uk
Feedback
slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Відкрити в Telegram

Показати більше
Узбекистан5 978Категорія не вказана

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Канал slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 13 647 підписників, посідаючи місце в категорії Інші та 5 978 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 13 647 підписників.

За останніми даними від 01 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -1 015, а за останні 24 години на -55, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 4.02%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 1.40% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 551 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 192 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 6.

📝 Опис та контентна політика

Опис каналу не надано.

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 02 серпня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Інші.

13 647
Підписники
-5524 години
-6587 днів
-1 01530 день
Архів дописів
Chetlashtirildi nakrutka 🚫❤️❤️-ishtirokchi Toshkent viloyati Qibray tumani Chinobod mahallasi yoshlar yetakchisi Chinobod Taekwondo wt Abduhamidov jamoasi hamda Yosh liderlar jamoasi asoschisi Abduhamidov Abdumannop Abduffatox oʻgʻli https://t.me/Oak_jurnallari1/6480

❤️❤️-ishtirokchi Shukr deysan sen qachon Ta'magirni tortqilab, Nafsi qoymas deydilar. Nokas ozi toysa ham, Kozi toymas deydilar. Boq bir yorug olamga — Kimlar zorga kun korar. Odamlar bor, bogdagi Bulbuldan ham pul so`rar. ✍ Muhammad Yusuf Ilmiddinova Mehribon https://t.me/Oak_jurnallari1/6479

❤️❤️-ishtirokchi O, ota makonim, Onajon ólkam, Oʻzbekiston, jonim tóshay soyangga. Senday mehribon yóq, Seningdek kórkam, Rimni alishmasman bedapoyannga.🤍 ....🇺🇿 Kórdim suluvlarning eng faranglarin, Yo xudbinman yo bir soda kasman men: Parijning eng gózal restoranlarin Bitta tandiringga alishmasman men💗 RAJABOVA DIYORA 8-sinf óquvchisi https://t.me/Oak_jurnallari1/6478

❤️❤️-ishtirokchi Qo'yabering... Shamol sabab, ehtimol, Tunda eshik g'ichirlar. Boshlanadi, qishloqda Shunda pichir-pichirlar. Sizga nima? Siz uxlang, Hech ishingiz bo'lmasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin... Oshiqlarim - oshiqdek Mayli, ko'ngil xushlasin, Ikki oshiq istasa, Shamol bilan mushtlashsin. O'ksimasin qiz qalbi, Yigit rayi o'lmasin, Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin... G'iybat qilmang yigitni, Uyaltirmang qizni ham. Shunday o'tli muhabbat Siylar bo'lsin sizni ham. Bir sovuq so'z tufayli, Sevgi bog'i so'lmasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin... Ilk sevgidan iymanib, So'ng pushaymon yonsa ham, Sepli qizga suykanib, Epli qizdan tonsa ham. Nasib etmay yor vasli, Endi hajri qiynasin!.. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin... Ikki yorti bosh uzra Porlasin ishq quyoshi. Qizga hayo, yigitning G'urur bo'lsin yo'ldoshi. Diydoriga bir-birin Termulishib to'ymasin. Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering, o'ynasin... Qoʻyliyev Aslbek https://t.me/Oak_jurnallari1/6477

👍👍👍👍 ➕ Sovrinlarni kattalashtirish bizdan - harakat esa sizdan. 📌 Bor kuchingizni ishga solish vaqti keldi. Katta marralarni MYBEE bilan zabt eting. 👍 Reaksiya 1 bal 💌 Commentariya 1 bal ⭐️ Yulduzcha 10 ball Bitta odamni yozgan commentariyasi bitta hisoblanadi https://t.me/Oak_jurnallari1

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf ONA sheʼri Topmoq - yo‘qotmoqdir, yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, men yashab, to‘lishimga boq. Sensiz topganimdan ko‘proq yo‘qotdim Sen meni yupatding, seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, kelishimga boq!.. OʻzMPU talabasi Eshquvatova Muhabbat https://t.me/Oak_jurnallari1/6475

❤️❤️-ishtirokchi Ona tilim Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim. Tilim turib o’z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim, Parovozni hansiratgan bug’doylarim, Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar, Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. "Suvonqulov Sardorjon To'ymurodovich" https://t.me/Oak_jurnallari1/6474

❤️❤️-ishtirokchi Mendan nima qolur ikki misra sheʼr, Ikki sandiq kitob bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan nima desa der, Men seni oʻylayman oʻzimdan koʻproq. Lola, lolajonim lolaqizgʻaldoq🌷 Musulmonova Gulhayo🌹 https://t.me/Oak_jurnallari1/6473

❤️❤️-ishtirokchi ОНАМГА ХАТ Мен сизни ўйлайман шому саҳарда, Она, соғинсам ҳам бора оламайман, Тунлари чароғон шундай шаҳарда Ҳеч кимга кўнглимни ёра олмайман. Мен сиз айтгандайин ҳаммани севдим, Ҳаммага ишондим, мана оқибат: Ўз дўстим уйига кўмилди севгим, Кун бўлиб кўксимни куйдирди нафрат. Бошимдан ўтгани кўкка ҳам аён, Юлдузлар қиқирлаб кулар оқбадан: Мен зангор яйловда олис, бепоён, Уюридан ажраб қолган қулунман... Мана, мен кетяпман тош йўлда кўзим, Қадамим мошинлар йўрғасига мос. Йиғласам юпатиб ўзимни ўзим, Пишқириб қўяман тойчоқларга хос. Ва сизни ўйлайман шому саҳарда, Она, соғинсам ҳам бора олмасман. Тунлари чароғон шундай шаҳарда Ҳеч кимга кўнглимни ёра олмасман... Ҳа, севги ҳақида. У дилга не зеб, Куйинманг, не илож қилмаса насиб, Бахтимга ҳамиша Сиз соғ бўлинг деб, Соғинган ўғлингиз – Муҳаммад Юсуф. Cyber university талабаси Иномжонов Саидмурод https://t.me/Oak_jurnallari1/6472

❤️❤️-ishtirokchi BIZ BAXTLI BO'LAMIZ Muhammad Yusuf Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik... Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb, Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!.. Menga bir tabassum hadya et, ey yor, nur tomsin lablaring sohillaridan. O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan?.. Iymanib yashama xayol pinjida, Yoyil, yayra, jonim, o’rtanma g‘amda. G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida: Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda. Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib, Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi. Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda, Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun? Barcha farishtalar sening qalbingda, Ijarada turgan qizlar men uchun!.. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, uchrasharmidik . Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi Sanaqulova Sevinch Baxtiyor qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6471

❤️❤️-ishtirokchi Onaizor Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun ahir tildan ham... Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham --- Onam yig'lar, onam yig'lar onam u... Sig'may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona --- Onam yig'lar onam yig'lar, onam u... Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo, Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo. Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo --- Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb, Ko'rib ko'ngli to'lmasmidi, o'g'lim deb Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim, deb Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham. Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham --- Onam yig'lar onam yig'lar, onam u... ✍Muhammad Yusuf Hamidova Sarvaroy Ilhomjon qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6470

❤️❤️-ishtirokchi Lolaqizgʻaldoq Uyda yotibman-u, sezib turibman, Ko‘kda kelayotir qushlar qaytishib. Xayrlar yog‘dirib qanotlaridan, Xasta shoiriga vido aytishib. Bor, mening uchun ham ularga qo‘l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq! Ularni men yana ko‘rarmanmi-a, Ayvondan odamdek kuzatolmadim. Kuz. To‘ylar boshlandi. Yuragim pora – Bitta qizimni ham uzatolmadim… Demak, taqdir ekan to‘y ko‘rmay o‘lmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq! Biroq, ko‘nglim sezar, mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga odam to‘ladi. Hali to‘ylar qilib charchaysan, erkam, Mening qizlarim eng baxtli bo‘ladi! Kelinlar ko‘ylagi ruhimday oppoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq! Muhammad Yusuf Axmatova Nilufar https://t.me/Oak_jurnallari1/6469

❤️❤️-ishtirokchi Qizlar qo‘shig‘i Qiz yo‘q uyda sarin sabo esmaydi, Qiz yo‘q uyda jambil-rayhon o‘smaydi. O‘g‘illarning ota bilan ishi yo‘q, Qiz otasin har qadamda eslaydi. Ko‘zlariga surgay yurgan izingiz, Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz... Abdullayeva Diyora https://t.me/Oak_jurnallari1/6468

❤️❤️-ishtirokchi LOLA 🌹 Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq, 🌸 Sening borar joying — qora tuproqmi? 🌍 Mening ko‘ksimda ham bitta olov bor, 🔥 Sening ko‘ksingda ham bitta dog‘ bormi? 🖤 Seni ko‘rganlar bor, ko‘rmaganlar bor, 👀 Ismingni aytishga qo‘rqqanlar ham bor. 😰 Sening poyingda-chi, lolajonim, oh, 🎶 Meni tushunmagan odamlar ham bor... 🤷‍♂️ Odamlar bor — senga o‘xshab yashaydi, 👥 Odamlar bor — sendan qolgan bir g‘ubor. 💨 Odamlar bor — o‘zin o‘tga tashlaydi, 🔥 Odamlar bor — sendan qochganlar ham bor. 🏃‍♂️ Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq, 🌹 Mening borar joyim — qora tuproqdir. 🌍 Sening ko‘ksingda-chi, bitta olov bor, 🔥 Mening ko‘ksimda ham bitta dog‘ bordir... 🖤 Salomova Madinabonu https://t.me/Oak_jurnallari1/6467

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusufni koʻrgim keladi Marhamat tomonga tushganda yoʻlim, Alam u shodlikka toʻladi dilim. She'r yozib, kuy chalib titraydi qoʻlim, Muhammad Yusufni koʻrgin keladi. ( noma'lum shoir) Bu hayot mazasi naqadar tahir Juda ham sogʻindim shoirni axir Yurak dosh bermadi, yozdim baribir Muhammad Yusufni koʻrgim keladi Shoiri edi oʻzbekning tanti Suyukligi hamda zoʻr shinavandi Yurtim e'zozlagan shoir afandi Muhammad Yusufni koʻrgim keladi. Lola, lolajonim, lolaqizgʻaldoq Qirlarda oʻsgan misoli baldoq Bevafo koʻp deya oʻqib qildim oh Muhammad Yusufni koʻrgim keladi Baxt va muhabbatga kuychi edingiz, Davom ettiraylik yoʻlingizni biz She'riyat yoʻlida qoldirib bir iz Muhammad Yusufni koʻrgim keladi. Rahimova Masturaxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6466

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf MEN BITTADURMAN Sanam, sochingdan ham shaydolaring koʻp, Husning oshiqlari - adolaring koʻp. Nimang ko'p, koʻyingda gadolaring ko'p, Ammo men bittaman, men bittadurman. Bek yigit bir sening poyingda xorman, Garchi diydoringga mushtoqu zorman, Men beun sevarman, men jim sevarman, Qiyomatgacha shul sukutdadurman. Yalgʻasheva Nodira https://t.me/Oak_jurnallari1/6465

❤️❤️-ishtirokchi Муҳаббат, эй гўзал изтироб, Эй кўҳна дард, эй кўҳна туйғу. Кўкрагимга қўлингни тираб, Юрагимни тўкиб қўйдинг-ку. Қанча кўзлар менга зор эди, На ғам, на андуҳим бор эди. Қушдай енгил руҳим бор эди, Чок-чокидан сўкиб қўйдинг-ку. Не қилардинг менга тегиб сен, Енгилмаган эдим — енгиб сен, Бошларимни ерга эгиб сен, Қоматимни букиб қўйдинг-ку. Сен мен учун бир хаёл эдинг, Яхши бор ё яхши қол эдинг. Жон керакми — мана ол энди, Қийнар бўлсанг қийнаб тўйдинг-ку. Билмам, нима эди мақсадинг: Менга бир жуфт гулинг асрадинг, Бирин отин Кумуш атадинг, Бирин исмин Зайнаб қўйдинг-ку. Муҳаббат, эй гўзал изтироб, Кўчанг кездим сарсон, довдираб, Юзларимга юзларинг тираб, Кўзларимни бойлаб қўйдинг-ку!.. СУВПАРИ Сени ҳеч ким севолмайди менингдек Ozodova Elmira https://t.me/Oak_jurnallari1/6464

❤️❤️-ishtirokchi BESHINCHI O'G'IL Yetmish yulduz yig'ilib Yarim oycha to'lolmas, Yetti yanga yig'ilib, Bitta ona bo'lolmas, Ona tirik eshikka G'iybat yaqin yo'lolmas, Mening esa bag'rim qon, Vayronaman, Onajon... Garchi biz yosh, g'o'r edik, Siz bor-biz ham zo'r edik, Bir mayizni besh o'g'il Teng bo'lishib yer edik, Goh talashsak, haq so'zni Onam aytsin der edik, Tushmi endi u zamon, Hayronaman, Onajon... Tirik yursa volidang Toqqa kuching yetarkan, Onang o'lsa boshingdan Oftob o'tib ketarkan, Jindekkina alam ham Tog'dek botib ketarkan, Ko'ksim to'la ming armon, To'lg'onaman, Onajon... Onasiz uy-oysiz tun Ekan endi o'ylasam, Qalbni o'rtar dardlarim, Qay birini so'ylasam? Sizsiz ko'cham befayz, Halovat yo'q uyda ham, Farishtasi tark etgan Ostonaman, Onajon... O'zing uchun o'l yetim, O'rda ham men, qirda ham. Ko'ylagimda tugma yo'q, Tugma bo'lsa, kir-yoqam. To'rt yangamga qo'shilib Turtkilaydi to'rt og'am, O'z uyimda jonajon, Begonaman, Onajon... Ko'ngil o'zin tutingan Bir mehribon qo'msaydi, Dunyoda bir odamga Siring aytib bo'lsaydi, Onasizni do'sti ham, Dushmani ham aldaydi, Ayting axir, men kimga Ishonaman, Onajon... Yo'qligingiz qadamda Turar shunday bilinib, Non yopmaysiz tonglari Menga kulcha ilinib, Sarg'ayarman sarg'aygan Rasmingizga termulib, Ziyo istab zor qaqshar Parvonaman, Onajon... Uy to'rida tol beshik - Akam yotgan, men yotgan, Sherdek-sherdek kelbatli Besh o'g'ilga asqatgan, Qaytib kirib bo'lsaydi Bo'lardim jon deb qaytgan!.. Men bu joyni hammadan Qizg'onaman, Onajon. ...Yashayapman sharpadek Sezilmay goh, sezilib. Gohi ko'kka intilib, Gohi yerga egilib, Sog'inganda she'r yozib Yuraklarim ezilib - El ichra bir shoiri Devonaman, Onajon. Kamolov Diyorbek https://t.me/Oak_jurnallari1/6463

❤️❤️-ishtirokchi "Boshda do'ppi, egnida chopon, Mo'min-musulmonu mehmondo'st har on. O'zi yemasa ham, mehmonga tutar, Dunyoda bittadir o'zbek degan qon." Jo’rayeva Shaxrizoda https://t.me/Oak_jurnallari1/6462

❤️❤️-ishtirokchi Yetmish yulduz yog'ilib, Yarim oycha to'lolmas, Yeti yanga yig'ilib, Bitta ona bo'lolmas, Ona tirik eshikka G'urbat yaqin yo'lolmas, Mening esa, bag'rim qon, Vayronaman onajon. Garchi biz yosh, g'o'r edik, Siz bor - biz ham zo'r edik, Bir mayizni besh o'g'il Teng bo'lishib yer edik, Goh talashsak, haq so'zni Onam aytsin der edik, Tushmi endi u zamon, Hayronaman, onajon. Onasiz uy - oysiz tun Ekan endi o'ylasam, Qalbni o'rtar dardlarim, Qay birini so'ylasam? Sizsiz ko'cham befayz, Halovat yo'q uyda ham, Farishtasi tark etgan Ostonaman, onajon Yo'qligingiz qadamda Turar shunday bilinib, Non yopmaysiz tonglari Menga kulcha ilinib, Sarg'ayarman sarg'aygan Rasmingizga termulib, Ziyo istab zor qaqshar Parvonaman, onajon. Uy to'rida tolbeshik - Akam yotgan, men yotgan, Sherdek-sherdek kelbatli Besh o'g'ilga asqotgan, Qaytib kirib bo'lsaydi Bo'lardim jon deb qaytgan! Men bu joyni hammadan Qizg'onaman, onajon. Muhammad Yusuf Abdullayeva Marjona https://t.me/Oak_jurnallari1/6461