slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
前往频道在 Telegram
显示更多
乌兹别克斯坦5 978未指定类别
📈 Telegram 频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 的分析概览
频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 647 名订阅者,在 其他 类别中位列第 ,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 978 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 647 名订阅者。
根据 01 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 015,过去 24 小时变化为 -55,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 4.02%。内容发布后 24 小时内通常能获得 1.40% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 551 次浏览,首日通常累积 192 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6。
📝 描述与内容策略
尚未提供频道描述。
凭借高频更新(最新数据采集于 02 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
13 647
订阅者
-5524 小时
-6587 天
-1 01530 天
帖子存档
❤️❤️-ishtirokchi
O'zbek qizlari
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo
lini faqat,
Kuyovga chiqmagan ozbek qizlarin
Opsa faqat shamol opar yuzlarin
Kongli daryoday keng, mehri ulugvor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Tilepov Quatbay Nukusbaevich
https://t.me/Oak_jurnallari1/6440❤️❤️-ishtirokchi
Onaizor
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham-
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham-
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Sig'may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida h parvona-
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo,
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo
Yer-u ko'kni titratib zor - zor dunyo -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Muhammad Yusuf
Erkinova Intizor
https://t.me/Oak_jurnallari1/6439
❤️❤️-ishtirokchi
Alloh go'zal
Orazi gul, husni hilol,
Alloh gozal, Alloh gozal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Arsh arkida sulton ozi,
Beaybu benuqson ozi.
Poyiga chok, ul Zuljalol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Nahri zilol, bagri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Tuproqqa jon etmish ato
Momo Havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh gozal, Alloh gozal…
Shoir tilak-ta’bim oshal,
Ruhim oshal, Robbim oshal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh gozal, Alloh go`zal!..
Toshkent
Seylxanova Gulsinay Bisenbayevna
https://t.me/Oak_jurnallari1/6438
❤️❤️-ishtirokchi
"Sodda Muhammadman"
Sodda Muhammadman,
Sodda Muhammad.
Turkman qizni maqtab baloga qoldim.
Koʻylagiga xavas qilgandim faqat,
Toabad tuganmas gʻavgʻoga qoldim...
...Asli turkman qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qoʻmsaganim hayo-momomlarga xos,
Sogʻinganim edi Kumushbibilar...
© Muhammad Yusuf
Adhamjonova Shahnoza
https://t.me/Oak_jurnallari1/6437
❤️❤️-ishtirokchi
Qizg‘aldoqlar gulxaniga...
Qizg‘aldoqlar gulxaniga Isingani ketdim men... Gulxanning eng ulkaniga O‘lmay turib yetdim men. Bu olovda erib oqdi, Yonib oqdi muz jismim. G‘amlarimni bahor yoqdi, Yuragim tilsim-tilsim! Alvon dashtda mavjli-mavjli Shamol kabi yugurdim. Ketdi dilning sovuq ranji — Maysalarga yuz urdim. Va tanidim barchasini: Mingdevona, gunafsha... Mittigina bargchasida Shabnam tutdi binafsha. Chumolilar bilan kezdim Qiyoqlar orasida — Bir sokinlik tushdi — sezdim Ko‘zimning qorasiga. Meni quchdi ishqning armon Quchog‘iday tiniqlik. Vujudimga kirdi maston Oshkora bir tiriklik... Gulxanning eng ulkaniga O‘lmay turib yetdim men. Hech bo‘lmasa, uch kungina O‘zimni bor etdim men...
Muhammad Yusuf
Rajabova Muqaddas
https://t.me/Oak_jurnallari1/6436
❤️❤️-ishtirokchi
"Muhammad Yusuf satrlarida yashaymiz" tanlovi
Xolboyev Mashrab Toshkent shahar Qibray tumani Toshkent Davlat Agrar Unversiteti talabasi
SHEʼRLARINGIZ– YURAK NAFASI
She’rlaring yurakdan chiqqan bir nido,
Unda bor muhabbat, unda bor sado.
Soddalik ichida buyuk ma’no bor,
Sen yozgan satrlar — xalq uchun ato.
Bugun tavallud kuning, muborak ustoz,
Har bir o‘quvchingning qalbida sen bor.
Ona Vatan kuychisi bo‘lib sen o‘tding,
Noming doim, faxr bilan aytilar hamon.
Ko‘ngillar ichida yonadi sham’ing,
So‘nmaydi hech qachon ezgu kaloming.
Muhammad Yusufdek— xalqning shoiri,
Abadiy yashaydi qalblarda noming.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6435
Commentariya- bitta akkauntdan yozilgan millionta comment ham 1 ta hisoblanadi. Muhimi halol va sifatli boʻlsin. Nakrutka sezsam chetlataman
Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi
Baholash mezonlari:
⭐️- 10 ball
❤️ - 1 ball
Commentariya - 1 ball
❤️❤️-ishtirokchi
ONAMGA
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni korib yorug dunyoda,
Toshkanni kormagan bechora onam,
Bolang bolib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga ogil bo`ldimmi!..
Safarova Xonzodabegim
https://t.me/Oak_jurnallari1/6432
❤️❤️-ishtirokchi
O, ota makonim, onajon o‘lkam,
O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q, seningdek ko‘rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Baxshullayeva Durdona
https://t.me/Oak_jurnallari1/6431
❤️❤️-ishtirokchi
Samarqand
Samarqandga borsam men agar,
Ulug'bekni ko'rib qaytaman.
U qon yig'lab turar har safar:
Men dardimni kimga aytaman?..
Bag'rimda bo'y yetgan bo'z bolam,
Mergan bolam, lochin ko'z bolam,
Bo'g'zimga tig' urgan o'z bolam...
Men dardimni kimga aytaman.
Sezmay qoldim. O'shanda chog'im,
Yulduzlarda ekan nigohim.
Bilmadim ne edi gunohim...
Men dardimni kimga aytaman.
Qancha g'amga botmagan edim,
Koncha og'u yutmagan edim...
O'z bolamdan kutmagan edim...
Men dardimni kimga aytaman.
Tanim muzlab, goh tosh qotaman,
Men shoh emas, axir, otaman.
Go'rimda ham o'ylab yotaman,
Men dardimni kimga aytaman?..
Samarqandga borsam men agar,
Ulug'bekni ko'rmay kelmayman.
U menga qon yig'lar har safar,
Men dardimni kimga aytaman!
Muhammad Yusuf
Abduraximova Malika
https://t.me/Oak_jurnallari1/6430
❤️❤️-ishtirokchi
Sen meni yupatding,
Seni yigʻlatdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Normurodova Dilnura
https://t.me/Oak_jurnallari1/6429
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf she’rlari
Mening ertagimsan
Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g‘ussam o‘zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo‘q, kun yo‘qdir, jonim!..
Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo‘lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
O‘ylamay deymanu o‘ylamay bo‘lmas,
O‘tsang sen tomon bir bo‘ylamay bo‘lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so‘ylamay bo‘lmas.
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..
Xolboyeva Saodat
https://t.me/Oak_jurnallari1/6428
❤️❤️-ishtirokchi
Andijon
Andijon, ko‘nglimda ko‘kargan dalam,
Yo‘limga termulib tolgan chorbog‘lar.
Meni sog‘inadi sog‘inmasam ham,
Bog‘i Boburdagi momaqaymoqlar.
O‘zing ulg‘aytirgan niholingga boq –
Na bo‘ying yetar, na qo‘ling yetadi.
Bolangdan shoh chiqsa – o‘zga yurtda shoh,
Shoir chiqsa bari daydib ketadi.
Gohi koyimaysan gapga kirmasa,
Gohi boshin silab yo‘lga solmaysan.
Taqdirsan noliyasan Xudo bermasa,
Xudo berganini asray olmaysan.
Bevafo dunyoning ishlarin ko‘rsang –
Sen qurgan saroyga hind mehmon tanlar.
Balki ahil bo‘lsang, sal kengroq bo‘lsang,
Bag‘ringga bo‘lardi Tojmahallar.
Uzr, gar og‘rinsam yelkanga bosh qo‘y,
Shod kuning ko‘nglingni men bilan chog‘la.
Boburga ilinsang, menga qovun so‘y,
Cho‘lponni sog‘insang, meni quchoqla.
✍️ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Rayxona Odilova MuxammadSoli qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6427
❤️❤️-ishtirokchi
Onamga xat
Men sizni oʻylayman shom- u saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmayman.
Tunlari charogʻon shunday shaharda,
Hech kimga koʻnglimni yora olmayman.
Men siz aytganday hammani sevdim,
Hammaga ishondim mana oqibat.
Oʻz doʻstim uyiga koʻmildi sevgim,
Kun boʻlib koʻksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan oʻtgani koʻkka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqibatda.
Men- zangori yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman.
Mana, men ketyapman tosh yoʻlda koʻzim,
Qadamim moshinlar yoʻrgʻasiga mos.
Yigʻlasam yupatib oʻzimni oʻzim,
Pishqirib qoʻyaman toychoqlarga hos.
Va sizni oʻylayman shom- u saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmasman.
Tunlari charogʻon shunday shaharda,
Hech kimga koʻnglimni yora olmasman.
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha siz sogʻ boʻling deb,
Sogʻingan oʻgʻlingiz- Muhammad Yusuf.
Ishtirokchi: Raxmatillayeva Bibijon Oyatilla qizi.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6426
❤️❤️-ishtirokchi
Ma'murjonova Munira
Lolaqizg'aldoq
Mendan nima qolar, ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni sog‘indim, lolaqizg‘aldoq.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6425
❤️❤️-ishtirokchi
SEVGI SADOSI
Gulim, mehr ko‘zda degani yolg‘on,
Mening dilimda hech o‘chmas yolqinsiz.
Qancha ko‘rishmasak — shuncha qadrdon,
Qancha olis bo‘lsak — shuncha yaqin siz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo‘lak kimim bor yana?..
Siz yo‘q chog‘imdagi dunyom begona,
Siz yo‘q bog‘imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim.
Siz mening ko‘klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo‘qotgan ko‘zmunchoqimsiz.
Yodimda kechagi sho‘xliklaringiz,
Ko‘ksimni kuydirgan kipriklaringiz.
Siz o‘sha — orzusi oydan oydin qiz,
Siz o‘sha — kulgusi qo‘ng‘iroqmisiz.
Siz o‘sha ko‘zimning kiftida yurgan,
Siz o‘sha ko‘nglimga ko‘ngil in qurgan.
To‘kilay deb tilim uchida turgan
She’rimsiz — bir umr bitmas ohimsiz...
Muhammad Yusuf.
Nurullayeva Nazirabonu.
https://t.me/Oak_jurnallari1/6424
❤️❤️-ishtirokchi
OTA-ONAM!
Umr yõllarida kõrdim kõp inson
Bazan mard uchraydi,gohida nodon
Anglab yetganim shu:xaqiqat ishon
Boshimda tojimsiz-davlatim otam✨✨
Qalbimning gultoji-jannatim onam🥰💐
Menga tikon kirsa,yonar yuragi.
Baxtimizni kõrish ezgu tilagi
Yorug' olam ichra aziz keragim:
Boshimda tojimsiz-davlatim otam✨✨
Qalbimning gultoji-jannatim onam🥰💐
Shõxligim qõshdimi sochingizga oq
Kech qolsam yõlimga qaraysiz mushtoq
Xudodan umringiz sõrayin xar choq
Boshimda tojimsiz-davlatim otam✨✨
Qalbimning gultoji jannatim onam🥰💐
Ravshanova Zarnigor
https://t.me/Oak_jurnallari1/6423
❤️❤️-ishtirokchi
Iqror
O ota makonim onajon oʻlkam
Oʻzbekiston jonim toʻshay soyanga
Senday mehribon yoq seningdek koʻrkam
Rimni alishmasman bedapoyanga
Bir goʻsha suv boʻlsa bir goʻsha qirlar ,
Qancha yurtni koʻrdim qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab boshni tik tut deb
Togʻlarning ortimdan ergashib turar
Muhammad Yusuf sheʼri
Sultonova Hayotxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6422
❤️❤️-ishtirokchi
"Sog'inch"
Seni eslayman-u, o’rtanar dilim,
Xayol og’ushida o’tadi tunlar.
Senga aytolmagan shirin bir tilim,
Yurakda saqlanar necha-necha kunlar.
Dunyoda nima ko’p — go’zal gullar ko’p,
Lekin sen tanho san, tanho san o’zing.
Yuragim tubida g’uncha tugdi ko’p,
Seni izlar hamon intizor ko’zim.
Muhabbat — bu o’zi bir ajib tilsim,
Gohi shodu xurram, gohi dardu g’am.
Sen bilan bog’langandir har bir nafasim,
Seni sog’inaman, sog’inaman ham.
Alisherova Ozoda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6421
