Ahmad Ali Dilmurod
前往频道在 Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
显示更多未指定国家未指定类别
6 365
订阅者
+124 小时
+1627 天
-15 99630 天
帖子存档
6 365
***
biz ko'p gaplashmasligimiz kerak
gap senda emas
gap menda
gap senda emas
men oxir-oqibat insonman
gap senda emas
men seni yaxshi ko'rib qolaman
gap senda emas
men onamni yaxshi ko'raman endi
o'n uch yoshimda ketgan otamni yaxshi ko'raman endi
onasi bilan qolgan o'g'limni yaxshi ko'raman endi
gap senda emas
gap menda
men o'sha gapni yolg'on qila olmayman
men yoziqlarimda nuqul savol beraman
nima? qachon? qayerda?
gap, hozir, senda emas.
menda!
biz ko'p gaplashmasligimiz kerak
bo'lmasa, men seni yaxshi ko'rib qolaman...
gap senda emas
menda.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
sahifamdan o'chirib tashlasang ham -
o'chirish tugmasi
yuragimda ishlamaydi.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
ismingni berib turmaysanmi?
biror daqiqaga
biror soatga
kunga
ismingni berib turmaysanmi
yonida tursam
qo’l ushlab tursam
isinib tursam
ismingni berib turmaysanmi
gapirmaydigan ismingni
xohlamaydigan ismingni
hech kimi yo’q ismingni
ismingni berib turmaysanmi
…
…
…
ismingni berib turmaysanmi
isinib tursam…
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
yoshim o'tgani sari
tushunib bormoqdaman.
endi faqat
tushunchalarim bilan
yashaymanmi?
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
uxlamay chiqsam?
nima o’zgaradi?
uxlab qolsamchi?
nima o'zgaradi?
sening isming bor,
isming-isming
isming-isming
uxlamay chiqsam?
nima o'zgaradi?
uxlab chiqsamchi?
yozib chiqsamchi?
yozmay chiqsam?
isming-isming,
isming-isming,
xato qilsam nima o'zgaradi?
xato qilsam?
isming-isming,
isming-isming,
nuqta qo'ysam nima o'zgaradi?
qo'ymasamchi?
isming-isming,
isming-isming,
soat o'n bo'lsa nima o'zgaradi?
o'n bir bo'lsachi?
chiziq bilan yozsam nima o'zgaradi?
o'zgarsachi?
chiziq-chiziq,
chiziq-chiziq,
oxirigacha o'qisang
nima o'zgaradi?
o'qimasangchi?
seni sevib bo'lganman,
o'zgaradigan narsa yo'q endi.
nuqta-nuqta,
nuqta-nuqta.
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
nima xohlasam
shuni qilaman! -
deb qaror qildim o'zimga,
keyin
senga salom berdim.
2024
@ahmadali_writer
6 365
https://ahmadalidilmurod.uz
saytni qayta ochib qo’ydim. telegram bilan bir xil ishlaydi. sayt 5 yilga olindi, mabodo topolmay qolsangiz sayt doim ishlab turadi.
6 365
***
do'stlarimni izlamay qo'ydim
ularning qanday ekanini
bilaman -
men o'zimni
bilmaymanmi?
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
vaqt o'tib
yoki sen afsuslanasan
yoki men...
ammo, bir-birimizga
aytmaymiz bu haqda.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
men yo'qolib qolsam
meni topa olmaysanmi?
deding.
nega bunday deganingni
keyin tushundim.
2024
@ahmadali_writer
6 365
ulgurmay qolganlar bo’lsa yana ro’yxat qilamiz, kanal manzilingizni yuborishingiz mumkin. shartlarni qaytadan o’qib, so’ng yuboring. avval ishtirok etganlar bu safar ishtirok etmaydi. bu yangi ro’yxat.
6 365
***
muhabbat izlab kelding bu yerga
chang ko'chada
muhabbat nima qiladi?
asfalt ko'rmagan ko'chada
mudom, seni o'lim xavfi kutib turadigan ko'chada
muhabbat izlab kelding
muhabbat o'ldi-ku!
amaking o'g'li
yig'lab yetkazgan xabar
buving muhabbat o'ldi-ku
sen o'shanda yig'lamagan
keyin tobutni ko'rib yig'lagan
muhabbat...
insonlar muhabbat o'lsa yig'lamaydimi?
sen nega usiz qolding?
nomini takrorlamaysanmi?
insonlar har tong
bir-biriga aytadi-ku axir,
men senga muhabbatdaman deb.
takrorning nimasi yomon?
bo'lmasa,
sen muhabbatsiz qoldim deb o'ylaysan -
takrorlab turmasa
izlamasa.
axir, o'lmagan bo'lsa
chang ko'chadan ham
muhabbat topiladi-ku?
ey, topiladi
topiladi
mudom, o'lim xavfi bor ko'chadan
muhabbat topiladi
faqat, u o'lmagan bo'lishi kerak
tobutga solinmagan
ko'milmagan
amaking o'g'li
yig'lab xabar yetkazmagan
bo'lishi kerak.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
bolasini yo'qotgan onadek
nega turib qolding,
nima yo'qotding sen
ishonchingni yo'qotdingmi?
topilmaydimi qaytib?
2024
@ahmadali_writer
6 365
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati
Hamma kanalga birdan ulanish uchun 👇 👇👇
https://t.me/addlist/FasOpHSHyw8zNjcy
6 365
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati
@ahmadali_writer - Ahmad Ali Dilmurod
@chegarasiz_fikrlar - Chegarasiz fikrlar
@rayhona_sk - Rayhona | BookBlog
@yerning_yulduzi - Ko’ngilxonam
@sezimlarim - Shohrux Davron Ergashev
@sheriyART1 - She’riyART
@konglim_hududi - Ko’nglim hududi
@QonliBitiklarim - Bitiklarim
@sengachalik - QM
@Skeptitsizm - Pharmakon
@eski_z - Einfach
@xayol_chechaklari - Umida Abduhakimova
@Sensiz_Dunyolarim - Seni Izlab
@mavhumf - шабнам.
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati
6 365
***
og'riqlar -
bitta yoziq.
sen katta bo'lding,
hozir yig'lashning vaqti emas,
sen katta bo'lding
bitta yoziq.
birinchi marta yashamayapman-ku,
birinchi marta eshitmayapman-ku,
birinchi marta
"menga ishoning" demayapsan-ku,
sen birinchi marta aytayotgandirsan
men buni ko'p eshitganman
bilaman hammasini -
bitta yoziq.
sen, ular, anavilar
bitta yoziq.
tomog'imga tiqiladi
bitta yoziq
sen yig'lama
sen yig'lama
sen yig'lama
bitta yoziq
bitta yoziq.
2024
@ahmadali_writer
6 365
2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxatini tuzamiz.
Qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, https://t.me/ahmadali_writer?direct manziliga kanalingiz nomi va havolasini yuboring.
Qanday bo‘ladi?
- Kanalingiz nomi va havolasini yuborasiz.
- Yakuniy ro‘yxat tayyor bo‘lgach, uni o‘z kanalingizda e’lon qilasiz.
Shartlar:
- Kanal ijodiy yoki kitob yo‘nalishida bo‘lishi.
- Kamida 100 nafar obunachiga ega bo‘lishi.
- Kanal faol bo‘lishi, unda postlar mavjud bo‘lishi.
- Ro‘yxat e’lon qilingach, uni kamida 1 oy davomida o‘chirib yubormaslik.
Bu nima uchun?
- O‘quvchilar uchun yangi ijodiy va kitob kanallarini topishga yordam beradigan ro‘yxat yaratish.
- Kanal egalari uchun yangi obunachilar orttirish imkoniyati.
Kamida 10 ta, ko‘pi bilan 20 ta kanal yig‘ilsa, ro‘yxatni tuzamiz.
