Xalqaro Yoshlar Ekologik qo'mitasi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Iqlim harakati boʻyicha yoshlar hamjamiyati rasmiy telegram sahifasi
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
273
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+147 أيام
+6330 أيام
أرشيف المشاركات
🔥 Qashqadaryolik yoshlar! Marafon karvoni QASHQADARYOga yetib bormoqda!
15-iyun kuni “Yoshlar tashabbuslari marafoni” karvoni Qashqadaryo viloyatida bo’ladi. Siz ham Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasining saylovlari va undan tashqari workshop va seminarlariga qatnashing.
👉🏻 Barchangizni kutamiz!
📆 Sana: 15-iyun, 10:00
📍 Manzil: “Oqsaroy” maydoni
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🌡️ O’zbekistonning eng qaynoq nuqtasi bo’lmish Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bo’lib o’tgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni” muvaffaqiyatli yakunlandi.
🔋 Marafon davomida Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasining saylovi, qiziqarli workshop va seminarlari yuqori darajada o’tkazildi.
Batafsil videoni tomosha qiling! 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🏔 Qashqadaryolik eko-faollar QIDIRILMOQDA! 👀
Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi voha yoshlari uchun yangi va juda muhim tashabbusni boshlamoqda!
🏡 Tanishing, “Yashil xonadon” loyihasi!
Agarda siz o‘z uyingiz va mahallangiz yanada:
✨ Ko‘rkam va go‘zal
🌿 Yashil va tabiiy
🌬 Toza va ekologik xavfsiz bo‘lishini xohlasangiz — bu loyiha aynan siz uchun!
💡Qanday qatnashish mumkin?
Hammasi juda oddiy: ushbu post ostida (+) belgisini qoldiring va batafsil ma’lumotga ega bo’ling.
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🌍 Ipak yo’lining markazi bo’lmish Samarqandda bo’lib o’tgan Yoshlar tashabbuslari marafoni muvaffaqiyatli yakunlandi.
Marafon doirasida Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasining hududiy saylovi bo’yicha suhbat va turli xil qiziqarli seminar hamda workshoplar tashkil qilindi.
Batafsil video orqali ko’rishingiz mumkin. 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🔥 8-iyun kuni Navoiyda bo’lib o’tgan Yoshlar tashabbuslari marafoni ko’taringi kayfiyatda yakunlandi.
Tadbir davomida Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasining hududiy kengash koordinatorlari uchun suhbat bo’lib o’tdi.
⚡️Undan tashqari tashkil etilgan seminar va workshoplar ishtirokchilarning ekologiyaga bo’lgan bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.
Batafsil video orqali ko’rishingiz mumkin. 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🔥Surxondaryolikmisiz? Unda ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!
12-iyun kuni Yoshlar tashabbuslar marafoni Surxondaryoda bo’ladi. Siz ham Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasining saylovi, workshopi seminarlariga tashrif buyuring, ko’ring va ishtirok eting. Keyinroq “o’sha tadbirda bo’lganman” deb faxrlanasiz.
Sizni kutamiz! 👀
📅 12-iyun
⏰ 15:00
📍 San'at saroyi bog'i.
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🌍 Ipak yo'lining markazi — endi yoshlar marafonining markazi!
10-iyun kuni Yoshlar tashabbuslar marafoni Samarqandda bo'ladi. Yoshlar kreativ shaharchasida g'oyalar, tashabbuslar va yangi tanishuvlar sizni kutmoqda.
Qolib ketsangiz — afsus qilasiz! Ishonavering 👀
📅 10-iyun | ⏰ 09:00 | 📍 Yoshlar kreativ shaharchasi
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
⚡️Katta yangilik: Endi navbat Yaponiya bilan hamkorlikka! 🇯🇵🇺🇿
Samarqandda boʻlib oʻtgan “Eco Expo” doirasidagi side-eventimiz shunchaki uchrashuv emas, haqiqiy imkoniyatlar eshigi boʻldi!
Tadbirdan soʻng, Samarqand davlat universitetidagi Tottori universiteti vakolatxonasi rahbari, Tottori universiteti professori Kristina Toderich harakatlarimizni yuqori baholab, Yaponiyadagi eng faol eko-yoshlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatish va birgalikda global loyihalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ajoyib taklifni bildirdilar! 🔥
🎥 Videoni tomosha qiling 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🔥 Xalqaro yoshlar ekologik qo'mitasining Buxoro viloyatida hududiy saylovi bo'lib o'tdi!
"Yoshlar tashabbuslari marafoni" doirasida Buxoro viloyatida Xalqaro yoshlar ekologik qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan workshop va seminarlar koʻtarinki ruhda yakunlandi! Shu bilan birga, viloyatda ekologik harakatni yangi bosqichga olib chiqadigan hududiy koordinatorlar jamoasi shakllantirildi! 🎉
🗳 Saylovlar natijasiga koʻra, Buxoro viloyati hududiy koordinatorlar jamoasi saylandi.
🤝 Buxoro viloyati jamoasiga kuch, yangi gʻoyalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
Buxoro — katta rahmat, zo'r bo'lli! 😁
7-iyun kuni qadimiy Buxoro shahrida "Yoshlar tashabbuslar marafoni" doirasida Xalqaro yoshlar ekologik qo'mitasi tomonidan workshop, seminar va saylovlar tashkil etildi. Somoniylar istirohat bog'ida bo'lib o'tgan ushbu tadbir yoshlar g'oyalari va tashabbuslariga to'la bo'ldi. Ishtirok etgan har bir yoshga — alohida minnatdorchilik bildiramiz. 🤝
Tadbir shukuhini videoni ko'riboq his qiling 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
Namangan viloyati rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. 💐🤩
Ha, to‘g‘ri eshitdingiz! 20-apreldan 20-maygacha bo‘lgan vaqt ichida viloyatda 150 milliondan ortiq gullar ekilib, bu natija Ginnes hakamlari tomonidan rasman tan olindi.
Namangan yana bir bor o'zining haqiqiy "Gullar shahri" ekanligini butun dunyoga isbotladi. Videoni tomosha qiling va ushbu tarixiy lahza quvonchini biz bilan baham ko‘ring! ✨ 👇
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🤔 Surxondaryo nimasi bilan mashhur, bilasizmi?
Xojaikon tuzlari haqida eshitganmisiz? Bu yerda ishlab chiqarilayotgan tosh shaklidagi tuzlar xonani bezash uchun ishlatiladi va inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan ajralib turadi. Bilmagan bo’lsangiz — ushbu videoni tomosha qiling! 😄
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
⚡️ Samarqand shahrida Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi tomonidan Eco Expo doirasida "The Global Youth in all Fronts of Environmental Action: Exchange of Experiences and Best Practices" mavzusi bo'yicha side-event muvaffaqiyatli o'tkazildi.
Unda GEF, UNEP, UNFCCC, UNCCD va CBD kabi yirik xalqaro ekologik tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Dunyo bo'ylab yosh ekologlar o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi, birgalikda yechimlar izlandi va yoshlarning xalqaro ekologik jarayonlardagi roli muhokama qilindi.
Jarayonlarni batafsil ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
🤔 Surxondaryo nimasi bilan mashhur, bilasizmi?
Xojaikon tuzlari haqida eshitganmisiz? Bu yerda ishlab chiqarilayotgan tosh shaklidagi tuzlar xonani bezash uchun ishlatiladi va inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan ajralib turadi. Bilmagan bo’lsangiz — ushbu videoni tomosha qiling! 😄
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
⚡️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi!
Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi O’zbekiston bo’ylab sayohatini boshlayapti — 1-hafta, 4 viloyat, 4 tadbir. Har bir hududda yoshlar bilan uchrashuvlar, “Sardorlar va volontyorlar” pavilioni hamda jonli muhokamalar bo’ladi! 🌱
Va birinchi to’xtash nuqtamiz — Buxoro! 🔥
Buxoro yoshlari, 7-iyun kuni Yoshlar markazida ko’rishamiz. Do’stingizni ham olib kelishni unutmang! 😉
👉🏻Buxoroda bo’lib o’tadigan tadbir manzili: Somoniylar bog’i
📅 7-iyun — Buxoro viloyati 📅 9-iyun — Navoiy viloyati 📅 11-iyun — Surxondaryo viloyati 📅 13-iyun — Qashqadaryo viloyatiKo’rishguncha! 💚 🌐 Instagram | 🔆 Telegram
⚡️ Samarqand shahrida Eco Expo doirasida “Uzbekistan’s Young Green Generation: Eco Schools and Young Farmer Projects” side-event muvaffaqiyatli o’tkazildi.
Unda Eco Schools o’quvchilari, “Young Farmers” loyihasi a’zolari hamda Xalqaro yoshlar ekologik qo’mitasi vakillari so’zga chiqib — ekologik ta’lim, yashil hayot tarzi va atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha fikrlar yuritildi.
Jarayonlarni batafsil ushbu video orqali ko’rishingiz mumkin 👆🏻
🌐 Instagram | 🔆 Telegram
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
