilidagi maqolalarni tayyorlash yoki fikrlarni tizimlashtirish ancha osonlashdi. Ayniqsa, chet tilida yozishda qiynaladigan yosh olimlar uchun bu katta imkoniyat.
Lekin medalning ikkinchi tomoni ham bor. Jurnal muharrirlari va ekspertlar sifatsiz, yuzaki, ba’zan esa mazmunan bo‘sh maqolalar soni ortayotganini ta’kidlamoqda. Ayrim mualliflar tadqiqot qilishdan ko‘ra prompt yozishni tezroq o‘rganib oldi, shekilli.
Shaxsiy kuzatuvimga ko‘ra, muammo AI’da emas. Muammo uni qanday ishlatayotganimizda. Sun’iy intellekt ilmiy tafakkurning o‘rnini bosa olmaydi. U ko‘proq kompasga o‘xshaydi: yo‘lni ko‘rsatishi mumkin, lekin yurib berolmaydi.
Bir paytlar kalkulyator paydo bo‘lganda ham “endi hech kim matematika bilmaydi” degan xavotirlar bo‘lgan. Matematika qolganidek, ilm ham qoladi. Faqat vositalar o‘zgaradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 076 |
| 19 | Google Scholar’dan shunchaki qidiruv sifatida foydalanmang
Kuchli maqolani topsangiz, uning foydalanilgan adabiyotlari va “Cited by” bo‘limini ham ko‘ring. Bitta sifatli manba sizni o‘nlab kerakli tadqiqotlarga olib borishi mumkin.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 999 |
| 20 | Scopus — maqsad emas
Scopus’da maqola chiqishi yaxshi natija. Ammo ilm uchun muhim savol boshqa: maqolangiz qanday yangi bilim berdi? Indeksatsiya olimga ko‘rinish beradi, ilmiy qiymatni esa tadqiqotning o‘zi yaratadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt | 1 098 |
