slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
前往频道在 Telegram
显示更多
乌兹别克斯坦5 978未指定类别
📈 Telegram 频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 的分析概览
频道 slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 619 名订阅者,在 其他 类别中位列第 ,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 978 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 619 名订阅者。
根据 01 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 015,过去 24 小时变化为 -55,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 4.02%。内容发布后 24 小时内通常能获得 1.40% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 551 次浏览,首日通常累积 192 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6。
📝 描述与内容策略
尚未提供频道描述。
凭借高频更新(最新数据采集于 02 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
13 619
订阅者
-5524 小时
-6587 天
-1 01530 天
帖子存档
❤️❤️-ishtirokchi
O, ota makonim. Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram - bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
Abdukaxxorova Dilnoza
https://t.me/Oak_jurnallari1/6420
❤️❤️-ishtirokchi
O'zbek
Sen paxta terarding yetti bukilib, Paykalingda eding ey onajonim. Ozbekmisiz, deya galati kulib, Mendan so`rab qoldi bir tannoz xonim.
Tannozlar bilan ne ishim bor, Yorab, Ammo tushundim bu ishorasiga. Qarshimda turardi u ermaktalab, Malika boqqandek fuqarosiga
Saidov Ismoiljon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6419
❤️❤️-ishtirokchi
Onam
Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni korib yorugg' dunyoda, Toshkanni kormagan bechora onam, Bolang bolib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga ogil boldimmi!..
Garchi bisotingda "bayram" sozi yoq,
Bilaman, kutasan sandal tola chog, Menda yurak deganlarin ozi yoq: Men sovga bermagan qiz yoq bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga ogilmi, onam?..
Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yoqlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She'r emas faqat, Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga og`ilmanmi, ayt?...
Ergasheva Gulsevar Ibrohim qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6418
Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi
Baholash mezonlari:
⭐️- 10 ball
❤️ - 1 ball
Commentariya - 1 ball
❤️❤️-ishtirokchi
"Kapalaklar odamlardan mehribon".Muhammad Yusuf
Gulga qoʻnsa qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi.
Bir kun yashar bir birlarin sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Bir qarasang, na kulbasi,uyi yoʻq,
Na tovushi, na qoʻshigʻi, kuyi yoʻq.
Kapalakning kambagʻali,boyi yoʻq,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Abdulhamidova Haybixon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6416
❤️❤️-ishtirokchi
SHOIR SEVGISI
Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu
Sho'xliklaringiz?...
Meni tanir xatto
Kipriklaringiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz
Ko'rib - ko'rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko'rsangiz ham
Olmaysizu tan.
Meni tanib xatto
Har kun ko'chamdan
Sochingiz qo'l silkib
O'tar, yorijon.
Bilaman, taxminan
Shunday o'ylaysiz:
Shoirlar - devona
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
O'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.
Yona-yona bir kun
Ko'yingizda men
Ado bo'ladurg'on
Shamga o'xshayman.
Eng go'zal she'rimni
To'yingizda men
Poyingizga gulxan
Qilib to'shayman.
Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq,
Tugamas o'yin.
Ko'rganlar sizdan ko'z
Uzolmaydilar
Shoirlar buzolmas
Birovning to'yin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.
Muhammad Yusuf
Karimova Dildora
https://t.me/Oak_jurnallari1/6415
❤️❤️-ishtirokchi
ONAJON
Topmoq — yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib, men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim.
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingcha —
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim —
Gulmi bir dasta?
Yo‘qotganim senmi
Endi, ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang, yuragimni
Bir alam elar:
Buyursang, qo‘limdan
Kelmaydi nelar?
Ayt, pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
— Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech, deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan...
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
Onajon, zor qilib
Ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi, xayr,
Do‘stlar, xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday.
Boring, volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga kech qolib
O‘rtanmang menday.
Zaripova Shabnam
https://t.me/Oak_jurnallari1/6414
❤️❤️-ishtirokchi
(Bitilmagan so‘nggi she’r)
VIDO.
Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i,
Izlama, hech qanday tashhisu, malham.
Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i,
Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham.
Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir,
Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh
Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir,
G‘arbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh!
Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol!
To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan,
Hammasi joyida: seyf, stol, palos...
Faqat Yozuvchilar uyushmasidan,
Bir varaq ariza qarzim bor, xolos.
Aytgancha, stolim chap tortmasida,
Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor.
Adashmasam, edi yurtga qasida,
Shuni nashriyotga-taqrizga yubor.
Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum,
“Ruh o‘zin ulfati jondan tuymoqda”.
Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim,
Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda!
To‘rt bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q,
Nima qilay axir, Xudoyim aytsin.
Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q,
Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin!
Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi,
Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq.
Nahot, Robbim menga shunday dard berdi,
Taqdirim bo‘ldimi “Lolaqizg‘oldoq”!?
Jonsiz jigarimga botmoqda tikan,
Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am.
Aslida, she’rlarim peshonam ekan,
To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham.
O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir,
Ehtimol, ular ham qilishar toqat.
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir,
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat!
Kor qilmaydi unga hech himmatingiz,
O‘zin ado qilar, jonini yeya
Ayting sekingina-Muhammadingiz,
Ketdi Muhammadning yoniga-deya.
Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi,
Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham.
“Menga havo yetmas...”, jon toraydimi,
Buncha hayalladi, Azroili ham.
Kelishin kutamiz endi nachora,
Bir shoir jonida intiqomi bor.
Aytgancha, uch kundan keyin, bechora,
Nozima qizimning imtihoni bor.
Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin,
Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga.
Tegsa, tegibdida, yordami axir,
Muhammad Yusufning bitta qiziga.
Ana kelayotir, ajal pishqirib,
Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni.
Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib,
Aytishga ulguray Shahodatimni.
Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt,
Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin.
Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt:
“Nomard odamlarga ishi tushmasin!”
Unga shon kerakmas, unvon kerakmas,
Yetadi xilqatu-xayoli degan.
Unvon berib ketay men unga, abas,
Muhammad Yusufning ayoli degan!
Ichim achiyapti Adabiyotga,
Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham.
So‘zini muhrlab abadiyatga,
Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham?
Bilaman, yozadi qalamin o‘pib,
Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar.
Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib,
Bosib kelmasmikan qaro quyunlar!
Nahot o‘z-o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa,
Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech!
Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa,
Shogirdman demasin Muhammadga, hech!
Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol,
Yashadim, lek shoir jismi bilan, men.
Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol,
Ikki payg‘ambarning ismi bilan, men!
O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum,
Darig‘ tutma mendan muhabbatingni.
O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum,
O‘zing kechir sodda Muhammadingni! “
O‘LIM NIMA, BU HAM BITTA SAYR, ONA,
O‘G‘LING QARO YERGA KЕTDI XAYR, ONA...”
Avazbekova Sojida
https://t.me/Oak_jurnallari1/6413
❤️❤️-ishtirokchi
Koʻklamoyim
Sochimda oq, men bahordan otindim: Koʼklamoyim, koʼkingdan ber bir chimdim. Qor qoynida seni qoʼmsab oʼkindim, Koʼklamoyim, koʼkingdan ber bir chimdim. Koʼnglimga koʼk binafshalar sochilsin, Kokiliga tolpopukdan soch ilsin, Boychechakka borar yoʼllar ochilsin, Koʼklamoyim, koʼkingdan ber bir chimdim.
Muhiddinova Yasmina
https://t.me/Oak_jurnallari1/6412
❤️❤️-ishtirokchi
Qiz yo'q uyda sarin sabo esmaydi Qiz yo'q uyda jambil rayhon o'smaydi
O'g'illarning ota bilan ishi yo'q
Qiz otasin har qadamda eslaydi Ko'zlariga surgay yurgan izingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi Tomda oftob ayvonda oy yotmaydi O'g'il qanday do'st bo'ladi bilmadim Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz
Umr daryo tolega kim kafildir Qizning borar yo'li faqat sohildir
Qiz qadriga yetmaganlar g'ofildir Qizli uyda yorug' bo'lar yuzingiz
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz
Dunyo ko'rki shu ko'zlari shahlolar Qizlar borki chamanzordir sahrolar Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan Tohirlarni Tohir etgan Zuhrolar
Qiz tufayli butdir risqu-ro'zingiz
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz
Ayting kimni paymonasi to'lmagan Qizi bor ota yot bag'irda o'lmagan O'g'lim yo'q deb o'kinganlar johillar Hatto Payg'ambarni o'g'li bo'lmagan Bilib ayting aytar har bir so'zingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?!
Nematova Iroda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6411
❤️❤️-ishtirokchi
Senga baxtdan taxt qursam arziydi,
Dunyo-dunyo baxt bersam arziydi.
O'zbekning eng sodda shoiri bo'lib,
Ostonangda yotsam arziydi.
Umirzaqov Shohijaxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6410
❤️❤️-ishtirokchi
MUHAMMAD YUSUF
Ulug‘imsan, Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim.
Ishtirokchi: Azizbek Otabekov
Jizzax Viloyati, Zomin Tumani
https://t.me/Oak_jurnallari1/6409
❤️❤️-ishtirokchi
Lolaqizgʻaldoq
Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni oʻylayman
Oʻzimdan koʻproq -
Lola,lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
Men ketsam,yomondan
Yiroq boʻl,ohu,
Chunki sen chiroyli,
Koʻrkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi boʻlar-u,
Yomon odam yaxshi
Boʻlmas hech qachon...
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola,lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Koʻkda kelayotur,
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yogʻdirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor,mening uchun ham
Ularga qoʻl qoq -
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
Muhammad Yusuf
Muhammadiyeva Xumora
https://t.me/Oak_jurnallari1/6408
❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf
" Vatan"
Vatanim sensan mening borim borligʻim.
Senga boʻlgan muhabbatim - yorugʻ yoʻlim
Sen tufayli yuragimda yashar orzular
Sensiz men uchun bu dunyo - qorongʻu zulm.
Amirqulova Munira
https://t.me/Oak_jurnallari1/6407
❤️❤️- ISHTIROKCHI
Mehr qolur , muhabbat qolur 🤍
O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar – ko'zyoshi samoni.
O'tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug'da porlagan o'sha,
Shams quchmagan bir go'zal go'sha,
Dunyoda eng yaxshi bir o'sha,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Muhammad Yusuf
Uzoqova Mohinur 🌸
https://t.me/Oak_jurnallari1/6406
Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi
Baholash mezonlari:
⭐️- 10 ball
❤️ - 1 ball
Commentariya - 1 ball
❤️- ISHTIROKCHI
ARMON
Yog‘ayotgan yomg‘irmi-qormi,
Qor ostida qolgan bahormi.
Sensiz dunyo shunchalar tormi,
Yana bo‘zlar bo‘ldi yuragim.
Shamday yonib, shamday o‘chdimm i.
Sarvinozim, sendan kechdimm i.
Endi senga men ham xech kimm i?
Yana bo‘zlar bo‘ldi yuragim.
Yog‘ayotgan yomg‘irmi-qormi,
Bir jonimga shuncha ozormi.
Bu dunyoda do‘stim ham bormi,
Armonlarga to‘ldi yuragim.
Bu yerlarda netarman endi,
Sahrolarga ketarman endi.
Seni kuylab o‘tarman endi,
Dostonlarga to‘ldi yuragim.
Yoqubova Nasibaxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6404
❤️- ISHTIROKCHI
Biz baxtli bo’lamiz
Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb, Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..
Menga bir tabassum hadya et, ey yor, nur tomsin lablaring sohillaridan. O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan?.. Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil, yayra, jonim, o’rtanma g‘amda. G‘iybatlarga chida,
Tuhmatga chida: Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda.
Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib, Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi.
Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda, Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun?
Barcha farishtalar sening qalbingda, Ijarada turgan qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa,
Muhammad Yusuf
Baxramova Shaxnoza
https://t.me/Oak_jurnallari1/6403
❤️- ISHTIROKCHI
Vatanim..
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon, O‘zim sulton
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim...
Sheralixon Rustamov Shuhratovichhttps://t.me/Oak_jurnallari1/6402
❤️- ISHTIROKCHI
Onaizor
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun ahir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham ---
Onam yig'lar, onam yig'lar onam u...
Sig'may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona ---
Onam yig'lar onam yig'lar, onam u...
Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo,
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo.
Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo ---
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb,
Ko'rib ko'ngli to'lmasmidi, o'g'lim deb
Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim, deb
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u...
Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham.
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham ---
Onam yig'lar onam yig'lar, onam u...
Muhammad Yusuf
Bobomurotova Marjona
https://t.me/Oak_jurnallari1/6401
