ar
Feedback
Sherobod Education rasmiy kanal🏆

Sherobod Education rasmiy kanal🏆

الذهاب إلى القناة على Telegram

Biz faqat natija uchun mehnat qilamiz. 📚 Xorijiy tillarni oʻqitish va fanlardan tayyorlov markazi. 👨‍🏫 Tajribali ustozlar jamoasi. ⚡ Yuqori natijalar. Kurslarga yozilish uchun: 📞 +998 97 550 98 90 📩 @Sherobod_Edu

إظهار المزيد
530
المشتركون
+224 ساعات
+17 أيام
+4430 أيام
أرشيف المشاركات
KIMYO MATEMATIKA 1. Olimova Nafisa 101,2 2. ........................... 73,7

TARIX ONA TILI 1.Raxmatullayev Ozodbek 114,2 2. Davronov Sardor 79

👍

PSIXOLOGIYA 1.Olomonova Sevinch  94.5 ball 2. Mavjuda 89.2 ball 3.Eshdavlatova Nafisa 88 ball 4.Bekzod 78.8 ball 5.Karimova Barno 79.ball 6.Qayumova Mehribon 61.2 ball 7.Shoxjaxon 58.9 ball 8.To'xtamishova Muxlisa 56.6 ball

TARIX INGLIZ TILI 1. To‘rayev Jasurbek 171,1 2. Xasanova Parvina 131,1 3. Pardayev Asomiddin 115,4 4. Ochilov Doniyorbek 105,7 5. Mengliyev Elyor 100,3 6. Xazratqulov Lochin 93,3

Huquq Ingliz tili 1.Kobilov Dadabek 168.9 2.Xudoynazarova Shahzoda 156.8 3.Turdiyev Sanjar 152.5 4. Tojiyev Jasurbek 142.3 5.Chorshanbiyev Dilshodbek 128.1 6.Sardor 102.3 7.Sheraliyeva Farangiz 98.3 8.Husanov Ibrohim 75.6 9.Berdiyeva Bahora 61.0

15.06.2024 sanada o'tkazilgan 5 blokli test natijalari

Sherobod education o'quv markazimizda DTM STANDARTIDAGI 5 blokli test jarayonlaridan lavhalar.
+6
Sherobod education o'quv markazimizda DTM STANDARTIDAGI 5 blokli test jarayonlaridan lavhalar.

Repost from BaholashUz
Javob esga kelmay qolsa nima qilasiz ?😂 😎Ayrim tavakkalchi abituriyentlar haqida video Ruchka otib, qayerga tushsa, shuni belgilaydiganlar ham bor-a? @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

Repost from BaholashUz
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar! Saqlab qoʻying! kerak boʻladi! Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi. Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir. ✅Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi. ✅Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi. ✅Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir. ✅Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali. ✅Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan. ✅Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya. ✅Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring: Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz; Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi. ⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning. ❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi. Abituriyentlarga tarqating!↗️ @Baholash✅️- Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈

Siz blok testga tayyormisiz ?
Anonymous voting

🏛Barcha abituriyentlarni DTM standartidagi testimizga taklif qilamiz 😊 ✅ Sherobod Education oʻquv markazida shanba kuni ham
🏛Barcha abituriyentlarni DTM standartidagi testimizga taklif qilamiz 😊 ✅ Sherobod Education oʻquv markazida shanba kuni hamma fanlardan repetitsion 5blokli test boʻlib oʻtadi ✅15-Iyun soat 8:00da Sherobod Education oʻquv markazida boʻlib oʻtadi Hoziroq roʻyxatdan oʻting.! ✅ Roʻyhatdan oʻtish nima uchun kerak 🧐Agar siz roʻyhatdan oʻtmasagiz biz sizni qaysi fandan blok test topshirishigizni bilmasligimiz sababli siz oʻzigizga kerakli fanni roʻyxatdan oʻtish orqali buyurtma qiling Roʻyxatdan oʻtish muddati 14-may soat 20:00 etib belgilandi Murojaat qiling.! +998975509890 @Sherobod_Education_admin

🏛 Sherobod Education oʻquv markazi 🗣 ✅16-17-Iyun hayit ayyom kunlari uchun 2 kunlik taʼtil eʼlon qiladi.! ✅18-iyun kuni oʻq
🏛 Sherobod Education oʻquv markazi 🗣 ✅16-17-Iyun hayit ayyom kunlari uchun 2 kunlik taʼtil eʼlon qiladi.! ✅18-iyun kuni oʻquv markazda darslar oʻz vaqtida boʻlib oʻtadi.! ✅Hammaga Qurbon hayiti muborak boʻlsin ☺️

🏢 SHEROBOD EDUCATION 🔸 Barcha fanlar 🔸 IELTS va CEFR 🔸 Hamshiralik 🔈Talaba bo’lish niyatidagi abuturiyentlarni hamda ingliz tili darajasini kuchaytirmoqchi bo’lgan yoshlarni o’quv markazimizga taklif qilamiz😊 📌 Barcha yo’nalishdagi guruhlarimizga qabul ochiq hoziroq qo’ng’iroq qiling va safimizga qo’shiling! ☎️ 99897 550 98 90 📞 99893 076 08 89

🍦 Muzqaymoq mavsumini kutganlar, mavsum boshlandi! 🤩Yoz mobaynida sizga energiya manbasi boʻladigan muzqaymoq mavsumiga start berildi.Shu bilan birga Sherobod Education oʻquv markazida ingiliz tili kurslariga ham. 🍦 Muzqaymoq va ingiliz tili mavsumidan unumli foydalanib qoling.Yozgi taʼtilda ingiliz tilini sifatli tarzda oʻrganish uchun kurslarga👩‍🏫 roʻyxatdan oʻting! "Sherobod Education"🗣kurslariga roʻyxatdan oʻtish uchun izohlarda "+"belgisini qoldiring!! Murojaat qiling!! ☎️+998975509890 Telegram orqali murojaat qiling!! @Sherobod_Education_admin

Bir kun qoldi tadbirga!

Repost from Xushnudbek.uz
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? #abituriyent  Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi: 1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar. Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q; 2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar. Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi. Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan; Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas. 3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi; 4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar. Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi. Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi; 5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar. Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi. Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈

Bu tadbirimiz ham bir turtki va maʼlumotlarga boy boʻladi

4000 kishilik "Mega IELTS shou" o‘tkazildi muxbir: Dildora Abduxalilova #Toshkent shahri @hududtv