Rustam Tojiyev Blog
رفتن به کانال در Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
591
مشترکین
+3324 ساعت
+2947 روز
+30530 روز
آرشیو پست ها
+4
#Ilmiy_kengash
Farg‘ona davlat texnika universitetida navbatdan tashqari Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi🔹Ilmiy kengashda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev va kengash a'zolari ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni ijrosini ta’minlash, universitet tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish hamda mavjud moddiy-texnik bazadan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. 🖇Ilmiy kengashda universitetning fakultet va kafedralari faoliyatini optimallashtirish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv laboratoriyalarini qayta joylashtirish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy o‘zgarishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. ✨Shuningdek, Talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qiluvchi talabalar uchun yashash to‘lovi miqdorini belgilash masalasi ham ko‘rib chiqilib, bu borada tegishli qaror qabul qilindi. Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+4
Farg‘onada Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxona tez kunlarda ishga tushiriladi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do hamda xitoylik hamkor kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Ekoshahardagi korxona qurilishining borishi, IT va ta’lim yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar hamda yangi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Mazkur kompaniya viloyatimizdagi loyihaga 20 million dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Yangi korxonada ichki bozor va eksport uchun interaktiv elektron doskalar (IFPD), elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, tibbiy jihozlar va boshqa turdagi mahsulotlar mahalliy tarzda ishlab chiqariladi.
—
В Фергане в ближайшее время будет запущено предприятие с участием корейских инвестиций
—
A Korea-Invested Manufacturing Plant to Begin Operations in Fergana Soon
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+3
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDAGI HOLAT O‘RGANILMOQDA🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. 🖇️Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTUni_tanla
#ATT_fakulteti
Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida puxta bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashni istaysizmi?🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Videolavha
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik, Energetika muhandisligi hamda Mexanika-mashinasozlik fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+5
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDA HOLAT O‘RGANILDI🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik, Energetika muhandisligi hamda Mexanika-mashinasozlik fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 🖇️Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#dual_talim #energetika_sohasida_hamkorlik
Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda dual ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda
🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislar tayyorlash borasida Farg‘ona davlat texnika universitetida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🖇️Jumladan, universitet hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini uzviy bog‘lashga qaratilgan dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tizim asosida 3–4-bosqich talabalari nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida mustahkamlash, zamonaviy energetika obyektlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dual ta’limning amaliyotga joriy etilishi orqali talabalarning ishlab chiqarish muhitiga moslashuvini ta’minlash, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim mazmunini real ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan.
Hamkorlik doirasida, shuningdek, energetika tarmog‘idagi mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish va sohaga innovatsion yechimlar ishlab chiqishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTUni_tanla
#ICHB_fakulteti
Soliq, bank va moliya idoralarida ishlashni istaysizmi? Unda bugundan o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying!🔹 Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang! Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti bilan o‘z kasbiy faoliyatingizga mustahkam poydevor yarating. Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
#dual_talim #hamkorlik
Prezident topshiriqlari ijrosi: energetika sohasida ta’lim va amaliyot uyg‘unligi
🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
🖇Shu maqsadda Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan seminar doirasida “Hududgazta’minot” AJ hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida dual ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruvi raisi M. Xodjayev, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Seminar davomida Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, gaz ta’minoti sohasi uchun raqobatbardosh va malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.Hamkorlik memorandumi doirasida universitetning 3–4-bosqich talabalari uchun dual ta’lim tizimini keng joriy etish, ularni ishlab chiqarish amaliyotiga faol jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, energetika tarmog‘ining dolzarb amaliy muammolariga ilmiy yechimlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTUni_tanla
#Kimyo_texnologiya_fakulteti
Bojxona sohasida faoliyat yuritishni orzu qilasizmi? Unda to‘g‘ri tanlovni bugundan qiling!Ilmiy laboratoriyalarda tajribalar o‘tkazib, oziq-ovqat xavfsizligi hamda kimyoviy texnologiyalarning sir-asrorlarini egallashni istaysizmi?✨Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Kimyo-texnologiya fakulteti aynan siz uchun! Kelajagingizni Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan quring!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTUni_tanla
Farg‘ona davlat texnika universiteti bu nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki ulkan imkoniyatlar poydevori🔹Universitetda zamonaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, keng yo‘nalishlar tanlovi, xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari, innovatsion muhit hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bir maskanda mujassam etilgan. 📌Nega aynan Farg‘ona davlat texnika universiteti? — Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim — Kirish ballari 56,7 balldan boshlanadi — Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus va Turkiya universitetlari bilan hamkorlik — "2+2" va "1+1" xalqaro ta'lim dasturlari — Dual ta'lim va yirik korxonalarda amaliyot — Startaplar, ilmiy loyihalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyati 📞Qabul bo‘yicha murojaat qiling: 95-400-00-82 95-400-00-85 95-400-00-86 Farg‘ona davlat texnika universitetini tanlang, kelajagingiz poydevorini bugundan yarating!
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
#FDTUni_tanla
#Arxitektura_va_qurilish_fakulteti
Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab, kelajak shaharlarini bunyod etishda o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi?🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Arxitektura va qurilish fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+9
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Botirovich Xodjayev tashrif buyurdi.🔹Tashrif avvalida Farg‘ona viloyatida raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hududda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. 🖇️Shuningdek, uchrashuvda robototexnika va mexatronika sohalarini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishlarda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash hamda texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✨Tashrif doirasida Bobur Botirovich Xodjayev universitetning Aeroengineering texnoparki faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Texnoparkda yaratilgan sharoit va mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Bobur Botirovich texnopark faoliyati yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirib, raqamli texnologiyalar, muhandislik va innovatsion loyihalarni rivojlantirishda bunday zamonaviy platformalarning ahamiyatini ta’kidladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTUni_tanla
#Yengil_sanoat_va_toqimachilik
Moda olami, zamonaviy dizayn hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur o‘rganishni istaysizmi?🔹Mazkur fakultetda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab,malakali mutaxassis bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Farg‘ona davlat texnika universiteti bilim, innovatsiya va muvaffaqiyat sari ishonchli qadam!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda;
📌Murakkab va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda;
📌Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;
📌Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda;
📌Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;
📌Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim;
📌Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak;
📌Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;
📌Gumanitar sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi;
📌Bizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTUni_tanla
#Energetika_muhandisligi_fakulteti
An’anaviy energetika hamda quyosh panellari kabi qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari yo‘nalishida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashni istaysizmi?🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Energetika muhandisligi fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌 Qirg‘izistonda iqtisodiyot barqaror o‘sib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda;
📌 Qirg‘izistonning 2027–2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakatning xalqaro nufuzi va Markaziy Osiyo ovozi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatdi;
📌 O‘zbekiston Qirg‘izistondagi islohotlar dasturini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor;
📌 Bizning yagona ezgu maqsadimiz – ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish;
📌 Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnomaning imzolangani tashrifning muhim natijasi bo‘ldi;
📌 Prezidentlar raisligida Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi;
📌 So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli 10 barobarga oshdi, uni 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda;
📌 Energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohasida yangi loyihalar kelishib olindi;
📌 “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab birgalikda savdo-logistika infratuzilmasini rivojlantiramiz;
📌 Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi;
📌 Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yangi formatda birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi;
📌 2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlaymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTUni_tanla
Farg'ona davlat texnika universiteti Yangi O'zbekiston muhandislari maskani !Farg‘ona davlat texnika universitetida qabul davom etmoqda. Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar, ilmiy izlanish va professional rivojlanish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Nega aynan Farg‘ona davlat texnika universiteti?
— Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim — Kirish ballari 56,7 balldan boshlanadi — Italiya, Rossiya, Xitoy, Belarus va Turkiya universitetlari bilan hamkorlik — "2+2" va "1+1" xalqaro ta'lim dasturlari — Dual ta'lim va yirik korxonalarda amaliyot — Startaplar, ilmiy loyihalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiKelajagingizni Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan quring!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
+9
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Jumladan, Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
