ru
Feedback
slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Открыть в Telegram

Больше
Узбекистан5 978Категория не указана

📈 Аналитический обзор Telegram-канала slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

Канал slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 13 647 подписчиков, занимая место в категории Другое и 5 978 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 13 647 подписчиков.

Согласно последним данным от 01 августа, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -1 015, а за последние 24 часа — -55, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 4.02%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 1.40% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 551 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 192 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 6.

📝 Описание и контентная политика

Описание канала не предоставлено.

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 02 августа, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Другое.

13 647
Подписчики
-5524 часа
-6587 дней
-1 01530 день
Архив постов
❤️❤️-ishtirokchi O'zbek qizlari Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qolini faqat, Kuyovga chiqmagan ozbek qizlarin Opsa faqat shamol opar yuzlarin Kongli daryoday keng, mehri ulugvor, Dugonasi Hayo, dugonasi Or. Ayting, farishtadan nima farqi bor, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?.. Tilepov Quatbay Nukusbaevich https://t.me/Oak_jurnallari1/6440

❤️❤️-ishtirokchi Onaizor Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham- Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham- Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Sig'may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona, Jonsiz tanim ustida h parvona- Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo, Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo Yer-u ko'kni titratib zor - zor dunyo - Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Ko'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham... Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham - Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Muhammad Yusuf Erkinova Intizor https://t.me/Oak_jurnallari1/6439

❤️❤️-ishtirokchi Alloh go'zal Orazi gul, husni hilol, Alloh gozal, Alloh gozal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh gozal, Alloh gozal… Arsh arkida sulton ozi, Beaybu benuqson ozi. Poyiga chok, ul Zuljalol, Alloh gozal, Alloh gozal… Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh gozal, Alloh gozal… Nahri zilol, bagri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh gozal, Alloh gozal… Tuproqqa jon etmish ato Momo Havo, Odam Ato, Loydan odam yasar kulol, Alloh gozal, Alloh gozal… Shoir tilak-ta’bim oshal, Ruhim oshal, Robbim oshal, Allohu akbar, ey Bilol, Alloh gozal, Alloh go`zal!.. Toshkent Seylxanova Gulsinay Bisenbayevna https://t.me/Oak_jurnallari1/6438

❤️❤️-ishtirokchi "Sodda Muhammadman" Sodda Muhammadman, Sodda Muhammad. Turkman qizni maqtab baloga qoldim. Koʻylagiga xavas qilgandim faqat, Toabad tuganmas gʻavgʻoga qoldim... ...Asli turkman qiz bir bahona xolos, Izlaganim edi sizlar kabilar, Qoʻmsaganim hayo-momomlarga xos, Sogʻinganim edi Kumushbibilar... © Muhammad Yusuf Adhamjonova Shahnoza https://t.me/Oak_jurnallari1/6437

❤️❤️-ishtirokchi Qizg‘aldoqlar gulxaniga... Qizg‘aldoqlar gulxaniga Isingani ketdim men... Gulxanning eng ulkaniga O‘lmay turib yetdim men. Bu olovda erib oqdi, Yonib oqdi muz jismim. G‘amlarimni bahor yoqdi, Yuragim tilsim-tilsim! Alvon dashtda mavjli-mavjli Shamol kabi yugurdim. Ketdi dilning sovuq ranji — Maysalarga yuz urdim. Va tanidim barchasini: Mingdevona, gunafsha... Mittigina bargchasida Shabnam tutdi binafsha. Chumolilar bilan kezdim Qiyoqlar orasida — Bir sokinlik tushdi — sezdim Ko‘zimning qorasiga. Meni quchdi ishqning armon Quchog‘iday tiniqlik. Vujudimga kirdi maston Oshkora bir tiriklik... Gulxanning eng ulkaniga O‘lmay turib yetdim men. Hech bo‘lmasa, uch kungina O‘zimni bor etdim men... Muhammad Yusuf Rajabova Muqaddas https://t.me/Oak_jurnallari1/6436

❤️❤️-ishtirokchi "Muhammad Yusuf satrlarida yashaymiz" tanlovi Xolboyev Mashrab Toshkent shahar Qibray tumani Toshkent Davlat Agrar Unversiteti talabasi SHEʼRLARINGIZ– YURAK NAFASI She’rlaring yurakdan chiqqan bir nido, Unda bor muhabbat, unda bor sado. Soddalik ichida buyuk ma’no bor, Sen yozgan satrlar — xalq uchun ato. Bugun tavallud kuning, muborak ustoz, Har bir o‘quvchingning qalbida sen bor. Ona Vatan kuychisi bo‘lib sen o‘tding, Noming doim, faxr bilan aytilar hamon. Ko‘ngillar ichida yonadi sham’ing, So‘nmaydi hech qachon ezgu kaloming. Muhammad Yusufdek— xalqning shoiri, Abadiy yashaydi qalblarda noming. https://t.me/Oak_jurnallari1/6435

Commentariya- bitta akkauntdan yozilgan millionta comment ham 1 ta hisoblanadi. Muhimi halol va sifatli boʻlsin. Nakrutka sezsam chetlataman

Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi Baholash mezonlari: ⭐️- 10 ball ❤️ - 1 ball Commentariya - 1 ball

❤️❤️-ishtirokchi ONAMGA Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni korib yorug dunyoda, Toshkanni kormagan bechora onam, Bolang bolib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga ogil bo`ldimmi!.. Safarova Xonzodabegim https://t.me/Oak_jurnallari1/6432

❤️❤️-ishtirokchi O, ota makonim, onajon o‘lkam, O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, seningdek ko‘rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga. Baxshullayeva Durdona https://t.me/Oak_jurnallari1/6431

❤️❤️-ishtirokchi Samarqand Samarqandga borsam men agar, Ulug'bekni ko'rib qaytaman. U qon yig'lab turar har safar: Men dardimni kimga aytaman?.. Bag'rimda bo'y yetgan bo'z bolam, Mergan bolam, lochin ko'z bolam, Bo'g'zimga tig' urgan o'z bolam... Men dardimni kimga aytaman. Sezmay qoldim. O'shanda chog'im, Yulduzlarda ekan nigohim. Bilmadim ne edi gunohim... Men dardimni kimga aytaman. Qancha g'amga botmagan edim, Koncha og'u yutmagan edim... O'z bolamdan kutmagan edim... Men dardimni kimga aytaman. Tanim muzlab, goh tosh qotaman, Men shoh emas, axir, otaman. Go'rimda ham o'ylab yotaman, Men dardimni kimga aytaman?.. Samarqandga borsam men agar, Ulug'bekni ko'rmay kelmayman. U menga qon yig'lar har safar, Men dardimni kimga aytaman! Muhammad Yusuf Abduraximova Malika https://t.me/Oak_jurnallari1/6430

❤️❤️-ishtirokchi Sen meni yupatding, Seni yigʻlatdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Normurodova Dilnura https://t.me/Oak_jurnallari1/6429

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf she’rlari Mening ertagimsan Mening shodligimsan, bolaligimsan, Mening g‘ussam o‘zing, mening armonim. Seni osmonimga olib ketaman, Yerda bizga kun yo‘q, kun yo‘qdir, jonim!.. Xato qildimmikan men erta kelib, Yo sen adashdingmi kelib keyinmi? Goho kimliging ham bo‘lmaydi bilib, Inim deymi seni, sevgilim deymi? Ket, deb haydolmasam netaman, Kel, deb aytolmasam netaman. Seni osmonimga olib ketaman, Seni osmonimga olib ketaman... O‘ylamay deymanu o‘ylamay bo‘lmas, O‘tsang sen tomon bir bo‘ylamay bo‘lmas. Sen mening hammadan yashirgan sirim, Mening ertagimsan, so‘ylamay bo‘lmas. Ket, deb haydolmasam netaman, Kel, deb aytolmasam netaman. Seni osmonimga olib ketaman, Seni osmonimga olib ketaman!.. Xolboyeva Saodat https://t.me/Oak_jurnallari1/6428

❤️❤️-ishtirokchi Andijon Andijon, ko‘nglimda ko‘kargan dalam, Yo‘limga termulib tolgan chorbog‘lar. Meni sog‘inadi sog‘inmasam ham, Bog‘i Boburdagi momaqaymoqlar. O‘zing ulg‘aytirgan niholingga boq – Na bo‘ying yetar, na qo‘ling yetadi. Bolangdan shoh chiqsa – o‘zga yurtda shoh, Shoir chiqsa bari daydib ketadi. Gohi koyimaysan gapga kirmasa, Gohi boshin silab yo‘lga solmaysan. Taqdirsan noliyasan Xudo bermasa, Xudo berganini asray olmaysan. Bevafo dunyoning ishlarin ko‘rsang – Sen qurgan saroyga hind mehmon tanlar. Balki ahil bo‘lsang, sal kengroq bo‘lsang, Bag‘ringga bo‘lardi Tojmahallar. Uzr, gar og‘rinsam yelkanga bosh qo‘y, Shod kuning ko‘nglingni men bilan chog‘la. Boburga ilinsang, menga qovun so‘y, Cho‘lponni sog‘insang, meni quchoqla. ✍️ Muhammad Yusuf O‘zbekiston xalq shoiri Rayxona Odilova MuxammadSoli qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6427

❤️❤️-ishtirokchi Onamga xat Men sizni oʻylayman shom- u saharda, Ona, sogʻinsam ham bora olmayman. Tunlari charogʻon shunday shaharda, Hech kimga koʻnglimni yora olmayman. Men siz aytganday hammani sevdim, Hammaga ishondim mana oqibat. Oʻz doʻstim uyiga koʻmildi sevgim, Kun boʻlib koʻksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan oʻtgani koʻkka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqibatda. Men- zangori yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman. Mana, men ketyapman tosh yoʻlda koʻzim, Qadamim moshinlar yoʻrgʻasiga mos. Yigʻlasam yupatib oʻzimni oʻzim, Pishqirib qoʻyaman toychoqlarga hos. Va sizni oʻylayman shom- u saharda, Ona, sogʻinsam ham bora olmasman. Tunlari charogʻon shunday shaharda, Hech kimga koʻnglimni yora olmasman. Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib. Baxtimga hamisha siz sogʻ boʻling deb, Sogʻingan oʻgʻlingiz- Muhammad Yusuf. Ishtirokchi: Raxmatillayeva Bibijon Oyatilla qizi. https://t.me/Oak_jurnallari1/6426

❤️❤️-ishtirokchi Ma'murjonova Munira Lolaqizg'aldoq Mendan nima qolar, ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan nima desa der, Men seni sog‘indim, lolaqizg‘aldoq. https://t.me/Oak_jurnallari1/6425

❤️❤️-ishtirokchi SEVGI SADOSI Gulim, mehr ko‘zda degani yolg‘on, Mening dilimda hech o‘chmas yolqinsiz. Qancha ko‘rishmasak — shuncha qadrdon, Qancha olis bo‘lsak — shuncha yaqin siz. Devona oshiqman, men bir devona, Ayting, sizdan bo‘lak kimim bor yana?.. Siz yo‘q chog‘imdagi dunyom begona, Siz yo‘q bog‘imdagi gullar yoqimsiz. Siz achchiq qismatim, siz iztirobim, Siz shirin dardimsiz, shirin azobim. Siz mening ko‘klardan topgan oftobim, Yerlarda yo‘qotgan ko‘zmunchoqimsiz. Yodimda kechagi sho‘xliklaringiz, Ko‘ksimni kuydirgan kipriklaringiz. Siz o‘sha — orzusi oydan oydin qiz, Siz o‘sha — kulgusi qo‘ng‘iroqmisiz. Siz o‘sha ko‘zimning kiftida yurgan, Siz o‘sha ko‘nglimga ko‘ngil in qurgan. To‘kilay deb tilim uchida turgan She’rimsiz — bir umr bitmas ohimsiz... Muhammad Yusuf. Nurullayeva Nazirabonu. https://t.me/Oak_jurnallari1/6424

❤️❤️-ishtirokchi OTA-ONAM! Umr yõllarida kõrdim kõp inson Bazan mard uchraydi,gohida nodon Anglab yetganim shu:xaqiqat ishon Boshimda tojimsiz-davlatim otam✨✨ Qalbimning gultoji-jannatim onam🥰💐 Menga tikon kirsa,yonar yuragi. Baxtimizni kõrish ezgu tilagi Yorug' olam ichra aziz keragim: Boshimda tojimsiz-davlatim otam✨✨ Qalbimning gultoji-jannatim onam🥰💐 Shõxligim qõshdimi sochingizga oq Kech qolsam yõlimga qaraysiz mushtoq Xudodan umringiz sõrayin xar choq Boshimda tojimsiz-davlatim otam✨✨ Qalbimning gultoji jannatim onam🥰💐 Ravshanova Zarnigor https://t.me/Oak_jurnallari1/6423

❤️❤️-ishtirokchi Iqror O ota makonim onajon oʻlkam Oʻzbekiston jonim toʻshay soyanga Senday mehribon yoq seningdek koʻrkam Rimni alishmasman bedapoyanga Bir goʻsha suv boʻlsa bir goʻsha qirlar , Qancha yurtni koʻrdim qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab boshni tik tut deb Togʻlarning ortimdan ergashib turar Muhammad Yusuf sheʼri Sultonova Hayotxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6422

❤️❤️-ishtirokchi "Sog'inch" Seni eslayman-u, o’rtanar dilim, Xayol og’ushida o’tadi tunlar. Senga aytolmagan shirin bir tilim, Yurakda saqlanar necha-necha kunlar. Dunyoda nima ko’p — go’zal gullar ko’p, Lekin sen tanho san, tanho san o’zing. Yuragim tubida g’uncha tugdi ko’p, Seni izlar hamon intizor ko’zim. Muhabbat — bu o’zi bir ajib tilsim, Gohi shodu xurram, gohi dardu g’am. Sen bilan bog’langandir har bir nafasim, Seni sog’inaman, sog’inaman ham. Alisherova Ozoda https://t.me/Oak_jurnallari1/6421