ch
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

前往频道在 Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

显示更多
未指定国家未指定类别
593
订阅者
+1424 小时
+3097 天
+31930 天
帖子存档
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq
+3
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yuldashev Qahramon Anvardjanovich Farg‘ona davlat texnika universitetining “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi. 🖇Mazkur texnopark qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. ✨Tashrif davomida texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish istiqbollari hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish borasidagi ishlar taqdim etildi. Texnopark tarkibida elektron plata yig‘ish bo‘limini tashkil etilgan bo'lib, mazkur bo‘limda navigatsiya va boshqaruv elektron platalari, sanoat elektron modullari hamda zamonaviy monitoring tizimlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tashrif yakunida loyihani samarali va sifatli amalga oshirish, texnopark faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 |Farg‘ona davlat texnika universiteti va “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ka
+9
Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirdim. Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi. Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Davlatimiz rahbarining qutlovida butun O‘zbekiston yoshlariga xalqimizning yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlanish, yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbining eng ilg‘or mutaxassisi bo‘lib yetishish da’vati yangradi. Ular o‘z mehnati, bilimi va ko‘nikmalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etadigan oltin avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi. — Сегодня в комплексе «Humo Arena» состоялась церемония награждения впервые проведенного в нашей стране Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» на приз Президента. На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева победителям конкурса. В районном и городском этапе конкурса свои способности проявили более 124 тысяч молодых людей. Конкурс открыл новую страницу в жизни многих выпускников школ – у 22 тысяч юношей и девушек появилась возможность получить работу, образование или обрести свое место на рынке труда. По итогам состязаний по десяти профессиям 120 участников, показавших лучшие результаты, признаны победителями и призерами. В поздравлении отмечена необходимость сформировать из числа победителей конкурса и его участников, показавших высокие результаты, сборную команду Узбекистана и уже сейчас начать ее подготовку к достойному выступлению на международном конкурсе профессий «WorldSkills International». Для этого предусматривается привлечение опытных отечественных и зарубежных специалистов, обеспечение команды современным оборудованием и создание необходимой учебно-тренировочной базы. В поздравлении главы нашего государства прозвучал призыв ко всей молодежи Узбекистана оправдывать высокое доверие народа, быть всегда в поиске, осваивать новые знания и технологии, изучать иностранные языки и становиться лучшими в своей профессии. Выражена уверенность, что они своим трудом, знаниями и навыками внесут достойный вклад в развитие нашей страны и станут золотым поколением созидателей Нового Узбекистана. Facebook|Instagram|X

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Ulug’ maqsadlarga erishish - f
+1
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Ulug’ maqsadlarga erishish - faoliyatimiz dasturamali" nomli maqolasi "Yangi Farg’ona" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Forum FARG‘ONADA DEPUTATLAR FORUMI O‘TKAZILDI Bugun, Farg‘onada “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy
+7
#Forum FARG‘ONADA DEPUTATLAR FORUMI O‘TKAZILDI
Bugun, Farg‘onada “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni” mavzusida Deputatlar forumi bo‘lib o‘tdi.
🔹Ushbu forumda Farg‘ona viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida dolzarb ekologik muammolar, ularning yechimlari, ekologik qonunchilikdagi yangi yondashuvlar hamda jamoatchilik nazorati masalalari muhokama qilindi. 🖇️Mazkur forumda, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etdi. Forum davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta'minlash, qonun ijodkorligi, ochiq muloqot va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish hamda muhim tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, soha vakillari ekologik yo‘nalishdagi startap loyihalar, ijodiy ishlar va amaliy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi Forum doirasida hududlarda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalar taraqqiyotini ta’minlash va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Ilmiy_kengash Farg‘ona davlat texnika universitetida navbatdan tashqari Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🔹Ilmiy kengas
+4
#Ilmiy_kengash
Farg‘ona davlat texnika universitetida navbatdan tashqari Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔹Ilmiy kengashda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev va kengash a'zolari ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni ijrosini ta’minlash, universitet tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish hamda mavjud moddiy-texnik bazadan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. 🖇Ilmiy kengashda universitetning fakultet va kafedralari faoliyatini optimallashtirish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv laboratoriyalarini qayta joylashtirish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy o‘zgarishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. ✨Shuningdek, Talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qiluvchi talabalar uchun yashash to‘lovi miqdorini belgilash masalasi ham ko‘rib chiqilib, bu borada tegishli qaror qabul qilindi. Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Farg‘onada Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxona tez kunlarda ishga tushiriladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy
+4
Farg‘onada Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxona tez kunlarda ishga tushiriladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do hamda xitoylik hamkor kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Ekoshahardagi korxona qurilishining borishi, IT va ta’lim yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar hamda yangi rejalar haqida so‘z yuritildi. Mazkur kompaniya viloyatimizdagi loyihaga 20 million dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Yangi korxonada ichki bozor va eksport uchun interaktiv elektron doskalar (IFPD), elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, tibbiy jihozlar va boshqa turdagi mahsulotlar mahalliy tarzda ishlab chiqariladi. — В Фергане в ближайшее время будет запущено предприятие с участием корейских инвестиций — A Korea-Invested Manufacturing Plant to Begin Operations in Fergana Soon Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Jarayon YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDAGI HOLAT O‘RGANILMOQDA 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori,
+3
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDAGI HOLAT O‘RGANILMOQDA
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. 🖇️Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTUni_tanla #ATT_fakulteti Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyala
#FDTUni_tanla #ATT_fakulteti
Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida puxta bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashni istaysizmi?
🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik, Energetika muhandisligi hamda Mexanika-mashinasozlik fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDA HOLAT O‘RGANILDI 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, prof
+5
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDA HOLAT O‘RGANILDI
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik, Energetika muhandisligi hamda Mexanika-mashinasozlik fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 🖇️Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#dual_talim #energetika_sohasida_hamkorlik Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda dual ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda 🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislar tayyorlash borasida Farg‘ona davlat texnika universitetida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 🖇️Jumladan, universitet hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini uzviy bog‘lashga qaratilgan dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tizim asosida 3–4-bosqich talabalari nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida mustahkamlash, zamonaviy energetika obyektlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dual ta’limning amaliyotga joriy etilishi orqali talabalarning ishlab chiqarish muhitiga moslashuvini ta’minlash, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim mazmunini real ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan. Hamkorlik doirasida, shuningdek, energetika tarmog‘idagi mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish va sohaga innovatsion yechimlar ishlab chiqishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTUni_tanla #ICHB_fakulteti Soliq, bank va moliya idoralarida ishlashni istaysizmi? Unda bugundan o‘z oldingizga aniq maqsa
#FDTUni_tanla #ICHB_fakulteti
Soliq, bank va moliya idoralarida ishlashni istaysizmi? Unda bugundan o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying!
🔹 Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang! Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti bilan o‘z kasbiy faoliyatingizga mustahkam poydevor yarating. Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
+8
#dual_talim #hamkorlik Prezident topshiriqlari ijrosi: energetika sohasida ta’lim va amaliyot uyg‘unligi 🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
🖇Shu maqsadda Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan seminar doirasida “Hududgazta’minot” AJ hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruvi raisi M. Xodjayev, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Seminar davomida Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, gaz ta’minoti sohasi uchun raqobatbardosh va malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik memorandumi doirasida universitetning 3–4-bosqich talabalari uchun dual ta’lim tizimini keng joriy etish, ularni ishlab chiqarish amaliyotiga faol jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, energetika tarmog‘ining dolzarb amaliy muammolariga ilmiy yechimlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTUni_tanla #Kimyo_texnologiya_fakulteti Bojxona sohasida faoliyat yuritishni orzu qilasizmi? Unda to‘g‘ri tanlovni bugunda
#FDTUni_tanla #Kimyo_texnologiya_fakulteti
Bojxona sohasida faoliyat yuritishni orzu qilasizmi? Unda to‘g‘ri tanlovni bugundan qiling!Ilmiy laboratoriyalarda tajribalar o‘tkazib, oziq-ovqat xavfsizligi hamda kimyoviy texnologiyalarning sir-asrorlarini egallashni istaysizmi?
✨Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Kimyo-texnologiya fakulteti aynan siz uchun! Kelajagingizni Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan quring!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

+1
#FDTUni_tanla
Farg‘ona davlat texnika universiteti bu nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki ulkan imkoniyatlar poydevori
🔹Universitetda zamonaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, keng yo‘nalishlar tanlovi, xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion muhit hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bir maskanda mujassam etilgan. 📌Nega aynan Farg‘ona davlat texnika universiteti? — Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim — Kirish ballari 56,7 balldan boshlanadi — Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus va Turkiya universitetlari bilan hamkorlik — "2+2" va "1+1" xalqaro ta'lim dasturlari — Dual ta'lim va yirik korxonalarda amaliyot — Startaplar, ilmiy loyihalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyati 📞Qabul bo‘yicha murojaat qiling: 95-400-00-82 95-400-00-85 95-400-00-86 Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang, kelajagingiz poydevorini bugundan yarating!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#FDTUni_tanla #Arxitektura_va_qurilish_fakulteti Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni ega
#FDTUni_tanla #Arxitektura_va_qurilish_fakulteti
Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab, kelajak shaharlarini bunyod etishda o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi?
🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Arxitektura va qurilish fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnolo
+9
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Botirovich Xodjayev tashrif buyurdi.
🔹Tashrif avvalida Farg‘ona viloyatida raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hududda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. 🖇️Shuningdek, uchrashuvda robototexnika va mexatronika sohalarini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishlarda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash hamda texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✨Tashrif doirasida Bobur Botirovich Xodjayev universitetning Aeroengineering texnoparki faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Texnoparkda yaratilgan sharoit va mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Bobur Botirovich texnopark faoliyati yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib, raqamli texnologiyalar, muhandislik va innovatsion loyihalarni rivojlantirishda bunday zamonaviy platformalarning ahamiyatini ta’kidladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTUni_tanla #Yengil_sanoat_va_toqimachilik Moda olami, zamonaviy dizayn hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
#FDTUni_tanla #Yengil_sanoat_va_toqimachilik
Moda olami, zamonaviy dizayn hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur o‘rganishni istaysizmi?
🔹Mazkur fakultetda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab,malakali mutaxassis bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Farg‘ona davlat texnika universiteti bilim, innovatsiya va muvaffaqiyat sari ishonchli qadam!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik Facebook | Instagram | YouTube | Telegram