ch
Feedback
Xalqaro Yoshlar Ekologik qo'mitasi

Xalqaro Yoshlar Ekologik qo'mitasi

前往频道在 Telegram

Iqlim harakati boʻyicha yoshlar hamjamiyati rasmiy telegram sahifasi

显示更多
未指定国家未指定类别
259
订阅者
+224 小时
+87
+4930
帖子存档
🌿 Uxxxx, mana Navoiyga ham navbat kelibdiku xay. 😁 Navoiylik yoshlarimiz, tayyormisizlar? Tadbirga kelib, imkoniyatni qo'ld
🌿 Uxxxx, mana Navoiyga ham navbat kelibdiku xay. 😁 Navoiylik yoshlarimiz, tayyormisizlar? Tadbirga kelib, imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 8-iyun 16:00 da Alisher Navoiy istirohat bog'ida ko'rishguncha! 💚 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

Namangan viloyati rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. 💐🤩 Ha, to‘g‘ri eshitdingiz! 20-apreldan 20-maygacha bo‘lgan vaqt ichida viloyatda 150 milliondan ortiq gullar ekilib, bu natija Ginnes hakamlari tomonidan rasman tan olindi. Namangan yana bir bor o'zining haqiqiy "Gullar shahri" ekanligini butun dunyoga isbotladi. Videoni tomosha qiling va ushbu tarixiy lahza quvonchini biz bilan baham ko‘ring! ✨ 👇 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

Navoiyning mo‘jizaviy "cho‘l go‘zali" borligini bilarmidingiz? Unda tanishing, YO'RG'A TUVALOQ qushi. Uning o‘ziga xos ko‘rinishi va tabiati sizni albatta hayratga soladi. Videoni o‘tkazib yubormasdan tomosha qiling. 👆🏻 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

🤔 Surxondaryo nimasi bilan mashhur, bilasizmi? Xojaikon tuzlari haqida eshitganmisiz? Bu yerda ishlab chiqarilayotgan tosh shaklidagi tuzlar xonani bezash uchun ishlatiladi va inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan ajralib turadi. Bilmagan bo’lsangiz — ushbu videoni tomosha qiling! 😄 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

⚡️ Samarqand shahrida Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi tomonidan Eco Expo doirasida "The Global Youth in all Fronts of Environmental Action: Exchange of Experiences and Best Practices" mavzusi bo'yicha side-event muvaffaqiyatli o'tkazildi. Unda GEF, UNEP, UNFCCC, UNCCD va CBD kabi yirik xalqaro ekologik tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Dunyo bo'ylab yosh ekologlar o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi, birgalikda yechimlar izlandi va yoshlarning xalqaro ekologik jarayonlardagi roli muhokama qilindi. Jarayonlarni batafsil ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin 👆🏻 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

🤔 Surxondaryo nimasi bilan mashhur, bilasizmi? Xojaikon tuzlari haqida eshitganmisiz? Bu yerda ishlab chiqarilayotgan tosh shaklidagi tuzlar xonani bezash uchun ishlatiladi va inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan ajralib turadi. Bilmagan bo’lsangiz — ushbu videoni tomosha qiling! 😄 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

⚡️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi! Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi O’zbekiston bo’ylab sayohatini boshlayapti
⚡️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi! Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi O’zbekiston bo’ylab sayohatini boshlayapti — 1-hafta, 4 viloyat, 4 tadbir. Har bir hududda yoshlar bilan uchrashuvlar, “Sardorlar va volontyorlar” pavilioni hamda jonli muhokamalar bo’ladi! 🌱 Va birinchi to’xtash nuqtamiz — Buxoro! 🔥 Buxoro yoshlari, 7-iyun kuni Yoshlar markazida ko’rishamiz. Do’stingizni ham olib kelishni unutmang! 😉 👉🏻Buxoroda bo’lib o’tadigan tadbir manzili: Somoniylar bog’i
📅 7-iyun — Buxoro viloyati 📅 9-iyun — Navoiy viloyati 📅 11-iyun — Surxondaryo viloyati 📅 13-iyun — Qashqadaryo viloyati
Ko’rishguncha! 💚 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

⚡️ Samarqand shahrida Eco Expo doirasida “Uzbekistan’s Young Green Generation: Eco Schools and Young Farmer Projects” side-event muvaffaqiyatli o’tkazildi. Unda Eco Schools o’quvchilari, “Young Farmers” loyihasi a’zolari hamda Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi vakillari so’zga chiqib — ekologik ta’lim, yashil hayot tarzi va atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha fikrlar yuritildi. Jarayonlarni batafsil ushbu video orqali ko’rishingiz mumkin 👆🏻 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

⚡️Xalqaro yoshlar ekologik qo'mitasi Samarqand shahridagi Global ekologik jamg'arma Assambleyasida, shuningdek “Eco Expo Central Asia-2026” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Jarayonlarni batafsil ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin 👆🏻 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

Xalqaro eko-faollar jamoasiga qo‘shiling! Agar siz 14-30 yosh orasida bo’lsangiz va ekologiya sohasiga qiziqsangiz, “Tashabbuslar marafoni” doirasidagi saylovimizda qatnashing. Buning uchun: 🌐 “yoshlar.gov.uz” saytiga tashrif buyuring. Saytda “Istedod, Volontyorlik, Sardorlar”y’onalishini hamda “Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasining hududiy saylovlari” tadbirini tanlab, ro‘yxatdan o‘ting. 📞 Biz esa siz bilan bog‘lanamiz va marafon doirasidagi saylovda ishtirok etishga taklif qilamiz. 🏅 Tanlab olingan koordinatorlar maxsus ishonch yorlig‘i bilan taqdirlanadi. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

💚 Ekofaollar diqqatiga! 🇺🇿 Yoshlar oyligi doirasida yurtimiz bo‘ylab “Tashabbuslar marafoni”ga start berildi. Marafon doir
💚 Ekofaollar diqqatiga! 🇺🇿 Yoshlar oyligi doirasida yurtimiz bo‘ylab “Tashabbuslar marafoni”ga start berildi. Marafon doirasidagi Xalqaro yoshlar ekologik qoʻmitasi saylovlarida ishtirok eting. 💁🏻‍♀️ Agar siz 14-30 yosh oraligʻida boʻlsangiz, ekologiya sohasida katta qiziqish, gʻoya va tashabbuslaringiz boʻlsa sizni saylovda kuyib qolamiz. yoshlar.gov.uz sayti orqali “Iste’dod, volontyorlik va sardorlar” yoʻnalishini hamda “Xalqaro yoshlar ekologik qoʻmitasining hududiy saylovlari” tadbirini tanlab roʻyxatdan oʻting.

From grassroots movements to negotiation tables, youth around the globe are on every front of environmental action simultaneo
From grassroots movements to negotiation tables, youth around the globe are on every front of environmental action simultaneously. The 8th Global Environment Facility (GEF) Assembly and Eco Expo Central Asia 2026 in Samarkand create the perfect moment to bring them together and share the most impactful approaches for action. 🌿 Join the "Global Youth in all Fronts of Environmental Action: Exchange of Experiences & Best Practices" panel to hear perspectives from leading young environmental advocates. 📅 June 4th | 17:00–18:00 📍 Main Stage, Eco Expo Central Asia 2026, Samarkand Expo Register here: https://forms.gle/5nxVefjv2A1zouKJ8 #EcoExpo2026 #GEFAssembly #YouthForClimate #EnvironmentalAction

Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashab
Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Marafon g‘oyasi bor, yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, dastur davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Ushbu yirik marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👉yoshlar.gov.uz 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

🌍 Biz aynan sizning hududingizga boryapmiz! Xalqaro yoshlar ekologik qo'mitasida hududiy koordinator bo'lishni xohlaysizmi? ✅ Taqdimot qiling ✅ Suhbatda ishtirok eting ✅ Seminar & workshop ✅ Viktorina + sovg'alar 🎁 📅 Sana va manzilni ushbu link orqali toping 👈🏻 Ishtirok etmoqchimisiz? @mirfayznutfullayev hisobiga + belgisini qoldiring! 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

Bizning volontyorlarni hech narsa to‘xtata olmaydi! 😅 Konferensiyaga ketyapsizmi yoki darsga — tabiatni asrash uchun har doim vaqt va imkon topiladi. Kostyum-shimda daraxt ekish? Muammo emas! Asosiysi — ichki motivatsiya va tabiatga bo‘lgan muhabbat. Siz-chi, ekologiya uchun nima qilishga tayyorsiz? Izohlarda qoldiring! 👇 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

📸 Toshkent Hayvonot bog’ida o’tkazilgan ekologik aksiyadan videolavha. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

⚡️ Toshkent hayvonot bog‘ida ekologik aksiya! 🌿 📆 1-may kuni Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi volontyorlari Toshkent hayv
+9
⚡️ Toshkent hayvonot bog‘ida ekologik aksiya! 🌿 📆 1-may kuni Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi volontyorlari Toshkent hayvonot bog‘iga tashrif buyurishdi. Yoshlarimiz hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yangi ko‘chatlar ekib, shahrimizning go’zalligiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. 🔍 Ekish ishlaridan so‘ng, volontyorlar bog‘ning boy faunasi bilan tanishib, hayvonot dunyosi va uni asrash bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Amaliy mehnat va bilim uyg‘unligi ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar taqdim etdi. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

Ziroat Mirziyoyeva ekofaollar bilan birgalikda Xivada 3 mingdan ortiq daraxt va boshqa oʻsimliklarni ekish tadbirida ishtirok etib, jamoat bogʻiga asos soldi. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

Xivadagi Prezident maktabida oʻtkazilgan “Bahor bilan hamnafas” festivalidan videolavha. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram

🌳 Xiva shahri ekologik tashabbuslar markaziga aylandi Ko‘hna Xiva shahrida O'zbekiston Respublikasi birinchi xonimi Ziroat M
+8
🌳 Xiva shahri ekologik tashabbuslar markaziga aylandi Ko‘hna Xiva shahrida O'zbekiston Respublikasi birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ishtirokida bir qator ekologik tadbirlar o'tkazildi. Unda “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi, ekomaktab o‘quvchilari hamda Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi vakillari faol ishtirok etdilar. 🌤 Shahar chetidagi qariyb 8 gektar maydonni egallagan bo‘sh hududda mahalliy iqlimga moslashtirilgan 3 ming tupdan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Xivadagi Prezident maktabida "Bahor bilan hamnafas" festivali bo'lib o'tdi. Unda Xalqaro yoshlar ekologik qo'mitasi raisi Lobarxon Jalolova qo'mita faoliyati va kelgusidagi rejalari xususida taqdimot qildi. 🌐 Instagram | 🔆 Telegram