slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
前往频道在 Telegram
显示更多
乌兹别克斯坦5 978未指定类别
📈 Telegram 频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 的分析概览
频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 647 名订阅者,在 其他 类别中位列第 ,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 978 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 647 名订阅者。
根据 01 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 015,过去 24 小时变化为 -55,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 4.02%。内容发布后 24 小时内通常能获得 1.40% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 551 次浏览,首日通常累积 192 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6。
📝 描述与内容策略
尚未提供频道描述。
凭借高频更新(最新数据采集于 02 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
13 647
订阅者
-5524 小时
-6587 天
-1 01530 天
帖子存档
Chetlashtirildi nakrutka
🚫❤️❤️-ishtirokchi
Toshkent viloyati Qibray tumani Chinobod mahallasi yoshlar yetakchisi Chinobod Taekwondo wt Abduhamidov jamoasi hamda Yosh liderlar jamoasi asoschisi Abduhamidov Abdumannop Abduffatox oʻgʻli
https://t.me/Oak_jurnallari1/6480
❤️❤️-ishtirokchi
Shukr deysan sen qachon
Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qoymas deydilar.
Nokas ozi toysa ham,
Kozi toymas deydilar.
Boq bir yorug olamga —
Kimlar zorga kun korar.
Odamlar bor, bogdagi
Bulbuldan ham pul so`rar.
✍ Muhammad Yusuf
Ilmiddinova Mehribon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6479
❤️❤️-ishtirokchi
O, ota makonim,
Onajon ólkam,
Oʻzbekiston, jonim tóshay soyangga.
Senday mehribon yóq,
Seningdek kórkam,
Rimni alishmasman bedapoyannga.🤍
....🇺🇿
Kórdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo bir soda kasman men:
Parijning eng gózal restoranlarin
Bitta tandiringga alishmasman men💗
RAJABOVA DIYORA 8-sinf óquvchisi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6478
❤️❤️-ishtirokchi
Qo'yabering...
Shamol sabab, ehtimol, Tunda eshik g'ichirlar. Boshlanadi, qishloqda Shunda pichir-pichirlar. Sizga nima?
Siz uxlang,
Hech ishingiz bo'lmasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
Oshiqlarim - oshiqdek
Mayli, ko'ngil xushlasin,
Ikki oshiq istasa,
Shamol bilan mushtlashsin.
O'ksimasin qiz qalbi,
Yigit rayi o'lmasin,
Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
G'iybat qilmang yigitni, Uyaltirmang qizni ham. Shunday o'tli muhabbat Siylar bo'lsin sizni ham.
Bir sovuq so'z tufayli,
Sevgi bog'i so'lmasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
Ilk sevgidan iymanib,
So'ng pushaymon yonsa ham,
Sepli qizga suykanib,
Epli qizdan tonsa ham.
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi. Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.
Diydoriga bir-birin Termulishib to'ymasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin...
Qoʻyliyev Aslbek
https://t.me/Oak_jurnallari1/6477
👍👍👍👍
➕ Sovrinlarni kattalashtirish bizdan - harakat esa sizdan.
📌 Bor kuchingizni ishga solish vaqti keldi. Katta marralarni MYBEE bilan zabt eting.
👍 Reaksiya 1 bal
💌 Commentariya 1 bal
⭐️ Yulduzcha 10 ball
Bitta odamni yozgan commentariyasi bitta hisoblanadi
https://t.me/Oak_jurnallari1
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
ONA sheʼri
Topmoq - yo‘qotmoqdir, yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib, men yashab, to‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko‘proq yo‘qotdim
Sen meni yupatding, seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding, seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb, kelishimga boq!..
OʻzMPU talabasi
Eshquvatova Muhabbat
https://t.me/Oak_jurnallari1/6475
❤️❤️-ishtirokchi
Ona tilim
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
"Suvonqulov Sardorjon To'ymurodovich"
https://t.me/Oak_jurnallari1/6474
❤️❤️-ishtirokchi
Mendan nima qolur ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni oʻylayman oʻzimdan koʻproq.
Lola, lolajonim lolaqizgʻaldoq🌷
Musulmonova Gulhayo🌹
https://t.me/Oak_jurnallari1/6473
❤️❤️-ishtirokchi
ОНАМГА ХАТ
Мен сизни ўйлайман шому саҳарда,
Она, соғинсам ҳам бора оламайман,
Тунлари чароғон шундай шаҳарда
Ҳеч кимга кўнглимни ёра
олмайман.
Мен сиз айтгандайин ҳаммани севдим,
Ҳаммага ишондим, мана оқибат: Ўз дўстим уйига кўмилди севгим, Кун бўлиб кўксимни куйдирди нафрат.
Бошимдан ўтгани кўкка ҳам аён, Юлдузлар қиқирлаб кулар оқбадан: Мен зангор яйловда олис, бепоён, Уюридан ажраб қолган қулунман...
Мана, мен кетяпман тош йўлда кўзим,
Қадамим мошинлар йўрғасига мос.
Йиғласам юпатиб ўзимни ўзим,
Пишқириб қўяман тойчоқларга хос.
Ва сизни ўйлайман шому саҳарда, Она, соғинсам ҳам бора олмасман. Тунлари чароғон шундай шаҳарда Ҳеч кимга кўнглимни ёра олмасман...
Ҳа, севги ҳақида. У дилга не зеб, Куйинманг, не илож қилмаса насиб, Бахтимга ҳамиша Сиз соғ бўлинг деб,
Соғинган ўғлингиз – Муҳаммад Юсуф.
Cyber university талабаси Иномжонов Саидмурод
https://t.me/Oak_jurnallari1/6472
❤️❤️-ishtirokchi
BIZ BAXTLI BO'LAMIZ
Muhammad Yusuf
Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb,
Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..
Menga bir tabassum hadya et, ey yor, nur tomsin lablaring sohillaridan.
O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan?..
Iymanib yashama xayol pinjida, Yoyil, yayra, jonim, o’rtanma g‘amda.
G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida:
Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda. Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib,
Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham Seni kutguvchi.
Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda,
Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun?
Barcha farishtalar sening qalbingda,
Ijarada turgan qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, uchrasharmidik .
Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi Sanaqulova Sevinch Baxtiyor qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6471
❤️❤️-ishtirokchi
Onaizor
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun ahir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham ---
Onam yig'lar, onam yig'lar onam u...
Sig'may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona ---
Onam yig'lar onam yig'lar, onam u...
Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo,
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo.
Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo ---
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb,
Ko'rib ko'ngli to'lmasmidi, o'g'lim deb
Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim, deb
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham.
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham ---
Onam yig'lar onam yig'lar, onam u...
✍Muhammad Yusuf
Hamidova Sarvaroy Ilhomjon qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6470
❤️❤️-ishtirokchi
Lolaqizgʻaldoq
Uyda yotibman-u, sezib turibman,
Ko‘kda kelayotir qushlar qaytishib.
Xayrlar yog‘dirib qanotlaridan,
Xasta shoiriga vido aytishib.
Bor, mening uchun ham ularga qo‘l qoq –
Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Ularni men yana ko‘rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek kuzatolmadim.
Kuz. To‘ylar boshlandi. Yuragim pora –
Bitta qizimni ham uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan to‘y ko‘rmay o‘lmoq,
Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Biroq, ko‘nglim sezar, mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga odam to‘ladi.
Hali to‘ylar qilib charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng baxtli bo‘ladi!
Kelinlar ko‘ylagi ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!
Muhammad Yusuf
Axmatova Nilufar
https://t.me/Oak_jurnallari1/6469
❤️❤️-ishtirokchi
Qizlar qo‘shig‘i
Qiz yo‘q uyda sarin sabo esmaydi,
Qiz yo‘q uyda jambil-rayhon o‘smaydi.
O‘g‘illarning ota bilan ishi yo‘q,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.
Ko‘zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz...
Abdullayeva Diyora
https://t.me/Oak_jurnallari1/6468
❤️❤️-ishtirokchi
LOLA 🌹
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq, 🌸
Sening borar joying — qora tuproqmi? 🌍
Mening ko‘ksimda ham bitta olov bor, 🔥
Sening ko‘ksingda ham bitta dog‘ bormi? 🖤
Seni ko‘rganlar bor, ko‘rmaganlar bor, 👀
Ismingni aytishga qo‘rqqanlar ham bor. 😰
Sening poyingda-chi, lolajonim, oh, 🎶
Meni tushunmagan odamlar ham bor... 🤷♂️
Odamlar bor — senga o‘xshab yashaydi, 👥
Odamlar bor — sendan qolgan bir g‘ubor. 💨
Odamlar bor — o‘zin o‘tga tashlaydi, 🔥
Odamlar bor — sendan qochganlar ham bor. 🏃♂️
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq, 🌹
Mening borar joyim — qora tuproqdir. 🌍
Sening ko‘ksingda-chi, bitta olov bor, 🔥
Mening ko‘ksimda ham bitta dog‘ bordir... 🖤
Salomova Madinabonu
https://t.me/Oak_jurnallari1/6467
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusufni koʻrgim keladi
Marhamat tomonga tushganda yoʻlim,
Alam u shodlikka toʻladi dilim.
She'r yozib, kuy chalib titraydi qoʻlim,
Muhammad Yusufni koʻrgin keladi.
( noma'lum shoir)
Bu hayot mazasi naqadar tahir
Juda ham sogʻindim shoirni axir
Yurak dosh bermadi, yozdim baribir
Muhammad Yusufni koʻrgim keladi
Shoiri edi oʻzbekning tanti
Suyukligi hamda zoʻr shinavandi
Yurtim e'zozlagan shoir afandi
Muhammad Yusufni koʻrgim keladi.
Lola, lolajonim, lolaqizgʻaldoq
Qirlarda oʻsgan misoli baldoq
Bevafo koʻp deya oʻqib qildim oh
Muhammad Yusufni koʻrgim keladi
Baxt va muhabbatga kuychi edingiz,
Davom ettiraylik yoʻlingizni biz
She'riyat yoʻlida qoldirib bir iz
Muhammad Yusufni koʻrgim keladi.
Rahimova Masturaxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6466
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
MEN BITTADURMAN
Sanam, sochingdan ham shaydolaring koʻp, Husning oshiqlari - adolaring koʻp. Nimang ko'p, koʻyingda gadolaring ko'p, Ammo men bittaman, men bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda xorman, Garchi diydoringga mushtoqu zorman, Men beun sevarman, men jim sevarman, Qiyomatgacha shul sukutdadurman.
Yalgʻasheva Nodira
https://t.me/Oak_jurnallari1/6465
❤️❤️-ishtirokchi
Муҳаббат, эй гўзал изтироб, Эй кўҳна дард, эй кўҳна туйғу.
Кўкрагимга қўлингни тираб, Юрагимни тўкиб қўйдинг-ку.
Қанча кўзлар менга зор эди, На ғам, на андуҳим бор эди.
Қушдай енгил руҳим бор эди, Чок-чокидан сўкиб қўйдинг-ку.
Не қилардинг менга тегиб сен,
Енгилмаган эдим — енгиб сен, Бошларимни ерга эгиб сен,
Қоматимни букиб қўйдинг-ку.
Сен мен учун бир хаёл эдинг, Яхши бор ё яхши қол эдинг.
Жон керакми — мана ол энди, Қийнар бўлсанг қийнаб тўйдинг-ку. Билмам, нима эди мақсадинг:
Менга бир жуфт гулинг асрадинг, Бирин отин Кумуш атадинг,
Бирин исмин Зайнаб қўйдинг-ку. Муҳаббат, эй гўзал изтироб,
Кўчанг кездим сарсон, довдираб, Юзларимга юзларинг тираб,
Кўзларимни бойлаб қўйдинг-ку!.. СУВПАРИ Сени ҳеч ким севолмайди менингдек
Ozodova Elmira
https://t.me/Oak_jurnallari1/6464
❤️❤️-ishtirokchi
BESHINCHI O'G'IL
Yetmish yulduz yig'ilib
Yarim oycha to'lolmas,
Yetti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'iybat yaqin yo'lolmas,
Mening esa bag'rim qon,
Vayronaman, Onajon...
Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor-biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, Onajon...
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, Onajon...
Onasiz uy-oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, Onajon...
O'zing uchun o'l yetim,
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir-yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, Onajon...
Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, Onajon...
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, Onajon...
Uy to'rida tol beshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqatgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!..
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, Onajon.
...Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, Onajon.
Kamolov Diyorbek
https://t.me/Oak_jurnallari1/6463
❤️❤️-ishtirokchi
"Boshda do'ppi, egnida chopon,
Mo'min-musulmonu mehmondo'st har on.
O'zi yemasa ham, mehmonga tutar,
Dunyoda bittadir o'zbek degan qon."
Jo’rayeva Shaxrizoda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6462
❤️❤️-ishtirokchi
Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.
Muhammad Yusuf
Abdullayeva Marjona
https://t.me/Oak_jurnallari1/6461
